Научная статья на тему 'ESHITISHIDА NUQSONI BOʼLGАN BOLАLАRDА TАFАKKUR RIVOJLАNISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLАRI'

ESHITISHIDА NUQSONI BOʼLGАN BOLАLАRDА TАFАKKUR RIVOJLАNISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLАRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

2171
390
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
daktil nutq / tafakkur / anomaliya / anomal bolalar / sezgi / vizual idrok / teri sezgisi / surdapedagogika. / дактильная речь / мышление / аномалия / аномальные дети / интуиция / зрительное восприятие / кожная интуиция / cурдопедагогика

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Feruza Sulaymonovna Mamirova

Ushbu maqolada zaif eshituvchi bolalarda eshituv sezgisining yoʼqolishi sababli koʼruv sezgisi va idroki asosiy oʼrin tutishi hamda tafakkur rivojlanishining psixologik xususiyatlari xaqida so’z yuritilgan. Maqolada nafaqat zaif eshituvchi bolalar shu bilan birga sog’lom bolalar rivojlanishi hamda tafakkuri xaqida malumotlar berib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье говорится об основной роли зрительного восприятия и восприятия у слабослышащих детей, а также о психологических особенностях развития мышления. В статье представлены сведения о развитии и мышлении не только детей с нарушениями слуха, но и здоровых детей.

Текст научной работы на тему «ESHITISHIDА NUQSONI BOʼLGАN BOLАLАRDА TАFАKKUR RIVOJLАNISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLАRI»

ESHITISHIDA NUQSONI BO'LGAN BOLALARDA TAFAKKUR RIVOJLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Feruza Sulaymonovna Mamirova

O'zbekiston Milliy universiteti stajyoг o'qituvchisi sulaymonovnaferuza@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada zaif eshituvchi bolalarda eshituv sezgisining yo'qolishi sababli ko'ruv sezgisi va idroki asosiy o'rin tutishi hamda tafakkur rivojlanishining psixologik xususiyatlari xaqida so'z yuritilgan. Maqolada nafaqat zaif eshituvchi bolalar shu bilan birga sog'lom bolalar rivojlanishi hamda tafakkuri xaqida malumotlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: daktil nutq, tafakkur, anomaliya, anomal bolalar, sezgi, vizual idrok, teri sezgisi, surdapedagogika.

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится об основной роли зрительного восприятия и восприятия у слабослышащих детей, а также о психологических особенностях развития мышления. В статье представлены сведения о развитии и мышлении не только детей с нарушениями слуха, но и здоровых детей.

Ключевые слова: дактильная речь, мышление, аномалия, аномальные дети, интуиция, зрительное восприятие, кожная интуиция, cурдопедагогика.

ABSTRACT

This article talks about the main role of visual perception and perception in hearing impaired children, as well as the psychological features of the development of thinking. The article provides information about the development and thinking of not only hearing-impaired children, but also healthy children.

Keywords: dactyl speech, thinking, anomaly, anomalous children, intuition, visual perception, skin perception, deaf pedagogy.

Sog'lom rivojlanayotgan bola asosiy bilim manbaini eshituv sezgisi, idroki orqali qabul qiladi va esida olib qoladi. Ular atrofdagilar bilan muloqotga kirishib, foto, kino, teatrlarni tomosha qilib, ko'p ma'lumotga ega bo'ladilar. Eshitishida nuqsoni bor bola bunday

April, 2023

395

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-395-399

imkoniyaüardan chegaralangan bo'ladi. Bu esa atrofni anglash jarayonini qiyinlashtiradi va kompensatsiyani talab etadi. O'z navbatida bu ko'ruv, harakat, hidlash sezgisi va idroki rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Lekin shuni aytib o'tish kerakki eshituv sezgisining yo'qolishi sababli ko'ruv sezgisi, idroki asosiy o'ringa o'tadi. Zaif eshituvchi bolaning ko'ruv analizatori atrofdagi olamni anglashda asosiy ahamiyatga ega bo'ladi va shu o'rinda ularning ko'rish xotirasi kuchayib tafakkuri ham rivojlanib boradi.

Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalar sezgisi, idroki va xotirasi shakllanishining umumiy qonuniyatlari bilan birga spetsifik xususiyatlarga ega bo'ladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda eshituv sezgisi mavjud emas degan fikr noto'g'ridir. Yangi okustik apparatlar yordamida o'tkazilgan tadqiqotlar natijalari ko'rsatishicha, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning 40 %da eshituv sezgisi qoldiqlari mavjudligini ko'rsatdi.[2 s.179]

Hozirgi kunda bolalar tafakkurining rivojlanishini uch bosqichi - ko'rgazmali - harakat, ko'rgazmali - obrazli, so'zli - mantiq tavsiflanadi. So'nggi bosqichda umumlashish, tushunchaning shakllanganligi darajasi, ishlatiladigan material xarakteriga ko'ra konkret - tushunchali va abstrakt tushunchali tafakkur o'zaro tasniflanadi. Ko'rgazmali - harakat tafakkuri predmet bilan tashqi harakatni o'zida jamlaydi, bunda bola maqsadga erishish vositasi sifatida turli predmetlardan foydalanadi. Amaliy vazifalarni amalga oshirishda muammoni hal etishni bir sharoitdan ikkinchisiga o'tkazish zaruriyati yuzaga keladi. Bu ko'rgazmali - harakat umumlashmalarini shakllanishga olib keladi. Ko'rgazmali - harakat tafakkurining o'ziga xosligi, bir sharoitdan boshqasiga o'tishda bola harakati va predmet aloqasi, munosabati tamoyili to'liq namoyon bo'lmasligi bilan belgilanadi.

Shunday qilib, nutqiy rivojlanishgacha tafakkurning inert, harakatchan emasligi kuzatiladi. Ma'lum nuqtai nazardan bola narsani anglab, undan qiyinchilik bilan ajraladi. Nonutqiy muloqot imo - ishora yoki so'zlashuv nutqini shakllantirish uchun asosiy omil sanaladi. Kar bolani nutqini rivojlantirish uning tafakkurini rivojlantirishda muhim o'ringa ega. A.V.Zaporojes fíkricha bolani amaliy tajribaga va sensor tarbiyaga ega bo'lishi asosidagina bu jarayon amalga oshishi mumkinligini e'tirof etadi. [1]

Tafakkur - haqiqatni bevosita va umumlashgan holda aks ettiruvchi bilish jarayonidir.

Bolaning amaliy tajribasi inson qo'li bilan yaratilgan predmetlar bilan topishi, harakatlarni natijalar bilan qiyoslash,

sabab - oqibat aloqalarini belgilashdir. Shuningdek bolalar

April, 2023

predmetlararo munosabatlarni ham anglaydilar. Ko'rgazmali - harakat tafakkurini rivojlanishidan orqada qolish nutqi mavjud bo'lmagan eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda ham uchraydi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar harakatni umumlashtirish usuliga ega bo'lmaydilar, shu sababli bu vazifani o'rgatish uchun to'rt marotaba ko'p vaqt va uch marotaba ko'p ko'rgazma kerak bo'ladi.

A.R.Luriya va F.L.Yudovich nutqiy rivojlanishi orqada qolgan sog'lom egizak bolalarni tafakkurining o'ziga xos xususiyatlarini tadqiq etgan. Bolalar harakatni so'zdan ajratish, rejalashtirish, elementar tasniflash malakasiga ega bo'lmaganlar. Predmet ifodasi, belgi, munosabatlarini anglab bola predmet obrazlari bilan tafakkur harakatlarini amalga oshiradilar.[3,6]

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalardagi ko'ruv sezgi va idroki eshituvchi bolalar darajasida bo'lish L.V.Zankov, I.M. Solovev, K.I. Vigotskiy, tadqiqotlarida dalillangan. Shu sababli eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar eshituvchi bola ahamiyat bermaydigan tashqi olam xususiyatlari va nozikliklariga ahamiyat beradi. Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning eshituv sezgisiga qaraganda ko'ruv sezgisining ustunligi, harakat sezgisining, teri-taktil sezgilarning faolligi kuzatiladi.[4,5]

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uzoq muddat davomida ko'rgazmali -obrazli tafakkur bosqichida qoladilar. Xususan, T.V.Rozonova tadqiqotlarida eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning ko'rgazmali - obrazli tafakkurining rivojlanishidagi farq maktabgacha ta'limining boshida kuzatilishini isbotlaydi. Ko'rgazmali - obrazli tafakkurni rivojlantirish model tasavvurlarni umumlashtirish imkonini yuzaga keltiradi. Ko'rgazmali - obrazli tafakkurni shakllantirish so'zlash nutqining shakllanishi bilan bog'liq bo'lib, ko'rgazmali - obrazli tafakkurni so'zlash - mantiq tafakkuri bosqichiga o'tishi sog'lom bolalarga nisbatan eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda uzoq muddat davomida amalga oshadi. Bu fikrlash operatsiyalarini rivojlanishida namoyon bo'ladi. Fikrlash operatsiyalari - tizimga tashkillashtirilgan umumiy harakatlardir. Bu fikrlash operatsiyalari asta - sekinlik bilan amalga oshadi.

