Научная статья на тему 'DARSNI TASHKILLASHTIRISHDA O’QITUVCHINING MAHORATI'

DARSNI TASHKILLASHTIRISHDA O’QITUVCHINING MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
891
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / metodika / tashabbuskorlik / mahorat / ta’lim / инновация / методология / инициатива / мастерство / образование

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdullayeva Charos Farxadovna

bugungi kunda darsni to’g’ri tashkillashtirish hr bir pedagogning muhim vazifasi. Bu unga vaqtni to’g’ri taqsimlashga va vaqtdan unumli foydalanishga imkon yaratib beradi. Ushbu maqolada shu kabi masalaga keng to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НАВЫКИ УЧИТЕЛЯ В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКА

сегодня правильная организация урока является важной задачей каждого педагога. Это позволяет ему правильно распределять время и эффективно его использовать. В данной статье подробно рассматривается этот вопрос.

Текст научной работы на тему «DARSNI TASHKILLASHTIRISHDA O’QITUVCHINING MAHORATI»

RESEARCH FOCUS | VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023

ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

DARSNI TASHKILLASHTIRISHDA O'QITUVCHINING MAHORATI.

Abdullayeva Charos Farxadovna

Guliston davlat Pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7628507 Annotatsiya: bugungi kunda darsni to'g'ri tashkillashtirish hr bir pedagogning muhim vazifasi. Bu unga vaqtni to'g'ri taqsimlashga va vaqtdan unumli foydalanishga imkon yaratib beradi. Ushbu maqolada shu kabi masalaga keng to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, metodika, tashabbuskorlik, mahorat, ta'lim НАВЫКИ УЧИТЕЛЯ В ОРГАНИЗАЦИИ УРОКА Аннотация: сегодня правильная организация урока является важной задачей каждого педагога. Это позволяет ему правильно распределять время и эффективно его использовать. В данной статье подробно рассматривается этот вопрос.

Ключевые слова: инновация, методология, инициатива, мастерство, образование.

TEACHER'S SKILLS IN LESSON ORGANIZATION

Abstract: today, proper organization of the lesson is an important task of every pedagogue. This allows him to allocate time correctly and use time effectively. This article deals with this issue in detail.

Key words: innovation, methodology, initiative, skill, education.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda o'qituvchi mahorati va darsni qay tarzda tashkillashtirishga keng to'xtalib o'tilgan. Qonun har bir o'qituvchidan tashabbuskorlik, mahorat, qiziqish, intilish, innovatsion g'oyalar bilan ishlashni talab qiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Dars ishlarida an'anaviy metodika bo'yicha ko'plab kamchiliklar haligacha yo'qolgani yo'q. Masalan, dars o'tish jarayonida ma'nosini anglamay, yod olish elementlari haligacha saqlangan. Ko'pchilik o'qituvchilar hozirgi zamon iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy hayotni yorita borib, yetilib qolgan muammolarni tahlil qilishga e'tibor berishmaydi, bapki o'quvchida materialning eng muhim joylarini yodlab olishni talab etadilar.

Bunday dars berishdan qochish kerak. O'quv jarayonini tashkil etishga yangicha sifat yondashuvi kerak. Shuning uchun maktabdagi formapizmni bartaraf etishga qaratilgan yangi g'oyalar, konstruktiv holatlar pedagogik jamoatchilik tomonidan katta e'tibor bilan kutib olinmoqda. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, pedagogik hamkorlik haqida aytish o'rinli. Bunday pedagogik hamkorlikning mualliflari o'qituvchi-novatorlar V. F. Shatalov, ye. N. Lisenkova, P. I. Volkov, M. P. Shetinin va boshqalar haqida gapirish mumkin. Pedagogik hamkorlik metodikasiga tayanib ishlansa, ancha yengil bo'ladi. Bu yerda o'qituvchi hotirjam, bolalar ham xotirjam, o'zaro ishonch, ularga yengil, o'qituvchi ham xursand. Quyida o'qituvchi-novatorlarning pedagogik hamkorlikka asoslangan ijodiy laboratoriyalari ishi bilan tanishimiz.

