Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSIDA UZUMNING URUG‘SIZ NAVLARINI YETISHTIRISH'

FARG‘ONA VODIYSIDA UZUMNING URUG‘SIZ NAVLARINI YETISHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
uzum / kishmish / hosildorlik / sifat / kuzgi va qishki navlar / quritish texnologiyasi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dexqonova Shahnoza Yulbarsovna

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida yetishtirilayotgan uzumning urug‘si navlarini yetishitirish holati va uning agrobiologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Bunda, tajribalar uchun tanlab olingan kishmishbop uzum navlarining asosiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ilmiy asoslangan xulosalar hosil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSIDA UZUMNING URUG‘SIZ NAVLARINI YETISHTIRISH»

FARG'ONA VODIYSIDA UZUMNING URUG'SIZ NAVLARINI

YETISHTIRISH

Dexqonova Shahnoza Yulbarsovna

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11477552

Annotatsiya. Ushbu maqolada Farg'ona vodiysida yetishtirilayotgan uzumning urug'si navlarini yetishitirish holati va uning agrobiologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar natijalari bayon etilgan. Bunda, tajribalar uchun tanlab olingan kishmishbop uzum navlarining asosiy ko'rsatkichlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida ilmiy asoslangan xulosalar hosil qilingan.

Kalit so'zlar: uzum, kishmish, hosildorlik, sifat, kuzgi va qishki navlar, quritish texnologiyasi.

Kirish. Bugungi kunda dunyo bo'yicha uzum yetishirish hajmi 72,7 mln. tonnani tashkil etmoqda. Quritilgan uzum mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha esa Turkiya (353,167 ming tonna), AQSh (332,760 ming tonna), Eron (122,595 ming tonna), Gresiya (72,861 ming tonna), Chili (51,128 ming tonna), Janubiy Afrika (37,049 ming tonna) kabi davlatlar yetakchilik qilmoqda1. Uzum mevalarini yetishtirish bo'yicha dunyoning yetakchi mamlakatlaridan birinchi o'rinda Ispaniya davlatida 966 ming gektar bo'lib, yalpi hosili 56,9 s/ga., ikkinchi o'rinda Xitoy davlati 855 ming gektar, yalpi hosili 154 s/ga., Italiya 782 ming gektar, yalpi hosili 102,3 s/ga., keyngi o'rinlarda Turkiya 436 ming gektar, yalpi hosil 96,3 s/ga. va AQSh 408 ming/ga., yalpi hosil 163,7 s/ga. tashkil etishi ta'kidlangan. Bugungi kunda uzum ma hsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, xom-ashyoga ishlov berish usullarini takomillashtirish, quritish jarayonlariga resurs va energiya tejamkor samarali texnologiyalarini tatbiq etish bo'yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.

Andijon viloyati sharoitida yetishtirilgan urug'siz uzumni texnologik va biokimyoviy tarkibiga ko'ra quritish uchun yaroqlilik darajasini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar olib borildi.

Tadqiqot uchun tanlab olingan uzumning urug'siz "Kishmish Botir", "Kishmish rozoviy", "Kishmish chyorniy", "Kishmish beliy" va "Kishmish Sogdiana" navlari Andijon viloyati Buloqboshi tumani "Do'lanalik bog'bon" fermer xo'jaligidagi tokzorlarida yetishtirildi. Tokzorlar sug'oriladigan yerlarda ishkomlar va simbag'az usullarida yetishtirildi.

Tok qatorlari oralari keng bo'lib, 3,0x2,0 m. Ekish sxemasi bo'yicha joylashtirilgan. Tok shoxchalari uzun yengli yelpig'ich shaklida taralgan bo'lib, bir uchulda agrotexnik tadbirlar amalga oshirilgan.

Har yili to'liq mineral o'g'it komleksi NRK (100, 100, 90) kg/gektar miqdorda solingan. Azotli o'g'itlar kurtaklari gullashidan oldin bahorda, fosfor va kaliy o'g'itlari esa kuzda qo'llanilgan.

Namlik saqlash uchun sug'orish (1000-1200 m3/ga) va vegetatsion sug'orish ishlari 2-3 marta 700-800 m3 / ga hisobida amalga oshirildi.

Har yili 3 ta martadan qator orasiga ishlov berildi. Hashorat va zararkunandalarga qarshi Bordo suyuqligi va bolshqa kimyoviy preparatlar bilan har yili 2-3 martadan, oltingugurt bilan 1 marta oidiumga qarshi changlatish va 2 marta mikroorganizmlarga qarshi Decis eritmasi bilan ishlov berildi.

