Научная статья на тему 'EDUCATIONAL RESOURCES BASED ON VIRTUAL REALITY'

EDUCATIONAL RESOURCES BASED ON VIRTUAL REALITY Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
36
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
COMMUNICATION / VIRTUAL REALITY HELMET-DISPLAY / PROJECTOR / MONITOR / STEREOSCOPE

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Qosimov E.A., Goipov U.G., Ismoilov R.Y.

The article is based on the Virtual, virtual reality and virtual concept of educational resources. Virtual reality is based on educational resources to give information about the levels and trends. Virtual processes are thoroughly illustrated.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EDUCATIONAL RESOURCES BASED ON VIRTUAL REALITY»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

УДК 378.018.43

Qosimov E.A., ass. Goipov U.G., ass. student Ismoilov R. Y Namangan engineering-pedagogical institute

Namangan, Uzbekistan EDUCATIONAL RESOURCES BASED ON VIRTUAL REALITY

Abstract. The article is based on the Virtual, virtual reality and virtual concept of educational resources. Virtual reality is based on educational resources to give information about the levels and trends. Virtual processes are thoroughly illustrated.

Key words. Communication, virtual, virtual reality helmet-display, projector, monitor, stereoscope.

Косимое Э.А. ассистент Гоипов У.Г. ассистент Исмоилов Р.Ё. студент 4 курса

Наманганский инженерно-педагогический институт

Узбекистан, г. Наманган VIRTUAL REALLIKKA ASOSLANGAN TA'LIM RESURSLARI

Аннотация. Статья основана на виртуальност, виртуальной реальност и виртуальной концепции образовательных ресурсов. Дано широкая информация об уровнях и тенденциях образовательных ресурсов, основанная на виртуалной реалности. Основные показатели виртуального процессах подробно переданы.

Ключевые слова. Коммуникация, виртуальност, шлем-дисплей, виртуальная реальность, проектор, монитор, стереоскоп.

Annotatsiya. Maqolada virtualik, virtual reallik va virtual realikkka asoslangan ta'lim resurslari haqida tushuncha berilgan. Virtual realikka asoslangan ta'lim resurslarining darajalari va yo'nalishlari haqida keng ma'lumotlar berib o'tilgan.

Virtual jarayonlarning asosiy belgilari haqida atroflicha yoritilgan.

Kalit so'zlar. Komunikatsiya, virtual, virtual realik, shlеm-displеy, proyеktor, stеrеoskop, monitor.

Jahonda hozirgi voqelik yangidan - yangi dolzarb masalalarni va ularni samarali hal qilish zarurati bilan bog'liq ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, Internet tizimi bilan bog'liq axborot-kommunikatsiya

texnologiyalarining keng taraqqiy etishi kuzatilayotgan bo'lsa, ikkinchi bir tomondan jamiyat hamda ta'lim tizimini mazkur jarayonlardan yutuqlaridan to'laroq foydalana olishga tayyorlash zarurati sezilmoqda.

Kompyuterlarni qo'llashdagi yangidan-yangi imkoniyatlarni aniqlash va ularni izchillik bilan amaliyotga tatbiq etib borish - ta'lim jarayonlarini taraqqiy ettirishning zamonaviy bosqichidagi muhim omillaridan biri hisoblanadi. O'z navbatida, kompyuter texnologiyalarining jadal taraqqiy etib borishi - ularni ta'lim jarayonlarida keng qo'llanishi uchun qulay shart-sharoitlarni yuzaga keltirmoqda. Inson faoliyatining barcha jabhalari, jumladan, ta'lim tizimida internetni jamiyatni taraqqiy ettirishning yetakchi omillaridan biri sifatida joriy etish, bilim oluvchilarning borliqni virtual vositalar asosida idrok eta olish ko'nikmalarini shakllantirish bilan bog'liq masalalarning izchil hal etilishi dolzarb muammolardan bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa, bu borada virtual reallikka asoslangan ta'limiy resurslarni yaratish muammosi tadqiqotchilarda alohida qiziqish uyg'otmoqda.

