UDK. 619:636.3:576
"ФЕНПРАЗ ФОРТЕ" PREPARATINING TAENIA HYDATIGENA GA TASIRI
Alikulov Z.I. - tayanch doktarant Aminjonov Sh.M. - v.f.d, ilmiy rahbar Veterinariya ilmiy-tadqiqot inistituti
Annotatsiya. Ushbu maqolada itlarning sestodoz kasalliklaridan biri bo'lgan (Taenia hydatigena) ning kelib chiqish sabablari, biologiyasi va qarshi kurashishda "Фенпраз форте" antigelmintik preparatining samaradorligi haqida qisqacha ma'lumot berilgan.
Аннотация. В статье приведены краткие сведения о причинах возникновения, биологии и эффективности антигельминтного препарата «Фенпраз форте» в борьбе с Taenia hydatigena - одним из цестодозов собак.
Abstract. This article provides brief information about the causes, biology and effectiveness of the anthelmintic drug " Фенпраз форте " in the fight against Taenia hydatigena, one of the cestodosis diseases of dogs.
Kalit so'zlar: Taenia hydatigena, skoleks, germofradit, Cysticercus tenuicollis, pirantel pomoat, prazikvantel, ivermectin
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizning chorvachilik tarmog'iga mayda va yirik shoxli hayvonlarning sistiserkozi katta iqtisodiy zarar keltirishini barcha fermer xo'jaliklari misolida yillar davomida kuzatishimiz mumkin. Shuning uchun bu borada turli qarorlar ishlab chiqildi, qator izlanishlar, ilmiy tajribalar yanada kuchaytiradi. O'zbekiston Respublikasi Pezdidentining 2022 yil 8-fevraldagi PQ 121-sonli "Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustaxkamlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori misol bo'la oladi hamda sohani yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Respublikamizda sifatli va yetarli miqdorda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birga ularni turli talofatlardan asrash, har xil kasalliklarning oldini olish orqali ham iqtisodiy samaraga erishish mumkinligi hech kimga sir emas. Ayniqsa, O'zbekiston sharoitida yil mavsumida abiotik ekologik omillar (havo namligi, harorat, atmosfera bosimi) keskin o'zgarib turadi. Ushbu ekologik omillar barcha tirik organizmlarga, shu jumladan sestodozlarning taraqqiyotiga, ularning asosiy va oraliq xo'jayinlari organizmiga o'z tasirini ko'rsatadi.
Qo'ychilik xo'jaliklarida uchraydigan sestodoz kasalliklar chorvachilikka iqtisodiy zarar yetkazish bilan bir qatorda inson salomatligiga ham katta xavf tug'diradi.
Qo'ylar sistiserkozi (Cysticercus ovis) subklinik ko'rinishda kechuvchi sestodoz bo'lib, qo'ylarning asosan charvisida yani yog' to'qimalarida parazitlik qiladi. Kasallikni Taenia hydatigena ning lichinkalik shakli Cysticercus tenuicolus keltirib chiqaradi. Kasallik qo'zg'atuvchisining asosiy xo'jayini it, bo'ri, shog'ol va boshqa go'shtxo'r hayvonlar hisoblanadi. Kasallik organizmning allergik javob qaytarilishi bilan xarakterlanadi. Kasallikning boshlang'ich (o'tkir) davrida
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi (ich ketish), tana haroratining ko'tarilishi, xolsizlanish, qorin devorini paypaslaganda og'riq sezishi kuzatiladi. Keyingi davrda klinik belgilar sezilmaydi, hayvon oriqlab borishi hamda ko'rinadigan shilliq pardalarning anemiyasi kuzatiladi.
Т.Н.Сивкова, Е.А.Доронин-Доргеленский (2018) ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning ayrim mamlakatlarida, jumladan Sharqiy Efiopiyada 26,0 %, G'arbiy Avstraliyada 20,5%, Saudiya Arabistonida 23,0% qo'ylarda kasallik uchrashi aniqlangan. A.O.Oripov, R.B.Davlatov, N.E.Yo'ldoshev (2016) ma'lumotlariga ko'ra, Respublikamizda bu kasallik qo'y-echkilarda 70,0-80,0% gacha uchrashi aniqlangan.
