Научная статья на тему 'DUNYO BO`YICHA RUS TILIDA SO`ZLASHISHNING AHAMIYATI'

DUNYO BO`YICHA RUS TILIDA SO`ZLASHISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1526
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
CHET MAMLAKATLARDA RUS TILINING O`RNI / RUSCHA MADANIYATLARDA INSON QADRI / BOLA NUTQIDA RUS TILINING SHAKLLANISHI / O`ZBEK MAKTABLARIDA RUS TILI / RUS XALQINING MADANIYATI / O`ZGACHA DUNYOQARASH / RUS TILIDA MILLIY MADANIYAT

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Botirova H.A., Sattorova S.N.

This article is about the number of Russian speakers in the world and the potential of teaching Russian in schools. I have given examples of the widespread use of the Russian language as a science in kindergartens, schools, colleges and even universities.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF SPEAKING RUSSIAN IN THE WORLD

This article is about the number of Russian speakers in the world and the potential of teaching Russian in schools. I have given examples of the widespread use of the Russian language as a science in kindergartens, schools, colleges and even universities.

Текст научной работы на тему «DUNYO BO`YICHA RUS TILIDA SO`ZLASHISHNING AHAMIYATI»

YneHbiH XXI BeKa • 2022 • № 2 (83)

DUNYO BO YICHA RUS TILIDA SO ZLASHISHNING AHAMIYATI

H.A. Botirova1, S.N. Sattorova2

doi: 10.15350/24103586.2022.2.11

Annostatsiya

Ushbu maqolamda rus tilini dunyo bo'yicha qancha aholi so'zlashishi va maktablarda rus tilini o'qitish salohiyati bo'yicha. Bog'chalarda, maktablarda, kollej va hattoki oliy ta'lim o'quv yurtlarida rus tilining fan sifatida keng targMb etilganligini misollar orqali keltirib o'tganman.

Kalit So'zlar: Chet mamlakatlarda rus tilining o'rni, ruscha madaniyatlarda inson qadri, bola nutqida rus tilining shakllanishi, O'zbek maktablarida rus tili, rus xalqining madaniyati, o'zgacha dunyoqarash, rus tilida milliy madaniyat.

Rus tili - rus xalqining milliy tili, rus milliy madaniyatining bir shakli hisoblanadi. Rus tili dunyoda eng rivojlangan tillardan biridir. U ilm-fan va texnikaning barcha sohalarida boy lug'at va terminologiya, grammatik vositalarning ifodaliligi, qisqaligi va ravshanligiga, dunyodagi narsalarning xilma-xilligini aks ettirish qobilyatiga ega. 2005-yil Iyun oyida "Rossiya Federatsiyasining davlat tili to'g'risida" Federal qonun qabul qilindi. Hozirgi vaqtda rus tili tarqalish darajasi bo'yicha dunyoda to'rtinchi o'rinda turadi. Birinchi o'rinni Ingiliz tili unda taxminan 500 million kishi ona tili yoki ikkinchi til sifatida ishlatishadi. Ikkinchi o'rinda xitoy tili va uchinchi o'rinda ispan tili dunyo bo'yicha keng qo'llaniladigan tildir. Har bir inson hayotida hech bo'lmaganda bir marotaba bo'lsa ham o'z ona tili yoki boshqa tillar haqida qandaydir fikr yuritishi mumkin. O'zbek maktablarida rus shoirlarning asarlari darslik sifatida o'tiladi. Hech o'ylab ko'rganmisiz o'zbek tilidagi darsliklar o'zbek adiblarining asarlari ham rus maktablarida o'tilarmikin. Rus tili nafaqat Rossiya Federatsiyasining davlat tili. Bu jahon tillar soniga, ya'ni turli davlatlar xalqlari o'rtasida xalqaro muloqot vositasi bo'lib xizmat qiladigan tillarga tegishli. Dunyoda ma'lum bo'lgan ikki yarim mingdan ortiq tillardan xalqaro muloqotni jahon tillari klubi deb ataladigan eng rivojlangan jahon tillari guruhi ta'minlaydi. Tilni jahon tili roliga ko'tarilishi, bu tilda yaratilgan madaniyatning umuminsoniy ahamiyati bilan belgilanadi. Tilning jahon tili maqomi qonuniy ravishda uni xalqaro tashkilotlar yoki konferensiyalarning rasmiy yoki ishchi tili (BMT, YUNESKO va boshqa tashkilotlar) e'tirof etish yo'li bilan belgilanadi. Shunday qilib rus, ingiliz, arab, ispan, xitoy va fransuz tillari bilan birga