O'qituvchi oldida o'quvchilarni ta'limning umumiy mehnatiga jalb etishdek muhim vazifa tu-radi. Pedagogik hamkorlik oldingi pedagogikadan, bolalarni o'qishga tortishda o'qituvchi va o'quvchining birgalikdagi mehnati asosiga qurilganligi bilan xarakterlanadi. O'quvchilar bilan munosabatda novatorlik yondashuvining mohiyati shundaki, ijtimoiy sharoitlarning o'zgarishi ta'lim tizimida adekvativ o'zgarishlarni talab etadi. V. I. Juravlevning ta'kidlashicha, hamkorlik pedagogikasi nafaqat munosabatlar, balki bilish operasiyasining tuzilishini, bilimlarni jamoa

RESEARCH FOCUS | VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023

ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

bo'lib egallash va mustaqil bo'lib yakka tartibda ishlashni (eng yaxshi sherik bo'lish uchun) ham talab etadi.

Dars-oldin o'zlashtirilgan bilimlar bilan o'zlashtirishi lozim bo'lgan bilimlarni eslab takrorlab mustahkamlab olish orqali boshlanadi. Bu degani o'tilgan mavzular orqali ertangi mavzuga hozirlik ko'rish. Yangi mavzuni yoritish turli mashqlar yordamida mustahkamlash, darsga yakun yasash, xulosalash, baholash, vazifani topshirish bilan yakunlanadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Darsda o'quvchilarning faol yoki nofaolligi, o'qituvchining darsni qanday tashkil qilishiga bog'liq. Darsda o'quvchilarning bilim samaradorligini oshirish uchun yangi mavzuni maydalab bo'laklarga bo'lib o'tish tavsiya etiladi.

Darsni qanchalik o'zlashtirilishini turli xil masala va miosollar berib, tekshirish orqali maqsadga erishiladi.

O'tilgan mavzuni so'rash va takrorlab olish va yangi mavzuga oid bilim darajalarni aniqlash ularni baholash va yangi materialnio'zlashtirishga tayyorlash. O'qituvchi vaqtni tejash maqsadida yangi mavzuga oid atamalar, ko'rgazmalar, formulalarni oldindan doskaga ilib qo'ysa, yaxshi bo'ladi. Bundan tashqari yangi dars mavzusini ifodalovchi og'zaki savol yoki muammo qo'yish orqali amalga oshiriladi. Qo'yiladigan savol yoki muammoli vaziyat o'quvchilar uchun qiziqarli, ajablanarli va diqqatini o'ziga tortadigan bo'lishi lozim.

Yangi mavzuni yoritish- dars mavzusini kichik- kichik bo'laklarga bo'lib, ketma-ketlikda va mantiqiy bog'liqlikda, kerak bo'lganda boshqa fanlarga bog'lab ko'rgazmali tarzda turli xil o'qitish usullardan foydalangan holda berish lozim.

O'quvchilar faoliyatini dars jarayonida boshqarish mahorati ko'plab omillarga bog'liq. Shulardan eng muhimi o'z prеdmеtini o'quvchilarga qiziqarli qilib yеtkazishdan iborat. Olimlarning takidlashicha, qiziqish shaxsning barcha psixik jarayonlari va funktsiyalari, idrok, tasavvuri, diqqati, xaraktеri, fikrlashlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so'ng boshlang'ich sinflar uchun yangi dastur va darsliklar yaratildi. O'qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko'proq ahamiyat berilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, texnika vositalaridan foydalanishga ko'proq e'tibor berildi. Bolalarni qadimiy urf-odatlar, tarixiy-milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning dunyoqarashlarini shakllantirish, insonlarga xos eng yaxshi xislatlarni singdirish kabi g'oyalar, asosan, ular o'qiydigan asarlarda jamuljam bo'l mog'i lozim. Darhaqiqat, ta'lim va tarbiya birligini ta'minlash, bolalarni emin-erkin faoliyat ko'rsatishga undash orqali samarali natijalarga erishish mumkin. Ta'limning maqsadi o'quvchilarga jahon andazalariga mos bilim va malakalarni singdirishdan iborat bo'lsa, tirbiyaning maqsadi bolalarni hayot bilan tanishtirish (mehnat tufayli odamning baxt-saodatga erishishini, dangasalik, tanballik yomon oqibatlarga olib kelishini tushuntrish)dan iboratdir.

O'qish darslarining muhim jihatlaridan biri bolalarni yuksak e'tiqodli, ma'naviy yetuk, mas'uliyatni his eta biladigan qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu fazilatlarni yosh avlodga so'ngdirishda o'qituvchinini mahorati, ijodiy faoliyati muhim ahamiyatga molikdir. Ularda, avvalo, do'stlik, o'rtoqlik, doimo xayrli ishlarni amalga oshirishga intilish hissini uyg'otish bolalarni to'laqonli kamol topishlariga imkon beradi. O'qish darslarida bolalarning nafosatli bo'lib kamol topishlariga alohida e'tibor qaratiladi. "O'qish kitobi"dagi har bir asarning o'quvchilar tomonidan qiziqib o'qilishi va mazmunini berilib eshitishlariga erishish, ayrim matnlarni bolalarga ta'sir etishi uchun magnit tasmalariga yozib eshittirish ularning qabul qilish faoliyatini faollashtiradi. Badiiy asarda borliqni, voqelikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob'ektiv mazmun

RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833

| VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

va sub'ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega.

