Научная статья на тему 'ETNOMАDАNIY JАRАYONLАR VA MILLATLARARO MUNOSABATLARDA TOLERАNTLIKNING IFODАSI'

ETNOMАDАNIY JАRАYONLАR VA MILLATLARARO MUNOSABATLARDA TOLERАNTLIKNING IFODАSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
136
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etnomadiy jarayonlar / glovballashuv / millatlararo munosabatlar / tolerantlik. / ethnocultural processes / globalization / interethnic relations / tolerance.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Matnazarova, Muhayyo Axmetjanovna, Tursunov, Sherali Yunusovich

Ushbu maqolada etnomadaniy jarayonlar va millatlararo munosabatlarda tolerantlikning, ijtimoiy-siyosiy holati tahlili qilingan. Ushbu tadqiqot doirasida qilingan Ilmiy izlanishlar tahlil qilingan va o’rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF TOLERANCE IN ETHNO-CULTURAL PROCESSES AND INTERNATIONAL RELATIONS

This article analyzes the socio-political situation of tolerance in ethnocultural processes and interethnic relations. The studies carried out in this study have been analyzed and studied

Текст научной работы на тему «ETNOMАDАNIY JАRАYONLАR VA MILLATLARARO MUNOSABATLARDA TOLERАNTLIKNING IFODАSI»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ETNOMADANIY JARAYONLAR VA MILLATLARARO MUNOSABATLARDA TOLERANTLIKNING IFODASI

Matnazarova Muhayyo Axmetjanovna

O'zbekiston Milliy Universiteti doktoranti Tursunov Sherali Yunusovich

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish Instituti "Matematika, tabiiy va gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada etnomadaniy jarayonlar va millatlararo munosabatlarda tolerantlikning, ijtimoiy-siyosiy holati tahlili qilingan. Ushbu tadqiqot doirasida qilingan Ilmiy izlanishlar tahlil qilingan va o'rganilgan.

Kalit so'zlar: etnomadiy jarayonlar, glovballashuv, millatlararo munosabatlar, tolerantlik.

ABSTRACT

This article analyzes the socio-political situation of tolerance in ethnocultural processes and interethnic relations. The studies carried out in this study have been analyzed and studied

Keywords: ethnocultural processes, globalization, interethnic relations, tolerance.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется общественно-политическая ситуация толерантности в этнокультурных процессах и межэтнических отношениях. Исследования, проведенные в этом исследовании, были проанализированы и изучены.

Ключевые слова: этнокультурные процессы, глобализация, межнациональные отношения, толерантность.

KIRISH

Millatlararo munosabatlar dunyodagi har bir davlatda o'zining tarixi, xususiyatlariga ega bo'lgan, jamiyatning eng nozik va murakkab ijtimoiy-siyosiy muammolaridan biridir. Jumladan, milliy masala davlatlarda milliy xavfsizlik tushunchasini shakllantiruvchi ta'sirchan omillardan biri bo'lib, bu masalalarning ba'zi davlatlarda o'z yechimini topa olmayotganligi davlatlarning milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi omilga aylanib borayotganligi sir emas. Zero, O'zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov bu masala xususida to'xtalib,shunday degan edilar: "Millatlararo munosabatlarda uyg'unlik bo'lmasligi nafaqat ayrim davlatlarning,

1079

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

balki butun mintaqalarning ham ichki siyosiy barqarorligi va milliy xavfsizligiga putur yetkazuvchi bosh omilga aylangan."[1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XX asrning ikkinchi yarmida tolerantlik muammosi xalqaro tus oldi, chunki bu muammoning ijobiy hal etilishi xalklar o'rtasidagi va mamlakat ichidagi ko'pgina mojarolar tugunini yechib yuborish imkonini beradi. Chunonchi, bir-biriga sabr-toqat bilan qarash, bir-birining o'zgacha yashash huquqini tan olish, ayrim ijtimoiy sub'ektlarning mutloq haqiqat tushunchasini tan olish to'g'risidagi fikriga qo'shilish sohasida muayyan hamjihatlik bo'lmasa, o'zaro mojarolashuvchi tomonlar o'rtasidagi muloqotda murosaga erishib bo'lmaydi.

Tolerantlik muammosiga katta ahamiyat berilayotganini shundan xam bilsa bo'ladiki, jahon hamjamiyatining bu hayotiy muammoga e'tiborini jalb qiluvchi ko'pgina xalqaro tadbirlar o'tkazila boshladi, jumladan, 1995 yilni Birlashgan Millatlar Tashkiloti bag'rikenglikka bag'ishladi. 1996 yildan buyon har yili 16 -noyabrt sanasi "Bag'rikenglik kuni deb e'lon qilindi." Bu tadbirlarda tolerantlikni rivojlantirishga ko'maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish yo'llari izlanmoqda, bu muammoni xal etishga xalaqit berayotgan omillarni bartaraf etishga xarakat qilinmoqda. Hozirgi dunyoning globallashib borayotganligi ana shunday omillardan biridir.