BMTning oltita rasmiy tillaridan biri sifatida tan olingan. Til deganda insoniyat jamiyatning barcha davrida mavjud bo'lgan ijtimoiy hodisalar tushuniladi. Tilning asosiy maqsadi aloqa, aloqa vositasi sifatida xizmat qilishdir. Til tafakkur, inson ongi bilan uzviy bog'liqdir, fikr va tuyg'ularimizni shakllantirish va ifodalash vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Sayyoramizda 2000 dan ortiq til mavjud. Ular orasida rus tili eng ko'p tarqalganlaridan biri. Tillar bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularning har birida boshqa tillar orasida "qarindoshlik" mavjuddir. Rus tili shuningdek Ukraina va Belarusiya Sharqiy slavianlar oilasiga mansub. Rus tili bir vaqtning har qanday tilga xos bo'lgan barcha universal funktsiyalarni bajarganligi sababli mavjud va hali ham rivojlanmoqda.

Til yordamida odamlar muloqot qilishadi, bir -birlariga fikrlar, his-tuyg'ular, atrofimizdagi dunyo haqida bilim berishadi. Tilimizdagi har qanday so'z shunchaki tovushlar to'plami emas; uning o'ziga xos ma'nosi mazmuni bor. Va biz xuddi shu ma'nolar bilan o'ylaymiz. Shuning uchun til tafakkur bilish bilan chambarchas bog'liq. Rivojlanayotgan davlatda rus tili faqatgina tilgina bo'lib qolmay yana uchta funksiyani ham bajaradi.

Birinchidan, rus tili rus xalqining milliy tili. U ajoyib san'at va adabiyot yodgorliklarni yaratdi, bu fan va madaniyatning tili. So'zlarning tuzilishi, ularning ma'nolari va o'zaro bog'liqliklari dunyo va odamlar to'g'risidagi bilimlarni boshqalarga yetkazib beradi.

1Botirova Hilola Asqad qizi - Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti talabasi.

2Sattorova Saodat Narzullayevna - Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti o'qituvchisi.

Ученый XXI века • 2022 • № 2 (83)

Ikkinchidan, rus tili- bu Rossiya Federatsiyasining davlat tili. SSSR mavjud bo'lgan davrda rus tilida bunday til mavjud bo'lmagan. Hozir bu nafaqat ishda balki uyda odamlarning ehtiyojiga, davlatning rasmiy tiliga, fan, ishlab chiqarish va albatta madaniyatiga ham xizmat qiladigan til.

Uchinchidan, rus tili xalqaro tillardan biridir. Xalqaro munosabatlarda BMT tomonidan ruxsat berilgan rasmiy va ishlaydigan tillar deb e'lon qilingan dunyo tillaridan biri.

