EKONOMETRIK MODELLAR YORDAMIDA MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOG'I RIVOJLANISHINI
TAHLILI VA PROGNOZI
Dotsent, Zoxid Keldiyorovich KUSHAROV Alfraganus University Dotsent, Tolibjon Tursunovich TURGUNOV Alfraganus University
Annotatsiya. Maqolada iqtisodiyotni raqamlashti'rish sharoitida respublikada meva-sabzavotchilik sohasini rivojlanish dinamikasi, sohada erishilgan nati'jalarning statistik ko'rsatkichlari ma'lumotlaridan foydalaanib meva-sabzavotchilik mahsulot-larining yalpi hosilini va unga kuchli ta'sir etuvchi omillarni ekonometrik modellari tuzilgan va korrelyatsion- regression tahlil usullari yordamida iqtisodiy ko'rsatkichlar atroflicha tahlil va prognoz qilingan hamda amaliy tavsiya va takliflar berilgan. "Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash" fani ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, modellashtirish va prognozlashda qo'llaniladigan iqtisodiy-matematik hamda ekonometrik usullar va modellar, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llashni o'rganadi. Bozor iqti'sodiyoti murakkab, o'zaro bir-birini taqozo etuvchi jarayonlardan iborat bo'lib, unga noaniqlik va tavakkalchilik elementlari xosdir. Bunday sharoitda iqtisodiy jarayonlarni o'rganish va tahlil qilishda iqtisodiy-matematik va ekonometrik usullar hamda modellarning qo'llanilishi kuti'lishi mumkin bo'lgan salbiy hodisalarning oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar ilmiy asoslangan qonuniyatlar asosida u yoki bu iqtisodiy jarayonlarning hozirgi holati (statikada) asosida uning isti'qboldagi (dinamikada) o'zgarishlarini oldindan ko'rsatib berishga imkoniyat yaratadi. Chunki, bozor konyunkturasini oldindan prognoz qilmasdan turib, barqaror ishlab chiqarish va soti'sh strategiyasini belgilab bo'lmaydi. Bozordagi raqobat kurashi korxonalarga kelajakda o'z mahsulotlarini raqobatbardosh, sifatli va arzon narxlarda ishlab chiqarishni taqozo etadi. "Ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish va prognozlash" fanining asosiy maqsadi magistrantlarga milliy iqti'sodiyot sharoitida murakkab iqtisodiy tizimlarni modellashtirishni, modellashtirishning nazariy va uslubiy asoslarini, aniq iqtisodiy obyektlar misolida modellarning yaratilishi, ularning iqtisodiy mazmuni, qo'yilgan iqtisodiy masalalarni zamonaviy axborot- texnologiyalari yordamida yechish va olingan natijalarni iqtisodiy tahlil hamda talqin qilish kabi masalalarni o'rgatishdan iboratdir. Fanning bo'limlarida makrodarajada, ya'ni milliy iqti'sodiyot bo'yicha iqtisodiymatematik modellarning (ishlab chiqarish funksiyasi, tarmoqlararo balans modellar. Ekonometrik modellar) tuzilishi va ulardan amalda samarali foydalanish bo'yicha ilmiy tavsiyalar keltiriladi. Fanning har bir mavzusini nazariy o'rganish bilan bir qatorda amaliy mashg„ulotlarda aniq iqtisodiy jarayonlar va ko'rsatkichlar asosida ularning matemati'k modellarini tuzish, axborot texnologiyalari va mos dasturiy vositalarni qo'llab, masalalarning aniq miqdoriy yechimlarini olib, iqtisodiy tahlil qilish bilan yakunlaydilar. Fanni o'rganish yakunida talabalar mustaqil ravishda iqtisodiy masalalarning matemati'k jihatdan qo'yilishini, ularning matemati'k modellarini tuzish, ushbu modellarni mos keluvchi usullar va axborot texnologiyalari yordamida yechish hamda iqtisodiy tahlil va talqin qilishni o'rganadilar.
Kalit so'zlar: raqamlashtirish, ekonometrik, dinamika, tendensiya, eksport, hosildorlik, endogen, egzogen, omil, model, korrelyatsion- regression tahlil, regressiya tenglamasi, korrelyatsiya koeffitsiyenti, baholash mezonlari, natija, prognoz, t-stati'sti'ka, parametr.