1https://www.statista.com/statistics/205024/projected-top-countries-in-raisin-production, ,

Agrobiologik xususiyatlari. Fenologik kuzatishlar o'simlikdagi rivojlanishning boshlanishi va tugashi fazalarini ifodalovchi morfologik o'zgarishlar vaqtini aniqlash imkonini beradi.

O'simlikning vegetatsion davri davomiyligi navi, yetishtirish xududi va yil davomida obhavo sharoitining xususiyatiga bog'liq bo'ladi. Uzoq muddatli fenologik kuzatishlar o'simlikning har bir fazasi uchun faol haroratlar yig'indisini hisobga olgan holda, mintaqaning aniq tuproq va iqlim sharoitlariga mos keladigan assortimentni to'g'ri aniqlash imkoniyatini yaratadi. Fenologik kuzatuvlar asosida ushbu mintaqada yetishtirish uchun mos navlarni tavsiya qilish mumkin.

O'rganilgan mintaqadagi nav tarkibini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, urug'siz uzum navlari ichida quritish uchun faqat kechpishar nav hisoblanuvchi Kishmish Cherniy va Kishmish Sogdiana navlarini yetishtirish ma'qul hisoblanadi.

Shu sababli, biz uzoq muddat saqlashga yaroqli, transportabelligi yuqori bo'lgan yuqori o'rta, o'rta kech va kechpishar navlarni keng qamrovli o'rganish vazifasini o'z oldimizga qo'ydik.

3.4- jadvalda o'rganilgan uzum navlarining rivojlanishining asosiy fenologik bosqichlarining boshlanishini xarakterlovchi ma'lumotlar ko'rsatilgan. 3.4-jadvalda berilgan ma'lumotlardan ko'rinib turganidek, rivojlanish bosqichlarining boshlanishiga ko'ra, o'rganilgan navlar bir-biridan kam farq qiladi. Barcha o'rganilgan navlarda sharbat harakati aprel oyining boshlarida 1-2 kunlik navlar o'rtasidagi farq bilan sodir bo'ladi. Bunda Kishmish rozoviy navida - 11 aprel, Kishmish Sogdianada - 13 aprel, Kishmish beliy va Kishmish chyorniy navlarida - 14 aprel, Kishmish Botir - 16 aprelda boshlandi. Kishmish rozoviy navida gullash 3 iyundan, Kishmish rozoviy , Kishmish beliy va Kishmish Sogdiana navlarida 4 iyundan, Kishmish chyorniy navida 5 iyunda va Kishmish Botir va navlarining 6 iyundan boshlanadi. Fazaning davomiyligi 58 kun davom etdi.

Uzum donalarining nisbatan ertaroq pishishi Kishmish rozoviy navida namoyon bo'ldi - 8 avgust. Undan keyin 9 avgustdan. 10-13 avgust kunlarida Kishmish Sogdiana, Kishmish chyorniy va Kishmish Botir navlari pisha boshladi.

1- jadval. Quritishga mo'ljallangan urug'siz uzum navlarini rivojlanishining fenologik

bosqichlari (2020-2022 yy)

Navlar Feno fazalarning boshlanishi sanasi

Dastlabki kurtaklarni ng paydo bo'lishi Gullash Uzum donalarining pishib boshlanishi Yoppasi ga yetilishi Uzum boshlarining pishib boshlanishi Kurtakpay do bo'lishidan to'liq yetilishgacha bo'lgan davomiylik, kun Aktiv harorat yig'indisi

Boshlanishi Tugashi

Kishmish Botir 16. 04 6.06 13.06 13.08 18.09 4.08 155 3011

Kishmish rozoviy 11. 04 4.06 10.06 08.08 16.09 5.08 158 3069

Kishmish chyorniy 14. 04 5.06 10.06 12.08 20.09 5.08 159 3088

Kishmish Sogdiana 13.04 4.06 11.06 10.08 17.09 5.08 157 3045

Kishmish beliy 14. 04 4.06 11.06 9.08 16.09 5.08 155 3015

2-jadval. Quritishga mo'ljallangan urug'siz uzum navlarining o'sish kuchi va novdalarning

o'sish darajasi (2020-2022 yy uchun o'rtacha)

Nav Poyadagi novadalar soni, dona Novda diametri, mm Novda uzunligi, sm Poya o'sishi, sm Novda o'sishi, %

