Научная статья на тему 'EPIXLORGIDRIN ASOSIDA OLINGAN IONITLARNING AYRIM METALLAR BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARINING TADQIQOTI'

EPIXLORGIDRIN ASOSIDA OLINGAN IONITLARNING AYRIM METALLAR BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARINING TADQIQOTI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Donayeva Y.B, Donayeva S.Y, Shukurov D.X

Keyingi yillarda xar hil metall tuzlarini yuqori molekulali birikmalar bilan kompleksini sintez qilish va ularni xossalarini o’rganish jadal rivojlanmoqda. Bu yo’nalishdagi ishlar katta ahamiyatga ega, yuqori molekulali birikmalar va oligomerlar ligandlar hisoblanib, samarali kompleks hosil qiluvchi xossalari bilan tavsiflanadi [1]. Epixlorgidrin bilan benztiazoltion asosida o’z-o’zidan boradigan polimerlanish asosida sintez qilingan ammoniyli polimerlar tarkibida elektrodonor xossani namoyon etuvchi oltingugurt atomini tutadi. Bu ikki valentli metallarning (Cu2+,Co2+,Ni2+,Mn2+) tuzlari bilan ichki molekulali birikmalarni hosil qilishi mumkin [2]. Oligomer qurinishdagi me¬tall komplekslar ammoniyli polimerlarni xona haroratida, atse¬ton va spirtli muhitda ikki valentli metallarning tuzlari bi¬lan bevosita ta’sirlashuvi natijasida olindi. (1-Jadvalda keltirilgan ).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EPIXLORGIDRIN ASOSIDA OLINGAN IONITLARNING AYRIM METALLAR BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARINING TADQIQOTI»

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

EPIXLORGIDRIN ASOSIDA OLINGAN IONITLARNING AYRIM METALLAR BILAN KOMPLEKS BIRIKMALARINING

TADQIQOTI

1Donayeva Y.B., 2Donayeva S.Y., 3Shukurov D.X.

1,2,3Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11114203

Keyingi yillarda xar hil metall tuzlarini yuqori molekulali birikmalar bilan kompleksini sintez qilish va ularni xossalarini o'rganish jadal rivojlanmoqda. Bu yo'nalishdagi ishlar katta ahamiyatga ega, yuqori molekulali birikmalar va oligomerlar ligandlar hisoblanib, samarali kompleks hosil qiluvchi xossalari bilan tavsiflanadi [1]. Epixlorgidrin bilan benztiazoltion asosida o'z-o'zidan boradigan polimerlanish asosida sintez qilingan ammoniyli polimerlar tarkibida elektrodonor xossani namoyon etuvchi oltingugurt atomini tutadi. Bu ikki valentli metallarning (Cu2+,Co2+,Ni2+,Mn2+) tuzlari bilan ichki molekulali birikmalarni hosil qilishi mumkin [2]. Oligomer qurinishdagi metall komplekslar ammoniyli polimerlarni xona haroratida, atseton va spirtli muhitda ikki valentli metallarning tuzlari bilan bevosita ta'sirlashuvi natijasida olindi. (1-Jadvalda keltirilgan ).

Tajribada epixlorgidrin bilan benztiozoltion asosida olingan oligomer birikmalarini davri sistemadagi ikki valent oraliq metallar (Cu2+,Co2+,Ni2+,Mn2+) ning xloridlarini organik erituvchilar muhitida 298 K da 240 minut davomida aralashtirib turgan hodda oligomer metall komplekslari olindi. Tekshirish natijalari shuni ko'rsatadiki, oligomer metall kompleks birikmalarini hosil bo'lishi spirtli muhitda boshqa erituvchilarga qaraganda tezroq boradi va olingan komplekslar yuqori barqarorlashtiruvchi xossalarni namoyon qiladi.

jadval-1

Metall kompleksli oligamerlarning olinishi, unumi va parchalanish harorati (T=298

K) Oligamer: metall tuzi (1:1 CuCk)