Taenia hydatigena - (Cysticercus tenuicollis)ning voyaga yetgan shakli hisoblanib it, bo'ri, shog'ol va boshqa go'shtxo'r hayvonlarning ingichka ichaklarida parazitlik qilib yashaydi. Uning uzunligi 5 m, kengligi 7,5 mm. gacha keladigan tasmasimon, bo'g'inlarga bo'lingan sestodadir. Teniyalarning skoleksda ikki qatorda joylashgan 26-44 ta har xil kattalikdagi ilmoqchalar bilan qoplangan. Skoleks faqat xo'jayin organlarida uning shilliq pardasini shimib, mustaxkam xolda yopishish vazifasini bajaradi. Skoleksdan keyingi qismi qismi parazitning bo'yni bo'lib, bu o'sish zonasidir. U yerdan asta sekin yangi yangi bo'g'inlar (stobilalar) o'sa boshlaydi. Har bir bo'g'in ichida orgaqnlar sistemasi joylashgan. Yetuk segmentlarda genital tuberkulyarlar aniq ko'rinadi, ular teng ravishda almashadilar. Yetuk segmentlarda bachadon 20-25 lateral shoxlari bo'lgan magistralga o'xshaydi.
Qo'zg'atuvchining biologiyasi. Voyaga yetgan parazit hayvonlar tezagi bilan minglab tuxumlar saqlovchi yetilgan bo'g'inlar ajratadi. Bazan bo'g'inlar ichaklarda yoriladi va tezak bilan parazit tuxumlari ham chiqadi. Chiqqan bo'g'inlar harakat qilib, yorilib tashqi muhitga tuhumlarni tarqatadi. Oraliq xo'jayin hisoblanuvchi qo'ylar mazkur bo'g'in va tuxumlari bilan zararlangan ozuqa va ichimlik suvi orqali kasallanadi. Oshqozon-ichak tizimiga tushgan teniya tuxumlaridan onkosfera ajralib chiqib, ingichka ichakning shilliq pardasini teshib, kapilyar qon tomirlariga o'tadi va qon-limfa oqimi bilan muskul to'qimalari, yurak, jigar va charviga borib joylashadi, u yerda rivojlanib, 3 oydan keyin sistiserk pufagini hosil qiladi.
It, bo'ri, shog'ol va tulkilar sistiserk pufagini istemol qilib zararlanadi va parazit 3-3,5 oy ichida jinsiy voyaga yetgan shaklga aylanib, organizmda ko'p yil yashashga qodir.
Tadqiqotning maqsadi. Respublikamizning qo'ychilikka ixtisoslashgan xo'jaliklarida qo'ylar orasida asosiy sestodozlardan biri hisoblangan Cysticercus tenuicollis ning epizootologik holatini o'rganish, oldini olish maqsadida ularning asosiy xo'jayini hisoblangan itlarni gijjasizlantirishda yangi antigelmentik preparatlarni sinovdan o'tkazishdan iborat.
Tadqiqot obekti va usullari. Tadqiqotlarimiz Veterinariya ilmiy tadqiqot inistituti "Gelmintozoonoz" laboratoriyasining tajriba hayvonlarini saqlash maydonchasida hamda gavda yorish honasida K.I.Skriyabinning noto'liq gelmintologik yorish usulida o'tkazildi.
Tadqiqot natijalari. Qishloq xo'jalik hayvonlari orasida turli xil parazitar kasalliklarning tarqalishida itlar muntazam ishtirok etishi sababli, ularni gijjasizlantirib borish- sestodozlarga qarshi tadbirlar orasidagi muhim va samarali
hisoblanadi. Tadqiqotlarimiz davomida itlarni gijjasizlantirishda Rossiya Federasiyasida ishlab chiqarilgan "Фенпраз форте" antigementik preparatlarning tasirini o'rganish maqsadida tajribamiz asosida sinovdan o'tkazildi.
Biz tadqiqotlarimiz davomida "Gelmintozoonoz" laboratoriyasi tajriba hududida saqlanayotgan, sistiserk pufaklari bilan suniy zararlantirilgan 3 bosh itlarda olib bordik. Itlar laboratoriyaning tajriba hududida maxsus kataklarda 1 boshdan qilib 3 guruhga ajratilgan.
"Фенпраз форте" (1 ta tabletka tarkibida fenbendazole -120 mg, pirantel pomoat - 120 mg, prazikvantel - 40 mg, ivermectin 0,048 mg) saqlovchi preparat bo'lib 1 ta tabletka 8 kg tirik vazn hisobida berildi.
