Научная статья на тему 'DAVLAT VA DIN: JAMIYAT TARAQQIYOTINING TARIXIY EVOLYUTSION ASOSLARI'

DAVLAT VA DIN: JAMIYAT TARAQQIYOTINING TARIXIY EVOLYUTSION ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
758
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy plyupalizm / davlat / din / mentallitet / siyosat. / религиозный плюрализм / государство / религия / менталитет / политика.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Alimova G‘Unchaxon Baxadirovna

Ushbu maqolada davlat va dinning jamiyat taraqqiyotini tarixiy evolyutsion asoslari, davlat va din o‘rtasidagi aloqa va munosabatlari, vijdon erkinligi tamoyili va davlatning dunyoviylik tamoyili, o‘zlikni anglash masalasi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ГОСУДАРСТВО И РЕЛИГИЯ: ИСТОРИЧЕСКАЯ ЭВОЛЮЦИОННАЯ ОСНОВА РАЗВИТИЯ ОБЩЕСТВА

В данной статье говорится об исторических эволюционных основаниях государства и религии в развитии общества, о соотношении государства и религии, о принципе свободы совести и принципе светскости государства, о проблеме самосознания.

Текст научной работы на тему «DAVLAT VA DIN: JAMIYAT TARAQQIYOTINING TARIXIY EVOLYUTSION ASOSLARI»

DAVLAT VA DIN: JAMIYAT TARAQQIYOTINING TARIXIY EVOLYUTSION ASOSLARI

Alimova G�unchaxon Baxadirovna

Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi.

e-mail:alimovag�uncha@gmail.com: +998990185433

https://doi.org/10.5281/zenodo.8265911

Qabul qilindi: 17.08.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-08-18-24

UDK: 930.85

Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat va dinning jamiyat taraqqiyotini tarixiy evolyutsion asoslari, davlat va din o�rtasidagi aloqa va munosabatlari, vijdon erkinligi tamoyili va davlatning dunyoviylik tamoyili, o�zlikni anglash masalasi haqida so�z boradi.

Kalit so�zlar: diniy plyupalizm, davlat, din, mentallitet, siyosat.

STATE AND RELIGION: HISTORICAL EVOLUTIONARY BASIS OF SOCIETY DEVELOPMENT

Annotation: This article talks about the historical evolutionary foundations of the state and religion in the development of society, the relationship between the state and religion, the principle of freedom of conscience and the principle of secularism of the state, and the issue of self-awareness.

Key words: religious pluralism, state, religion, mentality, politics.

KIRISH.

Davlat va din o�rtasidagi o�zaro ta�sir turli hil va dinamik jarayondir. Jamiyatning juda murakkab quyi tizimlari bo�lgan siyosat va din turli xil mentallitet, faoliyat, madaniyat, institutsional shakllanishlar va boshqa ijtimoiy ko�rinishlarda munosabatlarga kirishadi. Davlat va din o�rtasidagi aloqa va munosabatlarning tabiati vaqt va makonda ko�plab o�lchovlarda farqlanadi. Bu borada tarix birlashishgacha bo�lgan yaqin hamkorlik hamda dinni jamiyat hayotining turli xil kesishmaydigan yo�llariga ajratishlishi kabi ko�plab misollarni ko�rsatadi.

�Siyosat� va �din�ga kontseptual yondashuvlarning ko�pligini hisobga olgan holda shuni ta�kidlash joizki, ushbu tadqiqotda siyosat deganda ijtimoiy guruhlar va shaxslarning davlat hokimiyati yordamida amalga oshiriladigan qarorlarni ishlab chiqish faoliyati hamda manfaatlarni ifodalashda amalga oshiriladigan tarixiy-ijtimoiy tizim tushuniladi [1]. Din esa jamiyat ma�naviy hayotining sohalaridan biri, individual yoki guruh shakllarida amalga oshiriladigan, shu jumladan, turli diniy birlashmalar shaklida institutsionallashgan �dunyoning amaliy-botiniy rivojlanish yo�li� [2] sifatida qaraladi va talqin etiladi.

TADQIQOT OBYEKTI VA METODLARI.