Annotation
In the article, the dynamics of the development of the fruit and vegetable sector in the republic in the conditions of digitization of the economy, the statistical indicators of the results achieved in the sector, the econometric models of the gross yield of fruit and vegetable products and the factors that strongly affect it are made, and correlation-regression analysis methods are used. economic indicators were thoroughly analyzed and forecasted, and practical recommendations and suggestions were given. The subject "Modeling and forecasting of socio-economic processes" studies the use of economic-mathematical and econometric methods and models, as well as modern information technologies, used in the analysis, modeling and forecasting of socio-economic processes. The market economy consists of complex, interdependent processes, which are characterized by elements of uncertainty
and risk. In such conditions, the use of economic-mathematical and econometric methods and models in the study and analysis of economic processes allows to prevent negative events that can be expected. Economic-mathematical methods and models provide an opportunity to predict changes in the future (dynamics) based on the current state (statics) of one or another economic process based on scientifically based laws. Because it is impossible to define a sustainable production and sales strategy without forecasting the market situation in advance. Competition in the market will require enterprises to produce their products competitively, with high quality and at low prices in the future. The main goal of the subject "Modeling and Forecasting of Socio-Economic Processes" is to teach undergraduates the modeling of complex economic systems in the conditions of the national economy, the theoretical and methodological foundations of modeling, the creation of models on the example of concrete economic objects, their economic content, solving economic issues with the help of modern information technologies and consists of teaching issues such as economic analysis and interpretation of the obtained results. Scientific recommendations on the construction of economic-mathematical models (production function, intersectoral balance models, econometric models) on the macro level, that is, on the national economy, and their effective use in practice are given in the sections of the subject. In addition to the theoretical study of each topic of science, in practical training, they create their mathematical models based on specific economic processes and indicators, use information technologies and suitable software tools, obtain precise quantitative solutions to problems, and conclude with economic analysis. At the end of studying science, students independently learn to formulate economic problems mathematically, to create their mathematical models, to solve these models using appropriate methods and information technologies, and to perform economic analysis and interpretation.
Key words: digitization, econometric, dynamics, trend, export, productivity, endogenous, exogenous, factor, model, correlation-regression analysis, regression equation, correlation coefficient, evaluation criteria, result, forecast, t-stati'stics, parameter.
KIRISH
Xozirgi iqtisodiyotni raqamlashtirish davrida O'zbekistonda jahon andozalari talablariga mos keladigan qishlok, xo'jalik maxsulotlari yetishti'rish ti'zimi yulga qo'yildi. Bunga ko'ra, respublika Prezidenti ko'rsati'b o'tgandek, 2030 yilga qadar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod ko'paytirish, asosiy e'tiborni zamonaviy raqamli va innovatsion agrotexnologiyalarni keng joriy eti'sh, mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini takomillashtirish hamda chuqur qayta ishlash, qishloq xo'jaligini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashti'rishga qarati'sh bizning oldimizdagi ustuvor vazifalar hisoblanadi.
Iqtisodiyotda davlat siyosatiga kompleks yondashuvisiz qishloq xo'jaligida hosildorlik va mahsuldorlikning o'sishiga erishib bo'lmasligi ravshan bo'lib qolgani hamda yer maydoni cheklanganligi sababli foydalanilayotgan tabiiy zaxiralar hajmini ko'paytirish orqali uni hal qilib bo'lmasligi sababli meva-sabzovotchlik tarmog'ida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ekinlarni joylashtirish, intensiv bog'lar tashkil eti'sh, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni bosqichma-bosqich opti'mallashtirish ko'zda tutilgan.
Ma'lumki, so'nggi yillarda qishloq xo'jaligida, shu jumladan meva-sabzavotchilik tarmoqlari mahsulotlari ishlab chiqarishni barqaror o'sishi, yalpi hosil va unga bog'liq bo'lgan hosildorlik, ekin maydoni va eksport xajmi kabi omillarning rivojlanish dinamikasini tahlil va prognoz kilish masalalarida ekonometrik modellashtirish usullaridan keng foydalanilmoqda.
