Научная статья на тему 'ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TALABALARNING LOYIHA ISHLARINI BAJARISH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TALABALARNING LOYIHA ISHLARINI BAJARISH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
elektronika va sxemalar / asbob-uskunalar / Multisim / effektiv doimiy / ijodkorlik / kompetentlik / aqliy hujum / oʻzgaruvchan tok / yarimoʻtkazgichli diod / eksperiment.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Rustamov U.R, Erkinov O.M

Maqolada Elektronika va sxemala fanidan talabalarning loyiha ishlarini bajarish koʻnikmalarini shakllantirish masalasi o‘rganilgan. Elektronika va sxemala fanidan bajarilayotgan tajribalar, talabalarning shu fanga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshiradi, esperimentlarni amaliy bajargan holda nazariy bilimlarni mustahkamlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TALABALARNING LOYIHA ISHLARINI BAJARISH KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

ELEKTRONIKA VA SXEMALAR FANIDAN TALABALARNING LOYIHA ISHLARINI BAJARISH KO'NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

1Rustamov U.R, 2Erkinov O.M

1,2 Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11208474

Annotatsiya. Maqolada Elektronika va sxemala fanidan talabalarning loyiha ishlarini bajarish ko'nikmalarini shakllantirish masalasi o'rganilgan. Elektronika va sxemala fanidan bajarilayotgan tajribalar, talabalarning shu fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, esperimentlarni amaliy bajargan holda nazariy bilimlarni mustahkamlaydi.

Kalit so'zlar: elektronika va sxemalar, asbob-uskunalar, Multisim, effektiv doimiy, ijodkorlik, kompetentlik, aqliy hujum, o'zgaruvchan tok, yarimo'tkazgichli diod, eksperiment.

Hozirgi vaqtda inson faoliyati doirasiga kirgan barcha sohada va yo'nalishda elektrotexnika, elektronika va elektro'tkazgichlar qurilmalari mavjud, bu sanoatning asosi -Elektronika va sxemalar fanidir. Shu sababdan fan asoslarini bilish, uni tushunish va amalda qo'llay olish nafaqat texnika xodimlari, balki turli soha mutaxassislari va xodimlari uchun ham ertangi kunning ravnaqini ta'minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Elektronika va sxemalar fani AKT oliy ta'lim muassasalarining talabalari uchun umumkasbiy fanlardan biri hisoblanadi. Elektronika va sxemala fanidan fanining asosiy masalasi, turli elektr zanjirlarida va qurilmalarda sodir bo'ladigan elektromagnit hodisalar va jarayonlarni sifat va miqdor tomonidan o'rganishdir. Bu glossariy orqli talabalar asbob-uskunalarning sxemalarda belgilanishini va chet tillarida qanday nomlanishini o'rganadi. Elektron qo'llanma Multisim dasturi yordamida ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, ta'lim oluvchilar, eshitganlarining taxminan 10 %, o'qiganining 20 %, o'qigan va eshitganlarini amalda bajarganlarida esa bajarganlarining 90% yodda saqlab qolar ekanlar. Shu bois, talaba imkon qadar Elektronika va sxemalar fanining qonunlari va jarayonlarini o'rganishda o'zi bevosita ishtirok etishi lozim[1].

Elektronika va sxemalar fanidan bajarilayotgan tajribalar, talabalarning shu fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiradi, esperimentlarni amaliy bajargan holda nazariy bilimlarni mustahkamlaydi. Elektronika va sxemalar fanidan elektron texnik vositalardan foydalanish orqali mashg'ulotning sifati oshadi. Talabalarning Elektronika va sxemalaElektronika va sxemala fanidan mavzu bo'yicha egallagan bilimlaridagi bo'shliqlar oz vaqtida aniqlanib, uni bartaraf etishga yordam beradi. Talabalarning mustaqil fikrlash va ijodkorlik qobiyatlari shakllanadi. Talabalarning ijodkorlik va kasbiy kompetentlik qobiyatlarini shakllantiradi; talabalarning faolligini (motevatsiyasini) oshirishga imkon yaratadi. Elektronika va sxemalar fanidan mustaqil ta'limni loyiha ishlari asosida tashkil qilishning didaktik ta'minot sifatida quyidagi ishlanmalarni keltirish mumkin.

