Научная статья на тему 'ELEKTR YOY PECHIDA POʻLAT QOTISHMALARINI SUYUQLANTIRISH JARAYONIDA SUYUQ METALLNING PECH FUTEROVKASIGA TA’SIRINI TADQIQ QILISH'

ELEKTR YOY PECHIDA POʻLAT QOTISHMALARINI SUYUQLANTIRISH JARAYONIDA SUYUQ METALLNING PECH FUTEROVKASIGA TA’SIRINI TADQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
10
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
futerovka / yemirilish / yeyilish / magnezit / magnezit kukuni / shixta materiallari / induksion pechi / elektr yoy pechi. / футеровка / коррозия / магнезит / магнезитовый порошок / твердые материалы / индукционная печь / электродуговая печь.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Bekchanova Valida Baxram Qizi

Ushbu maqolada elektr yoy pechida poʻlat suyuqlantirish jarayonida pech futerovkasini yemirilishi va uni qayta tiklash texnologiyasi ishlab chiqilgan boʻlib, bu orqali pech futerovkasini ishlash muddati ortirilgan. Natijada texnologik jarayonni koʻpaytirish orqali resurs hamda energiya tejamkorligiga erishilgan. Shuningdek, ishlab chiqairish korxonasida pech futerovkasini qayta tiklash asosida futerovkani ishlash muddati yaxshilangan va ushbu yaxshilangan texnologiya tadqiqotchilar tomonidan yana takomillashtirilib, pech futerovkasini ish muddati yanada yaxshilandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Investigation of the effect of liquid metal on the furnace lining during the liquidation of steel alloys in an electric arc furnace

В данной статье рассматривается разработака технологии разрушения и восстановления футеровки печи при ожижении стали в электродуговой печи, которая позволяет увеличить срок службы футеровки печи. В результате достигнута экономия ресурсов и энергии за счет увеличения технологического процесса. Кроме того, благодаря регенерации футеровки печи на заводе-изготовителе срок службы футеровки был улучшен, и эта усовершенствованная технология была дополнительно усовершенствована исследователями, и срок службы футеровки печи был дополнительно улучшен.

Текст научной работы на тему «ELEKTR YOY PECHIDA POʻLAT QOTISHMALARINI SUYUQLANTIRISH JARAYONIDA SUYUQ METALLNING PECH FUTEROVKASIGA TA’SIRINI TADQIQ QILISH»

TEXNOLOGIYA

UDK: 621.742

ELEKTR YOY PECHIDA PO'LAT QOTISHMALARINI SUYUQLANTIRISH JARAYONIDA SUYUQ METALLNING PECH FUTEROVKASIGA TA'SIRINI

TADQIQ QILISH

Bekchanova Valida Baxram qizi Namangan muhandislik qurilish instituti, PhD. E - mail: bekjanovav@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada elektr yoy pechida po'lat suyuqlantirish jarayonida pech futerovkasini yemirilishi va uni qayta tiklash texnologiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, bu orqali pech futerovkasini ishlash muddati ortirilgan. Natijada texnologik jarayonni ko'paytirish orqali resurs hamda energiya tejamkorligiga erishilgan. Shuningdek, ishlab chiqairish korxonasida pech futerovkasini qayta tiklash asosida futerovkani ishlash muddati yaxshilangan va ushbu yaxshilangan texnologiya tadqiqotchilar tomonidan yana takomillashtirilib, pech futerovkasini ish muddati yanada yaxshilandi.

Аннотация. В данной статье рассматривается разработака технологии разрушения и восстановления футеровки печи при ожижении стали в электродуговой печи, которая позволяет увеличить срок службы футеровки печи. В результате достигнута экономия ресурсов и энергии за счет увеличения технологического процесса. Кроме того, благодаря регенерации футеровки печи на заводе-изготовителе срок службы футеровки был улучшен, и эта усовершенствованная технология была дополнительно усовершенствована исследователями, и срок службы футеровки печи был дополнительно улучшен.

Abstract. In this article, the technology of destruction and restoration of furnace lining during steel liquefaction in an electric arc furnace was developed, thereby increasing the service life of furnace lining. As a result, resource and energy savings were achieved by increasing the technological process. Also, based on the regeneration of the furnace lining in the manufacturing plant, the life of the lining has been improved, and this improved technology has been further improved by researchers, and the life of the furnace lining has been further improved.

Kalit so'zlar: futerovka, yemirilish, yeyilish, magnezit, magnezit kukuni, shixta materiallari, induksion pechi, elektr yoy pechi.

