Научная статья на тему 'FARG‘ONA VILOYATI SHAHAR VA TUMANLARI MADANIYAT VA ISTIROXAT BOG‘LARINI “NUR ARXITEKTURASI” USULIDA LANDSHAFT DIZAYNI ELEMENTLARI ORQALI LOYIHALASH'

FARG‘ONA VILOYATI SHAHAR VA TUMANLARI MADANIYAT VA ISTIROXAT BOG‘LARINI “NUR ARXITEKTURASI” USULIDA LANDSHAFT DIZAYNI ELEMENTLARI ORQALI LOYIHALASH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
98
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axmad-Al Farg‘oniy nomidagi Farg‘ona shaxar madaniyat va istiroxat bog‘i / Qo‘qon shaxar nomidagi madaniyat va istiroxat bog‘i / Erkin Voxidov nomidagi Marg‘ilon shaxar madaniyat va istiroxat bog‘i / tuman markazlari madaniyat va istiroxat bog‘lari / Ahmad-Al Fergani Fergana City Park of Culture and Leisure / Kokand City Park of Culture and Leisure / Margilan City Culture and Recreation Park named after Erkin Voxidov / district centers of culture and recreation

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — To‘Xliboyev, B.S.

Farg‘ona viloyati shaxar va tumanlari madaniyat va istiroxat bog‘larini “NUR ARXITEKTURASI” usulida landshaft dizayni elementlari orqali loyixalash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DESIGN OF CULTURE AND RECREATION PARKS OF CITIES AND DISTRICTS OF FERGANA REGION WITH LANDSCAPE DESIGN ELEMENTS BY "LIGHT ARCHITECTURE"

Design of parks of cities and districts of Fergana region using elements of landscape design in the method of " NUR ARXITEKTURASI".

Текст научной работы на тему «FARG‘ONA VILOYATI SHAHAR VA TUMANLARI MADANIYAT VA ISTIROXAT BOG‘LARINI “NUR ARXITEKTURASI” USULIDA LANDSHAFT DIZAYNI ELEMENTLARI ORQALI LOYIHALASH»

Scientific Journal Impact Factor

О

FARG'ONA VILOYATI SHAHAR VA TUMANLARI MADANIYAT VA ISTIROXAT BOG'LARINI "NUR ARXITEKTURASI" USULIDA LANDSHAFT DIZAYNI ELEMENTLARI ORQALI LOYIHALASH

To'xliboyev B.S.

Katta o'qituvchi, Arxitektura kafedrasi, Farg'ona politexnika instituti, Farg'ona,

O'zbekiston E-mail: b .tuxliboyev@ferpi. uz

Farg'ona viloyati shaxar va tumanlari madaniyat va istiroxat bog'larini "NUR ARXITEKTURASI" usulida landshaft dizayni elementlari orqali loyixalash.

Tayanch so'zlar: Axmad-Al Farg'oniy nomidagi Farg'ona shaxar madaniyat va istiroxat bog 'i; Qo 'qon shaxar nomidagi madaniyat va istiroxat bog 'i; Erkin Voxidov nomidagi Marg 'ilon shaxar madaniyat va istiroxat bog 'i; tuman markazlari madaniyat va istiroxat bog 'lari;

Design of parks of cities and districts of Fergana region using elements of landscape design in the method of " NUR ARXITEKTURASI".

Keywords: Ahmad-Al Fergani Fergana City Park of Culture and Leisure; Kokand City Park of Culture and Leisure; Margilan City Culture and Recreation Park named after Erkin Voxidov; district centers of culture and recreation;

Дизайн парков городов и районов Ферганской области с использованием элементов ландшафтного дизайна в методике «NUR ARXITEKTURASI».

Ключевые слова: Ферганский городской парк культуры и отдыха имени Ахмад-Аль-Фергани; Кокандский городской парк культуры и отдыха; Маргиланский городской парк культуры и отдыха имени Эркина Воксидова; районные центры культуры и отдыха;

Nur arxitekturasi landshaft kompozitsiyalari landshaft dizayni vositalari-o'simliklar, geoplastika, toshlar, suv qurilmalari, mo''jaz me'moriy shakllarni kechqurungi (tungi) yorug'lantirishning turli usullarini bildiradi.

