Научная статья на тему 'EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA QONUN USTIVORLIGI DAVR TALABI'

EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA QONUN USTIVORLIGI DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekistоn Respublikasi / Qo‘riqхоnalar / Qizilqum / Bodаy-To’qаy / Zаrаfshоn / Hisоr / Kitоb / Nurоtа / Surхоn / Chоtqоl / Zоmin / Аrnаsоy / Dеngizko’l / Qоrаqir / Qоrаko’l / Qаrnаbcho’l / Qo’shrаbоt / Sаyg’оqli / Sаrmish / Sudоchi / Qizilkitоb

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raxmonov Rashit Raximovich, Jalilova Go‘zal Qahramon Qizi

Maqolada Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun va qarorlarning amalga oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z boradi. Jumladan Respublikamizdagi pitomniklar, qo‘riqxonalar va biyurtmaxonalarda olib borilayotgan ishlar ham bayon qolingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA QONUN USTIVORLIGI DAVR TALABI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA QONUN USTIVORLIGI DAVR TALABI

Raxmonov Rashit Raximovich

Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti Umumta'lim va fundamental fanlar kafedrasi dotsenti Jalilova Go'zal Qahramon qizi Buxoro davlat pedagogika instituti kimyo ta'lim yo'nalishi 2 bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11408193

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 31- May 2024 yil

KEY WORDS

O'zbekiston Respublikasi,

Qo'riqxonalar, Qizilqum, Boday-To'qay, Zarafshon, Hisor, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol, Zomin, Arnasoy, Dengizko'l, Qoraqir, Qorako'l, Qarnabcho'l, Qo'shrabot, Sayg'oqli, Sarmish, Sudochi, Qizil kitob

ABSTRACT

Maqolada Tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan qonun va qarorlarning amalga oshirishda amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida so'z boradi. Jumladan Respublikamizdagi pitomniklar, qo'riqxonalar va biyurtmaxonalarda olib borilayotgan ishlar ham bayon qolingan.

O'zbekistonda so'nggi yillarda biologik xilma-xillikni saqlab qolish borasida bir qancha jiddiy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikada tashkil qilingan oltita tog' (Xisor, Kitob, Nurota, Surxon, Chotqol, Zomin) uchta chul-to'qay (Qizilqum, Boday-To'qay, Zarafshon) qo'riqxonalari, ikkita milliy bog' (Zomin, Ugom-Chotqol), to'qqizta buyurtmaxona (Arnasoy, Dengizko'l, Qoraqir, Qorako'l, Qarnabcho'l, Qo'shrabot, Sayg'oqli, Sarmish, Sudochi) va ikkita tabiiy yodgorliklardan (Vardonze, Yozyovon) iborat ekologik tarmoq hayvonot olamining majmui muhofazasiga va uning resurslaridan barqaror foydalanishga xizmat qilmoqda. Nafaqat Respublikamizda, balki butun dunyoda yagona kamyob va reproduktsiya qilish bilan shug'ullanuvchi «Jayron» ekomarkazi xam alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga ega.

Suv-botqoqlik hududlar to'g'risidagi konvensiya Mamlakatimiz ushbu konvensiyaga 2001-yilda qo'shilgan bo'lsa qisqa vaqt ichida bioxilma-xillikning muhimligini o'zida aks ettirdi. Biologik xilma-xillik ham jahon hamjamyati uchun, ham har bir davlat uchun muhum hayotiy manba hisoblanadi. 2,5 million kvadrat kilometrdan oshiqroq maydonni egallagan, butun dunyo bo'ylab 2000 dan ortiq suv-botqoq erlarni himoya qilishga olib kelgan muhim voqea. Botqoqlik - bu suv borligi bilan ajralib turadigan tabiiy muhit: botqoqlardan botqoqlarga, ko'llardan daryolarga, deltalardan lagunlarga, torf botqoqlariga va hatto sun'iy suv havzalariga. Ushbu hududlar juda muhim ekotizimlarni aks ettiradi va ko'plab baliqlar, amfibiyalar va suv qushlari uchun asosiy yashash joylarini saqlaydi, ularning aksariyati ko'chib yurish paytida ushbu joylarda to'xtaydi.

Suv-botqoqlik hududlar to'g'risidagi konvensiya 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar

shahrida 18 ta davlat tomonidan imzolangan bo'lib, ayni paytda unga dunyoning 170 dan ortiq davlati a'zo bo'lib kirgan. Mamlakatimiz ushbu konvensiyaga 2001-yilda qo'shilgan. O'zbekiston Respublikasi hududidagi Ramsar ro'yxatiga kiritilgan Aydar-Arnasoy, Dengizko'l, Sudochi ko'li, To'dako'l va Quyimozor suv havzalari bizga ma'lum. Bugungi kungacha mamlakatimiz hududidagi ikkita, ya'ni Dengizko'l 2001-yili va Aydar-Arnasoy ko'llar tizimi 2008-yilda xalqaro ahamiyatga ega suvli-botqoq yerlarning ma'lumot bazasi hisoblangan Ramsar ro'yxatiga kiritilgan. 2020 yil 17 sentabr ma'lumotiga ko'ra To'dako'l va Quyimozor suv omborlari Ramsar konvensuyasi ro'yxatiga kiritilgan.