Obyekt va tadqiqot usullari
Mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoiti turli xil sifatli ajoyib ta'mli meva-sabzavot mahsulotlarini yetishti'rish uchun qulay bo'lib, deyarli barcha hududlarda qishloq xo'jalik yerlarining salmoqli qismi meva-sabzavot ishlab chiqarishga yaroqli hisoblanadi. Meva-sabzavot mahsulotlarining deyarli barcha turlarini ishlab chiqarishda barqaror o'sish tendensiyasi kuzati'lmoqda, bu, asosan, ularning hosildorligini o'sishi va ekin maydonlari bilan bog'liqdir.
Jahon banki va respublikamiz hukumati meva-sabzavotchilik sohasini rivoj-lanti'rish loyihasini moliyalashtirish uchun xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kredit shartnomasini imzoladi. Bunda meva-sabzavot yetishti'rish bilan shug'ullanuvchi fermerlarning raqamli va innovatsion tehnologiyalar
va texnika bilan ta'minlanishi, bilim olishi va malakasini oshirishi, jahon bozorlarga bemalol kirishini yaxshilanishi ko'zda tutilgan.
Tadqiqot usullari bo'lib, ekonometrik modellashtirishning korrelyatsion- regression tahlil, ekonometrik modellarni adekvatligini aniklash mezonlari bo'yicha tekshirish, ekonometrik tahlil va prognozlash usullari hisoblanadi.
Tadqiqot natijalari
Ma'lumki, majmuani rivojlantirish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmlarining o'sishi va xilma-xilligini ta'minlash, ya'ni buning uchun respublika hukumati belgilaganidek, kelgusida meva - sabzavotchilikda ishlab chiqarish hajmini bir necha barobar oshirish zarurligi hamda bu yo'nalishdagi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tuman, 86 ta klaster va 125 ta kooperativlar lokomativ bo'lishi kerakligi, shaxsiy uchastkalardan samarali foydalanish va hosildan katta zarar ko'rishning oldini olish hamda ularda mahsulot yetishtirish nafaqat mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga katta hissa qo'shishi, balki aholiga qo'shimcha daromad manbai ham bo'lishi, qishloq xo'jaligi eksportining hajmini oshirish, ya'ni bugungi kunda o'zbek meva-sabzavot mahsulotlari jahon bozorlarida raqobatbardosh, obro'-e'tibori yuqori bo'lgan haqiqiy brendga aylanishi hamda bu mahsulotarni qayta ishlab, dunyoning 66 mamlakatiga eksport qilinishi kabi vazifalar belgilandi.
Hozirgi kunda aholi jon boshiga meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishda barqaror o'sish tendensiyasi kuzatilmoqda, bu esa mintaqa bo'yicha aholi jon boshiga meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha ushbu ko'rsatkichlar respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tavsiya etilgan iste'mol meyorlariga yaqin ekanligini ko'rsatadi (1-rasm).
200 160 120 80 40 0
319,8 3155 309,2 315,5
318,1
304,2 303,3
60 1 63,8 69,1 74,8 80,3 81,1 82 80,7 82,1 82 81,8 82,4
—*— —±- —A— —*— —A
34,7 37,2 40,6 43,7 46,5 48,5 50,7 50,2 48,2 47,7 48,5 49,2
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021
Ca63aBo™ap MeBa Ba pesaBop^ap Y3yM
1-rasm. O'zbekiston Respublikasida aholi jon boshiga yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari dinamikasi
Ma'lumki, axolini oziq-ovqat bilan o'zini o'zi ta'minlash darajasining pasayishiga olib keluvchi omillar mavjud bo'lib, ular oziq-ovqat maxsulotlariga bo'lgan talabning oshishi, aholi sonining o'sishi, aholi jon boshiga iste'mol darajaasining o'sishi, turli maxsulotlarga bo'lgan extiyojlarning nomutanosibligida namoyon bo'ladi.
Xozirgi vaqtda eksportbop meva-sabzavot mahsulotlari va ularni Yevro-Osiyo Iqtisodiy Hamkorlik va uchinchi mamlakat bozorlariga chiqarish bo'yicha tarmoq strategiyalarini ishlab chiqish tarmoqning raqobatbardoshligini oshirishning muhim vositasiga aylanmoqda.
