Научная статья на тему 'EKOLOGIK MADANIYATNING PAYDO BO‘LISHI TARIXI VA EKOLOGIK DEONTOLOGIYA SHAKLLANISH ASOSLARINING INTEGRALLASHUVI'

EKOLOGIK MADANIYATNING PAYDO BO‘LISHI TARIXI VA EKOLOGIK DEONTOLOGIYA SHAKLLANISH ASOSLARINING INTEGRALLASHUVI Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

276
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
atrof-muhit to‘g‘risida dastlabkii tasavvurlar / ekologik bilim / ekologik madaniyat / biosentrizm / antroposentrizm / ekologik dientologiya

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Zarnigorxon Ikromjon Qizi Meliqo‘ziyeva

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo‘lgan ekologik madaniyatning kelib chiqish asoslari hamda ekologik deontologiya shakllanishi haqida ma’lumotlar berilgan. Olib borilgan tarixiy izlanishlardan namunalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK MADANIYATNING PAYDO BO‘LISHI TARIXI VA EKOLOGIK DEONTOLOGIYA SHAKLLANISH ASOSLARINING INTEGRALLASHUVI»

m

y

EKOLOGIK MADANIYATNING PAYDO BO'LISHI TARIXI VA EKOLOGIK DEONTOLOGIYA SHAKLLANISH ASOSLARINING

INTEGRALLASHUVI

Zarnigorxon Ikromjon qizi Meliqo'ziyeva

Qo'qon DPI Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 1-bosqich magistranti

Ushbu maqolada bugungi kunda dolzarb bo'lgan ekologik madaniyatning kelib chiqish asoslari hamda ekologik deontologiya shakllanishi haqida ma'lumotlar berilgan. Olib borilgan tarixiy izlanishlardan namunalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: atrof-muhit to'g'risida dastlabkii tasavvurlar, ekologik bilim, ekologik madaniyat, biosentrizm, antroposentrizm, ekologik dientologiya

Bugungi globallashuv, erkin iqtisodiy ishlab chiqarish korxonalarining ko'payishi atrof-muhit muvozanatining buzilishiga sabab bo'lgani hech kimga sir emas. Ana shu muvozanatining buzilishi o'z o'rnida bir qator global hamda mahalliy ekologik muammolarni keltirib chiqardi va bu insoniyatni ekologik bilimlarni ishga solishga, jamiyat a'zolarining ekologik madaniyatini oshirishga turtki bo'ldi. Zero, Yangi O'zbekistonda bu borada olib borilayotgan islohotlar ham kelajak avlod uchun yashashga yaroqli tabiat, atrof-muhitni barpo etishga qaratilgan. Bunda avvalo, ekologik madaniyatning kelib chiqishi va hozirda dolzarb bo'lgan ekologik deontologiya xususiyatlarini bilish, hayot faoliyatiga tatbiq etishi samarali hisoblanadi.

"Atrof-muhit etikasi ikki shaklda bo'ladi: insonga yo'naltirilgan va tabiatga yo'naltirilgan ("antroposentrizm" va "biosentrizm"). Ko'proq deontologik yondashuv inson huquqlariga e'tibor qaratadigan ekologik madaniyatning bo'limi hisoblanadi"[1. 53 b.]. Asosiy g'oya shundan iboratki, huquqlari kafolatlangan inson atrof-muhitga daxl qilishi, buzishi mumkin emas. Ekologik madaniyatdagi deontologik nazariyalar tabiatga yaxshi munosabat, ekologik bilimlarni maksimal darajada oshirish o'rniga qoidalar, tamoyillar, burchlar, huquqlar yoki ularning kombinatsiyasiga urg'u beradi. Huquq nazariyalari bu yerda eng muhim qarashlar yig'indisini tashkil qiladi, xususan, atrof-muhit ham o'z huquqlariga ega ekanligini ta'kidlaydi. To'g'ridan-to'g'ri qabul qilinganda, deontologik ekologik madaniyat joiz bo'lmagan harakatlarni majburiy tarzda amalga oshirmaslikni ko'rsatadi.

ANNOTATSIYA

Masalan, tabiiy atrof-muhitning ayrim kichik hududini

June 3

yong'inga qarshi himoya qilish maqsadida degradatsiyasi keng hududni muhofaza qilishni ta'minlash uchun zarur bo'lishi mumkin. Deontologik ekologik madaniyat nazariyalari ko'pincha oqibatlarga bog'liq bo'lmagan "to'g'ri ish qilish" va axloqiy burchlar, tamoyillar, qoidalar va huquqlarga e'tibor qaratadi. Atrof-muhit sharoitida deontologiyadan foydalanishning zamonaviy misollariga Garret Xardinning "Umumiy narsalar fojiasi" (18-o'qish) va Tom Reganning hayvonlar huquqlari bo'yicha ishlari kiradi."[2. 177 b.]