Virtual reallik - bu sun'iy hosil qilinadigan axborot muhiti bo'lib, u atrof-muhitning odatiy usuldagi tasavvurini turli texnik vositalar asosida hosil qilinadigan axborotlar bilan almashtirishga qaratiladi. Ta'limiy maqsadlarda virtual reallik vositalarini ishlab chiqishga qaratilgan axborotlarni vizuallashtirish vositalarini yaratish - boshqa texnik vositalar yordamida erishib bo'lmaydigan pedagogik samarani berishi mumkin.[1]

"Virtuallik" atamasi lotincha "virtualis" so'zidan olingan bo'lib, "muayyan bir sharoitlarda sodir bo'ladigan yoki ro'y berishi mumkin bo'lgan" , yoki mavjud bo'lmagan, lekin amalga oshish ehtimoli mavjud bo'lgan jarayon kabi ma'nolarni anglatadi. Ushbu atama inson faoliyatining juda ko'p sohalarida uchraganligi uchun ham uni ta'lim tizimiga olib kirishga yetarlicha asoslar mavjud.

Kompyuterning tasavvur qilinadigan xotirasi - virtual xotira sifatida qabul qilinib, u fizik jihatdan hech bir alohida olingan xotira tashuvchisiga muvofiq kelmaydi, ya'ni, virtual xotira kompyuter elementlarining o'zaro funksional ta'sirlashuvi natijasi sifatida yuzaga keladi. Shunday qilib, virtual xotirani yuzaga keltiruvchi dasturiy vositalar yordamida inson juda ulkan hajmdagi axborotlardan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Amaldagi zamonaviy kompyuterlarning barchasi maxsus java virtual mashinasi bilan jihozlangan. Ta'limda kinolavhalar hamda turli illyustratsiyalarga asoslangan virtual reallik elementlari ilgaridan qo'llanilib kelingan. Kompyuter texnikasi harakat va tovush bilan bog'liq axborotlarni yagona majmuaga biriktira olganligi, bilim oluvchilarga kuzatilayotgan jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatish (muloqot qilish) imkoniyatlarini yaratishi bilan virtual reallikka asoslangan ta'lim resurslarini yaratishda sifat burilishini yasadi.[2]

Bugungi kunda virtual reallikka asoslangan ta'lim resurslarini quyidagicha tasniflash mumkin:

• birinchi daraja — maxsus texnik vositalar (shlem-displey, maxsus qo'lqop va boshqalar) vositasida to'la virtuallika erishish;

• ikkinchi daraja — uch o'lchamli (yoki stereoskopik) monitorlar yoki

proyektor va maxsus ko'zoynak yordamida hajmli tasvir hosil qilish;

• uchinchi daraja — kompyuterning standart monitori yoki proyeksiya vositasi asosida virtual reallikni namoyish qilish.

O'z navbatida, modellashtiruvchi pedagogik dasturiy vositalarni yaratish muammosi funksional nazariyalarni qo'llash va yanada takomillashtirish bilan bog'liq quyidagi yo'nalishlarga ajratiladi:

1) Virtual reallikni loyihalash falsafasi. Modellashtirish asosida beriladigan axborotlarni qabul qilish va uning reallik bilan mosligiga bilim oluvchini ishontira olish muammolari.

2) Matematik modellashtirish. Ta'limiy maqsadlarda modellashtirishda matematik modellar xususiyatlarini tadqiq qilish muammolari.

3) Axborotlarni aks ettirish nazariyasi. Real sharoitlarda ishlayotganlik taassurotini hosil qiluvchi grafik mashinalarni boshqarish vositalaridan foydalanib, real tasvirlarni qurishga qaratilgan vizuallashtirish metodlarini qo'llash va takomillashtirish muammolari.

4) Kompyuter muhitini his qilish psixologiyasi. Axborotlarning asosiy qismini tele vizor va kompyuter monitori orqali olishga ko'nikib qolgan zamonaviy yoshlar fikrlashidagi o'ziga xoslikni e'tiborga olish muammolari.

5) Virtual reallik ekologiyasi. Virtual reallik bilan o'zaro ta'sirlashuvning individual traektoriyasini tanlash muammolari.