Insonning, odamlarning, jamiyatning til hayotisiz imkonsiz, fan va texnika, san'tat rivoji. Tilning ma'nosi (nutq, so'z) ko'plab rus maqollari bilan ta'kidlangan. XX asrning o'rtalaridan boshlab rus tili taniqli jahon tiliga aylandi. Rus tilidan tashqari quidagi oltita tilda BMTdagi har qanday hujjat ingliz, frantsuz, ispan, xitoy va arab tillarda tarqatiladi. Bugungi kunda taxminan 300 million kishi rus tilida so'zlashadi. Rus tilining boyligi va unda yaratilgan adabiyot butun dunyo bo'ylab ushbu tilga qiziqish uyg'otadi. U nafaqat talabalar, maktab o'quvchilari, balki kattalar tomonidan ham o'rganiladi. Rus tilini mamlakatimizdan tashqari o'qitish uchun 1967-yilda Parijda Xalqaro rus tili va adabiyoti o'qituvchilar assotsiatsiyasi tashkil etildi. Assotsatsiya chet ellik rus tili va adabiyoti o'qituvchilari, uslubiy adabiyotlar uchun turli mamlakatlarning maktab o'quvchilari orasida rus tilidagi xalqaro olimpiadalar uchun nashr etmoqda.

XVI va XVII asrlarda evropaliklar kreml, kaftan, kopek, pista, kvas kabi so'zlarni o'rganishgan. Yunonistonning mashhur faylasufi uchun qul bo'lgan afsonasi; "Bir kuni Xanthus Ezopga dunyodagi eng yomon narsadan taom tayyorlashni buyurdi. Keying kun Xanthus endi eng yaxshi narsadan taom tayyorlashni buyurdi. Ezop yana tildan taom tayyorladi. Xanthus nima uchun ikki safar taom tayyorlashni buyurganda nima uchun tildan taom tayyorlaganini so'radi. Shunda Ezop dunyodagi eng yomon so'zni aytadigan ham eng yaxshisini aytadigan ham til deya javob berdi." Bundan ko'rishimiz mumkinki faqatgina turli chet tillarni yaxshi o'rganishgina emas balki, qanday tilda so'zlashsang ham muloyimlik va odob bilan gapirishni bilish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Qanday til xalqaro. Rus tilining tinchlik va xalqaro aloqa uchun ahamiyati.

2. Dunyo tillarida rus tiling o'rni.

3. Vygotskiy, L S O'g'zaki nutqni rivojlantirish. Marifat:1982

4. Pavlov N D, Ushakov TN Odamlarning muloqotdagi nutqi.

5. Zamonaviy rus tili. E.M. ning asarlari Galkina-Fedorchuk Ch.

6. Vinogradov V . V., Rusdkiy yazik. Grammaticheskoye Ucheniyeo yazike. 1972.

7. Aslonov, S., & Ruzimurodova, Z. (2020). THE USE OF ACRONYMS AND INITIALISMS IN BUSSINES ENGLISH. Студенческий вестник, (12-5), 34-35.

8. Ахмеджанова, Н., & Аслонов, Ш. (2020). Семантические типы предикатов и фазовая членимость глагольного действия. Интернаука, (12-1), 27-29.

9. Аслонов, Ш. Ш. (2020). КОМПЬЮТЕРНАЯ ЛИНГВИСТИКА И ФИЛОЛОГИЯ: ПРОБЛЕМЫ И РЕШЕНИЯ. Гуманитарный трактат, (84), 17-19.

10.Aslonov, S. S. (2020). O'ZBEK VA INGLIZ TILIDA JINS MAZMUNINI BILDIRUVCHI SO'ZLAR TAHLILI. Студенческий вестник, (16-10), 55-58.

© H.A. Botirova, S.N. Sattorova, 2022.

THE IMPORTANCE OF SPEAKING RUSSIAN IN THE WORLD

H.A. Botirova, S.N. Sattorova

Abstract. This article is about the number of Russian speakers in the world and the potential of teaching Russian in schools. I have given examples of the widespread use of the Russian language as a science in kindergartens, schools, colleges and even universities.

Key words: the role of the Russian language in foreign countries, human dignity in Russian cultures, the formation of the Russian language in children's speech, the Russian language in Uzbek schools, the culture of the Russian people, a different worldview, national culture in Russian.

© H.A. Botirova, S.N. Sattorova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.