Научная статья на тему 'EKSKURSIYA DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISH'

EKSKURSIYA DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
614
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang’ich ta’lim / metod / integratsiya / tabiiy fanlar / ekskursiya / tasavvur / tushuncha / tuproq / tuproq qatlamlari / asosiy jins namunalari / gumus / tuproq tarkibi / Primary education / method / integration / natural sciences / excursion / imagination / understanding / soil / soil layers / basic gender models / humus / soil composition

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ismatova Zulayxo Asadovna, Orifova Oqilaxon Javlon Qizi

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga ekskursiya darslarida integrativ yondashuv asosida tabiiy fanlarni oqitishda amaliy ishlarni tashkil etish orqali tasavvur va tushunchalarini shakllantirish haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article provides information on the formation of concepts and representations of primary school students by organizing practical work on teaching natural sciences on the basis of an integrative approach in excursion classes.

Текст научной работы на тему «EKSKURSIYA DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISH»

EKSKURSIYA DARSLARIDA INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA AMALIY ISHLARNI TASHKIL ETISH

Ismatova Zulayxo Asadovna

Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti Orifova Oqilaxon Javlon qizi

Nizomiy nomidagi TDPU magistri Tel: (93) 302-54-67

Annotatsiya: Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga ekskursiya darslarida integrativ yondashuv asosida tabiiy fanlarni oqitishda amaliy ishlarni tashkil etish orqali tasavvur va tushunchalarini shakllantirish haqida ma'lumotlar berilgan.

Annotation: The article provides information on the formation of concepts and representations of primary school students by organizing practical work on teaching natural sciences on the basis of an integrative approach in excursion classes.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, metod, integratsiya, tabiiy fanlar, ekskursiya, tasavvur, tushuncha, tuproq, tuproq qatlamlari, asosiy jins namunalari, gumus, tuproq tarkibi

Key words: Primary education, method, integration, natural sciences, excursion, imagination, understanding, soil, soil layers, basic gender models, humus, soil composition

Berilgan mavzu yuzasidan o'quvchilarda aniq tasavvur, tushuncha, ko'nikma va malakalarni hosil qilish uchun ekskursiya darslari olib borish mumkin. Bunda o'quvchilarda ko'proq ma'lumotlar, tasavvur va tushunchalarning shakllanishini ko'rishimiz mumkin. O'quvchilarda mavzu tuzasidan tasavvur va tushunchalarning hosil bo'lishi uchun darslarni ekskursiya darslarida olib borish tavsiya etiladi. Sababi, ekskursiya darslari tuproq haqidagi tushunchalarni aniqlashtirish va kengaytirish, tuproq hosil qiluvchi jins haqida tushuncha berishda muhim ahamiyatga ega.

Darsni quyidagicha olib borish mumkin.

Ekskursiyaga borishdan oldin o'qituvchi bormoqchi bo'lgan hududga borishi, bu joy daryo, kanal, jarning tikka kesib tushgan qirg'ogi, shuningdek, qurilish maydonchasidagi qurilish cheti bo'lishi mumkin. Ekskursiya uchun ajratilgan hududda daraxt yoki butalarning bo'lishi muhim. O'qituvchi va talabalar daryo yoki kanalning kuzatish uchun belgilangan yon bag'rini belkurak bilan tozlaydilar va tuproqni va uning ostidagi yer qatlamlari ko'rinadigan bo'lishi uchun chuqur qaziydilar. Chuqurning bir tomoni vertikal ravishda kesib tushirilishi kerak.

Chuqurni shunday qazish kerakki, vertikal ravishda kesib tushurilgan tomonga ekskursiyaga vaqtida quyosh tushib tursin. Shunda tuproq qatlamlarini bir-biridan farqlash oson bo'ladi. Tuproq qatlamlari va uning ketidan keladigan asosiy qatlamni alohida qilib qo'yish kerak. Ekskursiyadan keyin chuqur to'ldiriladi. Bunda yer qatlamlari chuqurga kerakli izchillikdan tashlanadi.

Bundan tashqari ekskursiyaga mahalliy agronom ham taklif etilishi va u ekskursiyaga uchun tanlangan joyda qaysi tipdagi tuproq uchrashi mumkinligini, shu hudud tevarak atrofida ko'pincha qanday tuproq uchrashi haqida mukammal ma'lumotlar olishi mumkin. Bu kelajakda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlari yashayotgan hudud va maktab atrofida, tevarak atrofida ko'pincha qanday tuproq uchrashi haqida mukammal ma'lumotlar olishi mumkin.