6) Didaktikaning asosiy tamoyillari. Modellashtiruvchi dasturiy vositalarni ishlab chiqishda ta'lim amaliyoti tajribalari asosida shakllangan, o'zida o'quv jarayoni qonuniyatlarini aks ettiruvchi didaktik tamoyillar asos sifatida qabul qilinishi lozim.[3]

Real va modellashtiriluvchi shakllarda beriladigan bilimlarning o'zaro maqbul nisbatini belgilashning didaktik va metodik muammolari ham alohida tadqiqot yo'nalishi hisoblanadi. Kompyuter bilan muloqot chog'ida yuzaga keladiga hissiyotlar (masalan, virtual shlemlar yordamida) insonning mavjud real borliq bilan muloqoti jarayonidagi tuyg'ulariga juda yaqin bo'lib, ba'zan ushbu hissiyotlar taqqoslanganda birinchisining usutunligi yaqqol sezilish hollari ham mavjud. Kompyuter o'yinlari texnologiyasidagi ongga chuqur kirib borishdagi maxsus ta'sir effektlaridan ta'lim jarayonida ham samarali foydalanish mumkin. Ushbu ma'noda, inson ongi turli vazifa, obraz hamda tasavvurlarni dastlab xayoliy amallar asosida talqin qilishi e'tiborga olinsa, uning o'zi qaysidir ma'noda virtuallik tabiatiga ega ekanligi anglanadi.[4]

Bugungi kunda "virtual borliq" tushunchasining kompyuterli modellashtirishga nisbatan qo'llanilishi eng ommalashgan ko'rinishga ega. Bu sharoitda inson virtual amaliyotni yuzaga chiqarishda sun'iy uch o'lchamli yoki sensor muhiti bilan o'zaro ta'sirlashadi. Buning uchun u muloqot uskunalari sifatida virtual shlem, maxsus qo'lqop yoki yaxlit kiyiladigan kostyumdan foydalanadi. Mazkur jihozlar yordamida inson mashina tomonidan generatsiyalanuvchi muhitga tushib, unda turli yo'nalishlarda harakatlanish, obyektlarni boshqarish kabi muayyan harakatlarni bajaradi hamda virtual voqealar ta'sirida har xil hissiyotlarni boshidan o'tkazadi.

Virtual borliq inson faoliyatining tibbiyot, biotexnologiya, loyihalash ishlari, marketing, san'atshunoslik, ergonomika, ko'ngilochar industriya singari ko'plab sohalariga bevosita aloqadordir. Virtual borliq yaratish texnologiyasidan real va virtual jarayonlarni modellashtirishga katta ehtiyoj mavjud bo'lgan kompyuter o'yinlari, kosmik trenajyorlar, ko'rgazma-savdo namoyishlarida samarali foydalanilmoqda.

Yuqorida sanab o'tilgan misollar "virtual ta'lim" tushunchasiga oydinlik kiritish hamda uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini beradi. Virtual jarayonlarning bosh sababchisi - real mavjud obyektlarning o'zaro hamjihatlikdagi harakati hisoblanadi. O'qituvchi bilan o'quvchining ta'lim jarayonidagi o'zaro hamjihatlikka asoslangan faoliyati virtual holatni yuzaga keltiradi. Real subyekt (o'qituvchi-o'quvchi)larning virtual holatdagi ichki o'zgarishlari ta'lim jarayoni va sifati bilan tasiflanadi.[5]