Shunga qaramasdan, jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari savdosida mamlakatimiz ulushi bir foizga ham yetmayapti. Shu bois, kelgusi yillarda mamlakatimiz oldida meva-sabzavot eksportini keyingi uch yilda 5 milliard dollarga yetkazish, shuningdek, mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga bo'lgan talabini qoplash va eksport hajmini oshirish uchun meva-sabzavot yeti'shti'rishni yiliga 8-10 foizga ko'payti'rish zarurdir.
Yuqoridagi masalalarni hal qilishda, ya'ni oziq-ovqat maxsulotlariga bo'lgan talabning oshishi, aholi sonining o'sishi, aholi jon boshiga iste'mol darajaasining o'sishi, turli maxsulotlarga bo'lgan extiyojlarning nomutanosibligiga olib keladiigan, oziq-ovqat bilan o'zini o'zi ta'minlash darajasining pasayishiga meva-sabzavot tarmoqlari mahsulotlarining yalpi hosilini, ekin maydoni, hosildorlik, ekin maydoni va eksport xajmi xajmini oshishiga olib keluvchi omillarni aniqlash, yalpi hosili bilan omillar orasidagi bog'liqliknng ekonometrik modellarini tuzish hamda meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosil va u bog'liq bo'lgan omillarning rivojlanish dinamikasini tahlil va prognoz kilishda ekonometrik modellashti'rishning korrelyatsion- regression tahlil usullaridan foydalanish katta aamiyat kasb etadi.
Meva-sabzavotchilik mahsulotlarining yalpi hosilini va u bog'liq bo'lgan omillarning rivojlanish dinamikasini tahlil va prognoz kilish respublika bo'yicha 2010-2021 yillardagi kuzatuv ma'lumotlari asosida amalga oshirildi.
Meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosilni omillarga bog'likligini ko'p omilli ekonometrik modellarini tuzish uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz: Y - yalpi hosil; xi - ekin maydoni; X2 - hosildorlik; X3 - eksport xajmi;
U holdaa ko'p omilli ekonometrik modelini quyidagi ko'rinishda tuzamiz:
Y = a0 + a1x1 + a2x2 + a3x3
Statistik ma'lumotlar va standart amaliy dasturdan foydalanib, meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha korrelyatsion-regression tahlil natijalarini hosil qilamiz (1-jadval)
1-jadval
Meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha korrelyatsion- regression tahlil nati'jalari
Yo'na-lishlar Ko'r sat-kich -lar R qiymat R - koef-fitsiyent R2 - determi-natsiya koef-fitsiyenti O'rta nisbiy xatolik t-stati's-tika Parametr-lar Standart xato
SAB Y 0,048408 R= 0,87 R2 =0,764 949,3 2,470745 a0 =-25374,1 10270,0 8
Xi 0,095259 1,978215 a1 =76,3 38,56
X2 0,096533 1,968631 a2 =72,7 36,83
X3 0,476702 0,758817 as =4,21 5,54
MR Y 0,297 R= 0,978 R2 =0,990 50,06 -1,14086 a0 =-690,16 604,9
Xi 0,716 -0,38125 a1 =-0,98 2,57
X2 0,254E-04 17,1177 a2 =27,72 1,61
X3 0,174 1,54100 aa =1,16 0,75
UM Y 0,717 R= 0,84 R2 =0,714 166,51 0,380464 a0 =-613,32 1611,76
Xi 0,459 0,791743 a1 =9,36 11,81
X2 0,253 1,264714 a2 =2,25 1,78
X3 0,060 2,308113 a3 =4,22 1,84
Olingan natijalardan natijaviy omil Y bilan hamda o'zaro omillarining ( x1, x2, x3 ) har biri orasidagi bog'lanish zichligini o'lchaydigan korrelyatsiya koeffitsiyentlarining qiymatlaridan ko'rinib turibdiki, natijaviy ko'rsatkich Y bilan omillar o'rtasida zieh bog'liklik mavjud bo'lib, eng kuchli bog'liklik x2 omil bilan bo'lib, bunda juft korrelyatsiya koeffitsiyenti'ning qiymati eng yuqoridir, ya'ni 0.978 tengdir.