1- jadval
Itlardagi Taenia hydatigena ga qarshi "Фенпраз форте" preparatini qo'llash
№ Rangi Yoshi Jinsi Tirik vazni kg Berilgan antigelmentik miqdori Berilgan antigelmentik turi
1 Kulrang 4 Erkak 16 2 tabletka " Фенпраз форте "
2 Sariq 1 Erkak 23 3 tabletka
3 Malla 4 Urg'ochi 15 2 tabletka
Biz tadqiqotlarimiz davomida tajribadagi itlarning har kg tirik vazniga qarab antigelmintik preparatini berdik, ya'ni 16 kg tirik vaznga ega bolgan itga 2 (ikki) ta tabletka, 23 kg tirik vazndagi itga 3 (uch) ta tabletka, 15 kg tirik vazndagi itga ham 2 (ikki) ta tabletka berildi.
Tajribadagi itlarga antigelmentik preparati berilgandan so'ng 72 soat ichida itlarning tezak namunalari gelmintokaprologik tekshirildi. Tekshirish natijalari quidagi jadvalda bayon etilgan.
2- jadval
Itlarning tezak namunasini gelmintokoprologik tekshirish natijalari
№ Rangi Yoshi Jinsi Tirik vazni (kg) Berilgan antigelmentik miqdori Tekshirish natijalari (T.hydatigenia)
1 Kulrang 4 Erkak 16 2 tabletka 3 nusxa
2 Sariq 1 Erkak 23 3 tabletka 3 nusxa
3 Malla 4 Urg'ochi 15 2 tabletka 2 nusxa
Tajribadagi T.hydatigenia bilan suniy zararlantirilgan itlarga "Фенпраз форте" antigelmintik preparatlarni sinovdan o'tkazish uchun berilganda ulardan 1 bosh itning tezak namunasidan 2 nusxadan, 2 bosh itlarning tezak namunasidan 3 nusxadan parazit ajralib tushganligi aniqlandi.
Tezak namunalarini gelmintokoprologik tekshirilganidan keyin yakuniy diagnoz qo'yish uchun "Gelmintozoonoz" laboratoriyasining gavda yorish honasida K.I.Skriyabinning noto'liq gelmintologik yorish usuli bilan itlarning ingichka ichak tizimi tekshirildi. Ingichga ichaklar tekshirilganda 1 bosh itning ichagidan 1 ta skoleks topildi. Qolgan ikki bosh itning ingichka ichaklaridan parazit topilmadi. Tekshirishlar natisasiga ko'ra "Фенпраз форте" preparatining samaradorligi 95,0 % ni tashkil etganligi aniqlandi
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Xulosalar
1. Qo'ylar orasida Cysticercus tenuicollis ning tarqalishida itlar muntazam ishtirok etishi sababli, ularni gijjasizlantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Iardagi Taenia hydatigena ga qarshi yangi antigelmintik preparatlardan "Фенпраз форте" preparatining samaradorligi 95,0 % ni tashkil etdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Аминжонов, Ш., & Газнакулов, Т. (2023). Препараты для профилактики и лечения ценуроза каракульских овец. in Library, 4(4), 336-340.
2. Аминжонов, Ш. М., & Газнакулов, Т. К. (2023). Научно-исследовательский институт ветеринарии, Тайляк, Узбекистан В статье приведены данные по профилактике ценуроза каракульских овец для создания способов получения биосовместимых, безвредных и экологически безопасных антигельминтных средств растительного происхождения. Ключевые слова. ценуроз, антигельминтики, патенты, вакцины, растения, препараты. ББК 1 А28, 23.
3. Аминжонов, Ш. М., & Газнакулов, Т. К. (2023). ПРОФИЛАКТИКА ЦЕНУРОЗА КАРАКУЛЬСКИХ ОВЕЦ. In Advances in Science and Technology (pp. 23-26).
4. Газнакулов, Т. К., & Аминжонов, Ш. М. (2024). ЗООАНТРОПАНОЗ ИНВАЗИОН КАСАЛЛИКЛАРИДАН ЦЕНУРОЗНИНГ ТАР^АЛИШИ, ДИАГНОСТИКАСИ ВА КАРШИ КУРАШ ЧОРА ТАДБИРЛАРИ. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 44(3), 30-34.