Boshlang'ich Reaktsion Reaktsion Reaktsiyaning Boshlang'iya

mahsulotlar unumi % muhit davom etish t, parchalanish

min harorati

EXG+BTT 75,0 atseton 240 495

EXG+BTO 85,0 etanol 240 525

IQ-spektrida benztiazoltionning aromatik halqasi valent tebranishlar chastotasi 1550-1560 sm-1 sohada namoyon bo'ladi. S,O,N - tutgan geterohalqadagi NH- bog'larining valent tebranish chastotasi esa 3090-3120 sm-1 soha oralig'ida kuzatiladi. Oligomer halqadagi vC=S fragmentning Me+2 ionlari bilan koordinatsion bog' hosil qilishini erkin ligand va kompleks birikmaning IQ-spektrlaridan aniqlash mumkin [3]. Epixlogidrin bilan benztiozoltion asosidagi dastlabki oligomer IQ-spektrida vC=S 1250 sm-1 sohada kuzatilsa, kompleks birikmalarda bu valent tebranishini yutilishi sohasi 15-20 sm-1 gacha yuqori chastotali sohaga siljiydi. Odatda koordinatsion bog' hosil bo'lganda valent tebranishlar quyi chastotali sohaga siljishi kuzatiladi. Bizning ishlarimizda valent tebranishlarining yuqori chastotali sohaga siljishi S^ Me+2 oralig'ida koordinatsion bog'dan tashqari metallning d-elektronlari va oltingugurtning vakant ya'ni bo'sh d-orbitallari orasida kuchli d-d-dativ bog' hosil bo'lishi bilan tavsiflash mumkin. Oligomer va uning kompleksini IQ-spektrlari solishtirilganda oligomer spektrida 1680-1685 sm-1 sohada kuchsiz yutilish chizig'i kompleks birikmada yo'qoladi.

"ANIQ VA TABIIY FANLARNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2024-YIL 7-MAY

Epixlorgidrin bilan benztiazoltion asosida sintez qilingan oligomerlarning ikki valentli oraliq metallar bilan kompleks hosil bo'lish sxemasini quyidagi ko'rinishda yozish mumkin

Rasm-1.

— CHj Г H o —

^ - . 9"д.

-NHC [

N '

ÇH,

—O-CÏÏCÏÎj-

Rasm-1. EXG+BTT asosida sintez qilingan oligamerning ikki valentli oraliq metallar bilan kompleks hosil bo'lish reaktsiyasi.

Shunday qilib, oligomer ligandlarning d-metall ionlari bilan kompleks hosil qilish qobiliyati ularning IQ-spektridagi ayrim guruhlarning valent tebranishlari chastotalari qiymatlarining va intensivliklarining o'zgarishi bilan aniqlanadi. Oligomerlar va metallar asosida sintez qilingan komplekslar amorf ko'rinishga ega bo'lib, suvda va organik erituvchilarda erimaydi. Erimasligi bizning fikrimizcha tikilgan struktura hosil bo'lganligidir. Olingan metall komplekslarining termobarqarorligi, ularning parchalanish haroratidan aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Джалилов А.Т., Тураев Х.Х., Эшкурбонов Ф.Б., Касимов Ш.Ш. Изучение физико-химических свойств синтезированного комплексообразующего анионита// Узб.хим.журн. - 2013. №1. - С.10-12.

2. Касимов Ш.А., Тураев X.X., Джалилов А.Т. Исследование процесса комплексообразования ионов некоторйкх, двукх,валентнйк^ Зд-металлов синтезированном кх,елатообразуюшчим сорбентом //Универсум: Кх,имия и биология: електрон. научн. зхурн. 2018. № 3(45). УРЛ:х,ттп://7универсум.цом/ ру/натуре/арчиве/итем/5583.

3. Салдадзе К.М., Копылова-Валова В.Д. Комплексообразующие иониты. М.: Химия, 1980.C- 336.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.