Demak nati'jalarga asoslanib, eng muhim ko'rsatkich meva va rezavorlar hosildorligi (X2) ekanligini aniqlandi, bu esa meva-sabzavot tarmog'i yalpi hosiliga ta'sir etuvchi tanlangan omil adekvat ekanligini ko'rsatadi.
Korrelyatsion-regression tahlil nati'jalaridan foydalanib, meva- sabzavot tarmoqlari, ya'ni sabzavotlar, meva-rezavorlar va uzum yo'nalishlarining har biri bo'yicha regressiya modelini yozamiz: Sabzavot yo'nalishi uchun: y =-25374,1 + 76,3x1 + 72,7xz + 4,21x3
Meva - rezavorlar yo'nalishi uchun: y = -690,16 — 0,98xx + 27,72x2 + 1,16x3 Uzum yo'nalishiuchun: y = —613,32 + 9,36xx + 2,25x2 + 4,22x3
Olingan natijalardan ko'rinadiki, matemati'k stati'stikaning baholash mezonlardan foydalanib, y = aQ + a1x1 + a2x2 + a3x3 regressiya tenglamasi uchun asosiy Ho: a1 = 0 gipotezasi rad etilganligini va muqobil H1\ a1 ^ 0 gipoteza a=0,05 qiymatlilik darajasi bilan qabul qilinishini aniqlash mumkin.
Endi yuqorida tuzilgan ko'p omilli regressiya tenglamalarining axamiyatliligi Fisherning quyidagi F-mezonidan foydalanib tekshiriladi:
F = Dhaq. / Dqoi. = [R2/(1-R2)]-[(n-m-1)/m] bunda, Dhaq. - erkinlik darajasi uchun kvadratlarning omil yig'indisi Dqol.-erkinlik darajasi uchun kvadratlarning koldik yig'indisi R2- ko'p omilli determinatsiya koeffitsiyenti; m - x o'zgaruvchilar oldidagi parametrlar soni; n - kuzati'shlar soni.
Hisob-kitoblarga asoslanib, Fisherning F-taqsimoti erkinlik darajasi sabzavot yo'nalishi uchun: F = [0,764 / (1-0,7642)H(10-3-1)/3]=2,85; meva - rezavorlar yo'nalishi uchun: F = [0,991 /(1-0,9912)]-[(10-3-1)/3]=1,96; hamda uzum yo'nalishi uchun: F = [0,714 / (1-0,7142)]-[(10-3-1)/3]= 4,25 ga teng ekanligini hosil qilamiz.
Demak, Fisher mezoniga ko'ra, regressiya tenglamalari taqsimoti'ning xakikiy qiymatlari Fisher jadvalidagidan kattadir, ya'ni Fhaq. > Fjad. va bundan tuzilgan barcha modellarning ahamiyatliligi kelib chiqadi. Bundan tashkari, regression tahlilda aniqlangan determinatsiya koeffitsiyenti R2=0.991 ga tengligidan tuzilgan modellarning adekvatligi ko'rinib turibdi.
Shuningdek, yuqorida o'rganilayotgan jarayonning tuzilgan modellarining adekvatligini aniklash uchun tuzilgan regressiya tenglamasiga endogen omillarning qiymatlarini qo'yib, endogen omilning nazariy qiymatlari hisoblab chikildi hamda bog'lik ekzogen o'zgaruvchining xakikiy va nazariy qiymatlari yig'indisi tengligini aniqlandi.
Bundan xulosa chiqarish mumkinki, Fisherning F-mezoni yuqorida tuzilgan modellarning adekvatliligini, ya'ni regressiya tenglamasi stati'stik jihatdan ahamiyatli ekanligini tasdiqladi va shu sababli tuzilgan modellar qaror qabul qilish va yuqorida hisobga olingan X1, X2, X3omillar ta'sirida meva-sabzavot tarmog'i yalpi hosilini prognoz qilish uchun ishlatilishi mumkin.
Yalpi hosilning prognoz qiymatlarini hisoblashda tegishli davr uchun erksiz omillarning prognoz qiymatlariga ega bo'lish zarurdir. Ular ekzogen omillarning boshlang'ich qatorlarini analitik tekislash usullari, jarayon dinamikasini tavsiflovchi tenglamalarni tuzish yo'llari orqali aniqlanishi mumkin. Masalani yechish uchun tenglamalar shaklini tanlashda bir kator hisoblash tajribalari amalga oshirildi va sinov natijalari tenglamani X,=ao+ait shaklga ega ekanligini ko'rsatdi.
