Научная статья на тему 'FARG‘ONA VODIYSI DARYOLARI'

FARG‘ONA VODIYSI DARYOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
farg‘ona tabiiy geografik okrugi / Sirdaryo / Norin / Qoradaryo / So`x / Isfayramsoy / daryolarning yillik suv sarfi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ibragimova Zulayho Sobirovna, Talabboyeva Mohinabonu

Ushbu maqola Farg`ona tabiiy geografik okrugi atrofidagi tog`lardan boshlanuvchi hamda Farg`ona vodiysidan oqib o`tuvchi soy va daryolar to`g`risidagi ma’lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu daryolar va soylarning suv hajmi va yillik suv sarfi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Bu esa Farg`ona vodiysidan oqib o`tuvchi daryolar va soylarning xo`jalikdagi ahamiyatini yanada orttirishga ko`maklashadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VODIYSI DARYOLARI»

FARG'ONA VODIYSI DARYOLARI

iIbragimova Zulayho Sobirovna, 2Talabboyeva Mohinabonu

7Navoiy davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, 2Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11236281

Annatatsiya. Ushbu maqola Fargona tabiiy geografik okrugi atrofidagi tog lardan boshlanuvchi hamda Farg ona vodiysidan oqib otuvchi soy va daryolar togrisidagi ma'lumotlarni tahlil qilishga qaratilgan. Ushbu daryolar va soylarning suv hajmi va yillik suv sarfi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan. Bu esa Fargona vodiysidan oqib otuvchi daryolar va soylarning xojalikdagi ahamiyatini yanada orttirishga ko'maklashadi.

Kalit so 'zlar: farg'ona tabiiy geografik okrugi, Sirdaryo, Norin, Qoradaryo, SoX Isfayramsoy, daryolarning yillik suv sarfi.

Abstract. This article is aimed at analyzing information about the streams and rivers that originate from the mountains around the Fergana Natural Geographical District andflow through the Fergana Valley. Information about the water volume and annual water consumption of these rivers and streams is provided. This helps to increase the economic importance of the rivers and streams flowing through the Fergana valley.

Keywords: fergana natural geographical district, annual water consumption of Syrdarya, Norin, Karadarya, Sokh, Isfayramsoy rivers.

Аннотация. Целью данной статьи является анализ информации о ручьях и реках, берущих начало в горах Ферганского природно-географического округа и протекающих по территории Ферганской долины. Приведены сведения об объеме воды и годовом водопотреблении этих рек и ручьев. Это способствует повышению хозяйственного значения рек и ручьев, протекающих по Ферганской долине.

Ключевые слова: ферганский природно-географический район, годовое водопотребление рек Сырдарья, Норин, Карадарья, Сох, Исфайрамсой.

Farg'ona tabiiy geografik okrugi Farg'ona vodiysida joylashgan bo'lib, atrofi tog'lar bilan o'ralgan. Vodiy tabiati go'zal va maftunkor, noz-ne'matlarga boy, jannatmakon o'lka bo'lib, uni

«O'rta Osiyo durdonasi» deb atashadi. Vodiyning xaritadan ko'rinishi bodom shaklida bo'lib, shimoli g'arbdan Mo'g'ultog', Qurama tog' tizmalari, shimoldan Chotqol tizmasi, sharqdan Farg'ona tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tizmalari o'rab turadi. Uning uzunligi g'arbdan sharqqa 370 km ga cho'zilgan, kengligi o'rtacha 190 km, eng tor yeri — g'arbida eni 9 km bo'lib, «Xo'jand darvozasi» deyiladi. Farg'ona tabiiy geografik okrugida eng katta va sersuv daryolar Norin, Sirdaryo , Qoradaryo va boshqa kichik daryolar ham mavjud.

