Научная статья на тему 'ANOR QURTINING (EUZOPHERA PUNICAELLA MOOR) MORFOMETRIK BELGILARI VA RIVOJLANISHI HAQIDA'

ANOR QURTINING (EUZOPHERA PUNICAELLA MOOR) MORFOMETRIK BELGILARI VA RIVOJLANISHI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
102
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
anor qurti / morfometrik / dominant tur / agrobiotsenoz / imago / zararkunanda / Euzophera punicaella. / pomegranate worm / morphometric / dominant species / agrobiocenosis / imago / pest / Euzophera punicaella.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Umurzaqova, Xosiyatxon Saydali Qizi, Nabijonova, Mukarramxon Adhamovna, Ahmadjonova, Gulshodaxon Farxodjon Qizi

Maqolada anor qurti (Euzophera punicaella Moor) morfometrik belgilari va rivojlanish bosqichlariga oid ma’lumotlar ifodalangan. Anor qurti Farg‘ona vodiysi sharoitida keng tarqalgan, dominant tur bo‘lib, agrobiotsenozlardagi jiddiy zararkunanda hisoblanadi. Yig‘ilgan materiallar anor qurtining barcha rivojlanish bosqichlaridagi o‘lchamlari tahlil etildi. Farg‘ona sharoitida ushbu tur keng tarqalib rivojlanish xususiyatiga ega. Uning imgosi qanotlarini yozganda 15 20 mm ga, tana uzunligi esa 10,5±0,1 mm ni tashkil etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT THE MORPHOMETRIC CHARACTERS AND DEVELOPMENT OF THE POMEGRANATE WORM (EUZOPHERA PUNICAELLA MOOR)

The article presents information about the morphometric features and stages of development of the pomegranate codling moth (Eusophera punicaella Moor). The pomegranate codling moth is a widespread dominant species in the conditions of the Ferghana Valley and is considered a serious pest of agrobiocenoses. The collected material was analyzed for the size of the pomegranate codling moth at all stages of development. In the conditions of Fergana, this species is characterized by a wide distribution. Wings open 15-20 mm, body length 10.5±0.1 mm.

Текст научной работы на тему «ANOR QURTINING (EUZOPHERA PUNICAELLA MOOR) MORFOMETRIK BELGILARI VA RIVOJLANISHI HAQIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ANOR QURTINING (EUZOPHERA PUNICAELLA MOOR) MORFOMETRIK BELGILARI VA RIVOJLANISHI HAQIDA

Umurzaqova Xosiyatxon Saydali qizi

Farg'ona davlat universiteti 1-bosqich tayanch doktoranti Nabijonova Mukarramxon Adhamovna Farg'ona davlat universiteti magistranti Ahmadjonova Gulshodaxon Farxodjon qizi

Farg'ona davlat universiteti magistranti

Maqolada anor qurti (Euzophera punicaella Moor) morfometrik belgilari va rivojlanish bosqichlariga oid ma'lumotlar ifodalangan. Anor qurti Farg'ona vodiysi sharoitida keng tarqalgan, dominant tur bo'lib, agrobiotsenozlardagi jiddiy zararkunanda hisoblanadi. Yig'ilgan materiallar anor qurtining barcha rivojlanish bosqichlaridagi o 'lchamlari tahlil etildi. Farg'ona sharoitida ushbu tur keng tarqalib rivojlanish xususiyatiga ega. Uning imgosi qanotlarini yozganda 15 - 20 mm ga, tana uzunligi esa 10,5±0,1 mm ni tashkil etadi.

Kalit so zlar: anor qurti, morfometrik, dominant tur, agrobiotsenoz, imago, zararkunanda, Euzophera punicaella.

В статье представлены сведения о морфометрических признаках и стадиях развития гранатового плодожорка (Eusophera punicaella Moor). Гранатовое плодожорка является широко распространенным доминирующим видом в условиях Ферганской долины и считается серьезным вредителем агробиоценозов. Собранный материал анализировали на размеры гранатового плодожорки на всех стадиях развития. В условиях Ферганы этому виду присуще широкое распространение. Раскрыв крыльев 15-20 мм, длина тела 10,5±0,1 мм.

Ключевые слова: гранатовый червь, морфометрия, вид-доминант, агробиоценоз, имаго, вредитель, Euzophera punicaella.

