Научная статья на тему 'EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA POLIMER IZOLYASIYALI KABELLARNING MEXANIK BUZULISHNING PAYDO BO‘LISH JARAYONIGA TEXNOLOGIK FAKTORLARNING TA’SIRI'

EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA POLIMER IZOLYASIYALI KABELLARNING MEXANIK BUZULISHNING PAYDO BO‘LISH JARAYONIGA TEXNOLOGIK FAKTORLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
11
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Polimer / kabel / elektr tarmoq / izolatsiya / dipol / harorat / havo liniya / mahsulot / polietilen / Polymer / cable / electrical network / insulation / dipole / temperature / air line / product / polyethylene

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Uralov Jasurbek Toshpo’latovich

Bu maqolada polimer izolyatsiyali kabelni o‘z ichiga olgan xilma-xil polimer materiallarning mexanik buzilishining paydo bo‘lish jarayoniga texnologik faktorlarining ta’siri o‘rganilgan. Bir nechta muhim texnologik faktorlar –masalan, polimer materialning xossalarini, kabelni ishlab chiqarish usullarini va ularning bo‘yicha monitoring tizimlarini o‘z ichiga oladi. Natijalar texnik spektrda polimer izolyatsiyali kabelning ishlash xususiyatlarini yaxshilashda yordam beradi va kabel ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda foydali bo‘ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF TECHNOLOGICAL FACTORS ON THE PROCESS OF MECHANICAL DESTRUCTION OF POLYMER INSULATED CABLES DURING OPERATION

In this article, the effect of technological factors on the process of mechanical failure of various polymer materials, including polymer-insulated cable, is studied. Several important technological factors include, for example, polymer material properties, cable manufacturing methods, and monitoring systems for them. The results will help to improve the performance characteristics of the polymer insulated cable in the technical spectrum and will be useful in the optimization of the cable production processes

Текст научной работы на тему «EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA POLIMER IZOLYASIYALI KABELLARNING MEXANIK BUZULISHNING PAYDO BO‘LISH JARAYONIGA TEXNOLOGIK FAKTORLARNING TA’SIRI»



www.in-academy.uz

NFLUENCE OF TECHNOLOGICAL FACTORS ON THE PROCESS OF MECHANICAL DESTRUCTION OF POLYMER INSULATED CABLES DURING OPERATION

Uralov Jasurbek Tashpolatovich

Assistant TSTU Almalyk branch jasurbek3942gmail.com

ARTICLE INFO

Received: 20th March 2024 Accepted: 26th March 2024 Online: 27th March 2024

KEY WORDS Polymer, cable, electrical network, insulation, dipole, temperature, air line, product, polyethylene.

ABSTRACT

In this article, the effect of technological factors on the process of mechanical failure of various polymer materials, including polymer-insulated cable, is studied. Several important technological factors include, for example, polymer material properties, cable manufacturing methods, and monitoring systems for them. The results will help to improve the performance characteristics of the polymer insulated cable in the technical spectrum and will be useful in the optimization of the cable production processes.

EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA POLIMER IZOLYASIYALI KABELLARNING MEXANIK BUZULISHNING PAYDO BO'LISH JARAYONIGA TEXNOLOGIK

FAKTORLARNING TA'SIRI

Uralov Jasurbek Toshpo'latovich

Assistant TDTU Olmaliq filaili jasurbek3942gmail.com

ARTICLE INFO

Received: 20th March 2024 Accepted: 26th March 2024 Online: 27th March 2024

KEY WORDS Polimer, kabel, elektr tarmoq, izolatsiya, dipol, harorat, havo liniya, mahsulot, polietilen.