5. Аминжонов, Ш. М. (2011). Куйлар эхинококкоз касаллигига карши вакцинани гематологик текшириш. Зооветеринария.-Тошкент, (8), 17-19.
6. Аминжонов, Ш. М., & Довгий, Ю. Изучение ларвоцисты Echinococcus granulosus (Batsch, 1786) в организме у промежуточных хозяев. Вестник житомирского национального агроэкологического университета, (1), 7-10.
7. Аминжонов, Ш. М., & Аминжонов, М. А. (2009). Эхинококкознинг иктисодий ва ижтимоий зарари. Ж. " Зооветеринария, 7.
8. Аминжонов, Ш. М. (2018). Хдйвонларнинг асосий цестодозлари ва уларга карши иммунопрофилактика тадбирларини ишлаб чикиш. Вет. фан. док... дисс. автореф.-Самарцанд: СамВМИ, 22.
9. Аминжонов, Ш. (2010). Роль дегельминтизации собак при цестодозах. in Library, 3(3), 29-30.
10. Аминжонов, Ш. (2016). Меры борьбы с эхинококком и ценурозом животных в Узбекистане. in Library, 16(4), 58-62.
11. Aminjonov, S. M. (2016). MEASURES AGAINST ECHINOCOCCUS AND COENUROSIS OF ANIMALS IN UZBEKISTAN. Путь науки, 1(11), 58-62.
12. Аминжонов, Ш., & Довгий, Ю. (2012). Изучене строения ларвоцисты Echinococcus granulosus (Batsch 1786) в организме промежуточных хозяев. in Library, 12(3), 7-10.
13. Аминжонов, Ш., Аминжонов, М., Довгий, Ю., & Драгальчук, А. (2012). Морфология личиночной формы Echinococcus granulosus (Batsch, 1786). in Library, 7(1), 3-6.
14. Аминжонов, Ш. (2012). Некоторые наблюдения по вакцинации собак против эхинококкоза. in Library, 1(1), 27-29.
15. Аминжонов, Ш. (2011). Гематологическая оценка эхинококкозовой вакцины овец. in Library, 3(3), 17-19.
16. Аминжонов, Ш. (2011). Распространение цист эхнококоза у овец. in Library, 1(1), 26-26.
17. Аминжонов, Ш. (2011). Иммуногенность вакцины против эхинококкоза овец. in Library, 3(3), 20-25.
18. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2011). Развитие ларвакисты Echinococcus granulosus в организмах промежуточного хозяина. in Library, 3(3), 3-20.
19. Аминжонов, Ш. (2010). Особенности дегельминтизации собак при цестодозах. in Library, 3(3), 93-98.
20. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2009). Эхинококкос. in Library, 2(2), 18-19.
21. Аминжонов, Ш. (2009). Об эхинококкозе лошадей. in Library, 4(4).
22. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2005). Инфекционные болезни животных и вакцины против них. in Library, 2(2), 32-35.
23. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2005). Иммуногенность эхинококкозовой вакцины овец. in Library, 2(2), 32-35.
24. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2001). Эхинококкоз и опыт борьбы с ним в Узбекистане. in Library, 1(1), 79-80.
25. Аминжонов, Ш. (2024). Заражение собак эхинококкозом и мультисептозом в хозяйствах Нурабадского района. in Library, 1(1), 17-18.
26. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2009). Эхинококкоз и исследования в Узбекистане. in Library, 4(4), 13-19.
27. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2009). Эффективность вакцины для профилактики мультицептоза собак. in Library, 3(3), 152-155.
28. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2006). Вакцины для профилактики паразитарных болезней сельскохозяйственых животных. in Library, 3(3), 344-345.
29. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, M. (2006). Испытания антигельминтиков при мультицептозе собак. in Library, 3(3), 49-51.
30. Аминжонов, Ш., & Аминжанов, М. (2006). Комиссионное испытание вакцины против эхинококкоза овец. in Library, 1(1), 47-48.
31. Аминжонов, Ш., & Аминжанов, М. (2005). Природный очаг ценуроза в Кызылкумах центральной азии. in Library, 2(2), 26-28.
32. Аминжонов, Ш., & Аминжонов, М. (2005). Диагностика вакцинированных овец вакциной против эхинококкоза. in Library, 2(2), 353-354.
33. Аминжонов, Ш. (2004). Изучение цестод собак в Республике Каракалпакстан. in Library, 1(1), 19-20.