The article presents information about the morphometric features and stages of development of the pomegranate codling moth (Eusophera punicaella Moor). The pomegranate codling moth is a widespread dominant species in the conditions of the Ferghana Valley and is considered a serious pest of agrobiocenoses. The collected material was analyzed for the size of the pomegranate codling moth at all stages of

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTARCT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

development. In the conditions of Fergana, this species is characterized by a wide distribution. Wings open 15-20 mm, body length 10.5±0.1 mm.

Key words: pomegranate worm, morphometric, dominant species, agrobiocenosis, imago, pest, Euzophera punicaella.

Farg'ona vodiysi sharoitida anor agroekotizimlarida Anor mevaxo'ri, Karob kuyasi, Anor shirasi, O'rta Yer dengizi meva pashshasi, Komstok qurti, Chipor bronzovka qo'ng'izi, Turon bug'usimon qo'ng'izi, Zararli buzoqboshi qo'ng'izi (xrush), Mart buzoqboshi qo'ng'izi, Vergulsimon qalqondor, Qo'ng'ir meva o'rgimchakkanasi, Sitrus oqqanoti, Meva po'stloqxo'ri, Oddiy o'rgimchakkana kabi zararkunandalar uchraydi.

Hozirgi kunda vodiy sharoitida anor qurti keskin kpayib anor mevalarini jiddiy shikastlab, hosildorlikki jididy putur yetkazayotgan turlardan sanaladi. Uning Farg'ona vodiysi sharoitida dominantligi va zarar keltirish darajasi yuqori bo'lib bormoqda.

Shundan kelib chiqib, Farg'ona viloyati anorzor agrobiotsenozlarida anor qurtining tarqalishi, biologiyasi va hayotiy sikllariga oid izlanishlar olib borildi.

Mavzuning o'rganilganlik holati va tadqiqot uslublari

Farg'ona vodiysining o'ziga xos iqlim sharoiti, ozuqa resusrlari bu yerda entomofaunaning turli yo'nalishlarda shakllanishiga sabab bo'lgan. Tadqiqotchilar tomonidan vodiy faunasini tadqiq etish bo'yicha ko'plab izlanishlar olib borilmoqda ayniqsa, keying yillarda turli entomosenozlar tadqiqiga bag'ishlangan ishlar ko'lami kengaydi [1, 2, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 15, 16, 18, 19, 20, 21, 22].

Xususan, anor qurtining o'rganilishi o'tgan asrning o'rtalaridan boshlangan bo'lib, asosan anor mevasiga katta zarar keltirishi tufayli anor mevaxo'ri deb nomlanadi. M.M.Berenskoy 1951-yilda o'z ilmiy ishlarida anor qurtining biologiyasiga oid malumotlarni bayon etib, mevaxo'rning uchta avlod berib ko'payishi haqida malumotlarni bayon etgan [4].

Anor zararkunandalari uzoq yillardan buyon ko'plab olimlarni, ayniqsa, qishloq xo'jaligi xodimlari va axolini tashvishga solib kelgan. Bu borada amaliy ahamiya tga molik izlanishlar ham olib borilgan. Jumladan, O'zbekistonda anor zararkunandalari haqidagi bir qator malumotlarda [3, 4, 5, 6] asosiy e'tibor ularga qarshi kurash chora-tadbirlariga qaratilgan bo'lsa, boshqalarida esa [14] esa anor qurtining biologiyasi va ekologik xususiyatlari haqida ham ma'lumotlar keltirilgan.

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Tadqiqotlar 2020-2022 yillar davomida Farg'ona viloyatining anorchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari hamda aholi tomorqalarida olib borildi. Materiallar umumiy qabul qilingan uslublar asosida yig'ildi va qayta ishlandi [17]. O'lchamlarni olish, ularni qayta ishlash va saqlash bo'yicha preparatlar tayyorlash Farg'ona davlat universiteti entomologiya laboratoriyasida tashkillandi.

OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING MUHOKAMASI.

Ilmiy manbalarga ko'ra, anor qurti kapalaklar (yoki tangacha qanotlilar) (Lepidoptera) turkumi, parvona kapalaklar (Pyralidae) oilasi, Euzophera punicaella Moor turiga mansub hasharot bo'lib, uning rivojlanishida kapalak, tuxum, qurt va g'umbaklik davri farqlanadi. Anor qurtining kapalagi to'q kulrang, qanotlarini yozganda kattaligi 15 - 20 mm, oldingi qanot to'q kulrang bo'lib, ikkita oqish kulrang yo'llari bor (Kulkov, 1983). Tinch turganda qanotlarining kattaligi 12 - 14 mm ni tashkil etadi.