Ключевые слова: футеровка, коррозия, магнезит, магнезитовый порошок, твердые материалы, индукционная печь, электродуговая печь.

Key words: lining, corrosion, magnesite, magnesite powder, solid materials, induction furnace, electric arc furnace.

Maqsadi. Qotishmani suyuqlantirish jarayonida pech qoplamasining materialini o'zgartirish orqali issiqlik resursini tejashni ta'minlash

Usullari. Suyuqlantirib olinayotgan po'lat qotishmasiga pech futerovkasini ta'sirini o'rganish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan.

Natijalari. Elektr pechini futerovkasi ishlash muddatini oshirish uchun suyuq metalldagi shlak tarkibiga Cr2O3, Al2O3, SiO2 va MgO miqdorini oshirish, FeO ini kamaytirish tavsiya etiladi. Natijada pech futerovkasining yemirilishga bardoshliligi ortishiga olib keladi.

Xulosa. Suyuq qotishmaga flyus kiritish asosida shlakni hosil bo'lish intensivligini ta'minlash asosida ishlab chiqildi. Bu esa sifatli po'lat qotishmasini suyuqlantirib olishga imkon berdi.

KIRISH

Bugungi kunda fan - texnika taraqqiyoti natijasida mashinasozlik hamda quymakorlik sanoati jadal rivojlanib bormoqda. Quymachilik va mashinasozlik rivojlanishi mustahkamligi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

yuqori, ishlatishga qulay, arzon, puxta materiallar ishlab chiqarish va ularning chidamliligini oshirish ustida ko'plab izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Mashina detallari uchun material tanlash masalasi va ularga ishlov berish texnologik jarayonida bir - biriga zid bo'lgan masalalar mavjuddir. Masalan, uzoq muddat davomida xavf - xatarsiz ishlashni ta'minlay oladigan mashina - mexanizmlar yaratishda qo'llaniladigan detallar arzon, ixcham, bejirim, puxta bo'lishi bilan bir qatorda yuqori sifatli materiallardan tayyorlanishi lozim. O'z - o'zidan ma'lumki, materiallarga ishlov berish tannarhning keskin oshishiga sabab bo'ladi[1 - 3].

Shu sababli shixta materiallarini suyuqlantirib olish orqali sifatli quyma mahsulotlar olish uchun birinchi navbatda suyuqlantirish pechini tanlab olish muhim hisoblanadi[4 - 6].

Hozirda zamonaviy elektr pechidan biri bu elektr yoy pechi bo'lib, elektr yoyli po'lat ishlab chiqarishning sanoat texnologiyasini 1950 - yillarga qadar faqat kam uglerodli, yuqori sifatli yoki legirlangan po'latlarni ishlab chiqarishda keng foydalanilgan. 1960 - yillarda ultra yuqori quvvatli yoy pechining paydo bo'lishi va sifatli po'lat ishlab chiqarish texnologiyasi jadal rivojlangan. 80 - yillarning o'rtalaridan so'ng sof po'lat ishlab chiqarish va yana katta o'zgarish davriga elektr pechida po'lat ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlari bozorga kirib borishi, xususan ijtimoiy keng ko'lamli po'lat qoldiqlaridan po'lat ishlab chiqarishda qotishmani sifatini yaxshilash, suyuqlantirish davrini qisqartirish orqali energiya sarfini kamaytirish bo'yicha bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda[7 - 8].

TADQIQOT USULLARI Hozirgi kunda yuqori sifatli po'lat qotishmalaridan quyma usulda olinayotgan quyma detallarni suyuqlantirib olishda elektr yoy va induksion pechlaridan keng foydalanib kelinmoqda[9 - 10]. Elektr yoy pechining asosiy ustunliklaridan biri bu sifatli quymalar olish imkoniyati katta ekanligi bilan ajralib turadi[11].

1 - rasm. Elektr yoy pechiga shixta yuklash jarayoni

Birinchi navbatda po'lat qotishmasini suyuqlantirish uchun asosli bo'lgan elektr yoy pechi tanlab olindi[12]. Buning asosiy sababi po'lat qotishmasi kislotaviy bo'lganligi uchun pechning futerovkasini tez yemirilishga olib keldi. Avvalambor po'lat qotishmasini

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

suyuqlantirishda pechning ichki qatlami qanday ekanligini tanlab olish muhim hisoblanadi[13 -15]. Asosli pech futerovkasini o'tga chidamli materiallar sifatida magnezit g'ishtidan foydalanildi[16]. Pechning devorlari o'tga chidamli materiallardan tayyorlangan magnezit g'ishtlar terildi. Magnezit g'ishtini tayyorlashda tabiiy magnezit (MgCO3) mahsus pechlarda 14000 C temperaturagacha qizdirildi. So'ngra magnezit MgO va CO2 ga parchalandi. Olingan MgO ga ma'lum miqdorda giltuproq va ohak qo'shib suv bilan aralashtirilgach uni presslab shakl berilgach 1500° C temperaturagacha qizdirib kutilgan natijaga erishildi. Asosli pech futerovkasini qayta tiklashda avvalombor 2 - rasmda ko'rsatilganidek pechdan suyuq metallni kovshga chiqarib olindi.