Demak, X1, X2, X3 erksiz omillarning regressiya tenglamasini mos ravishda a0 va a1 parametrlarini hisoblash nati'jasida omillarning t vaktga bog'likligi, ya'ni Xt = ao+a1t ko'rinishida olindi.
Respublika stati'stika qo'mitasining 2010-2021 yillar uchun meva-sabzavotchilik tarmog'ining sabzavotlar, (SAß) meva - rezavorlar (MR) va uzumchilik (UM) yo'nalishlari ma'lumotlari va korrelyatsion-regression usullardan foydalanib, X1, X2, X3 erksiz omillar uchun trend tenglamalarini tuzamiz.
Yuqorida ko'rib chiqilgan ekonometrik modellashtirishning korrelyatsion- regression tahlil usullaridan foydalanib, meva-sabzavotchilik tarmog'i yo'nalishlari bo'yicha X1, X2, X3 erksiz omillarning vaqtga bog'likligining regressiya tenglamalari quyidagi ko'rinishga ega ekanligini topamiz:
Xi omil (ekin maydoni) bo'yicha:
SAB uchun: Y = 16i,669i + 4,99 t;
MR uchun: Y = 2ii,18 + 9,4473 t;
UM uchun: Y = 118,4945 + 1,03271;
X2 omil (hosildorlik) bo'yicha:
SAB uchun: Y = 267,7709 + 1,55271;
MR uchun: Y = 89,5054 + 3,7355 t;
UM uchun: Y = 76,4018 + 7,9118 t;
X3 omil (ekport hajmi) bo'yicha:
SAB uchun: Y = 289811,2 + 11228,8255 t;
MR uchun: Y = 268258,5 + 24652,6991 t;
UM uchun: Y = 343764,6 + 14929,0154 t;
Tuzilgan trend modelariga t ning o'rniga qiymatlarini qo'yib, erksiz omillarning kelgusi davrlar uchun prognoz kilingan ma'lumotlarini olamiz va olingan X1, X2, X3 larning qiymatlarini yuqoridagi regressiya tenglamalariga qo'yib, meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosilni kelgusi davrlarga prognoz qilish uchun aniklaymiz.
Xisob-kitoblar naatijasida meva-sabzavotchilik tarmoqlari bo'yicha yalpi hosilni va u bog'liq bo'lgan omillarning rivojlanish dinamikasini umumlashtirilgan natija-lari 2-jadvalda keltiilgan.
2-jadval
Meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosil va u bog'liq bo'lgan omillarning _rivojlanish dinamikasini hisoblash va proggnoz natijalari_
Yil Yalpi hosil Ekin maydoni Hosildorligi Eksport xajmi
Y Xi X2 X3
(SAB) (MR) (UM) (SAB (MR (U (SA (MR (U (SAB) (MR) (UM)
ming s ming ming ) ) M) B) ) M) ming ming ming
s s m.g a m.g a m.g a s/g a s/g a s/g a $ $ $
Haqiqiy xolati
201 62624, 16763, 9792, 173, 235, 127, 252, 92,6 90,8 31803 34696 29609
0 3 3 8 0 3 9 5 8,4 6,5 7,0
201 68288, 18206, 10720 175, 244, 127, 263, 97,3 97,8 45586 46969 52209
1 3 3 ,6 4 3 1 7 7,1 5,7 3,5
201 74591, 19817, 11798 183, 250, 126, 265, 104, 108, 21130 37162 22743
2 2 1 ,9 8 9 9 6 7 6 8,0 5,5 1,4
201 80879, 21438, 12940 189, 254, 127, 270, 112, 116, 45316 35302 13190
3 4 6 ,2 4 6 8 9 3 1 7,2 1,1 5,1
201 87538, 23064, 13970 192, 261, 128, 268, 116 120, 56477 30900 31249
4 8 9 ,2 0 9 9 3 7 0,9 0,3 3,5
201 93900, 24679, 15181 194, 266, 128, 271, 128, 133, 48442 30339 35001
5 4 4 ,9 0 4 3 0 1 1 5,9 9,6 1,4
201 10000 26128, 16131 206, 279, 131, 271, 134, 142, 18958 44995 14210
6 0,0 6 ,3 0 6 2 1 5 3 3,7 0,1 1,6
201 10000 26149, 16255 189, 271, 114, 253, 118, 157, 22444 53996 15950
7 0,0 2 ,1 7 6 5 6 3 0 7,6 2,2 4,0
201 97603, 27062, 15897 219, 319, 113, 237, 121, 157, 31886 56018 17972