Respublika qo'riqxonalarida Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug'usi, morxo'r, Qizilqum arxari, Ko'k sug'ur, Turkiston silovsini kabi hayvonlar, yirik yirtqich qushlar va hasharotlar muhofaza ostiga olingan. Kamyob tur va yo'q bo'lib ketayotgan hayvonlarni yarim tutqunlik sharoitida ko'paytirish, ularni saqlab qolish va sonini tiklash-istiqbolli yo'nalish hisoblanadi. Bu sohadagi muhim amaliy odimlardan biri - «Kamyob hayvonlar turlarini ko'paytirish respublika markazi» (Buxoro viloyatida) tashkiloti olib borayotgan yo'nalishlardir. Bu yerda Respublika Qizil kitobiga kiritilgan qulon, jayron, yo'rg'a tuvaloq, Prejevalskiy oti kabi turlarni ko'paytirish va qo'riqlash bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish» to'g'risidagi 9 dekabr 1992yil qonuni ushbu muammoni davlat va jamoat tashkilotlarining tabiatni muhofaza qilish borasida olib boradigan ishlarining asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. Tabiatni muhofaza qilish maxsus muhofaza olingan hududlarni tashkil etish va tabiiy ob'ektlarni saqlash orqali amalga oshiriladi. Ular maqsadi, muhofaza qilish rejimi, maydoni va boshqa xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: qo'riqxonalar, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari, milliy bog'lar va ovchilik xo'jaliklari. Tabiat yodgorliklarining soni esa 25000 dan ortiq. O'zbekistonda 9 ta qo'riqxona, 2 ta milliy bog', 9 ta davlat buyurtmaxonalari va 500 dan ortiq tabiat yodgorliklari hamda yagona ekomarkaz mavjud. 1978-1979 yillar O'zbekistonda davlat qarorlari va Fanlar Akademiyasining ilmiy kengashi O'zbekiston «Qizil kitobi»ni ta'sis etdi. 2005-yil nashr qilingan «Qizil kitobi»ning qayta ishlangan va yangi turlar kiritilgan nashrida184 tur hayvon bor. O'zbekiston «Qizil kitobi»da faqat umurtqali hayvonlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. «Qizil kitobi»ning yangi tomida davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 301 tur o'simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitobi»dagi o'simlik turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikasiyaga binoan 4 kategoriyaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat:

1 - yo'qolib yoki yo'qolish arafasidagi turlar;

2 - noyob turlar (ma'lum kichik maydonlarda o'ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan va tez yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar);

3. - yo'qolib borayotgan turlar;

4. - kamayib borayotgan turlar.

Shunday qilib «Qizil kitobi»ning mohiyati shundaki, ular nabotot va hayvonot olamining noyob, yo'qolib ketish havfi ostidagi turlar haqida ma'lumot beruvchi hujjatdir.

Qo'riqxonalar - quruqlik yoki suv havzasining bir qismi hisoblanib, xo'jalik maqsadida foydalanishdan butunlay chiqarilgan. Qo'riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo'riqxonadan xo'jalik maqsadlarida foydalanish, hatto pichan tayyorlash, ov qilish, baliq tutish, zamburug'lar terish, mevalar yig'ish, suv havzalaridan foydalanish kabilar qatfyan

taqiqlanadi. O'zbekistonda birinchi qo'riqxona 1926 yilda Zomin tumanida «G'o'ralash» tog'-archa qo'riqxonasi nomi bilan tashkil etildi.

Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtinchalik bo'lib, ulardan xo'jalik maqsadida foydalanishga ruxsat etiladi. Buyurtmaxonalar ko'pincha ayrim o'simlik va hayvonlarning turlarini tiklash va ko'paytirish uchun tashkil etiladi. Bundan tashqari buyurtmaxonalar har xil maqsadlarda tashkil etilishi mumkin. Masalan, kompleks, botanik, geologik, gidrologik, zoologik, landshaft va boshqalar.