Umumiy O'sgan qismi Umumiy O'sgan qismi

Kishmish Botir 36 ±1 6,3±0,5 122,5±2,5 86,3±0,9 4410,0±3,5 3106,8±2,5 70,4

Kishmish rozoviy 43±2 6,7±0,6 160,6±4,5 131,8±1,5 6905,8±4,5 5667,4±4,5 82,1

Kishmish chyorniy 46±3 6,9±0,7 154,4±3,5 126,7±1,3 7102,4±5,5 5828,2±4,5 82,1

Kishmish Sogdiana 34±1 6,8±0,6 159,4±3,5 128,2±1,3 5419,6±4,5 4358,8±3,5 80,4

Kishmish beliy 39±1 6,6±0,5 1136,7±20,5 106,9±1,1 5331,3±3,5 4169,1±3,5 82,5

Dastlab Pobeda navi - 14 sentabrdan to'liq tovarbop bo'lib yetilsa, keyinchalik - Kishmish chyorniynavi ham 20 sentabrdan to'liq tovarbop bo'lib yetiladi. Kishmish rozoviy , Kishmish beliy va Kishmish Sogdiana navlari esa 16-18 sentabrda iste'molbop bo'lib yetiladi

Kishmish Botir va Kishmish beliy navlarida kurtak chiqarishdan to'liq yetilishgacha bo'lgan davrning davomiyligi 155 kun, Kishmish rozoviy va Kishmish Sogdiana navlarida -157 kun, Kishmish rozoviy - 158 kun, Kishmish chyorniy - 159 kunni tashkil etdi. O'rganilgan navlar bo'yicha tajaribalar olib borish jarayonida butun vegetatsiya davrida harorat jamlanmasi taxminan - 3011-3088 °C ni tashkil etdi.

Kurtak paydo bo'lishidan to to'liq pishib yetilishgacha bo'lgan davr tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda turlicha bo'lishi ma'lum bo'ldi. O'sish kuchini tokning yer ustida o'suvchi bir yillik novdalarining uzunligi asosida aniqlanadi (3.5-3.6-jadvalga qarang).

3.7-jadvalda keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, o'rganilgan navlar tupdagi kurtaklar soni, kurtaklar diametri, o'sish kuchi va kurtaklar pishish darajasi bilan sezilarli farq qiladi. O'sish kuchiga ko'ra, Kishmish Botir va Kishmish beliy navlari o'rtacha, Kishmish rozoviy , Kishmish chyorniy, Kishmish Sogdiana va Pobeda navlari esa kuchli o'stiriladi.

Urug'siz uzum navlarining pishish muddatlari va xosildorlik ko'rsatkichlarini anqilash uchun tadqiqot 2020 yildan 2022 yilgacha olib borildi. Tadqiqot uchun uzumning urug'siz navlari "Kishmish Botir", "Kishmish rozoviy", "Kishmish chyorniy", "Kishmish beliy" va "Kishmish Sogdiana"navlari tanlab olindi. Kuzatuvlar 2020-2022 yillar mobaynida pishish muddatlari va hosildorlik ustida olib borildi. Hosildorlik miqdori tonna gektariga hisoblanib, navlardagi ko'rsatkichlarga solishtirildi.

Kuzatuvlar natijasida urug'siz uzumning "Kishmish Botir", "Kishmish rozoviy", "Kishmish chyorniy", "Kishmish beliy" navlarida 2020 yilda avgust oyining ikkinchi dekadasida pishib yetilgan bo'lsa, "Kishmish Sogdiana" navi sentabr oyining birinchi dekadasida pishib yetilganligi kuzatildi. Navlarning hosildorligi ushbu yil uchun "Kishmish Botir" va " Kishmish rozoviy" navlari o'rtacha 30 tonnadan, "Kishmish chyorniy" va "Kishmish beliy" navlari o'rtacha 20 tonnadan, "Kishmish Sogdiana" navi esa 15 tonnadan hosil bergan.

Uzum navlarining 2021 yil uchun ko'rsatkichlari o'tgan 2020 yilga nisbatan sezilarli ko'tarilgan bo'lib, pishish muddatlari 5-10 kunga farq qilgan holda o'tgan yilga nisbatan kechikkan. Aynan, "Kishmish Botir", "Kishmish chyorniy" va "Kishmish beliy"navlari avgust oyiing ikkkinchi dekadasi yarmida pishib yetilgan bo'lsa, "Kishmish rozoviy" navi sentabr oyining

5-sanasiga, "Kishmish Sogdiana"navi esa 15 sentabr sanasiga pishib yetilganligi kuzatildi. Hosildorlik ko'rsatkichlari 2021- yil uchun "Kishmish Botir" navi 38 tonnani, o'tgan yilga nisbatan 3 tonna ko'p, "Kishmish rozoviy"navi 36 tonna, utgan yilga nisbatan 4 tonna ko'p, "Kishmish chyorniy" navi 24 tonna, o'tgan yilga nisbatan 4 tonna ko'p, "Kishmish beliy" navi 25 tonna, o'tgan yilga nisbatan 3 tonna ko'p, "Kishmish Sogdiana"navi esa 22 tonna, o'tgan yilga nisbatan 7 tonna ko'proq hosil bergan.