2-rasm. 30 tonnali elektr yoy pechidan suyuq metallni kovshga chiqarib olish jarayoni

Pech asosli suyuqlantirib olinayotgan po'lat kisliy bo'lganligi sababli bir marta suyuqlantirib olingandan so'ng yemirilgan, yorilgan joylarini kuzatishimiz mumkin. So'ngra pech futerovkasi po'lat erituvchi, quyuvchi va sex nazorati ostida pech darchasi orqali kuzatildi. Pech asosli suyuqlantirib olinayotgan po'lat kisliy bo'lganligi sababli bir marta suyuqlantirib olingandan so'ng yemirilgan, yorilgan joylarini kuzatishimiz kerak.

NATIJALAR

Natijalarda shuni ko'rish mumkinki, dastlabki sharoitlar uchun yemirilishga chidamli doimiy o'lchov asbobdan olingan natijalar keltirilgan. Futerovkaning ish muddati o'rtacha davomiyligi atigi 65 marta suyuq metall olinganda pech ichki qismi yemirilish tezligi ko'rindi 0,52 sm*h - 1. Ushbu boshlang'ich davrda futerovkaning yemirilishini nazorat qilishga o'rnatilgan mexanizmi yemirilish darajasini aniqladi. FEM - hisoblash harorat maydoni chegara shartlari sifatida tashqi devor haroratidan foydalangan holda shakllangan. Qiymati 18 Vt \ u003d m2 \ u003d k - 1 ferroqotishma va konvektiv issiqlik uzatish koeffitsienti uchun olovga chidamli futerovka natijalarini tajribada yemirilish o'lchovlari bilan sozlandi. Yuqori sifatli po'lat qotishmalarni suyuqlantirishda elektr yoy pechining ichki qatlami (futerovkasi) yuqorida aytib o'tilgan texnologiya asosida ishlab chiqildi.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

i

If

90

m

70 60 so w

30

m n-

fit* *#f ^ * *m

^ №

* f*

jJ *

y* ¿4

j /

*4 jé-JM ** 2 ! n*

** * f + * * ñ r*

** 1—& r *

uo?oo30oujobuu6m7aomo

Xizmat muddah. KsoaH

1. Korxona tomonidan qo'llanilib kebnayotgan futerovka tarkibi

2. Takbf etilgan futerovka tarkibi

3-rasm. Olovbardosh material sifatida magnezit kukunidan foydalanib, futerovkaning

xizmat muddatini oshirish grafigi.

3-rasmda ko'ringanidek, olovbardosh materiallar sifatida magnezit g'ishtidan foydalanildi va uning yemirilgan joylarini ta'mirlash orqali magnezit kukuni hamda shlakdan foydalanib, xizmat muddati oshirildi. 1 - grafikda aks etganidek, korxona tomonidan qo'llanilib kelinayotgan hamda tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan futerovka tarkibi bir necha tajribalar asosida taqqoslandi. Korxona tomonidan 30 - 100 % gacha qayta ishlangan olovbardosh material futerovkani yemirilgan joyiga suyuq metallni pechdan chiqarib bo'lgandan so'ng qizigan holatda yemirilgan yuzasiga sepish orqali futerovkani ish muddatini o'zgarishi o'rganildi. Agarda 30% qayta ishlatilgan olovbardosh material foydalanilganda ishlash muddati 100 soatga, 35% da 200 soatga, 40% da 300 soatga, 50% da 380 soatga, 60% da 450 soatga, 70% da 480 soatga, 80% da 520 soatga, 90% da 550 soatga, 100% da esa 580 soatga futerovkaning xizmat muddati oshirildi

XULOSA

Elektr yoy pechini futerovkasi ishlash muddatini oshirish maqsadida suyuq metalldagi shlakni CaO va MgO bilan to'yinganida olovbardosh materiallarni yemirilishbardoshliligini orttirildi.

Elektr yoy pech futerovkasini ishlash muddatini oshirishga erishildi.