Dastur talablarini to'liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda o'qish ko'nikmalarini to'g'ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O'qish ko'nikmalari savod o'rgatishg jarayonida shakllanadi, o'qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.

O'qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qish kiradi. O'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O'qish malakasining sifatlari o'zaro bog'liq bo'lib, ularning asosiysi ongli o'qish hisoblanadi: o'quvchi matnni tez va to'g'ri o'qisa-yu, anglab o'qimasa yoki uning tez o'qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to'g'ri o'qisa-yu, o'ta sekin o'qisa, nutq birliklari orasida pauzalarga e'tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to'g'ri o'qish ongli o'qishga xizmat qiladi; to'g'ri, tez va ongli o'qish esa ifodali o'qishning asosi hisoblanadi. O'qish malakalarini egallash maktabda o'qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O'qish faoliyatning asosiy turi bo'lib, o'quvchilarni g'oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o'qish malakalarini o'stirish va takomil-lashtirish ustida sistematik va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi. O'qish malakasini egallash ancha murakkab bo'lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Yegorov o'zining «Ocherki psixologii obucheniya detey chteniyu» nomli asarida o'qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi, bunda so'zni bo'g'in-harf tomonidan tahlil qilish va bo'g'inlab o'qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so'zni sidirg'a o'qish harakterlidir; bunda so'zni ko'rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so'z ma'nosini anglash bilan asosan mos keladi. O'qish so'z ma'nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O'quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o'tadilar. Bundan keyingi yillarda o'qish avtomatlasha boradi.

MUHOKAMA

O'qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o'qish malakalarini takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

O'quvchilarning xulqini shakllantirish va irodasini tarbiyalashda har bir narsa haqida keltiriladigan misollar ularga ta'sir etishi, ularni hayajonlantirishi, quvontirishi lozim.

O'qish darslarining muhim jihatlaridan biri bolalarni yuksak e'tiqodli, ma'naviy yetuk, mas'uliyatni his eta biladigan qilib tarbiyalashdan iboratdir. Bu fazilatlarni yosh avlodga singdirishda o'qituvchinini mahorati, ijodiy faoliyati muhim ahamiyatga molikdir. Ularda, avvalo, do'stlik, o'rtoqlik, doimo xayrli ishlarni amalga oshirishga intilish hissini uyg'otish bolalarni to'laqonli kamol topishlariga imkon beradi. O'qish darslarida bolalarning nafosatli bo'lib kamol topishlariga alohida e'tibor qaratiladi.

"O'qish kitobi"dagi har bir asarning o'quvchilar tomonidan qiziqib o'qilishi va mazmunini berilib eshitishlariga erishish, ayrim matnlarni bolalarga ta'sir etishi uchun magnit tasmalariga yozib eshittirish ularning qabul qilish faoliyatini faollashtiradi.

Darslikda berilgan deyarli barcha asarlar o'quvchilarni ana shu ruhda tarbiyalashga yordam beradi. Har bir asardan so'ng berilgan savollar, topshiriqlar, maqol va hikmatli so'zlar bolalar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning ma'nosini uqib, kundalik ishlari, hayot faoliyatlarida qo'llashga, ularga rioya qilib ish yuritishga yordam beradi.

XULOSA

RESEARCH FOCUS | VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2023

ISSN: 2181-3833 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (4.597) | UIF (8.3)

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. I.A.Karimo."Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori".T."Sharq",1997-yil

2. O.Tursunov, S.Jamalov."Yoshlar tarbiyasida qadriyatlarimizning roli".T."Sharq"2000-yil.

3. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti va o'quv dasturidan. Boshlang'ich ta'lim.T-2017"Fan".

4. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanishi "Metodik qo'llanma "Toshkent-2013.

5. "Zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahorati, dars jarayonida interfaol usullardan foydalanish", Sobirov Shohjahon Achilvich.

6. "Yosh mutaxassis o'qituvchilar uchun metodik tavsiyalar", Nazarva Inobat Bobomurodovna.

7. Jabborov Saidvohid Toshqin o'g'lining amaliyot bo'yicha portfoliosi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.