Loyiha ishining ishlanmasi

Mavzu: Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjirlari

1-jadval

Loyiha ishining bajarishning texnologik xaritasi (nazariy bilimlar mustahkamlanadi

va rivojlantiriladi)

Vaqti-2 soat Talabalar soni: 80-100 nafar

O'quv mashg'ulotining shakli Axborot ma'ruza, aqliy hujum, birgalikda o'qish usuli va "B.B.B" jadvali grafik organayzeridan foydalangan holda

Ma'ruza mashg'ulotining rejasi 1. O'zgaruvchan tok va uning turlari 2. Sinusoidal o'zgaruvchan kattaliklarni aylanuvchan vektorlar yordamida ifodalash. 3. Sinusoidal tok zanjirida quvvat 4. Elektr zanjiridagi kuchlanishlar rezonansi

O'quv mashg'ulotining maqsadi: Talabalarni bir fazali o'zgaruvchan tok zanjirlari qonunlari, turlari, aylanuvchan vektorlar yordamida ifodalash, sinusoidal tok zanjirida quvvatini hisoblash, elektr zanjiridagi kuchlanishlar rezonansi hodisalari haqida gi tushunchalarini rivojlantirish

Pedagogik vazifalar: O'quv faoliyatining natijalari:

o'zgaruvchan tok va uning turlarini tushuntirish; sinusoidal o'zgaruvchan kattaliklarni aylanuvchan vektorlar yordamida ifodalashni o'rgatish; sinusoidal tok zanjirida quvvatni hisoblash formulalarini o'rgatish; elektr zanjiridagi kuchlanishlar rezonansini hosil qilish va oldini olish qoidalarini tushuntirish; Talaba: o'zgaruvchan tok va uning turlarini bilib oladi; sinusoidal o'zgaruvchan kattaliklarni aylanuvchan vektorlar yordamida ifodalashni o'rganadi; sinusoidal tok zanjirida quvvatni hisoblash formulalarini o'rganadi; elektr zanjiridagi kuchlanishlar rezonansini hosil qilish va oldini olish qoidalarini bilib oladi;

O'qitish uslubi va texnikasi B.B.B texnikasi va muammoli vaziyat

O'qitish vositalari Ma'ruza matni, proektor, elektron daoska qog'oz, marker, doska, bo'r

O'qitish shakli Jamoa, guruh va juftlikda ishlash

O'qitish shart-sharoiti Proektor va kompyuter bilan ta'minlangan auditoriya

Ma'ruza mavzusi doirasida nazariy ma'lumotlar talabalarga taqdim etiladi. Pedagogika oliy ta'lim muassalari talabalari uchun yozilgan o'quv qo'llanmalardan nazariy ma'lumotlarni rivojlantirishda foydalanish mumkin.

Talabalarni o'tishda aqliy hujum metodi quydagi maqsadga qarab amalga oshiriladi:

1. Ta'lim oluvchilarning boshlang'ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo'yilganda, bu metod mashg'ulotning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog'lash maqsad qilib qo'yilganda-yangi mavzuga o'tish qismida amalga oshiriladi.

3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo'yilganda mavzudan so'ng, mashg'ulotning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

Aqliy hujum metodini qo'llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-g'oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi.

2. Bildirilgan har qanday fikr-g'oyalar, ular hatto noto'g'ri bo'lsa ham inobatga olinadi.

3. Har bir ta'lim oluvchi qatnashishi shart.

Multisim dasturida yig'ilgan sxema yordamida o'qituvchi izlanayotgan kattaliklarni vizual

ifoda etadi (2-rasm)

1-rasm. Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjiri

2-rasm. Bir fazali o'zgaruvchan tok zanjiri grafigi

Ma'ruza so'ngida talabalarga nazorat savollari va testlar taqdim etiladi.

