Научная статья на тему 'DORIVOR VALERIANA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNNOLOGIYASI'

DORIVOR VALERIANA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
619
56
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dorivor / valeriana officinalis / valeriana ildizi / Valeriana ko‘chatlari / Valeriana hidi / ildizpoya / tur / go‘ng / superfosfat / to‘pgul / plantatsiya / vegetatsiya / agrotexnik tadbir. / medicinal / valeriana officinalis / valerian root / valerian seedlings / valerian scent / rhizome / species / fertilizer / superphosphate / inflorescence / plantation / vegetation / agrotechnical event.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Turdaliyev, M. Haydarov, G. Siddiqova, M. Sodiqova

Maqolada valeriana oʻsimligining yetishtirish texnologiyasi yoritib berilgan. Valeriana o‘simligi bahorda ekiladi. Valerianani O‘zbekistonning unumdor va sug‘oriladigan hududlari ya‘ni Vodiy, Toshkent va Samarqand viloyatlarida plantatsiyalar tashkil etib o‘stirish mumkin. Har bir gektar yerga 7-8 kg miqdorda urug‘ sepib chiqiladi, qadalgan urug‘ning chuqurligi 1-1,5 sm dan oshmasligi kerak. Valerianani ildizlari vegetatsiyani ikkinchi yilining ohirida, o‘simlik urug‘lari pishib yetilgandan so‘ng kovlab olinadi. Har bir gektar maydondan 15-20 sentnerdan quruq holda ildiz kovlab olish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AGROTECHNOLOGY OF CULTIVATION OF THE MEDICINAL VALERIAN PLANT

V state opisana technology vryshchivaniya rasteniya valeriany. Valerianu sajayut vesnoy. Valerian can be grown in fertile and fertile regions of Uzbekistan, namely in Vadinsky, Tashkent and Samarkand regions. No hectare of land vysevayut 7-8 kg of seed, glubina zadelki seed no doljna prevyshat 1-1.5 cm. Korni valeriany vykapyvayut v kontse vtorogo goda vegetatsii, posle togo kak sozreyut semena rasteniya. S kajdogo hectare mojno vykopat 15-20 centnerov dry corn.

Текст научной работы на тему «DORIVOR VALERIANA O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DORIVOR VALERIANA O'SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNNOLOGIYASI

Turdaliyev Avazbek Turdaliyevich

FarDU, Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo'shma fakulteti

dekani, b.f.d, dotsent Haydarov Mavlonjon Mashrabovich

FarDU, Zootexniya va agronomiya kafedrasi mudiri, b.f.f.d. Siddiqova Gulzira Saydullo qizi

FarDU, Zootexniya va agronomiya kafedrasi talabasi Sodiqova Mohidil Saminjon qizi

FarDU, Zootexniya va agronomiya kafedrasi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7332030

Annotatsiya. Maqolada Valeriana o'simligining yetishtirish texnologiyasi yoritib berilgan. Valeriana o'simligi bahorda ekiladi. Valerianani O'zbekistonning unumdor va sug'oriladigan hududlari ya'ni Vodiy, Toshkent va Samarqand viloyatlarida plantatsiyalar tashkil etib o'stirish mumkin. Har bir gektar yerga 7-8 kg miqdorda urug' sepib chiqiladi, qadalgan urug'ning chuqurligi 1-1,5 sm dan oshmasligi kerak. Valerianani ildizlari vegetatsiyani ikkinchi yilining ohirida, o'simlik urug'lari pishib yetilgandan so'ng kovlab olinadi. Har bir gektar maydondan 15-20 sentnerdan quruq holda ildiz kovlab olish mumkin.

Kalit so'zlar: dorivor, valeriana officinalis, valeriana ildizi, Valeriana ko'chatlari, Valeriana hidi, ildizpoya, tur, go'ng, superfosfat, to'pgul, plantatsiya, vegetatsiya, agrotexnik tadbir.

АГРОТЕХНОЛОГИЯ ВЫРАЩИВАНИЯ ЛЕКАРСТВЕННОЙ ВАЛЕРИАНЫ

Аннотация. В статье описана технология выращивания растения валерианы. Валериану сажают весной. Валериану можно выращивать в плодородных и орошаемых районах Узбекистана, а именно в Вадинской, Ташкентской и Самаркандской областях. На гектар земли высевают 7-8 кг семян, глубина заделки семян не должна превышать 11,5 см. Корни валерианы выкапывают в конце второго года вегетации, после того как созреют семена растения. С каждого гектара можно выкопать 15-20 центнеров сухих корней.

Ключевые слова: лекарственная, валериана лекарственная, корень валерианы, всходы валерианы, аромат валерианы, корневище, вид, удобрение, суперфосфат, соцветие, плантация, вегетация, агротехническое мероприятие.