Globallashuv jarayonining mohiyati ham odamlar, ham davlatlar o'rtasidagi o'zaro aloqa va o'zaro bog'liqlikning haddan tashqari kengayib va murakkablashib borayotganligidan iboratdir. Chunonchi dunyo miqyosidagi axborot makoni, kapitallar, tovarlar va ishchi kuchlarining jahon bozori vujudga kelmoqda, tabiiy muhitga texnogen ta'sir muammosi, millatlararo va dinlararo nizolar va yalpi xavfsizlik muammosi chigallashib ketmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirgi dunyoning globallashuvi jarayoni insoniyatga dunyo xilma-xil va ayni vaqtda yagonaligini hamisha yodga solib turmoqda. Madaniyatlar xilma-xil ekanligi sababli ayni bir xil jarayonlarga yondoshuvlar ham turli-tumandir, ammo bu narsa aniq ijtimoiy sub'ektlar uchun ham, butun dunyo uchun ham xavf solishi mumkin.

Tadqiqotlardan ma'lum bo'lishicha, o'tmishdagi milliy siyosatda yo'l qo'yilgan xatolar; ta'lim, mehnat, boshqaruv sohalarida millatiga qarab kamsitish hollari; millatchilik xurofotlari va boshqa salbiy tushunchalar millat va elatlar o'rtasida o'zaro keskinlik va mojarolarni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar qatoridan joy olgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Etnoslarning millatlarning ijtimoiy hayotida diniy, ma'naviy ahloqiy, paradigmalar muhim rol o'ynagan shuning uchun etnomadaniyatning o'ziga xos jihatlarini falsafiy tadqiq etishda mazkur paradigmalarga asoslanish mumkin deb xisoblaymiz. Biroq oxirgi yo'nalishni diniy, ma'naviy, ahloqiy paradigmalar qatoriga kiritish qiyin, chunki globallashuv diniy qadriyat ham emas, ma'naviy axloqiy paradigma xam emas, shuning uchun uni etnomadaniyatlarga ta'sirini asoslashimiz lozim.

Bag'rikenglik shakllari orasida diniy bag'rikenglik alohida ahamiyatga ega. Din umuminsoniy axloq me'yorlarini o'ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan, odamlarning hayotini tartibga solishga xizmat qilib kelgan. Shuning uchun ham, u yoki bu dinga xolis yoki noxolis munosabat unga e'tiqod qiluvchilar tomonidan tegishlicha anglanishi va baholanishi hamda o'zaro munosabatlarga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishiga zamin yaratgan.

Bugungi kunda globallashuv jarayonlari insonni har sohada sergak tortishi, shuningdek axborot olamidan olayotgan har qanday axborotlarni analiz va sintez qila olmaslik oqibatida "propagandalar" qurboni bo'layotani xech kimga sir emas.

Bugungi kunda axborot olami turli tuman axborotlarga to'la bo'lib, bunda axborot iste'molchining siyosiy, diniy ilmlari zamon talablariga javob bera olmasa turli etnik va diniy nizolarga "ishtirokchi"siga aylanib qolishdek holatlar paydo bo'lmoqda. Chunki globallashuv jarayoni jamiyatning turli jabhalariga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Globallashuv - bu dunyo iqtisodiy, siyosiy va madaniy integratsiyalashuvi va turli davlatlar va sivilizatsiyalarning birlashishi jarayoni bo'lib, buning natijasida dunyo o'zining barcha sub'ektlariga tobora ko'proq bog'lanib, qaram bo'lib qoladi. Bu tizimli xususiyatga ega, ya'ni jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi ob'ektiv jarayondir[2]

Bag'rikenglik shakllari orasida diniy bag'rikenglik alohida ahamiyatga ega. Din umuminsoniy axloq me'yorlarini o'ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan, odamlarning hayotini tartibga solishga xizmat qilib kelgan. Shuning uchun ham, u yoki bu dinga xolis yoki noxolis munosabat unga e'tiqod qiluvchilar tomonidan tegishlicha anglanishi va baholanishi hamda o'zaro munosabatlarga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishiga zamin yaratgan. Dunyoning global birligi global noosfera sintezini emas, balki bitta insoniyatni emas, balki globallashuvning muhim asosi bo'lgan insoniyat mavjudligining barcha sohalarida global tizimli inqirozga olib keldi [3]

Har yili butun dunyoda va ayniqsa G'arbiy Yevropa davlatlarida migratsiya oqimi va islomni qabul qilish jarayoni tufayli musulmonlar soni ortib bormoqda. O.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Grinevskiyning ta'kidlashicha, "... yiliga 14 ming ingliz, Fransiyada esa kamida 50 ming kishi islomni qabul qiladi.. Ayrim demograflarning fikriga ko'ra, aynan Fransiya Islom Yevropa bo'ylab o'zining g'alabali yurishini boshlaydigan davlatga aylanishi mumkin. Rossiyada ham musulmonlar soni ortib bormoqda. 2010-yilda mamlakat aholisining 4 foizi islom diniga e'tiqod qilgan bo'lsa, hozir kunda 7 foizi tashkil qiladi. AQShda har yili 135 ming kishi islomni qabul qiladi. Qizig'i shundaki, Qo'shma Shtatlardagi musulmonlarning 20-30 foizi dinni qabul qilganlar. Ulardan atigi 27% oq tanlilar. Ular asosan afro-amerikaliklardir" [4].