O'quvchilar amaliy ishlar uchun kerakli jihozlarni: tuproq qatlamlari va asosiy jins namunalarini solish uchun quticha yoki xaltachalar, daftar, qalam, ruchka tayyorlaydilar va maktab o'quvchilari bilan ishlash jarayonida ularda qanday tasavvur va tushunchalarni shakllantirishlari lozimligini o'rganadilar .

Suhbat davomida o'qituvchi o'quvchilar bilan birgalikda tuproq qatlamlarini, keyin asosiy jinsni ko'radilar.

Suhbatdan so'ng o'qituvchi o'quvchilarni oldindan tayyorlab qo'yilgan chuqur oldiga olib boradi va ularning hammasiga tuproqning vertikal kesimi va asosiy kesimi ko'rinadigan qilib joylashtiradi.

Endi o'qituvchi boyagi olib borilgan suhbat vaqtida egallagan ma'lumotlarini takrorlashni taklif etadi.

O'qitivchining topshirig'iga binoan tuproq qatlamlarining qalinligini santimetr lenta yoki chizg'ich yordamida o'lchaydilar. Olingan ma'lumotlarni barchasi daftarlariga qayd etib borishadi.

O'zbekistonda boshqa tuproqlarga qaraganda bo'z (qumoq tuproq) tuproq ko'p uchraydi. Bo'z tuproq kesimida yerning yuqori gumus qatlami kulrang sarg'ish tusda ekanligi, unda chirindining ko'pligi ko'rinib turadi. Bu yerda o'simlik ildizlari ko'p bo'lib, gumus qatlamining qalinligi bir necha santimetrga boradi. Tuproq qatlami qanchalik chuqur bo'lsa, unda gumus shunchalik kam bo'ladi va tuproq borgan sari ochroq bo'lib boradi. Tuproqning barcha qatlamlari 30-40 santimetr bo'ladi. Undan pastda qalinligi 60-70 santimetr bo'lgan o'tkinchi qatlam joylashadi. Bu qatlam tuproqdan ochroq bo'ladi, chunki unda gumus miqdori juda kam, lekin ba'zi o'simliklarning ildizlari bu qatlamda ham joylashadi. O'tkinchi qatlam asta-sekin asosiy tog' jinsi - lyoss bilan almashinadi. Lyoss sarg'ish rangda, unda tuproqqa va o'tkinchi qatlamga kul rang tus berib turadigan gumus bo'lmaydi. Asosiy tog' jinsi -lyossda ham ba'zi o'simliklarning ildizlari uchraydi. Masalan, yantoqning ildizlari lyoss qatlamlarigacha kirib boradi. Lyoss rangi bo'yicha tuproq va o'tkinchi qatlamdan farq qilishiga ishonch hosil qilish uchun o'qituvchi lyoss qatlamidan kovlab olib, uni navbati bilan barcha har qaysi qatlamga solishtiradi. Ana shunda barcha qatlamlarning rang jihatidan farq qilishini chuqur devolda taqqol ko'rish mumkin.

Solishtirish va tushuntirishlardan keyin o'qituvchi tuproq kesimining har bir qatlamidan namunalar olishni taklif etadi va o'quvchilar chuqur yoniga alohida olib qo'yilgan tuproq qatlamlari, o'tkinchi qatlam va lyossdan namunalar oladilar. Namunalar solingan quticha yoki xaltachalarga etiketkalar yopishtirib yozadilar va qatlamlarning tuproq kesimida qanday joylashihi rasmini chizadilar. Rasm chizib borilishlari boshlang'ich sinfdagi rasm darslari bilan, tuproqning barcha qatlamlari va ularning farqlari, oralig'i haqidagi o'lchash hamda xisob ishlari matematika darslari bilan integratsiyashgan holda olib boriladi.

O'qituvchi har bir namunani diqqat bilan ko'zdan kechirishni taklif etadi va namunalar o'rtasidagi farqni aytib o'tishini soraydi va javoblarini tahlil qiladi.

O'qituvchi tomonidan tuproq qatlamlarini alohida diqqat bilan ko'zdan kechirishga ahamiyat beriladi. Sababi, tuproq va o'tkinchi qatlamlaMa faqat o'simliklaming ildizlarigina emas, balkim mayda hayvonlar - yomg'iг chuvalchanglaгi, hashoгotlaгning lichinka va g'umbaklari, voyaga yetgan hashorotla^ masalan, chumoli va boshqalarning borligini qayd qiladilar.