O'simliklar guruhlarini yoritish. Ma'lumki, daraxtlar, butalar, gullardan tuzilgan kompozitsiyalar landshaft dizayini ob'ektlarini shakllantirishning asosiy elementlari hisoblanadi. Ularni tungi manzaraviy yorug'lantirish insonga katta ijobiy psixologik ta'sir ko'rsatadi. Barglarning yumshoq yorug'i, butalarning o'ziga xos jozibador

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

silueti tomoshabin ruhiyatiga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, kunduzgi tashvishlardan chalg'itadi. O'simliklardan tuzilgan landshaft guruhlarini yoritish ham aynan ana shu tomosha komfortini ta'minlash va yaratishga qaratilgan. Yaxshi manzaraviy samaraga erishish uchun yoritkichlar o'simliklar strukturasi ichiga kiritilishi va ularning barglari va siluetining o'ziga xos xususiyatlarini ifoda etishi lozim [1-7].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yorug'lantirish yer sathidan amalga oshirilishi mumkin, turlicha rangdagi chiroqlar va ularni turli-tuman joylashtirish orqali mazkur sohada har xil samaralarga

erishish mumkin. Tig'iz tanali daraxtlarni jozibador ko'rsatish maqsadida ularni bir yoki ikki tomondan yorug'lik nuri bilan - yopish lozim. Ular ikki tomondan yoritilsa, turli tonlardagi ranglar yordamida yoritish yanada samarali chiqishi mumkin. Tanasi siyrak bo'lgan daraxtlarni

yoritishda nur pastdan yuborilib, butalar esa ichidan nurlantiriladiki, bu ularga yetarlicha

manzaraviy ko'rinish beradi (1-rasm) [8-14].

1-rasm. Nur arxitekturasi

Xromatik tonli yorug'lik nurlarini rangi turlicha bo'lgan daraxtlar aralash ekilganda qo'llasa bo'ladi va u landshaft kompozisiyalarining mavsumiy rangdorligini oshirishga ham yordam beradi. Masalan, yozgi bargga sof izumrud-yashil tonni berish maqsadida rtutli yoki yashil metallogalogen lampali priborlar qo'llaniladi, kuzgi palitralarni ko'rsatish uchun esa natrieviy yoki sariq metallogalogen lampalarni qo'llash ma'quldir [15-21]. Qishgi peyzajda qor yopgan xvoy daraxtlarining shoxchalarini —sovuq tondagi yorug'lik nurlari bilan yoritish ma'quldir, ularning tanasi esa aksincha-issiq tonli nurlar bilan yoritiladi. Xvoyli

guruhlarning qoramtir fonida qarag'ayning oqishliligini bo'rttirish uchun uning tanasi

712

Scientific Journal Impact Factor

O

yer sathidan yorug'lantirilsa yaxshi ko'rinadi, archalar silueti esa oppoq qor va nur bilan yopilgan maysazor fonida jozibador ko'rinadi.

Keyingi yillarda geoplastika elementlari-do'ngliklar, alpinariylar, rokariylar, tirgak devorlar, zinapoyalar va boshqa elementlarni dekorativ yoritish keng tus olmoqda. Bu maqsadda maxsus yoritish qurilmalari-projektorlar, dekorativ yoritkichlar, torsherlar yaratilmoqda. Ular yaxlit yorug'lantirilgan rangdor rasm va peyzajlarni yaratishda qo'llanilmoqda. Landsham dizayni ob'ektlarida turli xil dekorativ-amaliy san'at elementlarini, ayniqsa haykallar, jimjimador ko'zalarni tungi yorug'lantirishga katta e'tibor berilmoqda [22-29].

