Научная статья на тему 'DUKKAKLI DONLI EKINLAR ZARARKUNANDALARINING BIOLOGIK VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI'

DUKKAKLI DONLI EKINLAR ZARARKUNANDALARINING BIOLOGIK VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
270
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dukkakli donli ekinlar / no’xat / mosh / loviya / malhamchi qo’ng’iz / no’xat qo’ng’izi / dumli ko’k kapalak. / Legumes / peas / mung beans / beans / mealybug / pea beetle / tailed blue butterfly.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Toshtemirova, Muazzam, Nomonova, Shahnoza

Maqolada dukkakli donli ekinlarning zararkunandalari bo’lgan, malhamchi qo’ng’iz, shu kabi zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BIOLOGICAL AND ECOLOGICAL CHARACTERISTICS OF CEREAL PESTS OF LEGUMES

The article describes the biological and ecological features of the pest of leguminous crops, the beetle, as well as such pests

Текст научной работы на тему «DUKKAKLI DONLI EKINLAR ZARARKUNANDALARINING BIOLOGIK VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

DUKKAKLI DONLI EKINLAR ZARARKUNANDALARINING BIOLOGIK

VA EKOLOGIK XUSUSIYATLARI

Toshtemirova Muazzam

Farg'ona davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi katta o'qituvchisi (PhD)

Maqolada dukkakli donli ekinlarning zararkunandalari bo'lgan, malhamchi qo'ng'iz, shu kabi zararkunandalarning biologik va ekologik xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Dukkakli donli ekinlar, no'xat, mosh, loviya ,malhamchi qo'ng'iz, no 'xat qo 'ng 'izi, dumli ko 'k kapalak.

В статье описаны биологические и экологические особенности вредителя зернобобовых культур жука, а также таких вредителей.

Ключевые слова: Бобовые культуры, горох, маш, фасоль, мучнистый червец, гороховый жук, синяя бабочка хвостатая.

The article describes the biological and ecological features of the pest of leguminous crops, the beetle, as well as such pests

Key words: Legumes, peas, mung beans, beans, mealybug, pea beetle, tailed blue butterfly.

O'simliklarni zararli organizmlardan ishonchli himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi ,,Respublikada o'simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6262-son farmoni bo'yicha bir qancha ishlar olib borildi.

Malhamchi qo'ng'izlar (Mulabris Fbr. avlodi).

Markaziy Osiyoda malhamchi qo'ng'izlarning bir necha turlari zarar yetkazadi. Ular: M. frolovi Germ., M. biguttata Gebl., M. cincta OI., M. quadripunctata L., M., scabiosae OI., M. calidaPall., M. turcestanica Esch., M. andecimpunctata Gebl., M. sedecimpunctata Gebl. lardan iborat.

Zarari. Malhamchi qo'ng'izlar lichinkalik stadiyasida zararsizgina emas, balki qizil bosh shpanka singari, chigirtka ko'zachalarida parazitlik qilib foyda ham

Nomonova Shahnoza

Biologiya turlari mutaxassisligi magistranti

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

keltiradi. Voyaga yetgan qo'ng'izlar no'xat, beda, zig'ir, xantal, soya, indov gullarini, ba'zan barglarini ham kemiradi. Biroq bu qo'ng'izlar lalmikor ek inlardagina sezilarli darajada zarar yetkazadi.

Tarqalishi. Frolov malhamchisi (Mulabris frolovi Germ.) Markaziy Osiyo, Qozog'iston va Sibirda uchraydi; Mulabris biguttata Gebl. O'zbekiston, Tojikiston va Shimoliy Afg'onistonda borligi aniqlandi; belbog'li malhamchi (Mulabris cinsta 0l.) Gresiya, Kichik Osiyo, Suriya, Eron, Misr, Jazoirda tarqalgan. Markaziy Osiyoda bu turning alohida kenja turi Mulabris cincta Shrenki Gebl. uchraydi. To'rt nuqtali malhamchi (Mulabris guadripunetata L.) Markaziy va Old Osiyoda hamda O'rta va Janubiy Yevropada uchraydi; Mulabris Scabiosae 0l. Markaziy Osiyoda, Yaqin Sharq mamlakatlarida, Kavkaz ortida, Volganing qo'yi qismlarida hayot kechiradi; Turkiston malhamchisi (Mulabris turkestanica Esch.) va o'n olti nuqtali malhamchi (Mulabris sedecimpunctata Gebl.) O'zbekistonda tarqalgan; o'n bir nuqtali malhamchi (Mulabris undecimpunctata Gebl.) Markaziy Osiyo respublikalarida uchraydi.