Farg'ona viloyatining Quva tumani hududidan yig'ilgan namunalarda hasharot tanasining uzunligi 10,5±0,1 mm ni tashkil etdi. Oldingi qanoti kambarsimon tuzilishga ega bo'lib, uzunligi 7,3±0,09 mm, eni 3,9±0,1 mm. Keyingi qanotining rangi och jigarrang, serbar tuzilishga ega bo'lib, uzunligi 5,6±0,3 mm eni 3,9±0,7 mm qanotlarining uchlarida bir tekis joylashgan mayda tukchalari bor. Tanasi och jigarrang, jigarrang, och va to'q kulrangdagi turli shakldagi tangachalar bilan qoplangan. Bosh qismining uzunligi 4,2±0,4 mm, eni 2±0,01 mm bo'lib, yuqori tomonida 7±0,1 mm uzunlikdagi mo'ylovlar joylashgan. Mo'ylovlar 45 bo'g'imdan iborat. Urg'ochilarining mo'ylovlarida kalta va zich joylashgan tukchalar bo'lib, asos qismi yaltiroq to'q kulrang bo'lib, ularda uzun va siyrak joylashgan tukchal ari bor.

Ko'krak qismining uzunligi 2,8±0,02 mm va eni 2,7±0,01 mm hasharotning bu qismi 0,7 mm uzunlikdagi to'q kulrang tukchalar bilan qoplangan. Ko'krak qismida och kulrangdagi 3 juft oyoqlar joylashgan bo'lib, birinchi juft oyoqlari boshqa oyoqlariga nisbatan kichikroq, son qismining uzunligi 2,3±0,03 mm, boldiri 2,5±0,04 mm, panja qismi 3,5±0,01 mm ni tashkil qiladi. O'rta oyoq son qismining uzunligi 3,5±0,02 mm, boldir 3±0,01 mm, panja qismi esa 4±0,02 mm ni tashkil qiladi. Orqa oyoq son qismining uzunligi 2,5±0,01 mm, boldir 3±0,01 mm, panja qismi ham 3±0,02 mm ga teng. Ikkinchi, uchinchi juft oyoqlari boldirni panjaga qo'shilgan qismida uzunligi 1±0,01 mm atrofidagi o'simtalarga ega.

Kapalakning qorin qismi och kulrang, aniq ajralgan beshta bo'g'imdan va tashqi jinsiy o'simtadan iborat, 4,5±0,01 mm, eni 1,2±0,03 mm ni tashkil qiladi. Urg'ochi kapalak qorin qismi erkak kapalaknikiga nisbatan kattaroq, oxirgi bo'g'imi ingichka,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

biroz uzunroq bo'lib, sternitlari qirrali tuzilishga ega. Erkak kapalak qo rin qismining oxirgi bo'g'imi biroz kengroq bo'lib, tashqi jinsiy o'simtani tashkil qiladi.

Anor qurtining gavdasi chuvalchangsimon ko'rinishda, bosh qismi yirik bo'lib ajralib turadi. Qurtlarning uzunligi 2 mm dan 20±0,01 mm qadar bo'ladi. Tuxumdan chiqqan qurtlar, dastlab och sariq rangda, oziqlanishni boshlaganda esa och pushti rangga kira boshlaydi. Kichik yoshdagi qurtlarning tana bo'g'imlari ko'zga tashlanmaydi. Bir yoshli qurtlar tanasining uzunligi 4,5±0,03 mm, og'irligi 0,3 -0,7 mg atrofida bo'ladi. Bosh qismining uzunligi 2,5±0,01 mm, eni 3±0,04 mm, bosh qismi va birinchi bo'g'imining hoshiyasi och jigarrangda bo'ladi. Boshida uzun va kalta tukchalar joylashgan. Tanasining har bir bo'g'imida tukchalar bo'lib, bosh va qorinning keyingi qismidagi tukchalar uzunligi 2±0,01 mm, ko'krak va qorin qismidagi tukchalar 1,5±0,07 mm atrofida bo'ladi. Tanasi och pushti rangda, har bir bo'g'imlar oqish rangdagi yo'llar bilan ajralib turadi. Tanasida nuqtalar shaklidagi oqish dog'lari bor.