ABSTRACT

Bu maqolada polimer izolyatsiyali kabelni o'z ichiga olgan xilma-xil polimer materiallarning mexanik buzilishining paydo bo'lish jarayoniga texnologik faktorlarining ta'siri o'rganilgan. Bir nechta muhim texnologik faktorlar -masalan, polimer materialning xossalarini, kabelni ishlab chiqarish usullarini va ularning bo'yicha monitoring tizimlarini o'z ichiga oladi. Natijalar texnik spektrda polimer izolyatsiyali kabelning ishlash xususiyatlarini yaxshilashda yordam beradi va kabel ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda foydali bo'ladi.

Polimerli himoya izolyatsiyali xavo uzatish liniyalarida texnologik faktorlarning ekspluatatsion xususiyatiga ta'siri o'rganib chiqilgan va ko'plab olimlar tomonidan tadqiqotlar asosida amalda isbotlangan [1]. Ekspluatatsiya jarayonida izolatsiyaga yuqori va past harorat,

www.in-academy.uz

namlik, nurlanishlar, elektromagnit, mavsumiy sharoitlar kabi ko'plab omillar o'z ta'sirini o'tkazadi. Izolyatsiyaning yomonlashuviga eng ko'p ta'sir etadigan omil bu yuqori darajadagi haroratdir, uning ta'sirida termik-oksidlovchi yemirilish reaksiyasining tezlashishi sodir bo'ladi, natijada esa yuqori molekulyar polimer birikmalar parchalanishiga olib keladi . Bundan tashqari xomashyoning sifatiga, qo'llaniladigan materiallarning retseptiga, himoya izolyatsiyani tikish va ekstruziya qilish kabi texnologik faktorlarga polietilen himoyali izolyatsiya juda ta'sirchan hisoblanadi. Yana ham izchil o'tkazilgan tajribalarda namlanish va oksidlanishga chidamliligini xarakterlaydigan, himoya izolyatsiyaning ustki qatlami mikrotuzilishiga ta'sir etuvchi texnologik faktorlar o'rganilgan. O'tkazilgan tajribalar natijasida himoya izolyatsiyasining ekspluatatsion xarakteristikalari ishlab chiqarish texnologik parametrlarga ekspremental bog'liqligi, ya'ni - izolatsiyani tikish vaqti va ekstruziya tezligi simning himoya izolatsiyasi setkasining fazosida molekulalarning mo'ljali va zichligi darajasini ko'rsatadi. O'tkazilgan tajribalardan olingan xulosalar shuni ko'rsatadiki ekstruziya tezligini chiziqli oshishi uzilishga chidamlilik va nisbatan cho'zilishga olib keladi [2].

Polimer himoyali izolatsiya xavo liniyalarining yangi konstruksiyari paydo bo'lishi bilan ekspluatatsiya jarayonida yetarli tajribaga ega emasligi, izolyatsiya hamda ustki qatlam materiallarning xususiyatlarini yetarlicha o'rganib chiqmaslik, defektning sharti va xarakteri rivojlanishi elektr tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmatiga simlarning buzilishlarini oldindan o'z vaqtida aniqlashga qaratilgan yangi masalalarni qo'yadi. Havo liniyalarining himoya izolyatsiyasini ekspluatatsiya xususiyatlariga texnologik faktorlarning ta'sirini aniqlash maqsadida aloxida tadqiqotlar o'tkazish kerak. Elektr tarmoqlari korxonalari xodimlari ekspluatatsiya tajribasidan kelib chiqib, xar doim ham polimer himoya izolyasiya va himoya qatlam materiallarini sifatini qoniqarli darajada emasligini takidlashadi. Ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulotlarining tannarxini tushirishga intilishi, mahsulotning sifatini pasayishiga olib kelmoqda. Mahsulotning tan narxini pasayishini tikish va ekstruziya rejimlarining o'zgarishshi, materiallarning retsepturasini o'zgarishi, arzon xom ashyo va texnoligiyaning hisobiga erishiladi. Bu tendensiyalar izolatsiya kompozitsiyalariga bo'lgan yagona talabning yo'qligini targ'ib qiladi: xar bir ishlab chiqaruvchi mahsulotning shaxsiy texnik shartlarini ishlab chiqish xuquqiga ega. Natijada turli ishlab chiqaruvchilarning bitta turdagi mahsulotning himoya izolyasiyasining ekspluatatsion xarakteristikalari bir biridan farq qiladi. Bundan kelib chiqadiki, bir xil shart sharoitda ekspluatatsiya qilinganda himoya izolyatsiyaning xususiyatlari bir xil o'zgarmaydi [3].