Farg'ona vodiysi hududidan oqib o'tuvchi daryolar

T/R Daryo nomlari Uzunligi Suv yig'ish O'rtacha yillik

maydoni suv sarfi m3/s

1 Sirdaryo 3019 km 219 ming km2 703 m3/s

2 Norin 807 km 59,9 ming km2 429 m3/s

3 Qoradaryo 318 km 28,6 ming km2 136 m3/s

4 Qorasuv 470 km 22ming km2 -

5 Kosonsoy 154 km 1650 km2 9,81 m3/s

6 Oqbura 136 km 2540 km2 6,23 m3/s

7 Podshotasoy 130 km 443 km2 5,18 m3/s

8 Xo'jabaqirg'on 130 km 2150 km2 10,3 m3/s

9 Isfara 130 km 3240 km2 14,5 m3/s

10 So'x 124 km 3510 km2 49,2 m3/s

11 Isfayramsoy 122 km 2220 km2 17,7 m3/s

12 Yassi 122 km 2620 km2 42,2 m3/s

13 Shohimardonsoy 112 km 1300 km2 9,34 m3/s

14 Moylisuv 107 km 748 km2 9,15 m3/s

15 Aravansoy 102 km 1960 km2 5,88 m3/s

16 G'ovasoy 96 km 724 km2 4,94 m3/s

17 Sumsarasoy 86 km 329 km2 0,88 m3/s

18 Chodaksoy 76 km 566 km2 3,72 m3/s

SIRDARYO -Farg'ona vodiysining sharqiy chekkasida, Baliqchi qishlog'i yonida Norin daryosi bilan Qoradaryo qo'shilgan joydan Sirdaryo nomini oladi. O'zbekistonning Andijon, Namangan, Farg'ona, Toshkent, Sirdaryo viloyati, Tojikistonning Sug'd viloyati va Qozog'istonning Jan. Qozog'iston va Qizilo'rda viloyatlari bo'ylab avval g'arb, janubi-g'arb tomon, so'ngra esa shimol, shim.g'arbga oqib borib, Orol dengiziga quyiladi.

Uzunligi 2272 km, Norin (daryo)ning boshlanish joyidan —3018 km. Daryo havzasining maydoni taxminan 462000 km2, uning asosiy suv hosil bo'ladigan qismi esa 219000 km2. Sirdaryo eng sersuv daryo hisoblanadi. Sirdaryo havzasining tog'li qismida Oqshiyraq, Bo'rqo'ldo'y, Otboshi, Oloy, Turkiston va Nurota tizmalari bo'ylab, shimolda esa Terskay Olatovi bo'ylab oqadi. Tizmalarning cho'qqilari ko'pincha qor va muzliklar bilan qoplanib yotadi. Bu tizmalarda 1600 dan ortiq muzlik bo'lib, ularning umumiy maydoni 2200 km2dan ziyodroq. Yoz oylarida erib ulgurmagan qorlik ham ko'p.

Farg'ona vodiysida Sirdaryoning o'zani nisbatan chuqur, qayiri ham ancha pastda joylashgan. Farg'ona vodiysidan chiqaverish yerida (Bekobod shahridan 4km yuqoriroqda) Sirdaryo Farhod GES uchun qurilgan to'g'on bilan to'silgan. Yilning ko'p qismida daryo suvi ana shu GESga suv beradigan Farhod kanali orqali oqadi. Bekobod shahridan quyiroqda kanaldagi suvning bir qismi yana qaytadan daryoga quyiladi. Boshqa bir qismi esa „Do'stlik" kanali orqali

Mirzacho'l yerlarini sug'orishga sarf bo'ladi. Farhod GES to'g'onidan yuqorida daryo o'zanida kattagina Farhod suv ombori barpo etilgan.