Dinning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatining dolzarblashuvi uning umumiy referent kontekstidagi o�rni va rolini tushunish zaruriyatiga olib keladi, bu tadqiqotda tarixiy jarayonlarda dinning ijtimoiy tabiati, uning o�zaro ta�siri ijtimoiy tizimlar hamda hodisalar majmuasi sifatida talqin etishga harakat qilamiz.

Piter Berger o�zining oldingi qarashlarini [3] qayta ko�rib chiqib, �desekulyarizatsiya� [4] davrining kelishi haqidagi tezisni batafsil asoslab bergan paytdan boshlab diniy uyg�onish haqiqati tarix, jamiyatshunoslik va siyosatshunoslik kabi fanlarni qamrab olgan fanlararo tadqiqotlarning muhim elementiga aylandi. Dunyoning desekulyarizatsiyasi namoyon bo�lishining [5]ba�zan noaniq hususiyatiga va ijtimoiy modernizatsiya sharoitida turli xil natijalarga qaramay, aynan siyosiy sohada diniy uyg�onish hozirgi kun tartibidagi eng aniq va dolzarb tendensiya sifatida namoyon bo�ladi. X.Kazanova ta�kidlaganidek, �zamonaviy dunyoda dinni �xususiylashtirish� haqidagi tezis endi na normativ, na empirik dalillar bilan himoyalanmaydi� [6]. J.Kormaning so�zlariga ko�ra, "so�nggi bir necha o�n yilliklar ichida din asta-sekin butun muhitimizga kirib bordi va, ehtimol, bizning eng muhim faoliyatimizning biriga aylandi" [7].

Zamonaviy ilmiy leksikonga faol kiritilgan ta�riflar: "desekulyarizatsiya", "dinning qaytishi", "dinni deprivatizatsiyasi", "diniy renessans" tushunchalari zamonaviy tadqiqotchilar ishlanmalarida alohida e�tiborni talab qiladigan hozirgi ijtimoiy voqelikning belgisiga aylangan. Ularning ahamiyati dinning hozirgi jonlanishining sabablari va o�ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish bilan izohlashimiz mumkin.

Avvalo shuni ta�kidlash kerakki, �diniy renessans hodisasi ma�naviy tiklanish hodisasi bilan to�g�ridan-to�g�ri bog�lik emas, garchi u bilan keng miqyosda kesishuv liniyalariga ega bo�lsada� [8]. �Dinning davlat siyosatiga qaytishi� [9], birinchi navbatda, uning (dinning) chuqur ijtimoiy-madaniy xususiyatlari bilan bog�liq bo�lib, identifikatsiyaning etnik omili bilan ham o�zaro aloqadorlikda kechadi. Dinning o�ziga xoslikning (identichnost) madaniy va milliy mezoni xususiyatlariga ega ekanligi azaldan ma�lum. Biroq, dunyoda zamonaviy tarixiy o�zgarishlar va tendensiyalar dinga uning sivilizatsiyaviy ahamiyati nuqtai nazaridan teleologik qiziqishni qayta tikladi.

Borliqni birlashtiradigan va standartlashtiradigan globallashayotgan dunyoning muammolaridan biri bu milliy (etnik) jamoalarning o�ziga xosligini saqlab qolishini xavf ostida qoldirmoqda. Milliy chegaralarning nafaqat hududiy, balki, eng avvalo, sosiomadaniy jihatdagi xiralashuvi �o�zlikni anglash to�g�risidagi tashvish genezisini� rag�batlantirib, sotsiumni birlashtiruvchi etnik tamoyilni izlashni kuchaytirdi [10]. Shu nuqtai nazardan, dinga bo�lgan qiziqish uning milliy va sivilizatsiyaviy aloqalarning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Din tarixiy inersiyaga ega. Boshqa ijtimoiy hodisalarga qaraganda, modernizatsiya unga kamroq ta�sir qiladi. Yoki, M.P.Mchedlovning fikri bilan izohlaganda: �uzoq tarixiy vaqt davomida o�zgarmagan tayanch qadriyatlar, uzoq muddatli omillar mavjud, ular ma�lum bir jamiyatning ko�plab avlodlariga xos bo�lib, nafaqat eng muhim, balki ularni aniqlashning barqaror ko�rsatkichlari sifatida ham harakat qiladi� [11].