Malhamchi qo'ng'izlarning tanasi cho'zinchoq bo'lib, yon tomonlari birmuncha siqilib turadi. Oldingi ko'kragi qanotustliklarining tubiga qaraganda torroq. Mo'ylovlari to'g'nag'ich shaklida bo'lib, tasbehsimon bo'g'imli, oldingi va o'rtancha oyoq panjalari besh bo'g'imli, keyingi oyoqlariniki to'rt bo'g'imli; qalqonchasi yaqqol ko'rinib turadi.

Mulabris frolovi Germ. tanasining uzunligi 11-16 mm, rangi metalldek yaltirab turadigan qopa tusda, qora tuklar bilan qoplangan. Qanotustliklarining rangi ko'kish qora, tublarida qizil dog' bor; qanotustliklarining o'rtasi yonida qizil dog' va uchlari yonida tishsimon belbog' bor. Tanasi rangi qora, metalldek yaltirab turmaydi. Qanotustligining uchi, mo'ylovlari va oyoqlari qora rangli, kallasi va orqasining oldi qopa tuklar bilan qoplangan.

Mulabris biguttata Gebl.- tanasining uzunligi 12—15 mm. Qanotustligi qopa, asosida sariq dog', uchlari yonida belbog' bor, ba'zan o'rta qismi yonida sariq dog' ham bo'ladi. Qanotustligi qizil tusda, qora belbog'li va dog'li.

Mulabris cincta Ol tanasining uzunligi 15—27 mm. Qanotustligining tubi o'rtasi va uchida qopa rangli uchta serbar belbog' bor. M. quadripunctata L. Tanasining uzunligi 10—16 mm, qanotustligida to'rtta qopa dumaloq dog' bor, ularning ikkitasi qanotustligining asosiga va ikkitasi o'rtasiga joylangan, qanotustligining uchining cheti tishsimon hoshiya bilan o'ralgan. Qanotustligining uchi umuman och rangli yoki kambar qora hoshiyali. Qanotustligining juda bo'lmaganda o'rtasida va uchi yaqinida qora belbog'i bor.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Mulabris scabiosae 01. tanasining uzunligi 10—12 mm, orqasining oldingi qismi kul rang kalta tuklar bilan, ulardan yuqorisi esa ancha uzun qora tuklar bilan qoplangan. Qanotustliklari sariq. Yelka bo'rtmasidan boshlanib orqaga tomon kengaygan hamda qanotustliklari chetiga nisbatan parallel o'tadigan va qisman unga tutashgan dog' bor, oldingi belbog' o'rnidagi nuqta, shuningdek qanotustliklari o'rtasidagi va uchi yonidagi arrasimoi qirrali belbog'lar qopa rangli, qanotustliklarining uchi esa kambar qora hoshiya bilan o'ralgan. Orqasining old qismi faqat qopa tuklar bilan qoplangan; qanotustliklarining asosiy rangi qizil.Mulabris calida Pall. tanasining uzunligi 12—27 mm. Qanotustliklarining tubidan nariroqda ikkita nuqta hamda uchi yonida va o'rtasida qora rangli belbog'lar bor, uchi qora hoshiya bilan o'ralmagan.

Mulabris turkestanica Esch. tanasining uzunligi 10—12 mm. Kanotustliklarida qora rangli sertish uchta belbog' bor, oldingisi ko'pincha ikkita nuqtaga bo'lingan; uchi kambar qora hoshiya bilan o'ralgan. Qanotustliklari qizil tusda, qora nuqtalar bilan qoplangan, belbog'siz. Kallasi va orqasining old qismi och rangli tuklar bilan qoplangan, oyoqlari ko'pincha qizil.

Mulabris undecimpunctata Gebl. tanasining uzunligi 15 mm. Qanotustliklarining uchi oldidagi chok ustida yaxlit qora dog' bor; bundan tashqari, qanotustliklarining tubi yonida ikkita, o'rtasida ikkita va uchida bitta dog' bor, bu dog'lar chok ustidagi dog' bilan bir qatorda turadi; oyoqlari malla sariq.

Mulabris Sedecimpunctata Gebl. tanasining uzunligi 12—17 mm. Qanotustliklaridagi chokida yaxlit dog' yo'q oldingi dog'lar ham shunday joylashgan; qanotustliklarining uchi yonida uchta nuqta bor, ularning o'rtanchasi boshqalaridan yuqoriroqda turadi; oyoqlari qora, var. Reitt niki esa sariq.