Polimer izolyasiyali simlarni ekspluatatsiya qilishda, bir vaqtning o'zida cho'zishda paydo bo'ladigan mexanik kuch, shamol va muzlamalar ta'sirida simlarning egilishi va buralishi ularning xususiyatlariga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Polimer materiallarning tabiiy eskirish sharoitida, bu kuchlar sim izolyatsiyasining chatnashiga (sinishiga) va izolyatsiyani butunligini buzadigan boshqa mexanik buzilishlarga olib keladi (1-rasm).

Open access journal

www.in-academy.uz

1-rasm. Polimer izolatsiyali simlarda yoriqlarning paydo bo'lishi

Bu sharoitda polimer izolatsiyani mexanik ta'sirlarga chidamliligini belgilaydigan muxim ekspluatatsion xarakteristikalari uzilishdagi mustaxkamlik va cho'zilishdir, bu esa o'z navbatida, xom ashyoning sifati va tozaligiga, shuningdek, izolyatsiyani ishlab chiqarish texnologik rejimlarga bog'liq. Simning ustki qatlamlaridagi muzlamalar, izolatsiyani tikish va ekstruziya qilishda texnologik parametrlarga bog'liq bo'lgan polimer materialning molekulyar strukturasiga va ustki qatlam mikrorelefiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Turli ishlab chiqaruvchi bir xil markadagi polimer izolatsiyali simlarning ustki strukturasi va mikrorelefiga ta'siri har xilligini o'tkazilgan tadqiqotlar tasdiqlaydi [5].

O'tkazilgan boshqa tajribalarda kabel izolatsiyasining qalinligining nurlanish ta'sirida o'zaro bog'lanish samaradorligiga ta'siri o'rganilgan. Polietilenning tikuv zichligi va mexanik xususiyatlari izolatsiya qalinligining oshishi bilan tabiiy ravishda pasayadi, bu esa yuqori haroratda kabel mahsulotining ishdan chiqishiga olib kelishi mumkinligi o'rganiladi.

Ma'lumki polimer materiallarga ishlov berishda yuza qatlamlarda elektron nurlanish tufayli juda kata strukturaviy o'zgarishlar yuzaga keladi. Bu radiatsion o'zaro bog'lanish paytida materialning xususiyatlari mahsulot hajmi va qalinligi bo'yicha o'zgarishi mumkinligiga asos bo'ladi. O'z tortishish kuchi ta'siri ostida polimer eritmasining ahamiyatga ega bo'lmagan darajada kam miqdorda oqishi tufayli kabelning chiqishida metal yadroga nisbatan "koaksiyallikning buzilishi" hodisasi kuzatiladi [4].

Tajribalar shu qadar muhim jarayonki nazariyani tushunishga va yoddan chiqarmaslika yordam beradi. Quyidagi rasmlarda o'tkazilgan tajriba va undan olingan natijalar orqali polimer izolatsiyali kabel namunalarining holatlari tasvirlangan. Namunalarning sirt tuzilishi -g'ovakligi bilan xarakterlanadi, bu polietilenni tikish paytida hosil bo'lgan suv bug'lari va gazlarning chiqishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Mexanik va harorat yuklarining kompleks ta'siri ostida polimer izolatsiyali simning termo-oksidlovchi destruksiyasi tahlil qilinganda, polimerning boshlang'ich retseptura kompozitsiyasiga va antioksidantlarning konsentratsiyasiga bog'liq bo'lgan issiqlik deformatsiyasi muxim ekspluatatsion parametr