Ikkinchi yosh qurtlarning uzunligi 8±0,1 mm, og'irligi 4-8 mg, tanasi och pushti yaltiroq rangda, bosh qismi och jigarrang, birinchi bo'g'imning yuqorisida ham jigarrangdagi hoshiyasi bor. Har bir bo'g'imning ikkita yelka tomonida va ikkita yon tomonida tuklar joylashgan. Uchinchi yosh qurtlar uzunligi 12±0,1 mm, og'irligi esa 13-18 mg keladi. To'rtinchi yosh qurtlarning uzunligi 15±0,9 mm, og'irligi 26-40 mg bo'ladi. Beshinchi yosh qurtlarning uzunligi 17-20±0,8 mm, og'irligi 45-65 mg ni tashkil etadi. Katta yoshdagi qurtlarning ko'krak, qorin oyoqlari va bosh kapsulasini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Tanasi och pushti rangda.

Anor qurtining tanasi 12 bo'g'imdan iborat, katta yoshdagi qurtlarning bosh qismi to'q jigarrangda, uzunligi, 0,6 - 0,65 mm, eni 0,7 - 0,75 mm ni tashkil qiladi. Peshona choki va chaspagi qora rangdagi yo'llar bilan ajralib turadi. Chaspagi peshonasiga nisbatan qoramtir jigarangda bo'lib, 4 juft kalta tuklar joylashgan. Peshonasida 3 juft tuklar, boshining ikki yon tomonida oldiga bo'rtib chiqqan holda, och jigarrangdagi ko'zlari joylashgan. Ko'zlarining ikki yonida bir donadan tukchalari bor. Ostki jag'ida ikki juft tukchalar joylashgan.

Tanasining ikki yon tomonida bir qator, yelka tomoni bo'ylab esa ikki qator to'q jigarrangdagi nuqtalar bor, har bir nuqtada bittadan tukchalar joylashgan.

Ikki yon tomonidagi tukchalar uning yelka tomonidagi tukchalaridan uzun. Tanasining yon tomonidagi tukchalar uzunligi 0,45-0,50 mm ni tashkil etadi.

Tanasining birinchi bo'g'imida to'q jigarrangdagi hoshiyasi bo'lib, uning ustki tomonida 3 juft tuklar joylashgan. 2-3 - bo'g'imlarning yelka tomonlarida bir juftdan tuklar, qolgan bo'g'imlarning yelka tomonida ikki juftdan tuklari bir - biriga qarama

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

R

O

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- qarshi holatda joylashgan. 11-12 - bo'g'imlarda ham 2 juftdan tuklar joylashgan. 4

- bo'g'imdan boshlab, tanasining ikki yon tomonida nafas teshiklari joylashgan. Tanasining ostki qismida siyrak holda mayda tukchalar bor.

Anor qurtining tanasida och jigarrangda 3 juft ko'krak oyoqlari, 5 juft qorin oyoqlari joylashgan. 2, 3, 4 - bo'g'imlarda ko'krak oyoqlari, 7, 8, 9, 10 va 12 -bo'g'imlarda qorin oyoqlari joylashgan. Ko'krak oyoqlari 4 bo'ginli bo'lib, uchki qismi tirnoqsimon ko'rinishda. Bo'g'imlarda mayda siyrak holda tukchalar joylashgan. 4 juft qorin oyoqlari so'rg'ichsimon tuzilib, ikki qator ilmoqli tuklar bilan, oxirgi juft oyoqlari ham so'rg'ichsimon tuzilgan bo'lib, bir qator ilmoqli tuklar bilan qoplangan.

Katta yoshdagi qurtlar diapauza holatiga o'tadi. Diapauza holatidagi qurtlarning tanasi oqish pushti, bosh qismi to'q jigarrangda bo'ladi. Diapauzadagi qurtlarning og'irligi kamayib, uzunligi 8-14 mm ni tashkil qiladi va tanasi yig'ilgan holatda bo'ladi.

Haroratning isishi bilan tanasi to'q pushti rangga bosh qismi va birinchi bo'g'imining hoshiyasi jigarrangga kirib g'umbakka aylanishni boshlaydi. G'umbakka aylanish davrida katta yoshdagi qurtlar tanasining ostki qismi oqish rangga kira boshlaydi oradan 2-3 kun o'tkach dum qismidan boshlab, tanasi oqara boshlaydi. Tanasi to'liq oqish tusga kirgandan so'ng, qurt bo'g'imlarni qisqartirib boshini qorin tomoniga bukib oladi. G'umbaklik davrining uchinchi davrida tanasining ostki tomoni och jigarrangga, ustki qismi to'q jigarrangga kiradi va to'liq g'umbakka aylanadi. G'umbak tanasi 9 bo'g'imdan iborat. Boshning ikki yonida oq rangdagi ko'zi joylashgan.