Quvvatlagich loyiha ishi ishlanmasi

2-jadval

Loyiha ishini o'tish texnologiyasi

Vaqti-4 soat Talabalar soni: 25-30 nafar

O'quv mashg'ulotining shakli Axborot, loyiha, kichik guruhlar asosida o'qish usuli va "SWOT" foydalangan holda

Ma'ruza mashg'ulotining rejasi 1. Yarimo'tkazgichlarning asosiy xossalari 2. Yarimo'tkazgichli diodlarning elektr o'tkazuvchanligi 3. Diodlarning belgilanishi, sinflanishi va turlari 4. Yarimo'tkazgichli diodlar asosida quvvatlagich sxemasi loyihasini tuzish 5. Loyiha asosida quvvatlagich yasash

Yarimo'tkazgichli diodlar asosic a quvvatlagich sxemasi loyihasini tuzish

Loyiha asosida quvvatlagich yasash

Pedagogik vazifalar: O'quv faoliyatining natijalari:

1. Yarimo'tkazgichli diodlarni Talaba:

sxemada belgilanishini 1. Yarimo'tkazgichli diodlarni sxemada belgilanishini

o'rganish o'rganadi

2. Quvvatlagich asosida 2. Quvvatlagich asosida Multisim dasturida quvvatlagich

Multisim dasturida loyihasini tuzishni bilib oladi

quvvatlagich loyihasini tuzish 3. Kerakli jihozlarni ajrata bilish olish ko'nikmasiga ega

3. Kerakli jihozlarni ajrata bo'ladi.

bilish 4. Loyiha asosida quvvatlagich yasash ko'nikmasi shakllanadi.

4. Loyiha asosida quvvatlagich

yasash

O'qitish uslubi va texnikasi SWOT texnikasi va muammoli vaziyat

O'qitish vositalari Laboratoriya jihozlari

O'qitish shakli Guruh, yakka

O'qitish shart-sharoiti Ilmiy tekshirish instutlari, ta'lim ustaxonalari, laboratoriya xonasi

Professor-o'qituvchi mashg'ulotda eng faol qatnashgan guruh va faol talabalarni aniqlaydi va rag'batlantiradi. So'ngra barcha talabalarni baholaydi. Talabalarga tayyorlab qo'yilgan mustaqil ish topshiriqlari tarqatiladi. Ular bilan tanishib, o'rganib chiqish tavsiya qilinadi va yuzaga kelgan savollarga javob beradi.

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarning eksperimental ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini, o'quv materiallari jozibadorligi, vizualligi, qulayligiga asoslangan interfaol o'quv topshiriqlarini baholash mezonlarining takomillashishi talabalarning fanni o'zlashtirish samaradorliligni oshirishga xizmat qiladi. Qisqa savol-javobdan o'tgan talabalarga Multisim daturi orqali quvvatlagich loyihasini tuzish vazifasi beriladi. Talabalar quvvatlagich sxemasini tuzadi[2,3] (3-rasm).

3-rasm. Quvvatlagich sxemasi

Xulosada ta'kidlash kerakki, AKT dasturlarida o'tkazilgan eksperimentlar talabaga jarayonni tassavvur qilish, anglash imkonini beradi, shunga qaramay ta'limda passiv jarayon hisoblanadi. Agar talaba eksperimentni o'zi bajarsa, uning ongida bir umrga muhrlanadi, o'zi o'tkazgan eksperiment orqali faxr, g'urur tuyg'ulari rivojlanadi, fanga bo'lgan qiziqishi ham ortadi. Elektronika va sxemalar fanidan loyiha ishlari katta maydonlarni, zamonaviy asbob uskunalarni talab qilganligi uchun hamkorlik muhitida ilmiy tekshirish institutlarida yoki ta'lim ustaxonalarida amaliy mashg'ulotlarni tashkil qilish shart-shartoitlari yaratilishi kerak. Talabalar tomonidan tuzilgan barcha loyiha ishlarini ham shu tartibda tekshirib chiqiladi. Talabalar quvvatlagich sxemasini yig'gach professor-o'qituvchi rahbarligida uni tajriba-sinovdan o'tkazishadi. Muvaffaqiyatli yig'ilgan eksperimentlardan natijalar olinib matematik statistik tahlil qilinadi. Olingan natijalar SWOT tahlil metodi yordamida taqqoslanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Зайнутдинова Л.Х. Психолого-педагогические требования к электронным учебникам /Астрахан: АГТУ, 1999, 71 с

2. Aripov X.K., Abdullayev A.M.Elektronika./ T.: «Fan va texnologiya», 2011, 428 b.

3. Борминский С.А. Электротехника и электроника. /Самара: 2012, 64 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.