Haykallarni dekorativ yoritish ularning badiiy-g'oyaviy va plastik xususiyatlarini yanada ochib berishga xizmat qilish zarur. Haykal turli tomonlardan ko'rinadigan bo'lsa, bir vaqtning o'zida bir necha tomonlardan yoritilishi zarur. Agar uni faqat bir tomondan ko'rish mumkin bo'lsa, u yo'naltirilgan intensiv yagona yorug'lik oqimi bilan yoritilishi zarur. Haykallarni yoritishning o'rtacha darajasi ular bajarilgan materialga va atrof muhit fonining yorqinligi hamda ularni qaerdan turib ko'rish masofasiga qarab tanlanadi. Ayniqsa, turli xil o'simliklar guruhlari fonida joylashgan dekorativ haykallar va favvoralarning peyzajli kartinalari samarali ko'rinadi. Suv qurilmalarini dekorativ yoritish ham qiziqarli manzaraviy usullardan biri hisoblanadi. Suv va to'lqinlar yorug'lik nurlarini sindirib, ko'p sonli —pufaklarni va devorlarda soyalar o'yinini hosil qiladi. Bunday hollarda yoritish manbaini suv qurilmalari ichida joylashtirish tavsiya etiladi. O'shanda yorug'lik nuri suv ichidan o'tib ko'p martalab qaytadi va atrofga tekis taralgan nur katta tabiiy yoritkichlarni paydo qiladi [30-35]. Agar bunda suv havzasi perimetri bo'ylab oddiy chiroqlar qo'yilsa, basseyn yoki sharsharaning qoramtir yuzida faqat pufaklar ko'rinadi, suv havzasining tubi esa ko'rinmaydi. Favvoralar sharshara va shalolalarni dekorativ yorug'lantirish texnik jihatdan ancha murakkab ishdir, biroq u bajarilsa, manzara yanada yorqin va maroqli ko'rinadi. Mazkur vazifaning murakkabligi shundaki, suv unga tushayotgan yorug'lik nurini past darajada qaytaradi. Suv asosan yorug'lik nurini yutadi. Shu boisdan yorug'lik manbaini suv ostiga o'rnatish talab etiladi. Suv havzalarini suv ostiga o'rnatilgan chiroqlar yoki projektorlar bilan ichki dekorativ yoritish suv yuzasiga tashqaridan yo'naltirilgan yorug'lik nuriga nisbatan ancha kuchli taassurot qoldiradi. Favvoralar tizginini yoritish san'ati shundaki, yorug'lik oqimi va uning yorqinligini, yorug'lik va soya kontrasti, yorug'lik gammasi favvoraning arxitektonikasiga mos kelishi kerak [33-37]. Agar otilayotgan suv tizginida havo pufaklari bo'lsa yorqinlik va yorug'lik samarasi yanada yaxshiroq bo'ladi. Favvora tizginlarini yoritish bir rangli yoki ko'p rangli bo'lishi mumkin.

Scientific Journal Impact Factor

Biroq haddan ziyod ranglar aralashmasi tizginlarining badiiy ko'rinishi sifat darajasini oshirmaydi. Suv o'z holicha shunday manzaraliki, uni oq yoki yengil moviy rangda yoritish uni yanada jozibali ko'rsatadi. Yorug'lik vositalarining yoritish paytidagi kuchi favvora tizginlarining shakli, suv harakatining holati va shunga o'xshash omillar bilan belgilanadi. Favvorani yoritish usulini tanlash badiiy-me'moriy vazifalar, tizginlar kompozisiyasi, favvoraning plastik yechimi hamda atrof muhit xarakteri bilan aniqlanadi. Landsham ob'ekti yalpi hududini yoritish ssenariyasi puxta o'ylanishi zarur va eng qiziq landshaft kompozisiyalarini yoritish dastlabki modellashtirish usuli bilan aniqlanishi mumkin. Buni ko'tarib yuriluvchi qisqa muddatga yonuvchi fonarlar yordamida amalga oshirish mumkin. Sinab ko'rilgan g'oyalar variantlarini tahlil qilib eng qiziqarlisini tanlash zarur va shundan so'nggina stasionar harakatlanuvchi yoritish masalasini yechish mumkin. Yoritkichlarni tanlashning yakuniy bosqichini loyihalanayotgan hudud uchun qabul qilingan tungi yoritish ssenariyasi asosida amalga oshiriladi. Yer yuzini va past bo'yli butalarni yoritish uchun nuri atrofga taraluvchi yoritkichlar qo'llaniladi. Ularning alleya va xiyobonlar bo'ylab joylashtirilgani ma'qul, chunki bunda predmetlarni yetarlicha ko'rish ta'minlanadi. Nur yo'nalishini boshqaruvchi yoritkichlarning xususiyati shundaki, landshaft kompozisiyalari elementlarini chiroqlarning ko'zni qamashtiruvchi nurisiz ham yaxshi ko'rishi ta'minlanadi.