G'arbiy Yevropa va qisman AQShning islomlashuv jarayonlari Islom jangari din degan stereotip degan tushunchaga ega.Lekin stereotiplash mexanizmi islomni emas, balki radikal islomni targ'ib qiluvchi terror tashkilotlari faoliyati bilan bog'liq. Chunki Islom zo'ravonlik va uning har qanday ko'rinishini qoralaydigan dindir. I. V. Polozova buni shunday tavsiflaydi: "... Islom dini insoniyatga insoniylik, tinchlik va farovonlik bilan to'la hayot olib borishga da'vat etilgan dindir... Islom dini mo'minlarni qalbida inson qalbining eng yorqin fazilatlarini kamol toptirishga chaqiradi.: rahm-shafqat, qo'shniga hurmat, mehr-oqibat, kamtarlik, odamlarni tinchlik va totuvlikda yashashga o'rgatadi [5]

Asli eronlik amerikalik olim F.Moxaddamning terrorizmning asl sabablari haqidagi nuqtai nazari qiziq: uning fikricha, terrorizmning namoyon bo'lishi islom jamoalarining o'ziga xoslik inqirozi bilan bog'liq.

"Inqiloblar, urushlar, aholining ommaviy migratsiyasi, keng ko'lamli iqtisodiy va ijtimoiy o'zgarishlar, bu islom dunyosi yoshlarining o'ziga xoslik inqirozining fonidir" [6]

Global makonda islom dinining ahamiyati aslida bugungi kunda mavjud tizimlar, shuningdek islom dini niqobi ostida turli buzg'unchiliklar harakatlarni amalga oshirilishi, go'yoki islom diniga nisbatan odamlarda islom diniga jangari din degan stereotip paydo bo'lishida aslida shu omillar sabab bo'lmoqda. Aslida dinlarning vazifasi millat va elatlar o'rtasida rishtalarni bog'lovchi vositasidir.

Millatlararo muloqot jarayonida shakllangan o'z va chet el xalqlari haqidagi g'oyalar, stereotiplar nafaqat ularning ayrim xususiyatlarini umumlashtiradi, balki ularga nisbatan qadriyatli munosabatni ham ifodalaydi.[7]

Etnoslarning millatlarning ijtimoiy hayotida diniy, ma'naviy ahloqiy, paradigmalar muhim rol o'ynagan shuninguchun etnomadaniyatning o'ziga xos jihatlarini falsafiy tadqiq etishda mazkur paradigmalarga asoslanish mumkin deb xisoblaymiz. Biroq oxirgi yo'nalishni diniy, ma'naviy, ahloqiy paradigmalar qatoriga kiritish qiyin, chunki globallashuv diniy qadriyat ham emas, ma'naviy axloqiy

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

paradigma xam emas, shuning uchun uni etnomadaniyatlarga ta'sirini asoslashimiz lozim.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, Mamlakatimizdagi mustaqil rivojlanish sharoitida ro'y berayotgan chuqur ijtimoiy o'zgarishlar o'zbekistonliklarning mentalitetida yangi milliy davlatchilikni qaror toptirish jarayonlarini jadallashtirib yubordi. Nafaqat bu, balki, eng asosiy demokratik tamoyillardan biri bo'lmish tolerantlik davlat darajasidagina emas, shaxslar, guruxlar darajasida ham tobora yuzaga chiqib bormoqda, tolerantlik esa, turli etnik guruhlarga mansub kishilarning turmush tarziga, fe'l-atvori, xis-tuyg'ulari, fikr-o'ylari, g'oyalari va diniy qarashlariga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo'lishni bildiradi.

REFERENCES

1. Karimov I. O'zbekiston buyuk kelajak sari.T., 1998.- B. 471.

2. Панин В. И. Циклы и волны глобальной истории / В. И. Панин. - М., 2003

3. Safonov, A. L., Orlov, A. D. Globalization: crisis of global system as system of crises // Social-Humanitarian Knowledge. 2012. №2 - p. 114—125

4. Гриневский О. Терроризм и исламский радикализм - глобальный риск номер один // Россия XXI. 2014. № 1. С. 78-93

5. Полозова И. В. Духовные и идейные основы «восточного» терроризма // Вестник Московского университета МВД России. 2014. № 9. С. 39-43

6. Мохаддам Ф. М. Терроризм с точки зрения террористов: что они переживают и думают и почему обращаются к насилию. М.: Форум, 2011. 288 с

7. Бромлей Ю.В. Очерки теории этноса. М.: Наука, 1983.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.