Malhamchi qo'ng'izlarning tuxumi cho'zinchoq shaklda bo'ladi. Birinchi yoshdagi lichinkasi—triungulini—keyingi yoshlardagi lichinkalarga o'xshamaydi; tanasi bukchaymagan cho'zinchoq; oyoqlari katta; jag'lari baquvvat; tanasida ko'zga yaqqol tashlanib turadigan qilchalar bor; ularning ikkitasi(tananing ketki uchidagisi) ancha uzun. Boshqa yoshlardagi lichinkalarning tanasi yo'g'on, orqasi tashqariga tomon bukchaygan, oyoqlari kalta.

Soxta g'umbagining tanasi sariq; yoki qo'ng'ir tusda bo'ladi va orqasi tashqariga tomon salgina bukchayib turadi; po'sti qattiq oyoqlari o'rnida ko'zga yaqqol tashlanib turadigan va ba'zan ancha uzun bo'rtmalar bo'ladi. G'umbagi erkin, voyaga yetgan qo'ng'izga o'xshaydi. Uning orqasining old qismida, ba'zi turlarda esa boshqa segmentlarning tergitlarida ham ko'zga tashlanib turadigan tikanlar bor.

Dukkakli don ekinlari zararkunandalar bilan ko'p zararlanadigan ekinlardan hisoblanadi. Professor V.V. Yaxontov dukkakli don ekinlari bilan oziqlanadigan

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

umurtqasiz jonivorlarning 72 turdan iborat dunyo faunasi ro'yxatini tuzib, 1931 yildayoq ta'riflab bergan edi. Bulardan 51 turi hasharotlar sinfiga mansubdir. A.I Petrov 1962 yil zararkunandalarning 29 ta turi dukkakli don ekinlariga tushishini aniqlagan.

XULOSA

Umuman olganda qizil bosh shpankanikiga o'xshaydi. Qo'ng'izlari ko'p metamorfozli, yiliga bir marta avlod beradi. Soxta g'umbaklik stadiyasida qishlaydi. Qo'ng'izlari tuxum quyish uchun quduqcha qaziydi. Urg'ochi qo'ng'izlar bir necha o'ntadan, ba'zan bir necha yuztadan tuxum qo'yadi.

Malhamchi qo'ng'izlarning lichinkalari chigirtka ko'zachalari ichida oziqlanadi. Jumladan, Frolov malhamchisi marokash chigirtkasi (Dosiotaurtis maroccanus Thub. ) ning hamda qir chigirtkasi (Calliptamus turanicus Tarb.) ning tuxumlari bilan, Mulabris Scabiosae 0l. nomli mahamchi morokash hamda otbosar chigirtka (Dociosta Orus krauss; Gnd.) ning va ba'zi boshqa chigirtkalarning tuxumlari bilan oziqlanib yashaydi. To'rt nuqtali malhamchi lichinkalari esa voha chigirtkasi (Calliptamus italicus L.) ning ko'zachalarida yashaganligi aniqlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Кимсанбоев ХХ ва бошкалар. Умумий ва кишлок хужалик энтомологияси. Тошкент - 2003

2. Муродов С.А. Умумий энтомология курси. Тошкент - 1988.

3. Насруллаев Д.Н., Файзуллаев Б. Усимликлар химоясининг уйгунлашган тизимини такомиллаштириш. Самарканд - 2014.

4. Fayzullayev B., Ahmedov S.I., Xudoyqulov A.M. Qishloq xo'jalik entomologiyasi va karantin asoslari fanidan laboratoriya mashg'ulotlari. Samarqand - 2014.

5. Хамраев А. ва бошк. Агроэнтомологик картограмма. Ташкент - 1994.

6. Хдмраев А.Ш . Насридинов К. "Усимликларни битлари, тур таркиби ва хаёт тарзи". Тошкент - 2003.

7. Хамраев А.Ш, Насридинов К. Усимликларни биологик химоя килиш. Тошкент - 2003.

8. Хужаев Ш.Т., Холмуродов Э. Энтомология, кишлок; хужалик экинларини химоя килиш ва агротоксикология асослари. Тошкент - 2010.

9. Xamrayev A.Sh., Xasanov B.A., Ahmedov S.I. va boshqalar. O'simliklarni biologik himoya qilish. Toshkent - 2014

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.