Milliy bog'lar dunyodagi ko'pgina mamlakatlarda tabiat go'shalarini muhofaza qilishning asosiy yo'llaridan biri hisoblanadi. Ular landshaftlarni saqlash bilan birga aholini dam olish, sog'lomlashtirish va estetik maqsadlarda, shuningdek, fan, madaniyat-ma'rifat nuqtai nazaridan ham muhofazaga olingan hududlardir. O'zbekiston Respublikasida Zomin va Ugom-Chotqol milliy bog'larida mehnatkashlarning dam olish, sport o'yinlari va turizm bilan shug'ullanishlari bilan birga tog' landshaftlari hayvonlar va tabiatning ajoyib namunalari muhofazaga olingan.

Tabiat yodgorliklari ilmiy, madaniy, tarixiy jihatdan tabiat ob'ektlarini muhofaza qilish uchun tashkil etiladi. Tabiat yodgorliklariga g'orlar, buloqlar, sharsharalar, geyzerlar, relbef shakllari, ayrim noyob daraxtlar, geologik ochilib qolgan joylar, tarixiy obidalar va boshqa ob'ektlar kiritiladi. Tabiat yodgorliklari maqsadiga ko'ra geologik, geomorfologik, botaniq, paleontologik, astronomik va lanjdshaft yodgorliklariga bo'linadi.

Ekomarkaz respublikada tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillikni saqlash maqsadida noyob hayvon turlarini ko'paytirishning samarali shakllaridan hisoblanadi. O'zbekistonda «Jayron» ekomarkazi tashkil etilgan bo'lib, uning maqsadi xalqaro va respublika «Qizil kitobi»ga kiritilgan jayron va tuvaloq kabi noyob hayvon turlarini sun'iy ravishda ko'paytirishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasida ,,Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish" bo'yicha qabul qilingan qonunlar:

1992 yil 9 dekabr - „Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonun.

1993 yil 6 may - ,,Suv va suvdan foydalanish to'g'risida"gi Qonun.

1993 yil 7 may - ,,Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida"gi Qonun.

1994 yil 23 sentabr - ,,Yerosti boyliklari to'g'risida"gi Qonun.

1996 yil 27 dekabr - „Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida"gi Qonun.

1997 yil 26 dekabr - ,,Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi Qonun.

1997 yil 26 dekabr - ,,O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida"gi Qonun.

1998 yil 30 aprel - ,,Yer kodeksi"

1999 yil 15 aprel - ,,O'rmon to'g'risida"gi qonun.

O'zbekiston Respublikasi atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida Xalqaro hamkorligi tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bu sohada asosiy e'tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:

- Orol xavzasida yuzaga kelgan ekologik holatni yaxshilash;

- Flora va faunaning ginetik fondini saqlash;

- Suv, tuproq va atmosferaning ifloslanishini oldini olish;

- Xavfli chiqindilarni atrof-muhitga salbiy ta'sirini minimumga va ekologik xavfsizlikni

saqlash (normativ), zaharli kimyoviy moddalar ishlatilishi, shuningdek ozon qatlamini emiruvchi moddalarni ishlab chiqarishdan olib talash; - Tabiiy resurslardan samarali foydalanish.

Xulosa qilib aytganda, biz tabiatning bir qismi sifatida unda mavjud ekanmiz unga ziyon yetkazishga haqqimiz yo'q. Bu esa qonun yo'li bilan himoyalangan.

Respublikamizda biologik xilma - xillikni saqlash bo'yicha bir qator xalqaro konventsiyalar va kelishuvlar imzolangan. Biologik xilma - xillik to'g'risidagi konventsiya to'g'risida katta ishlar olib borilmoqda. Ko'chib yuradigan hayvonlarni saqlab qolish bo'yicha konventsiya doirasidagi kelishuvchlar bo'yicha ishlar muvaffaqiyatli olib borilmoqda (Bonn kelishuvi). Yo'qolib borayotgan tur - sibir turnasi - strexni saqlab qolish bo'yicha kelishuv, Afro -Yevroosiyo ko'chib yuruvchi suv botqoq qushlarini muhofaza qilish bo'yicha kelishuv (AEWA) xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan, asosan suvda yashovchi qushlar yashash joyi hisoblangan suv botqoqli yerlar to'g'risidagi xalqaro konventsiya doirasida katta ishlar bajarilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. PaxMoHoB, Р. Р. (2023). БУХОРО ОВЧИЛИГИ. Novateur Publications, (13), 1-141.

2. PaxMoHoB, P. P., & Бехруз, X,. (2022). УМУРТКАСИЗЛАР ЗООЛОГИЯСИ ДАРСЛАРИДА "САРКОМАСТИГОФОРАЛАР ТИПИ" МАВЗУСИНИ УКИТИШДА ЗАМОНАВИЙ ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ. Uzbek Scholar Journal, 10, 558-569.

3. Paxмoнoв, Р. Р., ^mohob, К. Х. У., Сaмaдoвa, И. Ш., & Орипoвa, Ю. С. К. (2023). УЗБЕКИСТОНДА ОВЧИЛИК СОХДСИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(3), 372-382.