2022 yilga kelib ushbu navlarda kuzatilgan natijalar ham 2021 yilga nisbatan farq qilib, pishish muddatlari "Kishmish chyorniy" navida avgust oyining uchinchi dekadasiga to'g'ri kelgan bo'lsa, qolgan "Kishmish Botir", "Kishmish rozoviy", "Kishmish beliy" navlari sentabr oyining 5-10 sanalariga pishib yetilganligi kuzatildi. "Kishmish Sogdiana" navi esa sentabr oyining 20 sanasiga borib pishib yetilganligi kuzatildi.

Hosildorlik natijalari salmoqli bo'lib, "Kishmish Botir" 40 tonna, " Kishmish rozoviy" 38 tonna, ""Qora kishmish" 30 tonna, "Kishmish beliy" 28 tonna va "Kishmish Sogdiana" navi 25 tonnani tashkil qildi. Bu tadqiqot davrida 2020-2021 yilga nisbatan 2-6 tonnadan hosildorlik oshgani kuzatildi. Shundan hulosa qilish mumkinki,tadqiqiot mobaynida navlar orasidaga pishish muddatlari va hosildorlik natijalari solishtirilganda, o'rtacha hosildorlik Uzumning "Kishmish Botir"navida 37,7; "Kishmish chyorniy"navida 35,3; "Kishmish rozoviy"navida 24,7; "Kishmish beliy"navda 25,0; "Kishmish Sogdiana"navida esa 20,7 tonnani tashkil qilganligi kuzatildi.

"Do'lanalik bog'bon mevasi" fermer xo'jaligida yetishtirilayotgan kishmishbop uzum navlaridan Kishmish Sogdiana navida 2020-2022 yillar kesimida uzum g'ujumining jami donalari 120-138-142 tani tashkil kildi. Butun donalar yillar kesimida 118-133-136 donalarni, o'rtacha 129 donani tashkil qilib, bu 96,8 foiz hosil olinib, shikastlangan donalar soni foiz hisobida 3,3 foizni tashkil qildi. Tahlilimizni uzum g'ujumi massasi va bandiga nisbatan davom ettirdik, unga ko'ra uzum g'ujumi massasi jami donalar soni 526-559-647 tadan jadal o'sib borgan, o'rtacha 577,3 tani tashkil qildi. Bir dona g'ujumning massasi 4,5-4,2-4,8 grammni tashkil qilib, o'rtacha 4,5 grammni tashkil etdi. Uzum boshi bandining ulushiga e'tibor bersak, massasi 2020 yilda 10,5 gr, 2021 yilda 11,2 gr, 2022 yilda esa 11,5 gramm bilan o'rtacha 11,1 gramm tashkil etishi kuzatildi. Ularning ulushi o'rtacha 1,9 foizni tashkil qildi.

Quritishga mos Kishmishbop uzum navlarining texnologik xususiyatlarini tadqiq va tahlil qilish natijasida quyidagicha xulosa qilish mumkin:

Eng sifatli hosil va tovarliligi yuqori bo'lgan navlar Kishmish chyorniy va Kishmish Sogdiana navlari ekanligi aniqlandi. G'ujumining yirikligi bo'yicha esa eng yuqori ko'rsatkich Kishmish Sogdiana navida kuzatilib, bir dona g'ujumning massasi 4,7 g gacha bo'lishi qayd etildi.

LIST OF REFERENCES

1. Islamov S.Ya., Durxodjaev Sh.F., Murotov Q.G'. Uzumning kishmishbop navlarini quritishda innovatsion texnologiyalarni qo'llash // O'zbekiston agrar fani xabarnomasi" jurnali. -Toshkent, 2019. - № 3 (77). - B. 100-102

2. Umidov Sh. E., Berdiev J. N. Varieties of Quince (Cydonia Oblonga Mill.) Grown In Uzbekistan and The Importance of Their Storage and Processing //Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences 23, 44-48

3. Polegaev V.I. Method otsenki quality of fruits and vegetables (Metodicheskie razrabotki). M .: - 1978.- 66 p

4. Umidov Sh.E., Temirova D.F., Shaumarov H.B. The effect of preliminary processing on the preservation properties of grapes on it in storage // ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL

MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, Year : 2021, Volume : 11, Issue : 9, September, P : (716-720) Last page : (221), Print ISSN : 0000-0000. Online ISSN : 22497137., Article DOI: 10.5958/2249-7137.2021.01982.0 5. Islamov S.Ya., Jalalov S.A., Shamshiev J.A.Storage containers of grapes in the refrigerator and their impact on the quality of products // International Journal of Agriculture, Environment and Bioresearch (IJAEB) (May-Yune 2020). - India, 2020. - Volume 5. - Issue 3. - P. 186190 (ISSN: 2456-8643; SJIF Impact Factor: 6.651).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.