8 2 5 ,8 0 2 3 1 6 5 9,2 3,8 0,9
201 10000 27527, 16033 220, 336, 120, 235, 118, 153, 54810 59116 22373
9 0,0 2 ,1 0 6 2 6 5 5 3,5 8,2 1,9
202 10000 28639, 16391 224, 341, 125, 246, 114, 145, 41389 59435 18825
0 0,0 8 ,9 2 1 9 0 5 7 2,5 9,9 3,3
202 98767, 28936, 16212 226, 343, 129, 246, 119, 146, 48714 59921 19932
1 4 3 ,3 2 7 4 7 3 4 2,2 2,1 3,2
Prognoz xolati
202 10123 29327, 16787 228, 344, 130, 248, 122, 148, 50232 61253 20175
2 6,3 2 ,3 7 2 9 1 3 2 1,4 3,5 6,0
202 10474 29786, 17223 230, 345, 131, 251, 127, 149, 50478 62178 22011
3 8,8 8 ,3 1 9 1 3 8 9 4,7 4,4 3,5
202 10844 30194, 17819 236, 351, 132, 253, 132, 151, 50548 65595 22579
4 1,2 1 ,3 2 2 9 9 1 7 7,1 6,3 7,3
202 11299 30788, 18825 238, 353, 134, 255, 134, 155, 50964 66712 23255
5 8,3 4 ,6 3 6 5 6 7 5 2,2 2,8 6,0
Xulosa
Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, endogen va egzogen omillar bo'yicha prognoz natijalari keyingi yilda oldingi yiliga nisbatan 2 foizdan oshmasligigaa qaramasdan meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosil va u bilan bog'liq bo'lgan omillar xar yili o'sishga erishar ekan. Bunda meva-sabzavot tarmoqlarining yalpi hosili ko'rsatkichlari qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab chikarish uchun ajrati'ladigan ekin maydoni, hosildorlik va eksport xajmi ko'rsatkichlari bilan chambarchas bog'liqdir. Olingan natijalarga asosan meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosil ko'rsatkichida 2025 yilda 2021 yilga nisbatan mos ravishda meva - rezavorlar 7,5 foizga, sabzavotlar 11,3 foizga, uzum esa 14,9 foizga o'sishi bashorat qilinadi. Bashorat qilinayotgan yalpi hosil ko'rsatkichida 2021 yilda meva - rezavorlar 19,7 foizni, sabzavotlar 68,9 foizni, uzum esa 11,3 foizni tashkil etsa, 2025 yilga kelib esa bu ko'rsatkich meva - rezavorlar bo'yicha 18,9 foizga, sabzavotlar bo'yicha 69,5 foizga, uzum bo'yicha 11,6 foizga teng bo'lishi kuzatiladi. Qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab chikarishida hosildorlik yalpi ichki hosilga ta'sir etuvchi eng muhim ko'rsatkich bo'lib hisoblanadi. Shuningdek, olingan bashorat natijalariga asosan eksport xajmi 2025 yilda 2021 yilga nisbatan meva-rezavorlarda 12,2 foizga, sabzavotlarda 23,1 foizga, uzumchilikda esa 23,5 foizga o'sishi kuzatilmoqda. Respublikada meva-sabzavot tarmoqlari bo'yicha yalpi hosil va u bilan bog'liq bo'lgan omillar ko'rsatkichlarining bu darajada o'sishi mamlakat iktisodiyoti rivojlanishining ijobiy dinamikasini ko'rsatadi. Shu bilan bir qatorda eksportni rivojlantirish uchun eksportga mo'ljallangan navlarni aniqlash, mahsulotlar reklamasini to'g'ri tashkil etish, meva-sabzavot va uzum mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bo'yicha ilg'or jahon tajribalarini o'rganish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish bilan shug'ullanadigan xorijiy investorlarni kengroq jalb etish zarurdir va buning nati'jasida mamlakatda meva-sabzavotchilik tarmog'i mahsulotlari yetishti'rish va eksport qilishni yanada oshirishga imkon yarati'ladi.