4. Paxмoнoв, Р., Хaлилoвa, Н., Отaмурoдoвa, М., & Ибoдoвa, С. (2023). ИХТИОФАГ КУШЛАР БИЛАН БОГЛИК БИОЗАРАРЛАНИШЛАР, УЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ, МУХОФАЗА КИЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Центрaльнoaзиaтский журнaл oбрaзoвaния и иннoвaций, 2(5 Part 2), 158-174.

5. Raximovich, R. R., Hamzayevich, B. A., & Umedjonovna, I. S. (2023). ZARARLI SUTEMIZUVCHILARNING INSON HAYOTIDAGI O 'RNI VA TABIATDAGI AHAMIYATI. IQRO JURNALI, 2(1), 537-544.

6. Rakhimovich, R. R., & Rustamovich, R. A. (2019). Structure and distribution of animals in the Bukhara region. European science review, 2(1-2), 34-36.

7. Rakhimovich, R. R., Husniddinovna, J. H., Bekzod, U. M., & Ranjievna, S. M. (2023). Medicinal Properties and Use of Water Pepper (Polygonum Hydropiper L.). JOURNAL OF HEALTHCARE AND LIFE-SCIENCE RESEARCH, 2(3), 45-52.

8. Raximovich, R. R., & Xasan o'g, N. M. Q. (2023). GULXAYRI (ALTHAEA) NING MORFOLOGIYASI, ANATOMINIYASI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI. IQRO, 2(1), 620-625.

9. Rakhmonov, R. R., & Rayimov, A. R. (2019). Ecological positions of hunting species in Bukhara region. International Journal of Genetic Engineering, 7(1), 15-18.

10. Rakhmonov, R. R., & Raimov, A. R. (2019). STRUCTURE AND DISTRIBUTION OF HUNTING ANIMALS IN BUKHARA. Прирoдa Внутренней Азии. Nature of Inner Asia, (2), 6568.

11. Rayimov, A., Rakhmonov, R., Nuriddinova, G., & Sanoqulov, R. (2021). BUKHARA REGION AND ITS RELATED TERRITORIES'SPECIES OF REPTILES PART AND NUMBERS'IN SPRING (AYOKOGITMA, KANDIM, AYOKGUJRUMLI, KIZILKUM STATE NATURE RESERVE). Universum: химия и биoлoгия, (5-2), 62-65.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

12. Рахмонов, Р., Рахимов, Ж., Мух,аммаджонов, Б., & Бафоев, М. (2022). УЗБЕКИСТОНДА ЕТИШТИРИЛАДИГАН МАНЗАРАЛИ БАЛИКЛАР БИОЛОГИЯСИ ВА ЭКОЛОГИЯСИ. Евразийский журнал академических исследований, 2(11), 1039-1051.

13. Kholboev, F. R., Rakhmonov, R. R., & Rayimov, A. R. (2019). The role of adaptive reactions of starling synantropization. In Региональные проблемы экологии и охраны животного мира (pp. 167-169).

14. Rustamovich, R. A., & Rakhimovich, R. R. (2019). The distribution and number of Acridotheres tristis in different habitats in the Kyzylkum region. European science review, 2(1-2), 37-39.

15. Rakhmonov, R. R., Naimovich, Z. A., & Khudoikulova, N. I. (2021). Possibilities of Introduction of Hunting Tourism in Hunting Farms of Bukhara Region. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 24(1), 253-256.

16. Rustamovich, R. A., Rakhimovich, R. R., Gulroy, N., & Ramizjon, S. (2021). Around territories of dengizkul, kora-kir and zamonbobo lakes' species of reptiles part and numbers' in spring. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 800-804.

17. Рахмонов, Р. Р., Райимов, А. Р., Уракова, М. А., & Рахимов, Ж. Р. ГУРРАК (ОБЫКНОВЕННАЯ ГОРЛИЦА) НИНГ ТАРКДЛИШИ, БИОЛОГИЯСИ ВА АХ.АМИЯТИ. Sayidova NS, Kazimova GX Grafik obyektlarda.

18. Rustamovich, R. A., Rakhimovich, R. R., & Kenjayevana, N. H. (2021). Taxonomic Analysis of Hunting Milk Markers in Uzbekistan. Middle European Scientific Bulletin, 13.

19. Amanovna, S. M., Rakhmonov, R. R., & Naimovich, Z. A. (2021). Lagerstroemia indica l. high potential medicinal plant in introduction conditions of kashkadarya. Middle European Scientific Bulletin, 8.

20. Avaz, R., Rashid, R., Hikoyat, N., & Moxinur, R. (2021). DATA ON THE DISTRIBUTION AND ECOLOGY OF SANDSTONE LEPUS CAPENSIS IN BUKHARA REGION. Universum: химия и биология, (7-2 (85)), 4-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.