Predmetni faqat bir tomondan ko'rish kerak bo'lganda tomonlarning biridan yuqoriga yo'naltirib yoritish usuli qo'llaniladi va yoritkich yer yuzidan biroz yuqoriga, predmet oldiga o'rnatiladi. Nur to'g'ri predmetga yo'naltiriladi. Bunday yoritish usulini relef kompozisiyalarini yoritishda qo'llash yaxshi samara beradi. Ustunlarga o'rnatilgan yoritkichlarning yorug'lik nuri umumiy tarzda atrofga birday taraladi. Shahar sayrgohlari, xiyobonlarini yoritish uchun balandligi 4-5 m ustunlar qo'llaniladi. Ko'pgina skver va parklarning xiyobonlarini yoritishda balandligi-2,5-5 m bo'lgan ustunlar qo'llaniladi. Har bir alohida holat uchun ustun balandligi yoritkichlar konstruksiyasining quvvati yorug'lik dog'ining yuzi, zaruriy yoritish darajasi kabi ko'rsatgichlardan kelib chiqqan holda alohida hisoblanadi.

REFERENCES

1. Rustam, A., & Nasimbek, M. (2021). A New Method Of Soil Compaction By The Method Of Soil Loosening Wave. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 6-16.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

О

2. Ахунбаев, Р., Махмудов, Н., & Хожиматова, Г. (2021). Новый способ уплотнение грунта методом волна разрыхления грунта. Scientific progress, 7(4).

3. Abdusatoravna, N. S., КахшопоуюЬ, E. D., & Od^^ich, M. N. (2021). Architectural and р1апшп§ sоlutiоns fоr micrоdistricts. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 31-36.

4. Karimova, M. I. Q., & Mahmudov, N. O. (2021). ^е тро^^се of е1еmеnts of rеsidеntia1 buildings basеd on uzbеk traditions. Scientific progress, 1(6), 865-870.

5. Zakirova, G. M. Q., & Axmedov, J. D. (2021). Architectural appearance of khudoyorkhan palace: requirements for preservation and restoration. Scientific progress, 1(6), 717-719.

6. Mukhammadaliyevich, K. M. Systematic violation by a worker of his labour duties.

7. Raxmonov, D., & Toshpo'Latova, B. (2021). Preservation of historical monuments of ferghana region. Scientific progress, 1(6), 458-462.

8. Тожиев, Р. Р., Мирзакулов, Х. Ч., & Джураева, Г. Х. (2009). Влияние нормы дистиллерной жидкости-отхода Кунградского содового завода на процесс обессульфачивания рапы озера Караумбет. Химия и химическая технология, (2),

9. Kodirovna, O. S. (2019). Error correction in students' written works at English language classes. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

10. Салимов, О. М., & Журабоев, А. Т. (2018). Роль рекреационных зон в городской структуре (на примере города Ферганы). Проблемы современной науки и образования, (12 (132)).

11. Zikirov, M. (2012). Development of Small business in transition economies of Tajikistan. Bulletin of Tajik National University of Republic of Tajikistan, 2/5 (92),

12. Жураев, У. Ш. (2010). Численное решение плоской задачи Лемба. Пробл. мех, (4), 5-8.

13. Файзиев, П. Р., Исмадиёров, А., Жалолдинов, Г., & Ганиев, Л. (2021). Солнечный инновационный бытовой водонагреватель. Science and Education, 2(6), 320-324.

14. Набиев, М., & Турсунов, К. (2020). Из истории архитектуры. Science and Education, 1(1).

15. Muminova, N. Z., Toshmatov, U. T., & Norimova, S. A. (2020). In Uzbekistan roof landscaping-the need for environmental health, convenience,

2-5.

48-51.