AGROTECHNOLOGY OF CULTIVATION OF THE MEDICINAL VALERIAN PLANT

Abstract. V state opisana technology vryshchivaniya rasteniya valeriany. Valerianu sajayut vesnoy. Valerian can be grown in fertile and fertile regions of Uzbekistan, namely in Vadinsky, Tashkent and Samarkand regions. No hectare of land vysevayut 7-8 kg of seed, glubina zadelki seed no doljna prevyshat 1-1.5 cm. Korni valeriany vykapyvayut v kontse vtorogo goda vegetatsii, posle togo kak sozreyut semena rasteniya. S kajdogo hectare mojno vykopat 15-20 centnerov dry corn.

Keywords: medicinal, valeriana officinalis, valerian root, valerian seedlings, valerian scent, rhizome, species, fertilizer, superphosphate, inflorescence, plantation, vegetation, agrotechnical event.

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Dorivor valeriana - Valeriana officinalis, valerianadoshlar (Valerianaceae) oilasiga mansub, ko'p yillik o't o'simlik, ildizpoyasi qisqa va ko'pgina mayda ildizchalar bilan qoplangan bo'lib, yer ostida tik joylashgan. Ildizpoyadan birinchi yili ildiz oldi, to'pbarglar, ikkinchi yilidan boshlab poya o'sib chiqadi. May oyining oxiridan boshlab avgust - sentyabr oylarigacha gullaydi. Valeriana turkumiga kiruvchi turlar polimorf o'simliklar hisoblanadi. Dunyoda yovvoyi holda ularning 250 ga yaqin turlari qayd qilingan. Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyoning tog'li mintaqalarida tarqalgan. MDH hududida 23 tur, O'rta Osiyoda 12 tur, Respublikamizda esa 3 tur uchraydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Valeriana turlari tabiatda tarqoq holda uchragani bois tabiiy zaxiralari farmatsevtika sanoati hamda aholi talabini qondira olmaydi. Dori vositalari tayyorlash uchun valerianani ildizi va ildizpoyasi ishlatiladi. Buni dorishunoslik amaliyotida "Valeriana ildizi" deb atashadi. Valerianani bizning respublikamiz sharoitida kuzda va erta bahorda ekish tavsiya etiladi. Ayrim mintaqalarda, hususan yog'ingarchilik ko'p bo'ladigan Rossiyaning bir qator viloyatlarida yoz oylarida ham ekish mumkin. O'zbekistonning unumdor va sug'oriladigan hududlari ya'ni Vodiy, Toshkent va Samarqand viloyatlarida plantatsiyalar tashkil etish mumkin.

TADQIQOT NATIJALARI

Kuzda yer shudgor qilinib, molalanib tekislanadi, chizellanib begona o'tlar qoldiqlaridan tozalanadi, tuproqning xossa-xususiyatlaridan kelib chiqib o'simlikni ekish uchun tayyorlangan maydonga 60 sm kenglikda egat olinadi. Urug'lar bahorda ekiladi. Yerni haydashdan oldin tuproqqa 30-40 tonna go'ng, 35-45 kg sof holatda superfosfat solinadi. Har bir gektar yerga 7-8 kg miqdorda urug' sepiladi va ustidan tuproq qatlami qo'zg'atiladi, qadalgan urug'ning chuqurligi 1-1.5 sm dan oshmasligi kerak. Valeriananing urug'i sovuqga chidamli bo'lib, tuproq harorati 5 0C bo'lganda unib chiqadi. Ammo urug' unib chiqishining optimal darajasi 15 - 20 0C ni tashkil qiladi. Ob-havo sharoiti yaxshi bo'lgan davrlarda urug' yerga qadalgandan so'ng 15-20 kun o'tib urug' unib chiqadi. Vegetatsiyaning ikkinchi va kelasi yillarida yerdan qor ketgan zahoti valeriana maysalari unib chiqadi. Valerianani parvarish ishlari maysalar orasini yumshatish, chopiq qilishdan boshlanadi. Unib chiqgan nihollar mahalliy va mineral o'g'itlar bilan oziqlantirilib chiqiladi. Har bir gektarga sof holatda 30-40 kg dan azot va fosforli mineral o'g'itlar berish tavsiya etiladi.

Valerianaga ishlov berish davrida, uning yerosti ildizpoyasi va ildizlari massasi katta bo'lishligi uchun, o'sib chiqgan gul poyalari olib tashlanadi. Vegetatsiya davrida 1-2 marta o'toq qilinadi, 4-5 marta egat orasi yumshatiladi va 9-10 marta sug'oriladi. Har bir sug'orishdan keyin tuproq mexanik tarkibiga qarab dalaga ishlov beriladi.

