Научная статья на тему 'ELEKTR YURITMALI AVTOMOBILLARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA ENERGETIK YONDASHUV'

ELEKTR YURITMALI AVTOMOBILLARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA ENERGETIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Механика и машиностроение»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eleketr qurilma / elektr yuritma / yonilg‘i baki / elektr batareya / samaradorlik. / Electric device / electric drive / fuel tank / electric battery / efficiency.

Аннотация научной статьи по механике и машиностроению, автор научной работы — Moydinov Dilyorbek Abidjonovich, G‘oymatova Dilafro‘z G‘ofurjonovna

Ushbu maqolada eleketr yuritmali avtomobillarning ishlash funksiyasi hamda o‘z nomi bilan elektr yuritmada elektr sarfi va ushbu sarfning foydalilik koeffitsiyenti haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ENERGY APPROACH IN EVALUATING THE EFFICIENCY OF ELECTRIC VEHICLES

This article talks about the performance function of electric vehicles and the power consumption and efficiency of this consumption.

Текст научной работы на тему «ELEKTR YURITMALI AVTOMOBILLARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA ENERGETIK YONDASHUV»

UDK.621.3

ELEKTR YURITMALI AVTOMOBILLARNING SAMARADORLIGINI BAHOLASHDA ENERGETIK YONDASHUV

Moydinov Dilyorbek Abidjonovich t.f.n, Andijon Mashinasozlik Instituti [email protected]

G'oymatova Dilafro'z G'ofurjonovna Andijon Mashinasozlik Instituti [email protected]

Annotatsiya. Ushbu maqolada eleketr yuritmali avtomobillarning ishlash funksiyasi hamda o'z nomi bilan elektr yuritmada elektr sarfi va ushbu sarfning foydalilik koeffitsiyenti haqida so'z boradi.

Аннотация. В этой статье рассказывается о функции производительности электромобилей, а также энергопотреблении и эффективности этого потребления.

Abstract. This article talks about the performance function of electric vehicles and the power consumption and efficiency of this consumption.

Kalit soo'zlar: Eleketr qurilma, elektr yuritma, yonilg'i baki, elektr batareya, samaradorlik.

Ключевые слова: Электроустройство, электропривод, топливный бак, электрическая батарея, КПД.

Key words: Electric device, electric drive, fuel tank, electric battery, efficiency.

Elektr yuritmali avtomobillarning afzalligining yana biri sifatida uning foydali ish koeffitsiyentining yuqori ekanligini keltirish mumkin. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, elektr yuritmali avtomobillar "yonilg'i baki"dan g'ildirakkacha (B-Go') bo'lgan quvvat uzatishda yuqori samaradorlikka ega. Elektr yuritmali avtomobillarda "yonilg'i baki" sifatida elektr batareyasi inobatga olinadi. Shunga qaramasdan, har xil turdagi yonilg'ida ishlaydigan avtomobillar uchun BG' samaradorligini mavjud avatomobillarning ko'rsatkichlarini tahlil orqali taqqoslash muhim ahamiyatga ega. B-G' energiya samaradorligi, g'ildiraklarda talab qilinadigan energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yonilg'ining umumiy energiyasiga nisbati sifatida aniqlanadi.

Ma'lumotlar NEDC harakat sikli uchun har xil yonilg'i turlarida harakatlanadigan transport vositalarining 100 km masofaga sarflanadigan energiya miqdoridan iborat. Bu hisoblarda, turli xil yonilg'ida harakatlanadigan avtomobilning Cx , Af va fr parametrlarining doimiy qiymatlari avtomobil massasi va yonilg'i turidan qat'iy nazar o'zgarmas deb qabul qilingan. Avtomobil nazariyasi kursi materiallariga koo'ra :

Rto'liq = fr • mi • g + 1 2 • p • v 2 • Cx • Af + mi • a (1.2)

Mo'rt = £(mi) n (1.3)

ECo'rt = X(eci) n (1.4)

Bu yerda, M'rt - avtomobillarning o'rtacha massasi, [kg]; mi - bir xil yonilg'i turida harakatlanadigan avtomobillarning massasi, [kg]; EC'rt - avtomobillarning o'rtacha energiya sarfi, [kVt-soat]; eci - bir xil yonilg'i turida harakatlanadigan avtomobillarning energiya sarfi, [kVt-soat]; n - avtomobillar soni, R to'liq - avtomobilning harakatiga qarshilik ko'rsatuvchi umumiy qarshilik kuchi, [N]; a - tezlanish, [m/s2 ]; v - tezlik, [m/s]; Cx - aerodinamik qarshilik (suyurlik) koeffitsiyenti, [-]; Af - avtomobilning frontal yuzasi, [m2 ]; p - havoning zichligi, [kg/m3 ]; fr - shinalarni g'ildirashga qarshilik koeffitsiyenti.