Virtual jarayonlarning asosiy belgilariga: o'zaro hamjihatlikdagi subyektlar uchun virtual jarayonlar mavhumlik darajasining kuchliligi; har bir ishtirokchi uchun hamjihatlikning o'ziga xosligi; faqat hamjihatlik jarayonidagina mavjudlikning amal qilinishi kabilarni kiritish mumkin. Virtual jarayon muhim virtual obyektlarning o'ziga xos hamjihatligi ta'sirida muayyan virtual makondagina ro'y beradi. Keng ma'nodagi virtual ta'lim deganda, uning asosiy subyektlari o'qituvchi-o'quvchi orasidagi bevosita ta'lim olish va berish paytidagi o'zaro hamjihatligiga qurilgan jarayon va uning natijalari tushuniladi. Virtual ta'lim makonini ta'limning asosiy obyektlari bilan uning subyektlari sanaladigan o'quvchi-o'qituvchining aloqalarisiz tasavvur qilish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ta'limdagi virtuallik muhiti sinf xonalari, ulardagi jihozlar, o'quv qo'llanmalari yoki o'qitishning texnik vositalari bilan emas, balki aynan ta'lim jarayonida ishtirok etadigan obyekt va subyektlarning hamjihatligi orqaligina vujudga keltiriladi. Ta'kidlash joizki, dasturlarda ba'zi o'rinlarda o'quv materiallarini o'quvchilarning real o'zlashtirish darajasi, ta'lim subyektlarining o'zaro munosabatlari yetarli darajada inobatga olinmasdan, taqdim etilish hollari kuzatiladi.[6]

Shunday qilib, virtual ta'lim faqat masofaviy telekommunikatsiyagagina xos jihat bo'lib qolmasdan, balki ta'limning barcha, jumladan, kunduzgi shakllarida o'qituvchi, o'quvchi, o'rganilayotgan obyektlarning o'zaro munosabatlarida namoyon bo'lish xususiyatiga ega. Masofaviy texnologiyalar virtual ta'lim asosida kunduzgi ta'lim imkoniyatlarini kengaytirishni ta'minlashga xizmat qiladi. Virtua l ta'limning asosiy maqsadi, insonning real borliqda tutgan o'rnining tub mohiyatini anglab yetishdagi - uning virtual va boshqa imkoniyatlari uyg'unligini ta'minlashdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. Toshkent 2009 y

2. M.M. Nurillayev. Multimedia vositalari. Toshkent 2013 y.

3. M.Azimov, B. Azimov. Oliy ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash. Toshkent 2009 y.

4. https://tuit.uz/masofaviy-talim-tizimi

5. http://dl.freenet.uz http://nuu.uz

6. http://www.bilim.uz

7. http://www.ilm.uz

8. http ://www. study.uz

УДК 159.947.5

Абдураманова Л.Р. студент 4 курса факультет психологии ГБОУВО РК «Крымский инженерно-педагогический университет»

научный руководитель: Жихарева Л.В.

Россия, г. Симферополь ОСОБЕННОСТИ ЭМОЦИОНАЛЬНОЙ СФЕРЫ ПОДРОСТКОВ, ИСПЫТЫВАЮЩИХ ЧУВСТВО ОДИНОЧЕСТВА Аннотация: Статья посвящена проблеме ощущение одиночества в подростковом возрасте. Раскрывается сущность этогофеномена и осуществлен анализ основных причин возникновения ощущения одиночества у подростков.

Ключевые слова: подростковый возраст, одиночество, отчуждение, возрастной кризис, социализация, социальная дезадаптация, конформизм, маргинализация, эмансипация, причины подростковой одиночества, "Я" -концепция.

Abduramanovа L.R.

GBUUVO RK "Crimean Engineering and Pedagogical University"

Student of the Faculty of Psychology FEATURES OF THE EMOTIONAL SPHERE OF ADOLESCENTS EXPERIENCING THE SENSE OF LONELINESS Annotation: The article is devoted to the problem of the feeling of loneliness in adolescence. The essence of this phenomenon and analyzed the main causes of the sensation of loneliness in adolescents.

Key words: adolescence, loneliness, alienation, age crisis, socialization, social disadaptation, conformism, marginalization, emancipation, causes of teenage loneliness, "I" - concept.

Актуальность. В психологии хронологический промежуток времени под названием подростковый возраст часто называют переходным, критическим или кризисным. Само понятие "кризис" характеризует состояние, порожденный проблемой, возникший перед индивидом, и с которой он не может справиться в короткий промежуток время и привычным способом [5; 156].

Кризис подросткового возраста связан с переходом с детства к взрослости и сопровождается качественными и количественными новообразованиями. В этот возрастной период происходит ломка старых

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.