1-rasm. Anor qurti g'umbagining ustki (a) va ostki (b) tomonidan ko'rinishi.

a

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

G'umbakning 4 va 5-kunida ko'zlari qora rangga kiradi. Har bir ko'zning yuqori qismida 1 juftdan tukchalar joylashgan. Boshning tepa qismi o'rtasida qoramtir jigarrrang yo'li yelka qismigacha davom etadi.

Tanasi 8 yoki 9-bo'g'imidan boshqa hamma bo'g'imlarining ustki qismida 1 juftdan qoramtir rangli o'simtalar joylashgan. Bo'g'imlarning ustki tomonida 2 juftdan, ikki yon tomonidan bir juftdan mayda ilmoqchali tuklari bor. Yelkasining ikki yon tomonida ikkinchi bo'g'imdan yettinchi bo'g'imgacha nafas teshikchalari joylashgan. Oxirgi bo'g'imning uchki qismida qora rangdagi o'simtasi bor. G'umbakning ostki tomonida qanotlar tanaga yopishgan holda bo'lib, oxirgi 4 ta bo'g'imini oddiy ko'z bilan ko'rish mumkin. Boshlang'ich qanoti ostki qismining ikkita bo'g'imining kichik, bir juft o'simta va mayda siyrak holdagi tukchalar joylashgan.

2-rasm. Urg'ochi (a) va erkak (b) kapalak qorin qismi o'simtalarining ko'rinishi.

3-rasm. Urg'ochi (a) va erkak (b) kapalaklari mo'ylovlarining tuzilishi

Anor qurti Farg'ona vodiysi sharoitida keng taqalgan, dominant tur bo'lib, agrobiotsenozlardagi jiddiy zararkunanda hisoblanadi.

635

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Anor qurtining zararini o'rganish va unga qarshi kurash bo'yicha izlanishlar olib borilgan.

Yig'ilgan materiallar asosida anor qurtining barcha rivojlanish bosqichlari o'lchamlari olinib, o'rtacha arifmetik qiymati asosida tahlil etib chiqildi. Uning imgosi o'rtacha kattalikdagi kapalak hisoblanib, qanotlarini yozganda 15 - 20 mm ga boradi. Quva tumani agrotsenozlaridan yig'ilgan namunalarda uning tana uzunligi 10,5±0,1 mm ni tashkil etdi.

Urg'ochi va erkak namunalarning bir-biridan farq qiluvchi morfometrik belgilari rangi, shakli va o'lchami jihatida qiyoslandi.

Umuman olganda, anor qurti Farg'ona vodiysi sharoitida qulay rivojlanib, ko'payuvchi va zarar keltirish xususiyati kengayib bormoqda.

REFERENCES

1. Akbarovich, M. A., Ilkhomjonovich, Z. I., & Sharibjonovich, S. D. (2021). Ecological-Faunistic Analysis of Longhorn Beetles (Coleoptera: Cerambycidae) of Fergana Valley. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 6819-6830.

2. Masodiqova, M. A. Q., & Zokirova, G. M. (2021). FARG 'ONA VODIYSI SHAROITIDA APHIS PUNICAE PASSERINI, 1863 SHIRASINING BIOLOGIYASI VA HAYOTIY SIKLI. Academic research in educational sciences, 2(6), 381-387.

3. Mirzaeva S., Xo'jaev Sh.T., Xudayberdieva M. Anor mevaxo'riga qarshi uyg'unlashgan kurash tizimi //Yosh olimlar q/x fani va amaliyotini yuksaltirishda etakchi kuch. Respublika ilmiy-amaliy anjumani (ilmiy maqolalar to'plami).-Toshkent, Agroilm, 2008. - 228-232 b.

4. Mirzayeva S.A. Anor va anjir zararkunandalariga qarshi uygunlashgan kurash tizimini yaratish: Biol. fan. nomz. avtoref, -Toshkent, 2010. -20 b.

5. Xo'jaev Sh.T., Jamalov A., Mirzaeva S. Anor mevaxo'ri // O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali. - Toshkent, 2007. - №7.- 20 b.