1956-yil Xo'jand shahridan 12 km yuqorida, Sirdaryo o'zanida Qayroqqum suv ombori va „Xalqlar do'stligi" GESi qurildi. Farg'ona vodiysi qismida Sirdaryoga juda ko'p irmoq kelib quyiladi. Ulardan eng yiriklari o'ng tomondan — Chatqol va Qurama tog' tizmalaridan oqib keladigan Pochchaotasoy, Kosonsoy, G'ovasoy, Chodaksoy, chap tomondan — Oloy va Turkiston tog' tizmalaridan suv oladigan Isfayramsoy, Shohimardonsoy, So'x, Isfara, Xo'jabaqirg'on va Oqsuv. Bu irmoqlar baland tog'lardan oqib tushadigan kichik, lekin. juda nishab oqadigan tog' daryolaridir. Ularning uzunligi 80-160 km, suv to'plash maydoni 400-2500 km2, o'rtacha yillik suv sarfi esa 10-15 m3/sek., So'x daryosining o'rtacha yillik suv sarfi 40 m3/sek.dan bir oz ortiq. Suvi kam bo'lishiga qaramay bu daryolar Farg'ona vodiysidagi yerlarni sug'orishda muhim ahamiyatga ega. Farg'ona vodiysidan chiqqandan so'ng Sirdaryoga chap tomondan hech qanday irmoq qo'shilmaydi, o'ng tomondan esa unga Ohangaron, Chirchiq, Keles va Aris daryolari kelib quyiladi. Sirdaryoning bu irmoqlari ham, ayniqsa, Chirchiq bilan Aris daryolari tog'dan oqib keladi. Tog'lardan chiqaverish yerida Chirchiq daryosining o'rtacha ko'p yillik suv sarfi 227 m3/sek., Aris daryosiniki 65 m3/sek. Ohangaron daryosiniki 23 m3/sek. Tog'lardan tekisliklarga chiqishi bilan daryolarning suvlari kanal va ariqlar orqali sug'orishga olinadi. Ularning faqat sug'orishdan ortgan suvlarigina Sirdaryoga kelib quyiladi. O'rta hisobda Sirdaryo suvining 78% Norin suvidan, qolgan 22% Qoradaryo suvidan tashkil topadi.

NORIN- (qirg'izcha: Нарын) — Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryo. Markaziy Tyanshandan boshlanadi. Qirg'izistonning Issiqko'l, Norin, Jalolobod viloyatlari hamda O'zbekistonning Namangan viloyati hududidan oqib o'tadi. Daryo Norin shahridan 44 km sharqda Katta Norin va Kichik Norin daryolarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Norin shahridan 21 km oqib o'tgach, unga o'ng tomondan O'narcha daryosi, so'ngra So'nko'ldan chiqib keladigan Ko'kjerti daryosi quyiladi. Shundan so'ng, eng yirik chap irmoqlaridan Otboshi daryosi, undan nariroqda Olabug'a daryosi kelib quyiladi. To'g'uzto'ro' soyligiga oqib chiqqach, Norin daryosiga chap tomondan ancha yirik Ko'kiy-rim daryosi, 32 km oqib borgach, Ko'ko'me-ren daryosi qo'shiladi. Uzunaxmat va Qorasuv daryolari qo'shilgach, daryo Farg'ona vodiysiga chiqadi.

Norin daryosi Farg'ona vodiysiga chiqqach, uning suvi qisman sug'orishga yo'naltiriladi. Namangan shahri yaqinidagi Baliqchi qishlog'i yonida Norin Qoradaryo bilan qo'shilib Sirdaryoni hosil qiladi. Norin yuqori oqimida keng vodiyda, Axala daryosining quyilish joyiga qadar chuqur va tor vodiyda juda tez oqadi. Norin shahridan boshlab daryo vodiysida ikki yoqlama qayir hosil bo'lgan. Uzunaxmat daryosi quyilish joyiga yaqin daryo vodiysi tobora torayib, qoyali daraga aylanadi va Uchqo'rg'on shahridan o'tgach, kengayib, konussimon yoyilmadan oqa boshlaydi. Norin qor-muzlik hamda buloq suvlaridan, o'rta va quyi oqimida qor va buloq suvlaridan to'yinadi. Norin havzasida umumiy maydoni 1357,8 km kv bo'lgan 2074 ta muzlik mavjud. Muzliklarning katta qismi (70% atrofida) Oqshiyroq, Teskey Ala-Too, Jetim, Borko'ldoy va boshqa tog'larda joylashgan. Daryo havzasidagi eng yirik muzliklarga Petrov (maydoni 73,9 km2), Shimoliy Qorasoy (49,0 km2) va boshqalar kiradi. Daryoning yuqori oqimida kichik qismi qishda muzlaydi. Qishda Norinning aksariyat qirg'oqlari qor va muzlar bilan qoplangan. Daryoning uzunligi 807 km, havzasining maydoni 59,9 ming km2. Norinning o'rtacha ko'p yillik suv sarfi (Norin shahri yaqinida) 87,5 m3/sek, o'rtacha oqim moduli 8,24 m3/sek. Daryosining eng katta maksimal suv sarfi 1936-yil 20-mayda 772 m3/sek, minimal o'rtacha oylik suv sarfi 10,2 m3/sek. (1938-yil yanvar) kuzatilgan.