MUHOKAMA

Valerianani urug'dan tashqari ko'chatlari orqali ham ko'paytirish mumkin. Buning uchun maxsus niholxona ya'ni pitomnik tashkil qilinib ko'chatlar yetishtiriladi va yetilgan niholchalar ochiq yerga ko'chirilib o'tkaziladi. O'tqazilgan har bir nihol oralig'i 10-15 sm bo'lishligi va zudlik bilan sug'orilishi kerak. 2-yilida plantatsiyalarda egat oralarini yumshatishni o'g'it solish bilan birga va begona o'tlarga qarshi gerbitsidlarni berish bilan olib boriladi. O'toq qilinadi va oshqa agrotexnik tadbirlar o'tykaziladi. Xomashyo yig'iladigan yili asosiy diqqatni gulto'plamlarni yo'qotishga qaratish kerak. Undan umumiy gullash davrida to'pgullarini 10-15 sm balandlikda o'rish orqali yo'qotiladi. Valeriana o'simligini zararkunandalardan saqlash uchun ekishdan oldin o'simlik urug'lariga kam dozada kimyoviy pereparatlar bilan ishlov beriladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'simlik ildizi ya'ni xoma-shyo oktabr ohirida yig'iladi. Chunki ildizlarning o'sishi kuz oylarida ham davom etadi.

Valerianani ildizlari vegetatsiyani ikkinchi yilining ohirida, o'simlik urug'lari pishib yetilgandan so'ng kovlab olinadi. Har bir gektar maydondan 15-20 sentnerdan quruq holda ildiz kovlab olinadi. Yig'ib olingan mahsulot tuproqdan tozalanib, 15-20 sm qalinlikda mahsus idish yoki savatlarga solib suvda yuviladi. Suvi oqib ketishi uchun biroz vaqt ochiq yerda qoldiriladi va havo almashinib turadigan joyda yoki maxsus qurutgichda 2-3 hafta davomida 35-40 0C da quritiladi. Xomashyo xirmonga yig'ilib, qirqilgan ildizlar esa qoplarga joylanadi.

Valeriananing ildizi va ildizpoyasi ho'lligida hidsiz va oqish bo'lib, quritilgandan so'ng qo'ng'ir ranga aylanadi hamda o'ziga xos "valeriana hidi"ga ega bo'ladi. Bu o'zgarishlar quritish davrida yuz bergan fermentatsiya jarayoni natijasidir.

XULOSA

Valeriana o'simligidan xalq tabobatida tabiiy tinchlantiruvchi, yurak kasalliklarini davolashda samarali vosita sifatida foydalaniladi. Umuman olganda, farmatsevtika sanoati korxonalari ehtiyojlarini dorivor o'simliklar xomashyosi bilan to'la-to'kis, uzluksiz ta'minlash, hamda dorivor o'simliklar homashyo bazasini yaratish uchun ularni ekib o'stirish, hamda ularning ekin maydonlarini kengaytirib, dorivor o'simliklar dehqonchiligini respublikamizda rivojlantirish, qishloq xo'jaligimiz hamda biologiya, genetika, seleksiya, biotexnologiya, qishloq xo'jaligi, fanlari oldidagi asosiy vazifalardan hisoblanadi.

REFERENCES

1. Белолипов И.В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду АН УзССР // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент: БС АН УзССР, 1976.

2. М.Д. Тургунов, В.П. Печеницын, Н.Ю. Бешко, Д.А. Абдуллаев, Уралов А.И. Биологические особенности редких видов семейства Iridaceae Juss. флоры Узбекистана в условиях ex situ Acta Biologica Sibirica, 2019, 5(2), P.17-22.

3. ISAKOV V., MIRZAEV U. Dynamics of arzyk-shokh meadow sasa soils under influence of irrigation //Scientific journal of the Fergana State University. - 2019. - Т. 1. - №. 6. - С. 47-50.

4. Ibragimov A.Yu. Shifobaxsh ne'matlar. - Toshkent: Navroz nashriyoti, 2016.

5. Saminov Avazbek Alimardon o'g'li, Abdug'aniyeva Durdona O'ktamjon qizi, and Nazirova Bonuxon Hayrulla qizi. "Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi."Science and innovation 1.D3 (2022): 297-300.

6. Комилов Р., Гайдаров М., Усмонов А. Гуза навларининг кучат калинлигига богли; х,олда чилпиш утказиш муддатларини чигит мойдорлигига таъсири// Science and innovation. 2022. C. 371-375.

7. Мирзаев У. Б., Умаркулова Б. Н., ^улдашева М. И. Марказий фаргонанинг сугориладиган утлоки саз тупроклари шароитида сабзи етиштиришда янги агротехнологиялари самарадорлиги //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. -С. 71-76.