Zamonaviy sivilizatsiyalar nazariyasida din omili aynan shu rolda ko�rib chiqiladi. Siviliografiya nazariyotchilari jamiyatning ibtidoiylikdan zamonaviylikgacha bo�lgan rivojlanishini ifodalagani holda, aynan sivilizatsiya rivojlanishning eng yuqori bosqichi ekanligini e�tirof qilishadi. Shu bilan birga, jahon sotsiumi bir qator xarakterli mezonlar bilan ajralib turadigan mahalliy sivilizatsiyalar majmuidir. Din, shu bilan birga, ma�lum bir sivilizatsiya hamjamiyatiga aralashishning juda muhim elementi sifatida ishlaydi. "Sivilizatsiyani belgilovchi barcha ob�ektiv elementlardan eng muhimi, ammo dindir" [12], deya ta�kidlaydi S.Xantington.

Sivilizasiyaviy yondashuvda dinning siyosiy ahamiyatining o�ziga xosligi zamonaviy tarixiy voqelikda sivilizatsiya nazariyasining dolzarblashuvi sabablarini tahlil qilganda yanada yaqqolroq namoyon bo�ladi. Dinning sosiomadaniy ahamiyatiga e�tiborning kuchayishi, kun tartibiga sivilizasiyaviy yondashuvni ilgari surish bir qancha omillar bilan bog�liq. Birinchidan, bu rivojlangan davlatlardagi jadal migratsiya jarayonlari va natijada mamlakat ichida yangi etno-konfessional jamoalarning shakllanishida namoyon bo�ladi. Bunday hodisa, xususan, zamonaviy G�arbiy Yevropa uchun juda xarakterlidir. Evropa hayotining iqtisodiy va ijtimoiy jozibadorligi Yevropaga kirmagan davlatlar vakillari uchun migratsiya motivi bo�lib xizmat qilmoqda. Bu esa, ko�plab Yevropa davlatlarida islom diniga e�tiqod qiluvchi muhojirlarning yirik guruhlarining shakllanishiga, ularni boshqa konfessional jamoalarga qaraganda ancha tez o�sib borishiga olib kelmoqda [13]. Yevropa jamiyatining islomlashuvi madaniy va sivilizasiyaviy gibridlashuv xavfini tug�dirmoqda. Evro-Islom fenomeni Yevropa uchun keskin masala bo�lib, hukumatlardan milliy va madaniy yaxlitlikni himoya qilish va saqlash bo�yicha fundamental qarorlar qabul qilishni talab qilmoqda. Shu munosabat bilan, Evropaning o�ziga xosligi (identichnost)ni izlash alohida dolzarblik kasb etib bormoqda.

AQSh prezidentlarining sobiq bosh maslahatchisi Patrik Byukenen zamonaviy sivilizatsiya taqdiri haqida fikr yuritar ekan: �Hozir tarix g�ildiragi teskari yo�nalishda aylanmoqda. Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa imperiyalarining nobud bo�lishi bilan boshlangan G�arbning buyuk chekinishi bu asrda Eski dunyoni qamrab olgan ikkinchi islom to�lqini fonida va Markaziy Osiyo va Xitoyning mintaqa xalqlarining bir vaqtlar yo�qotilgan �rlarini qaytarib olish xohish-istaklari ostida o�zining eng yuqori cho�qqisiga chiqdi� [14], deya ta�kidlaydi. Muallif demografik tahdidlar oldida 2050 yilgacha dunyoning etnik xaritasini tubdan qayta chizishni bashorat qilgan. Global o�zgarishlar Yevropa va Rossiyaga ta�sir qiladi. �Moskvaning Osiyoni tark etishi bir vaqtlar rus podshohlari va komissarlari tomonidan bosib olingan hududlarga xitoy va islom xalqlarining kirib kelishi muqarrardek tuyuladi�, deb yozadi Byukenen.