Quyidagi grafikli rasmda energiya sarfini avtomobil massasiga bog'liqlik grafigi keltirilgan bo'lib, bu tahlilda adabiyotda keltirilgan turli yuritmaga ega avtomobillar energiya va yonilg'i sarfi ma'lumotlaridan foydalanilgan. Turli xil yonilg'i turida quvvatladigan avtomobillarning

sarflanadigan umumiy energiyasining o'rtacha miqdorlari quyidagicha : - Benzinli dvigatel - 56,5 kVt-soat/100km, - dizel dvigateli - 50,1 kVt-soat/100 km, - gibrid (benzin+elektr) - 35 kVt-soat/100km, - elektr motor - 17,3 kVt-soat/100 km - tabiiy gazda yuradigan avtomobil uchun - 43,5 kVt-soat/100 km.

i Benzin o Gaz •0'rt_gaz

^00

Gibrid O Minimum talab 0'rt_gibrid

A Dizel • 0'rt_benzln O'rt elektr

To'liq elektrlk lO'rt dizel

o 90 O

2 80 es O

r> 70

=£,60 '"5 50

CIS vi

«40

&30 1)

20 10

O ©O 0 § fi° Q. 0

Q Of ë* À

BnÈzr

o itts O, ÇSpD B „M n □

♦ v1 ID _... _ R SB0?; & D X □ W

'♦"t, + ^ jfc ooooooooc .^fJfo^OOOOOOOOOOOOOOOO

900

1400 1900

Avtomobil massasi. [kg]

2400

1-Rasm. Turli xil yonilg'ida harakatlanadigan transport vositalarining 100 km masofaga sarflagan energiya sarfining avtomobil massasiga bog'liqligi Turli xil yonilg'i turlari bo'yicha o'rtacha B-G' samaradorlik natijalari 2 -rasmda keltirilgan.

1-rasmdan ko'rinib turibdiki, sarf qilinadigan energiya avtomobil massasining ortishi bilan ortadi.

2-rasm esa shuni ko'rsatadiki, elektr avtomobillar eng yuqori B-G' samaradorligi (deyarli 60%) ga ega yuritma turidir. Bunga sabab qilib elektr motori energiyani bir turdan ikkinchi turga o'zgartirishdagi yuqori samaradorligi (90% atrofida) va energiya o'zgarishi kamroq qadamlardan tashkil topganligini aytish mumkin. Avtomobillarni gibridlash an'anaviy yuritmaga ega bo'lgan transport vositalariga nisbatan samaradorlikni taxminan 15% ga oshirishga imkon beradi.

Benzin Gibrid ■ Dizel ■ To'liq elektr ■ Gaz 2-rasm.Turli yuritmali avtomobillarning B-G' samaradorligi

Har xil yonilg'i turlariga ega bo'lgan transport vositalari uchun o'rtacha B-G' samaradorligi hisob yo'li bilan taqqoslandi. Sotuvdagi mavjud avtomobillarning katalogi energiya sarfi bo'yicha ma'lumotlarni olish uchun ishlatildi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, to'liq elektr transport vositasi uchun o'rtacha B-G' samaradorligi elektr motorning energiyani bir turdan boshqa turga o'zgartirishda yuqori samaradorligi tufayli B-G' samaradorligi eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Shu bilan birga, BG' samaradorligining o'rtacha qiymatlari ehtiyotkorlik bilan ko'rib chiqilishi kerak, chunki yonilg'ini qazib olishdan (kondan) yonilg'i bakigacha (K-B) bo'lgan jarayon uchun samaradorligini ham hisobga olish turli yuritmalarni taqqoslashda to'liq siklni inobatga olish imkonini beradi. K-B samaradorligi yonilg'ini ishlab chiqarish zanjirida kelib chiqib, turli davlatlarda farq qilishi mumkin.

ADABIYOTLAR

1. Acea - Driving mobility for Europe.https://www.acea.auto/figure/averageco2-emissions-of-new-cars-in-eu/

2. Cars: Greenhouse Gas Emissions https://dieselnet.com/standards/eu/ghg.php

3. ДИССЕРТАЦИЯ на тему «НАУЧНЫЕ ОСНОВЫ ВЫБОРА ПАРАМЕТРОВ И РЕЖИМОВ УПРАВЛЕНИЯ ГИБРИДНОГО ПРИВОДА АВТОМОБИЛЯ» РУЗИМОВ САНЖАРБЕК КОМИЛОВИЧ

4. Cars and Light Trucks https://dieselnet.com/standards/eu/ld.php

5. Chalk S.G., Patil P.G., Venkateswaran S.R. The new generation of vehicles: market opportunities for fuel cells // Journal of Power Sources. Elsevier BV, 1996. Т. 61, № 1-2. С. 713.

6. Plotkin S. и др. Hybrid electric vehicle technology assessment: methodology, analytical issues, and interim results. Office of Scientific and Technical Information (OSTI), 2002.

7. Mavlonov, J.; Ruzimov, S.; Mukhitdinov, A. CRITICAL REVIEW OF THE PERFORMANCE OF THE BATTERY ELECTRIC VEHICLE AVAILABLE ON THE MARKET. Acta Turin Polytech. Univ. Tashkent 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.