QORADARYO— Andijon viloyatidagi daryo (boshlanish qismi Qirg'izistonda). Sirdaryoning asosiy irmoqlaridan biri. Uzunligi (Tor daryosi bilan birga) 318 km, havzasining maydoni 28,6 ming km2. Farg'ona tizmasining jan.-sharqiy va Oloy tizmasining shim. yon bag'irlaridan boshlanadigan Tor va Qorag'ulja daryolarining qo'shilishidan hosil bo'ladi. Kampirravot darasigacha kengligi 0,5 km dan 4-5 km gacha bo'lgan terassali vodiyda oqadi. Daryoga ikkita yirik irmoq — Yassi va Qurshab daryolari kelib qo'shiladi. Kampirravot qishlog'i yaqinida vodiy keskin torayib dara hosil qiladi. So'ng Qoradaryo Farg'ona vodiysida oqadi. Baliqchi qishlog'i yaqinida Norin daryosi bilan qo'shilib, Sirdaryoni hosil qiladi. Daryoning o'rtacha yillik suv sarfi Uchtepa yaqinida 136 m3/sek. Shu joyda yillik eng ko'p suv sarfi 265 m3/sek ga yetgan (1969-yil), eng kam suv sarfi 68,4 m3/sek (1975-yil). Daryo qor va muzlik suvlaridan to'yinadi. Yillik oqimining 55%i mart-iyul oylariga to'g'ri keladi. Daryo suvining o'rtacha loyqaligi 1 kg/m3. Ba'zan qishda qisqa muddat qirg'oqqa yaqin qismi muzlab muz va shovush oqishi kuzatiladi. Farg'ona vodiysiga chiqqanidan so'ng daryo suvi ko'plab sug'orishga sarflanadi. Katta Farg'ona kanali, Shahrixonsoy, Andijonsoy va Paxtaobod kanallari Qoradaryodan suv oladi. Daryo suvidan Andijon viloyati va Qirg'izistonning O'sh viloyati ekin maydonlari sug'oriladi.

Tabiiy geografik okrugning sharqida Farg'ona tizmasidan Yassi, Ko'gart, Qorao'ngur, Moylisuv kabi daryo va soylar boshlanadi. Daryolar qorlarning erishidan to'yinib, eng ko'p suv sarfi yoz faslida sodir bo'ladi.

Chotqol va Qurama tog'lari okrugni shimol va g'arb tomonidan o'rab turadi. Chodaksoy (76km), Kosonsoy, (154km) Namangansoy (48km), Chortoqsoy (67km), Pochchaota (130km), Qorasuv (470km) kabi daryolar mana shu tog'lardan boshlanadi. Ularning suvi may-iyun oylarida ko'payadi.

Okrugning janubidagi Oloy va Turkiston tog'laridan Xo'jabaqirg'on(130 km), Isfara (130km), So'x (124km), Shohimardon (170km), Isfayramsoy (122km), Aravansoy (90km), Oqbura (70km) va Qurshab kabi daryolar boshlanadi. Bu daryo va soylarda muz va qorlardan suv oladi, yillik oqimining 60%ga yaqini iyul-sentabr oylariga to'g'ri keladi.

REFERENCES

1. Shuls V. L., Mashrapov R., O'rta Osiyo gidrografiyasi, T., 1969;

2. Zaxidov A. 3., Vodoxozyaystvennie sistemi Sredney Azii, T., 1971.

3. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.