www.in-academy.uz

bo'lib xizmat qiladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, vaqt o'tishi bilan himoya izolyatsiyasida antioksidantlarning boshlang'ich konsentratsiyasi pasayadi. Natijada himoya materiali oksidlanadi, mo'rt bo'lib qoladi va simga tashqi ta'sir etuvchi ekspluatatsion ta'sirlar oqibatida sinishga moyil bo'ladi. Antioksidantlarning turli boshlang'ich konsentratsiyali izolatsion kompozitsiya retsepturalarini qo'llash, bir markadagi turli ishlab chiqaruvchilarning polimer izolatsiyali simlarining boshlang'ich oksidlanish darajasini farq qilishiga olib keladi [6].

a)» ' - • - - ^HM b)

2-rasm. Birinchi namunaning asl holatidagi (a) va eskirgan holatidagi (b)yuza

qismining strukturasi va mikrorelefi

R- b)

3-rasm. Birinchi namuaning asl holatidagi (a) va eskirgan holatidagi (b) yuza qismining

strukturasi va mikrorelefi

a) b)

4-rasm. Birinchi namuaning asl holatidagi (a) va eskirgan holatidagi (b)yuza qismining

strukturasi va mikrorelefi

Olimlar A.V.Besprozvannix, A.G.Kessayevlar o'tkazgan eksperimentlar natijasi shuni ko'rsatadiki polimer izolatsiyali kabellarda klasterlar - lokal tartibli strukturaga ega bo'lgan erkin suvlarning mavjudligi isbotlandi. 50 kHz -20 MHz chastota diapazondagi o'lchashlar shuni ko'rsatadiki butun holatdagi yangi polimer izolatsiyaning chastotaga bog'liq bo'lgan dielktrik isrof burchagining tangensi 10 MHz chastotada bir marta rlaksatsion maksimumga erishadi. Izolatsiya namlangandan keyin 500 kHz bilan 5 MHz bo'lgan diapazonda qo'shimcha maksimumlar paydo bo'ldi.

Butun va ko'pirtirilgan polietilenli izolatsiyalarda dilektrik isrof burchagi tangnsining yuqori chastotali relaksatsion dipol maksimumi orqali suv tipidagi klasterlar aniqlandi.

Kuch kabellaridagi erkin namlikni borligi daraxtning ko'rinishidagi kichik yoriqlarni paydo bo'lishiga olib keladi. Bu esa polietilenning amorf fazalarida paydo bo'ladi ya'ni zeren

www.in-academy.uz

kristallari chegaralarida va o'z navbatida polimer izolatsiyani builishiga sababchi bo'ladi. O'rab turgan tashqi muhit, elektr maydon hamda namlikning birgalikdagi ta'siri natijasida izolatsiyaning texnologik defekti suvli tringlar bir necha mikrondan bir mm gacha bo'ladi. Izolatsiyaga namlik bilan birga boshqa moddalar ham kiradi, ular suv bilan qoplangan mikroqoplamalardagi polimer zanjirlarni buzilishiga olib keladi. Izolatsiyaning elektr mustahkamligi treinglar natijasida kamayadi bu esa izolatsiyaning butun qismida kuchlanganlikning oshishiga olib keladi hamda treingni jarayonini tezlashishiga olib keladi.

5-rasm. Polimer izolatsiyali kuch kabellaridagi erkin namlik sababli yuzaga kelgan yoriqlarning mikroskopik ko'rinishi.

Yuqori haroratda (90°C) tekshirish yoki ekspluatatsiya qilish izolatsiyani eskirishini sekinlashtiradi, nisbatan past haroratda bu jarayon tezlashadi, suvli treing intensiv ravishda ortib boradi. Suvli treinglarni o'sish sur'ati sezilarli darajada polimer izolatsiyaning morfologiyasiga, tarkibiga, kimyoviy tabiatiga chambarchars bog'liq[7].