"1962 yilda antropolog Charlz O.Freyk ekologik madaniyatga "har qanday ekotizimning dinamik komponenti sifatida madaniyatning rolini o'rganish" deb ta'rif berdi va bu juda to'g'ri ta'rifdir. Yer yuzining uchdan bir qismi yarmigacha insoniyat taraqqiyoti natijasida o'zgargan. Ekologik madaniyatga ko'ra biz odamlar buldozerlar va dinamit ixtiro qilinishidan ancha oldin yer yuzidagi jarayonlarga ajralmas tarzda kiritilganmiz"[3. 242 b.]. Bunga misol tariqasida insoniyat taraqqiyotining ilk Tosh davrlarida odamlarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlarga ega bo'lishga intilishlari hamda hayvonlarni ovlab ozuqalanish texnologiyalarini kashf etganlliklarini bilishimiz mumkin.

Neolit davriga kelib hayvonlarni qo'lga o'rgatish orqali chorvachilik, dehqonchilik bilan shug'ullanganliklari asnosida insonning tabiatga, tabiatning insonga chambarchas bog'liqligini ko'rishimiz mumkin.

Amerikalik antropolog Julian Styuard 1950-yillarda ekologik madaniyat atamasini kiritgan. "Ekologik madaniyat odamlarning atrof-muhitning bir qismi ekanligini va ikkalasiga ham ta'sir qilishini tushuntiradi"[4. 97 b.]. Zamonaviy ekologik madaniyat tarixiy va siyosiy ekologiya elementlarini, shuningdek, ratsional tanlov nazariyasi, post-modernizm va madaniy materializmni o'z ichiga oladi. Inson hayot faolliyatidagi o'zgarishlarning ko'p chiziqliligini dastlabki tan olinishi natijasida odamlar va ularning atrof-muhit o'rtasidagi o'zaro ta'sirining birinchi asosiy nazariyasi- ekologik determinism ishlab chiqildi. Atrof-muhit determinizmiga ko'ra, odamlar yashaydigan mahalliy muhit ularni oziq-ovqat ishlab chiqarish usullari va ijtimoiy tuzilmalarni tanlashga majbur qiladi. Muammo shundaki, atrof-muhit doimiy ravishda o'zgarib

June 3

292

gog

y

y

turadi va odamlar atrof-muhit bilan muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz kesishishlarning keng doirasi asosida qanday moslashishni tanlashadi.

"Inson ta'siri" va "madaniy landshaft" ikki qarama-qarshi tushuncha bo'lib, ekologk madaniyatning o'tmish va zamonaviy voqeliklarini tushuntirishga yordam beradi. 1970-yillarda insonning atrof-muhitga ta'siri sababli global muammolar paydo bo'ldi: ekologik harakatning ildizlari ana shundan boshlandi. Inson atrof-muhitning bir qismidir, unga ta'sir qiluvchi tashqi kuch emas. Madaniy landshaftlarni - ularning atrof-muhitidagi odamlarni muhokama qilish - dunyoga bio-madaniy hamkorlik mahsuloti sifatida murojaat qilishga harakat qiladi. "Insonlaming har biri tabiat to'g'risida individual qarashlarga ega bo'lib, u shaxsning hayotiy tajribalari asosida takomillashib boradi. Jamiyat a'zolari o'z tajribalaridan kelib chiqib, boshqalarga ham ta'sir o'tkazadi. CHunonchi jamiyatda chiqindilarni duch kelgan joyga to'kmaslik, atrofimizni o'rab turgan flora va faunaga zarar yetkazmaslik, turar joylarni ozoda saqlash, xonadon fayzli bo'lishi uchun tozalikka rioya qilishdek harakatlarni targ'ib qilish oddiy jarayon hisoblanadi"[5. 167 b.].

Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda ekologik madaniyatni rivojlantirishga bo'lgan global ehtiyoj dastlab odamlar tomonidan atrof-muhitni anglashga bo'lgan ehtiyojining davrlar mobaynida sayqallanib borgan shakli desak bo'ladi:

1. Zamonaviy ta'lim mazmuniga ekologik madaniyatning fleksibilizatsiyasi pedagogik jarayonning ajralmas bo'lagiga aylantirilishi kerak;

2. Yosh avlodda ekologik madaniyatning ekologik deontalogiyaga aylanishi jamiyat taraqqiyoti takomillashuvi omilidir.

REFERENCES

1. Frake, Charles O. "Cultural Ecology " American Anthropologist 64.1 (1962): 5359. Print.and Ethnography.

2. Berry, J. W. A Cultural Ecology of Social Behavior. "Advances in Experimental Social Psychology." Ed. Berkowitz, Leonard. Vol. 12: Academic Press, 1979. 177206. Print.

3. Head, Lesley, and Jennifer Atchison. "Cultural Ecology: Emerging Human-Plant Geographies." Progress in Human Geography (2008). Print.

4. Sutton, Mark Q, and E.N. Anderson. "Introduction to Cultural Ecology." Second Edition ed. Lanham, Maryland: Altamira Press, 2013. Print.

5. Ismoilova, G.,A. Development of ecological culture on the basis of modern pedagogical technologies. International journal of Social Sciences

& Interdisciplinary Research., under Volume: 11 Issue: 04 in

April-2022 Pages: 165-170

June 3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.