8. Мирзаев У. Б., Умаркулова Б. Н. Влияние антропогенного фактора на эволюцию орошаемых арзык-шоховых почв //Научное обозрение. Биологические науки. - 2020. -№. 2. - С. 5-9.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

9. N Teshaboyev, M Teshaboyeva, Z Sheraliyeva... (2022) Kuzgi bug 'doyni asrnavi hosildorligiga urug 'ekish muddatlarini ta'siri - Science and innovation,1/122-125

10. Жамолов, Р., & Абдуллаева, Г. Х, айдарова, Н., & Тешабоев, Н.(2021, August). In THE ROLE OF WATER AND SALT IN THE LIFE OF BEES: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1 (Vol. 1334).

11. Isagaliev, M., et al. "& Musaev, I.(2022)." Capparis spinosa L. Cenopopulation and Biogeochemistry in South Uzbekistan. Plants 11.13: 1628.

12. Хайдаров М. М. Основы применения гуминовых веществ в светлых сероземах //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 8. - С. 87-93.

13. Юлдашев, Г. Ю., and М. М. Хайдаров. "Изменение морфологических и агрохимических свойств темных сероземов Чаткальского хребта." Научное обозрение. Биологические науки 3 (2019): 42-46.

14. Юлдашев Г., Хайдаров М. Гумусное состояние сероземов севера Ферганы //Гуминовые вещества в биосфере. - 2018. - С. 111-112.

15. Юлдашев, Г. Х., and М. М. Хайдаров. "Потенциальная энергия гумуса-критерия бонитировки почв." Научное обозрение. Биологические науки 3 (2021): 11-15.

16. Юлдашев, Г., and М. М. Хайдаров. "Энергетические особенности моноаминодикарбоновых кислот и пролина в темных сероземах." Плодородие почв и эффективное применение удобрений: ма-териалы Международной научно-практической конференции, Минск, 22-25 июня 2021 г. В 2 ч. Ч. 1/редкол.: ВВ Лапа [и др.].-Минск: Институт системных исследований в АПК НАН Беларуси, 2021.-242 с.-ISBN 978-985-7149-65-0.

17. Khaydarov M., Yuldashev G. "Energy characteristics of some free amino acids in dark serozems: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1372." Research support center conferences. No. 18.06. 2021.

18. Юлдашев Г. и др. Теоретические основы применения гуминовых препаратов на орошаемых светлых сероземах //Живые и биокосные системы. - 2019. - Т. 29.

19. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах// Тенденции развития науки и образования. Самара. №80. Декабрь 2021.

20. Хайдаров М. Собиров А. "Энергетические особенности ароматических, диаминокарбоновых кислот и пролина в темных сероземах." Science and innovation 1.D3 (2022): 43-47.

21. Turdaliev, A., M. Haydarov, and I. Musaev. "Педолитли тупрокларнинг агрономик хоссалари. "Science and innovation 1.D6 (2022): 245-249.

22. Kamoliddin, Askarov, and Musayev Iskandar. "Geochemical barriers in irrigated soils and the impact of them on plants." European Journal of Molecular & Clinical Medicine 7.3 (2020): 3082-3089.

23. Turdaliev, Avazbek, et al. "Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana."Agriculture 67.1 (2021): 16-28.

24. Turdaliev, A. T., et al. "b. Physicochemical, geochemical features and their influence on the soil-ecological state of hydromorphic soils." Scientific Review. Biological sciences 4 (2019): 44-49.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

25. Turdaliyev, A.T., va boshqalar. "Fiziko-ximicheskiye, geoximicheskiye osobennosti i ix vliyaniye na pochvenno-ekologicheskoye sostoyaniye gidromorfnix pochv". Nauchnoye obozreniye. Biologicheskiye nauki.-2GI9 4: 44-49.

26. Raximov, M., and A. Saminov. "Aholi tomorqa xo 'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi." Science and innovation I.D6 (2G22): 23I-236.

27. Saminov, A., Yusupova, B., & Qoraboyeva, S. (2022). Dorivor shuvoq o 'simlikgining shifobaxshlik xususiyatlari va undan samarali foydalanish. Science and innovation, I(D7), IG5-IG9.

2S. Saminov, A., B. Yusupova, and S. Qoraboyeva. "Dorivor achchiq shuvoq o 'simligining shifobaxshlik xususiyatlari va undan oqilona foydalanish." Science and innovation I.D7 (2G22): 95-99.

29. O'G'Li, S. A. A., & Qizi, N. D. K. (2022). Zanjabil o 'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi. Science and innovation, I(D3), 26-3G.

3G. Saminov, A., Sodiqova, M., & Rahmataliyeva, M. (2022). Dorivor topinambur o 'simligini yetishtirish va uning o 'ziga xos xususiyatlari. Science and innovation, I(D6), II6-II9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.