6. Xo'jaev Sh.T., Mirzaeva S., Yusupova M., Jamalov A. Anor va anjirni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilish bo'yicha tavsiyalar. - Toshkent, QT Ruta-Print, 2008. - 23 b.

7. Zokirov, I. I., & Azimov, D. A. (2019). The Fauna of Insects of Vegetables and Melons of Central Fergana, Especially Its Distribution and Ecology. International Journal of Science andResearch.(IJSR).-India, Raipur, 8(8), 930-937.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Zokirov, I. I., & Kapizova, D. R. (2021). DENDROFIL KOKSIDLAR ENTOMOFAGLARINING TADQIQIGA DOIR (SHARQIY FARG 'ONA HUDUDI MISOLIDA). Academic research in educational sciences, 2(8), 47-54.

9. Zokirov, I. I., Mirzayeva, G. S., & Abdullayeva, D. R. (2019). Ecological and Faunistic Review of Entomocomplexes of Adyr Zones of the Fergana Valley. International Journal of Science and Research (IJSR), 5(10), 1231-1234.

10. Ilkhomjonovich, Z. I., & Khasanbaevna, Y. S. (2021). FOOD SPECTRUM OF THE BEET ARMYWORM (SPODOPTERA EXIGUA (HUBNER, 1808))(LEPID0PTERA, NOCTUIDAE) IN RAINFED AGRICULTURE OF THE FERGANA VALLEY.

11. Zokirov I.I. Markaziy Farg'onaning sabzavot-poliz ekinlari hasharotlari faunasi va ekologiyasi: Biol. fan. dokt. (DSc) ...diss. avtoref. - Toshkent, 2019. - 59 b.

12. Zokirov I.I. O'zbekiston lyaxnina (Homoptera, Lachninae) shiralari (hayot sikli, etologiyasi, gazlar almashinuvi): Biol. fan. nomz. ...diss. - Toshkent, 2009. - 120 b.

13. Zokirova Gulnora Mamadjonovna, & Zokirov Islomjon Ilkhomjonovich. (2022). Seasonal variability and population density of aphids of gymnosperm plants in the Fergana Valley. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 3(1), 62-65. Retrieved from https://scholarzest.com/index.php/eihea/article/view/1743

14. Аллахвердиев Ш. Г. Изучение видового состава паразитов гранатовой плодожорки //Материалы Всесоюзной конференции студентов, молодых ученых и специалистов. -Гянджа, 1991.-С. 172-173.

15. Закиров И. И. и др. Фаргона водийси шароитида очи; уругли дарахт ва буталарнинг сурувчи фитофаглари (lachnidae, diaspididae): фаунаси ва экологияси //Медицинская наука Узбекистана. - 2022. - №. 1. - С. 11-15.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

16. Зокиров И. И., Зокирова Г. М., Капизова Д. Р. Адвентивные виды насекомых (Insecta) овощебахчевых культур ферганской долины //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 39-46.

17. Палий В.Ф. Методика фенологических и фаунистических исследований насекомых. Фрунзе: Изд-во АН Кир ССР, 1966. - 180 С.

18. Yunusov, M. M., & Zokirov, I. I. (2021). FARG 'ONA VODIYSINING AYRIM DENDROFIL SHIRALARI (HOMOPTERA, APHIDOIDEA) BIOEKOLOGIYASI. Academic research in educational sciences, 2(6), 1289-1299.

19. Мирзахалилов, М. М. У. (2022). ГИДРOХИМИЧEСКИЙ ОТСТОЯНИЕ ПРУДOВ РЫБOВOДНЫХ ХOЗЯЙСТВ И Œ3OHHbIE ИЗМЕНЕНИИ ИХ. International scientific journal ofBiruni, 1(2), 108-113.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

20. Akramjonovna, O. S. (2022). UY PARMALOVCHISI (ANOBIUM PERTINAX L.) NING BIOLOGIYASI, OZIQA MANBALARI VA ZARARI.

Ta'limfidoyilari, 8, 135-140.

21. Marupov, A. A. (2021). Biology and harmfulness of long-beetled beetles (Coleoptera: Cerambycidae) flowing on poplars. Scientific Bulletin of Namangan State University, 3(1), 56-61.

22. Мустафакулов, Х., Юлдашева, Ш., Юнусов, М., & Шерматов, А. (2013). Роль сорной растительности при формировании полезной энтомофауны агробиогеоценозов Ферганской долины. Аграрный вестник Урала, (3 (109)), 12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.