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda fikrlash operatsiyalari eshituvchi bolalarga nisbatan kech shakllanadi. Analiz va sintez jarayonini rivojlanishida ham orqada qolish kuzatiladi. Bu jarayonlar yanada uzoq muddatli va sistematik tarzda amalga oshadi. Taqqoslash jarayonida farqlarni topish va o'xshatish munosabatlari amalga oshadi. I.M.Salovyoov ta'kidlashicha, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarda taqqoslashning quyidagi jihatlari namoyon bo'ladi: ikki predmetni taqqoslashdan birining analiziga o'tib ketish, vazifani soddalashtirish, predmetlarni taqqoslashdagi qiyinchiliklar kuzatiladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning o'smirlik chog'ida taqqoslash

April, 2023

397

texnikasini egallashda yutuqlar kuzatiladi, taqqoslash sifati oshadi.

Abstraktsiyalash jarayoni syujetli - rasm o'yin va o'quv faoliyati jarayonida amalga oshadi. Syujetli - rasm o'tishning xarakterii xususiyati o'rindosh pгedmetlaгni qo'llash hisoblanadi. Almashtiriluvchi pгedmetlaг xususiyatini ajratish va taqqoslash abstraktsiyaga asoslanadi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bola^ almashtiгilgan predmetlami qo'llashda qiyinchiliklaгga uchraydilaг. Hatto almashtirish uchun funksional mumkin bo'lgan predmet^ ulaг tomonidan haг doim qo'llanilmaydi, ulami гeal funktsional ahamiyatida ajratish eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalaT uchun qiyin tareda kechadi. N.I.Shif ma'lumotlariga ko'гa, maktabgachagacha yoshdagi, maktabgacha yoshidagi eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar uchun almashtiruvchi vosita sifatida tanishga nisbatan, notanish predmetlarni qo'llash qulaylik tug'diradi. Abstгaktsiya jaгyonida oгqada qolish eshitishda nuqsoni bo'lgan bolato o'quv faoliyatida ham o^ada qolishiga sabab bo'ladi.

Eshitishda nuqsoni bo'lgan bola^ kattaliklami taqqoslash, kattaliklaг o'zaгo munosabatini tushunish, masala mazmunidan uni ko'гgazmali ifodalash, beгilgan munosabatlaгda ko^gazmali shaгoitda ajratishni ifodalovchi biг qatoг masalalami hal etishda qiyinchiliklarga uchraydi. Asosiy qiyinchiliklar matn mazmuni boyicha xulosa chiqarish, ma'lumotlami analiz va sintez qilishda yuzaga keladi.

Zaif eshituvchi bolala^a ta'lim beгish uchun maxsus shart-sharoitlar yaratilishi keгak, ya'ni ulaг maxsus bog'cha va maktablaráa maxsus dasto va darsliklaг asosida o'qitilishi va tartiyalanishi zaгuг. Zaif eshituvchi bola^ uchun maxsus tashkil etilgan bog'cha hamda maktab intematida baгcha zaïw shaгt-shaгoitlaг mavjud. Maxsus muassasalaгdagi tartiyachi va o'qituvchilaг bunday bolalami tegishli ta'lim-tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak.

REFERENCES

1. Shoumarov G'.B., Mamedov K.K. Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, T.: O'qituvchi, 1995.

2. Vigotskiy, L.S. Eydetika. Psixologiya pamyati /Pod red. Yu.B. Gippenreyter, V.Ya. Romanova: Xrestomatiya po psixologii. - M., "CheRo", 2002, s.179.

3. Mo'minova L.R., Sh.M.Amirsaidova va boshqalar. Maxsus psixologiya. T.: O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2013.

4. Solovev I.M., Shif Yu.I., Rozanovoy T.V., Yashkovoy N.V. Psixologiya . Glupiy detal_/ Pod red. - M., 1991. - 306 c.

5. Sulaymonovna M. F. . (2023). Psychological Features of Formation of Professional-Ecological Culture in Students of

April, 2023

398

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-395-399

Higher Educational Institutions. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 2 (1),

6. Retrieved from http: //j ournal s .academiczone.net/index.php/j iphr/article/view/521

7. Mamirova Feruza Sulaymonovna (2023). STUDY AND SIGNIFICANCE OF YOUTH DEPENDENCE ON SOCIAL NETWORKS. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1 (17), 205-212.

8. MUXAMEDJANOVA, L. (2022). OHHA KAAPHOTHAPHHHHr mAXC KAMOHOTH^A TYTrAH YPHH. https://scienceweb.uz/publication/4488

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.