O'qituvchi ekskurayadan oldin tuproq haqida be^an va mustaqil ravishda o'zlaгi o'qib o'гgangan ma'lumotlariga asoslanib, o'quvchilaгdan tuproq nimadan tashkil topganligini eslashni taklif etadi va ular gil, qum, chirindi (gumus), mineral tuzlar, suv, havoni aytadilar.

O'qituvchi "Tuproqqa gumus qayeгdan kelib qoladi?" degan savol bilan murojat qiladi. O'quvchilar o'qituvchining ma'mzalari va u tomondan berilgan ma'lumotlaгi hamda mustaqil o'qishlari natijasida olingan ma'lumotlari asosida javob beгadilaг, yani, bu^ o'simlik va hayvonlaming chiгigan qoldiqlari ekanligi va ulaг yillaг mobaynida to'planib boгishi, bu jaгayonning doimiy bo'lishi haqida aytib o'tadilar Berilgan javobda kam^ink^ yoki xatoliklaг kuzatilganda o'qituvchi tomonidan yana biг tushuncha beriladi va to'ldiriladi. Keyin o'qituvchi ulaming etiborini daraxt va butalarning kuz mavsumida to'kilgan baгglariga jalb etadi va o^uvchito bilan birgalikda ularning qorayib qolganligini, ularning eti chirib, tuproq ta^ibiga o'tib borayotganligini ko'гadilaг va tahlil qladilaг.

O'qituvchi tomonidan o'simliklaming qismlari va mayda hayvonlaming chirib borayotgan oгganlaгidan asta sekin tuproqda gumusning qanday hosil bo'lishi haqida suhbat olib boradi va o^uvchi^ uchun mavhum bo'layotgan va ulami qiziqtirayotgan savollarga javob beradi. Olib borilgan suhbat asta - sekin o'quvchilami tuproqning tuproq hosil qiluvchi jins, masalan, lyossdan nima bilan farq qilishini tushunishiga olib keladi.

Yakunlovchi umumlashtiruvchi suhbat jarayonida quyidagicha xulosa chiqariladi, ya'ni, "tuproq kesimida shu narea ko'rinadiki, tuproq - tog' jinsining (mazkur holda lyossning) eng yuqori qatlami. Tuproq asta - sekin tuproq hosil qiluvchi jinsga o'tadi. Tuproq tog' jinsidan o'zining unumdoriigi bilan farç qilishi va yerning unumdorligi esa undagi gumusning (chirindining), qanchalik miqdorda ekanligiga, ya'ni, kam va ko'p ekanligiga bog'liq"

Ekskuraya so'ngida o'quvchila^a quyidagicha vazifalar beriladi:

1. Ekskuraya vaqtida tupгoqning tuгli qatlamlaridan olingan va yig'ilgan namunalami ko'zdan kechirish, biг biгidan faгqlaгini o^ganish va tahlil qilish, hamda, ularning joylashishi va qalinligi haqida gapirib berishga tayyorlanish yoki yozib tahlilini tayyorlab kelish.

2. Yig'ilgan o'tgan yilgi ba^laráan "Gumusning hosil bo'lishi" kolleksiyasini tayyorlash va ma'lumotlarini qayd etish.

3. Qo'shimcha adabiyotlaráan va internet ma'lumotlariah foydalangan holda "Tog' jinslarining emiгilishi" maqolasini tayyoгlash.

Ekskuraya dara "Tupгoq taгkibi" mavzusida berilgan "Tuproq qanday hosil bo'lgan" kichik mavzudagi va unda berilgan amaliy ishlami olib borishda va to'g'ri tasavvur va tushunchalarni shakllanishida ham katta ahamiyatga ega.

Tuproqning hosil bo'lishi haqidagi tushunchalarni berishdan maqsad tog' jinslarining nurashi va tuproq hosil bo'lish jarayonlari o'rtasidagi bog'liqlik haqida tushuncha berish, tuproq qatlamlari haqidagi ma'lumotlarni o'rganish uchun tashkil etilgan ekskursiya vaqtida egallagan bilimlarini umumlashtirish va tuproqning tarkibi haqida tasavvur va tushunchalarni shakllanish.

Dars jarayonida o'qituvchi ekskursiya vaqtida o'zlashtirib olgan bilimlarini umumlashtiruvchi suhbat bilan boshlaydi. Bunda suhbatni quyidagicha olib borish mumkin:

- Ekskursiya qayerga uyushtirildi?

- Tuproq kesimida nimalar ko'rinadi?

- Tuproq o'tkinchi qatlamdan nimasi bilan farq qiladi?

- Tuproq tog' jinsidan nimasi bilan farq qiladi?