Ma�lumki, Yevropaning o�z siyosiy hamjamiyatini xristian qadriyatlari nuqtai nazaridan shakllantirishga urinishi Yevrokonstitutsiya loyihasini muhokama qilishda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Biroq, muqim migratsiya muammolari oldida Yevropa davlatlari o�zlarining multikultural standartlarini xristian an�analari bilan bog�lagani holda milliy o�ziga xoslikni saqlab qolish yo�nalishida qayta ko�rib chiqishga harakat qilmoqdalar. Yaqinda Fransiyada bo�lib o�tgan �dunyoviylik bo�yicha munozara�, bir qancha davlatlar rahbarlarining multikulturalizm siyosatini qayta ko�rib chiqish haqidagi bayonotlari, Germaniyada bo�lib o�tgan Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishiga qarshi noroziliklari bunga yorqin misol bo�ldi. Evropaning �chalkashliklari va ortga qaytishi", - deb hisoblaydi Din va siyosat instituti prezidenti A.A.Ignatenko uni "har qanday "harakat" samarasiz, yo�qotadigan va istalmagan bo�lib chiqadigan sugsvang bag�rikenglik holatiga olib keldi" [15]. Ikkinchidan, siyosiy mojarolarda diniy omildan �foydalanish� zamonaviy xalqaro va ichki munosabatlarning o�ziga xos xususiyatiga aylandi. C.Xantingtonning dinlararo va millatlararo to�qnashuvlar davri kelishi haqidagi bashoratlari o�z tasdig�ini topganidan beri, islom radikal ekstremizmi tahdidi masalasi ko�pchilik siyosiy forumlar kun tartibidan tushmayapdi. Masalan, ko�plab tahlilchilar Fransiyada 2005 yil kuzida sodir bo�lgan voqealarning sabablari orasida aynan islomiy kontekstiga ega diniy elementni ko�rishgan. Islomiy radikalizmning xuddi shunday "izi" 2005 yilda Buyuk Britaniyadagi teraktlarda ham izlangan edi. Masalan, Rossiyadagi har bir terror yoki zo�ravonlik harakati har doim "kavkaz millatiga mansub shaxs"ni aniqlash uchun harakat qilinadi [16].

Zamonaviy ijtimoiy fanlarda, jumladan tarixda dinni �uzoq va hal qilib bo�lmaydigan ijtimoiy-siyosiy to�qnashuvlarni qo�zg�atuvchi omil, shunchaki ramz emas, balki shaxsning ham, millat yoki elatning ham begona madaniyat ta�siriga qarshi turadigan �o�zagi� sifatida juda jiddiy qabul qiladi� [17]. Siyosat va din o�rtasidagi munosabatlarning o�ziga xos shakli sifatida etnokonfessional to�qnashuvlar hozirgi davrning yorqin belgisiga aylandi. Bu hodisaning yana bir misoli sobiq Yugoslaviya bo�lib, u harbiy-siyosiy harakatlar natijasida oxir-oqibat konfessiyaviy yo�nalish bo�yicha parchalanib ketdi. Pravoslav serblar, katolik - xorvatlar va musulmon - bosniyaliklar - ziddiyatli guruhlarning etnodiniy identifikatsiyasi shunday ko�rinishga ega edi. 3.Klimenko ta�kidlaganidek, �Yugoslaviyada va umuman Bolqonda boshqa �rdagidan ko�ra ko�proq darajada etnik faktor o�zining barcha ko�rinishlarida konfessiyaviy omil bilan murakkablashgan, u bilan to�liq imkonsiz bo�lib qolgan edi" [18].

XULOSA.

Tarixiy tahlildan ma�lumki, zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda davlat va din o�rtasidagi munosabatlar ikkita asosiy tamoyil � vijdon erkinligi tamoyili va davlatning dunyoviylik tamoyili asosida qurilgan. Ayrim tadqiqotchilar ko�proq jihatlarni ajratib ko�rsatishadi, ammo ular qaysidir ma�noda rivojlangan mamlakatlar diniy siyosatining konseptual asosiga aylangan ushbu ikkita asosiy tamoyilga tayanadi.

Bugungi kunda pedagogik tadqiqotlarda yoshlar ma�naviyatini yuksaltirish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik xissini shakllantirish, ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadida diniy-ziyorat turizmi sohasida ham ilmiy izlanishlar olib borilmoqda[19-21].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

[1]. ������� �.�., �������� �.�. �������� � �����������. -2010. - �. 18.