Shunday qilib, ichki va tashqi bozorlarda talab o'zgarishini hisobga olgan holda mahsulot yetishti'rish va qayta ishlash sanoati tarmoqlarini joylashtirish, mahsulotlar sifati' va narxiga oid raqobatbardoshlikni ta'minlash hamda mahsulotlar bozorlarini tartibga solishda asosiy ustuvor vazifalarni belgilash asosida eksportga yo'naltirilgan meva-sabzavot mahsulotlari yeti'shti'rishni ko'paytirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengayti'rish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish va eksport uchun qulay shart-sharoitlar yarati'sh hamda bu masalalarni yechishda ekonometrik modellar va usullar hamda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish zarurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
Briiko V.G., Pshenichnikov A.A. Modern problems of forecasting and developing agriculture, Journal of Basic Research, No. 12 (part 4), 2015, p. 762-765
Бакиев А.Р., Бакиева И.А., y/wyp3oKoB Ж.Ш. Перспективы развития прoизвoдства и экспoрта плoдooвoщнoй прoдукции в Узбекистане, Экoнoмика и финансы, Т., 2017, с.10-19
Дурманов А.Ш. , Хидирова М.Х. Меры по увеличению объемов экспорта плодоовощ-ной продукции, Журнал Economics, Т., 2017, с.1-5
Mirziyoyev SH. «Xarakatlar strategiyasi 2017-2021» kitobi, T., Adolat nashriyoti, 2017, 112 b. Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish, sohada qо'shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qо'shimcha chora-tadbirlar tо'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, T., Xalq sо'zi gazetasi, 12 dekabr 2019
Постановление Президента республики Узбекистан "О мерах по расширению и углублению сотрудничества республики Узбекистан с продовольственной и сельско-хозяйственной организацией ООН, Международным фондом сельскохозяйственного развития ООН и всемирной продовольственной программой ООН, г. Ташкент,15 декабря 2020 г., № ПП-4922
Статистические материалы Государственного комитета Республики Узбекистан по статистике. www.stat.uz
Тургунов Т. Вопросы прогнозирования урожайности сельскохозяйственных культур с помощью методов математического моделирования, International scientific journal «Global science and innovations 2021: central asia» Nur-Sultan, Kazakhstan, 2021, с.57-63
Тургунов Т., Гаибназаров С. Эконометрические методы решения проблем агроэконо-мического прогнозирования, Журнал "Наука, техника и образование" № 4(57), 2019, с. 72-77
Тургунов Т.Т., Менгноров А.А. Математические методы прогнозирования сельскохозяйственных производств: Вестник науки и образования, № 24 (102).часть 3, М., 2020, с. 26-30 Тургунов Т.Т., Махмудова Н.Р. Эконометрические исследования при прогнозировании повышения урожайности сельскохозяйственных культур Журнал Достижения науки и образования, № 6 (47), 2019, с. 4-7
T. Turgunov, N. Makhmudova: Ways of using mathematical methods and ICT in the economic development of livestock industries, Sci. Elec. J. Matrix of scientific knowledge. 3, (2019), 36-42.
Fayzullayeva T.R., Ikromova S.A., Rustamova D.R Meva-sabzavotchilik sohasini rivojlanti'rishning nazariy va amaliy asoslari hamda mamlakat iqtisodiyotidagi о'гп "Iqti'sodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 6, noyabr-dekabr, 2018 yil, 1-9 b.
Sherkul Rakhmanov, Ibrohim Habibullaev, Akbar Jumaev, and Tolib Turgunov Mathematical modeling and forecasting of seasonal characteristics of tourist flow/CONMECHYDRO-2021, E3S Web of Conferences 264(57):01042 (2021), https://doi.org/10.1051/e3sconf/ 202126401042
Sh Rakhmanov, T T Turgunov, Z K Kusharov, and A A Mengnorov Econometric methods for solving problems of analysis and forecasting dynamics of yield of agricultural crops, ICECAE 2020, IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 614 (2020), Scopus, OPEN ACCESS