Himoya izolatsiyasining ekstruziyasi va tikish texnologiyasining buzilishi qo'pol texnologik defektlar, materialning uzilishga mustaxkamligini pasayishiga, sinishga va polimer izolatsiyali simlarning mexanik buzilishlariga olib keladi.

Xulosa

Polimer izolyatsiyali kabelni mexanik buzilishning paydo bo'lish jarayoniga texnologik faktorlarining o'rganilishi uchun tadqiqotlar olib borilgan. Texnologik faktorlar, polimer material xossalarini, kabelni ishlab chiqarish usullarini va monitoring tizimlarini o'z ichiga oladi.Ekspluatatsiya jarayonida kabelning mexanik buzilishga qarshi qadamlarni ta'minlash uchun texnologik faktorlar muhim ahamiyatga ega.Polimer izolyatsiyali kabelning ishlash xususiyatlarini yaxshilashda texnologik faktorlar foydali bo'ladi. Polimer izolyatsiyali kabelni mexanik buzilishning paydo bo'lish jarayoniga texnologik faktorlarining ta'sirini o'rganilgan. Natijalar texnik spektrda polimer izolyatsiyali kabelning ishlash xususiyatlarini yaxshilashda yordam beradi va kabel ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda foydali bo'ladi. Maqola ustida o'rganilgan ma'lumotlar kabelni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonlarida texnologik faktorlarning muhimligini ko'rsatadi. Bu esa kabelning yaxshi ishlash xususiyatlarini ta'minlashda eng muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

References:

1. Ergashovich, Yuldoshov Husniddin, Uralov Jasur Toshpo'latovich, and Xamdamov Azizjon Olimjon o'g'li. "KOMPRESSORNING ORALIQ VA OXIRGI SOVUTGICHLARINING ISSIQLIK ALMASHINUV YUZALARIDA CHO 'KINDILARNI SHAKLLANTIRISHNI KAMAYTIRISH UCHUN TEXNIK YECHIMLARNI ISHLAB CHIQISH." PEDAGOGS 47.2 (2023): 38-43.

«

www.in-academy.uz

2. Uralov, Jasur Tashpulatovich, and Komila Norqobil qizi Qudratova. "O'ZGARMAS TOK MOTORLARINING TEZLIK ROSTLASH USULLARI TAHLILI." Journal of new century innovations 43.2 (2023): 39-41.

3. Shodiyev, Oqiljon Abdurashit O'G'Li, et al. "KONVEYER TRANSPORTINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI VA TEXNIK YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH." Academic research in educational sciences 4.2 (2023): 285-291.

4. Elektrik kundaligi.J.T.Uralov O.A.Shodiyev, E.U.Yuldashev, M.A.Yuldasheva 2023 ISBN:978-9943-9288-3-1 "Lesson Press" nashriyoti

5. Shodiyev Oqiljon Abdurashit o'g'li. Avtomatik boshqaruv qurilmalarining elektr energiya va sifat ko'rsatgichlariga ta'siri 2023

6. "Mineral xomashyolar va texnogen chiqindilarni samarali qayta ishlashning muammolari, istiqbollari va innovatsion yondashuvlar" 190-191.

7. Toirov, O., Taniev, M., Hamdamov, M., & Sotiboldiev, A. (2023). Power Losses of Asynchronous Generators Based on Renewable Energy Sources. In E3S Web of Conferences (Vol. 434, p. 01020). EDP Sciences.

8. Рисмухамедов, Д. А., Ганиев, С. Т., Рисмухамедов, С. Д., Пейсенов, М. Б., & Хусанов, Ш. Х. (2023). РАЗРАБОТКА ПОЛЮСОПЕРЕКЛЮЧАЕМЫХ ОБМОТОК ДЛЯ ДВИГАТЕЛЕЙ ТУРБОМЕХАНИЗМОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(10), 508-514.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.