[2]. ������� �.�. ��������������. - 2004. - �. 223.

[3]. �.������ ������� ������� ���?�?�������� ������������� ����������� �������� ������� ������� �?������ �������� ?�?��� ����������� (Peter L. Berger, The Sacred Canopy (New York: Doubleday, 1967)

[4]. The desecularization of the world: resurgent religion and world politics (ed. P. L. Berger). � Washington, D. C: Grand rapids, 1999; Peter L. Berger. Secularization falsified, First Things February. - [����������� ������]. URL: http://www.firstthings.com/article/2008/01/002-secularization-falsified-1

[5]. ��������� �.�. �������������� ��������������, ���������� ���������� ���������

������������ ����������� ������� // �����������, �������, ������� � ������ � �� �������. - 2012. �1. -�.83-110. ����� �������� ��������������� ����������� ��������� ������������� � ���������������:

������������� �������������, ����������������� ������� ������� ������ ��������� ���� ����������������� � ����� ������������ ������� �������� �������, �������� ��������� ��� �������

�������������� ��� �����. � �. 106.

[6]. Casanova J Public Religions Revisited in Hent de Vries, ed., Religion: Beyond the Concept. Fordham University Press, 2008, - p. 102.

[7]. ����. �. ����������� ������ � XXI ����. ����������� � ������ �����������. - �.: ��������

���������������� ������������, 2012. - �. 5.

[8]. ������� �.�. ����������� ��������� ��� ���������� ����������: � ��������������� ������� //

��������������� ������. - 2007. �2. - �.34.

[9]. �������� �.�. ������� � ������������ ����������: ��������������� ������ �������������. - �. 144. ��.�����: Casanova J. Rethinking Secularization: a Global Comparative Perspective // Hedgehog Review. 2006. Vol. 8.No. 1 - 2; ��������� P. ������������� ������� � ����������� �������� �������������� // ��� ������������. -2010. �1.-�.30-38.

[10]. ����. �. ����������� ������ � XXI ����. ����������� � ������ �����������. - �.29.

[11]. ������� �.�. ����� ������� ����������� ������������. � ���������� ��������, ������� �� ������������ �������// ������� � ������������ ������ (����������� ������ � ����������������� ���������) / ���. ���. �.�. ������� - �.: �������� ���������� ���, 2008. - �. 16.

[12]. ���������� �. ������������ �����������. - �. ACT, 2003. - �. 48.

[13]. ������������� �.�. ������� ������������� �������� ����� �������� ������������� �������� ������

������� ������. // �������� - �������� ������, http://www.stoletie.ru

[14]. �������� ������ ��. ������ ������. - �.: ACT, 2003. - �. 57.

[15]. ��������� �.�. ����� �������������� ���������� � �������������� ����������� // �� ������� - 20 ���. 2010.

[16]. �������� �.�. ����������� ������ ��� ������ ������������ ������������� ��������: �� ����������

��������� �������: ����.... ����. �����, ����. ���������. 2010.

[17]. �������� �.�. ��������� ���� � ��������������� ������: �������� ���� ������������� ��������������� ������������� //URL:http://www.isras.ru/files/File/Publication/Izmenenie_mira_Rutkevich.pdf

[18]. �������� �.�. ����������� ������ 1990-� ��.: �������������������� ���������. // ������� � ��������. /

��� ���. �.� ��������� � �.�. ��������. - �.: ���������� ������������ ������������ (�������), 2007.

[19].NafasovD.Sh. Cultural tourism as a factor of development of social and cultural competences of students in tourist activity. //International scientific and practical conference cutting edge � science. � Shawnee, USA, 2020. 140 � 143 pages

[20].Nafasov D.Sh. Basic directions of development of tourist culture in student youth.//��������� ���, ������ �� ���������� ������� ����������. (�����?��� ��������� ���, ������ �� ���������� ������� ����������) (�������� ����� ������).�������,2019.5-���.�. 236-241 (13.00.00; � � 24).

[21].������� �.�. ��������� �������� ������������ �������� ����������� �� ���������-��������������� ����������. // ��� ������������. � ������, 2020. 5 � ���. � � 136 -139 (13.00.00; � � 31).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.