Tenglamalar yordamida eskirish jarayonini, boshqarish mexanizmining xarakteristikasi, rasmiy ravishda empirik hisoblanildi va aniqlash uchun yemirilish hodisalarini juda murakkab jarayonni boshqarish mexanizmi yaratildi.

Suyuqlantirib olinayotgan po'lat qotishmasining temperaturasi pech futerovkasini yemirilishiga ta'sirini o'rganish va u orqali pech futerovkasini ishlash muddatini oshirishga erishildi.

ADABIYOTLAR

1. Bekchanova Valida, Chorshanbiyeva Lobar, Gulyamov Saidsulton, Urinboyev Umidjon, Eshimov Doston. High - quality steel liquefaction technology from fine slag materials // Eurasian Journal of Engineering and Technology www.geniusjournals.org Volume 18| May 2023 ISSN: 2795 - 7640[ 14] Nosir S. et al. Development of technology for obtaining quality castings from steel alloys //Eurasian Journal of Engineering and Technology. - 2022. - T. 5. - C.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

TEXNOLOGIYA

135-138.

2. Bekchanova Valida, Turakhodjaev Nodir, Chorshanbiyeva Lobar, Gulyamov Saidsulton, Urinboyev Umidjon, Eshimov Doston. TECHNOLOGY OF INCREASING THE SERVICE PERIOD OF LIQUIDATION FURNACES BASED LIQUID SHIBBA //Eurasian Journal of Engineering and Technology. ISSN: 2795-7640. www.geniusjournals.org. - 2023 -.C.85 - 89.

3. Turakhodjaev N.D., Bekjanova V.B., Turaev A.N., Abdullaev F. K., Asatov S.N.. Improvement Of Steel Liquidation Technology in Electric Arc Furnace// Eurasian Journal of Engineering and Technology. Volume 1| November, 2021 ISSN: 2795 - 7640. 8 - 11

4. Valida B. et al. Development of Technology of Liquefaction of Steel Alloys in Electric Furnaces //Spanish Journal of Innovation and Integrity. - 2022. T. 8. 65 - 69.

5. Valida B. et al. Technology of Increasing the Service Life of Based Lining Based on Recycling //Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. - 2022. - T.3.№.11.-C.43-48.

6. Nosir S. et al. CAST IRON LIQUEFACTION TECHNOLOGY //EDITORIAL BOARD.2022.-C.812.

7. Nosir S. et al. Development new brands of resistance white cast Irons //European Journal of Research Development and Sustainability. - 2022. - T. 3. - №. 1. - C. 116-120.

8. Valida B. et al. Improvement of the Technology of Liquefaction of A500 Low-Carbon Steel Alloy in an Electric ARC Furnace //Central Asian Journal of Theoretical and AppliedScience. - 2022. - T. 3. - №. 12. - C. 159-164.

9. Valida B. et al. Extending the Service Life of The Electric ARC Furnace Lining //Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. - 2022. - T. 3. - №. 12. -C.153-158.

10. Valida B. et al. Improvement of the Technology of Liquidation of A500 Brand Low Carbon Steel Alloy in the Induction Furnace //Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science. - 2022. - T. 3. - №. 12. - C. 1-6.

11. Saidmakhamadov N. M. et al. DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY FOR

LIQUEFACTION OF STEEL ALLOYS: DEVELOPMENT OF TECHNOLOGY FOR

LIQUEFACTION OF STEEL ALLOYS. - 2023.

12. Saidmakhamadov N. et al. IMPROVEMENT OF THE TECHNOLOGY OF CASTING SHAFT COMPONENTS FROM 35XGCL BRAND STEEL IN AN ELECTRIC ARC FURNACE //American Journal of Interdisciplinary Research and Development.2023.-T.15. - C. 59-66.

13. Nosir S. et al. Study of the Effect of Copper Addition on Secondary Carbides with High Chromium Wear - Resistant White Cast Iron //International Journal of Innovative Analyse and Emerging Technology. - 2022. T. 2. 37 - 43.

14. Valida B. et al. Development of Technology of Liquefaction of Steel Alloys in Electric Furnaces //Spanish Journal of Innovation and Integrity. - 2022. T. 8. 65 - 69.

15. Nosir S. et al. DEVELOPMENT OF QUALITY STEEL ALLOY LIQUIDATION TECHNOLOGY //American Journal of Interdisciplinary Research andDevelopment.2022.-T.7.-C.74-83.

16. Valida B. et al. Explore of the Technology of Liquefaction of High-Quality Ingots from Steel Alloys //Czech Journal of Multidisciplinary Innovations. - 2022. -T.8.-C.1-7.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 2-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.