- Tuproqdagi gumus nimadan hosil bo'ladi? kabi savollar beriladi.

Ushbu savollarga javob berishda o'quvchilar tuproq kesimi tasvirlangan rasmlardan yoki o'zlari ekskursiya vaqtida chizib olishgan rasmlardan va ekskursiyadan olib kelingan tuproqning turli qatlamlaridan olingan namunalardan foydalanadilar.

Tuproq hosil bo'lishi haqidagi tushuncha tog' jinslarining nurashi haqidagi bilimlar asosida shakllanadi. Bunda granitning issiq va sovuq tasirida yemirilishini tasdiqlovchi tajribani ko'rsatish, nurash jarayoni tasvirlangan rasmlar, videolar, shuningdek, yuzasi lishaynik bilan qoplangan granit bo'laklari va granit yemirilishidan hosil bo'lgan mahsulotlar - shag'al, qum, gil ko'rsatiladi.

O'quvchilarga tog' jinslarining yemirilishi - turli tabiiy omillar iqlimiy, tabiiy, kimyoviy omillar yig'indisi va ularga jonli organizmlarning tasirini aniq va yaqqol tushunishlari uchun jiddiy etibor berish kerak. Xuddi shu omillarning yig'indisi tuproq hosil bo'lish jarayonida ham hal qiluvchi hisoblanadi.

Yoki ularda tasavvur va tushunchalarni shakllanishi uchun bu jarayonlarning bo'lishi tushurilgan filmlardan foydalaniladi.

Tog' jinslarining emirilishi haqidagi suhbatdan o'qituvchining tuproq hosil bo'lish jarayonlari haqidagi hikoyasiga o'tiladi.

Bunda, tuproq hosil bo'lish jarayonida jonli va jonsiz tabiat omillaridan tashqari insonning ham hissasi juda muhimligi, inson tuproqda gumusning to'planishini tezlashtirishi, unda suv va havo miqdorini oshirishi mumkinligi haqida aytib o'tiladi.

Berilgan malumotlar asosida quyidagi xulosalarni shakllanishiga olib keladi, yani, "Tuproq issiq va sovuqning almashinishi, suv, shamol, jonli organizmlar va inson faoliyatining birgalikdagi ta'sirida o'zgargan tog' jinsining yuqori qatlamidir. Bu qatlamda o'simliklar o'sadi va rivojlanadi".

Berilgan ma'lumotlar va tushunchalar asosida tuproqning tarkibi haqida ma'lumotlarni olishadi.

Bunda o'quvchilarni boshlang'ich sinf darsligida berilgan amaliy ishlarni o'qituvchi nazorati ostida olib borish orqali ularda tasavvur, tushunchalar beriladi va ularni shu mavzuni o'quvchilar bilan olib borish ko'nikma va malakalari shakllantiriladi.

Ish frontal ravishda olib boriladi. Tuproqning tarkibidagi havoning, suvning, chirindi, gil va qumning, mineral tuzlarning borligini tahlil qiluvchi amaliy ishlar bajariladi. Ish bajarish jarayonida suhbat ham olib boriladi. Masalan:

- Qum, gil, mayda toshlar tuproqa qayerdan kelib qolgan?

- Tuproqda gumus qanday hosil bo'ladi?

- Tuproq asosiy jinsdan nimasi bilan farq qiladi?

Tuproqning tarkibini o'rganayotgan vaqtda uning tarkibidagi gumus va mineral tuzlarning borligiga alohida etibor berish kerak.

O'quvchilar gumusi qizdirilgan tuproq bilan tarkibida gumus bo'lmagan tuproqning tashqi ko'rinishi va tarkibini taqoslaydilar. O'qituvchi mavjud bilimlarga qo'shimcha ravishda shuni ma'lum qiladiki, tuproqda hayot kechiruvchi juda katta

miqdordagi ko'p sonli mikroorganizmlarning faoliyati ta'sirida gumus asta sekin mineral tuzlarga aylanadi va har bir tuproq jonsiz tabiat elementlari bilan jonli organizmlarning aralashmasidan iborat bo'ladi. Tuproqdagi jonli organizmlar bilan jonsiz tabiat elementlari bir-biri bilan mustahkam bo'glangan, bir-biriga ta'sir etadi, juda ko'p o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun tuproq hech qachon o'zgarmasdan qolmaydi, unda doimo bir moddaning o'rnini boshqa modda egallab turadi degan xulosaga keladilar.

Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda shuni aytish mumkinki, boshlangich sinflarda o'quvchilarga tuproq haqidagi tushunchalarni berish va mavzusini o'rganish katta ta'lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lib, uhbu mavzuga oid darslarda o'quvchilar tuproq hosil bo'lish jarayonlarini bilib oladilar.

Tuproq hosil bo'lish jarayoni bolalarga, turli tuman omillar ta'sirida tabiatda o'zgarishlar ro'y berib turishi haqidagi tushunchalarni shakllantiradi. Ular mazkur mavzuni o'rganar ekanlar, tuproq juda murakkab tabiat jismi bo'lib, uning tarkibiga jonli va jonsiz tabiat elementlari kirishini, yaxlitlikni hosil qilishini, bu esa jonli va jonsiz tabiat elementlari juda ko'p sonli aloqa va bog'liqlikka ega ekanligini isbotlovchi dalillardan biri bo'lib xizmat qilishini o'rganadilar.

Xilma-xil amaliy ishlarni bajarish vaqtidagina o'quvchilarda tuproqning paydo bo'lishi, tuproqning tarkibidagi havoning, suvning, chirindi, gil va qumning, mineral tuzlarning borligini tahlil qiluvchi amaliy ishlar bajarish orqali uning tuzilishi, tarkibi va fizikaviy xossalari to'g'risidagi tushunchalarni to'g'ri shakllantirish mumkin.

Bundan tashqari maqolada berilgan metodlar yordamida tashkil etilgan darslarda o'quvchilar bu mavzu yuzasidan to'liq ma'lumotlar olish bilan birgalikda, o'quv-tajriba uchastkasidagi amaliy ishlarni bajarishlarida ham foyda beradi, ya'ni tuproqqa urug' sochish hamda sabzavot ekinlari va manzarali o'simliklarning ko'chatlarini o'tqazishi, tuproqqa ishlov berishning ba'zi usullari - yerni yumshatish, unga o'git solish kabilarda o'zlari mantiqiy tahlil qilgan hollarida foydalanishda yaxshi samara beradi.

Tuproqning fizikaviy hossalari haqidagi, O'zbekiston tuproqlarining xarakterli xususiyatlari to'g'risidagi, ularning hosildorligini oshirish usullari, tuproqni himoya qilish haqidagi tushunchalarni shakllantirish ham ana shu bilimlar asosiga quriladi.

Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, o'quvchilarda tuproq haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlari amaliy ishlarni olib borishlari bu jarayon haqida to'liq bilishlari, ularda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishlari lozim bo'ladi.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Belskaya Ye.M., Mo'minov O.A., Tabiatshunoslik darslari. - Toshkent: "Oqituvchi", 1980. - 224 b.

2. Исматова З.А. Влияние экологических факторов на распространение и развитие водорослей р.Сангзар // «Исследование различных направлений современной науки» сборник материалов XXXVI международной научно-практической конференции. - Москва, 2018. -С.25-29.

3. Ismatova Z.A. Development of the Algae Flora of the Middle Sangzor River under the Influence of Environmental Factors // Journal of Geography and natural Resources. 1 (01), 11-15. DOI: https://doi.org/10.37547/ignr-01-03

4. Ismatova Z.A. Systematic analysis of indicator saborbine species of alcohols of the Sangzar River. The Tenth European Conference on Biology and Medical Sciences. European Science Review. - Vienna, 2018. -№3-4. - P. 39-42.

5. Nuritdinova М. "Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi". -Toshkent, O'qituvchi 2005-yil.

6. Pirimovna X.D., Asadovna Z.A., Baxtiyor qizi T.M. Theoretical and practical foundations of the competence approach to the primary education system // Journal of Pharmaceutical Negative Results, 2415-2422.

7. Пакулова В.М., Кузнецова В.И. Методика преподавания природоведения. - М.: Просвещение, 1990. - 192 с.

8. Пакулова В.М., Кузнецова В.И. Методика преподования природаведение. Учебник для студентов педогогических институтов по спец. №2121. - М.: 1990. -192с.

9. Sharipova D., Xodiyeva D.P., Shirinov M.K. Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi. -Toshkent, 2018.

10. Ширинов М.К. Табиатшунослик фанни укитишда узвийлик, узлуксизлик тамойили таълим самарадорлигини ошириш механизми сифатида. // «Замонавий таълим» журнали, 2018 йил, 3-сон. -57-62.

11. Ширинов М.К. Бошлангич таълим мутахассисларини тайёрлашда "Табиатшунослик ва уни укитиш методикаси" укув фанини укитиш мазмунида узвийлик ва узлуксизлик муаммолар. Замонавий таълим. 2016, 7.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.