Scientific Journal Impact Factor

о

beauty. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(6),

16. Abdujalilovich, Y. N. Impact of International Standards in the Legal Regulation of Working Hour S in the Republic of Uzbekistan. JournalNX, 623-630.

17. Mirzaliev, S., & Sharipov, K. (2020). A Review of Energy Efficient Fluid Power Systems: Fluid Power Impact on Energy, Emissions and Economics. Архив научных исследований, (30).

18. Ахмедов, Ж. Д. (2010). Оптимизация преднапряженных перекрестных ферменных систем. Промислове будгвництво та ¡нженернг споруди. К.: ВАТ "Укрднтроектсталъконструкцгя ¡м. ВМШимановсъкого, 4.

19. Юнусалиев, Э. М., Абдуллаев, И. Н., Ахмедов, Ж. Д., & Рахманов, Б. К. (2020). Инновации в строительной технологии: производство и применение в Узбекистане строп из текстильных лент и комбинированных канатов. In Энергоресурсосберегающие технологии и оборудование в дорожной и строительной отраслях (pp. 421-431).

20. Abdullaev, I. N., Akhmedov, Z. D., Rakhmanov, B. K., & Zhurabaeva, R. T. (2020). State and prospects of production and operation of synthetic woven belts (table) for load-handling devices (hd) in the republic of Uzbekistan. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16(4), 106-109.

21. Axmedov, J. (2021). The development of landscape architecture in Uzbekistan. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.

22. Nurmatov, D. O., Botirova, A. R., & Omonova, Z. (2021). Landscape solutions around the roads.

23. Косимов, С., Урмонов, Б., & Рах,монов, Д. (2021). Туристское районирование территорий основной фактор развития туризма. Scientific progress, 2(3), 125-128.

24. Мамажонов, А., & Косимов, Л. (2021). Особенности свойств цементных систем в присутствии минеральных наполнителей и добавки ацетоноформальдегидной смолы. Грааль Науки, (5), 102-108.

25. Saidjon, K., & Bakhrom, U. (2021). Energy-Saving Materials In Residential Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(01), 44-47.

26. Saidjon, Q., & Bakhrom, U. (2021). The Influence Of Interior Psychology On Uzbek Architecture. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(06), 31-35.

213-215.

Scientific Journal Impact Factor

о

27. Косимов, с. Р. (2020). Узбекистан республикасида замонавий интерьерларнинг мавжуд холати ва фаолияти. Science and Education, 1(2), 213-

28. Зикиров, М. С., Косимов, С. Р., & Турсунов, К. К. (2020). Дизайнда инновация исти;боллари. Science and Education, 1(7).

29. Mahmudov, N. O., Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). So'ngi o'rta asrlarda o 'rta osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari. Academic research in educational sciences, 2(11), 692-715.

30. Kodirovna, O. S. (2019). Error correction in students' written works at English language classes. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

31. Toshpolatova, B. R., & Nurmatov, D. O. (2021). Combination of landscape compositions with architectural styles. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(12), 1-7.

32. Axmedov, J. J., & Qosimova, S. F. (2021). The Origin of the" Chorbog" Style Gardens and Their Social Significance. Middle European Scientific Bulletin, 19, 20-

33. Ахмедов, Д. Д., & Косимова, Ш. Ф. К. (2021). Роль Ландшафтного Дизайна В Разработке Генерального Плана Города. Central asian journal of arts and design, 2(12), 8-18.

34. Mahmudov, N. O., Norimova, S. A., & Ehsonov, D. R. (2021). So'ngi o'rta asrlarda o 'rta osiyoda hunarmandchilik markazlarini takomillashtirish asoslari. Academic research in educational sciences, 2(11), 692-715.

35. Kodirovna, O. S. (2019). Error correction in students' written works at English language classes. Проблемы современной науки и образования, (12-2 (145)).

36. Toshpolatova, B. R., & Nurmatov, D. O. (2021). Combination of landscape compositions with architectural styles. Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(12), 1-7.

37. Axmedov, J. J., & Qosimova, S. F. (2021). The Origin of the" Chorbog" Style Gardens and Their Social Significance. Middle European Scientific Bulletin, 19, 20-

217.

24.

24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.