RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
CLIL - ZAMONAVIY YONDASHUV SIFATIDA Qurbonova Maftuna Faxriddinovna
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i, p.f.f.d (PhD) [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7991746
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak pedagoglarni zamonaviy yondashuvlar asosida o'qitish, ularda komunikativ ko'nikmalarni shakllantirishda CLIL texnologiyasidan foydalanish afzalliklari haqida fikr yuritilgan
Kalit so'zlar: CLIL texnologiyasi, komunikativ ko'nikmalar, 21-asr ko'nikmalari, tabaqalashtirilgan o'qitish, raqamli vositalar, hamkorlikda o'qish, XXIasr talablari
Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida sifatli ta'lim berish, globallashuv davriga raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash dolzarb bo'lib kelmoqda. Ta'lim berish jarayonida ta'lim oluvchilarda zamonaviy ko'nikmalarni shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish, xalqaro yondashuvlar asosida mavjud metodikalarni yangilash zarurati ortmoqda. Zamonaviy ko'nikmalar sifatida e'tirof etilayotgan chet tillaridan foydalana olishga qaratilgan yondashuv va metodlarni yaratish ilmiy izlanuvchilarning, xususan pedagoglar oldiga qo'yilayotgan muhim talab va vazifalardan biridir.
Zamonaviy ko'nikmalar jumladan chet tillarini o'rganish va chet tillaridan foydalanishda bilish, tushunish, idrok etish, eslab qolishning muqobil va variativ usullarini aniqlash ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi.
Bugungi kunda zamonaviy ko'nikma va bilimlarni egallashda jahonning ilg'or va tajribadan o'tgan usullarini milliy o'qitish tizimiga joriy etsih ijobiy samara bermoqdi. Ta'lim beruvchi zamonaviy ko'nikmalarni o'rgatishda qanday usul yoki uslubda olib bormasin, sifat va natijaga xizmat qilishi zarur.
Shunday sifatli mexanizmlardan biri CLIL texnologiyasidir. CLIL texnologiyasi - ikki tillilikni amalga oshirish mexanizmi bo'lib, ta'lim oluvchi obyektlarda, ya'ni o'quvchida o'z ona tili bilan birgalikda o'zga tilni o'rganish imkonini beradi. CLIL so'zining ma'nosi - content bu "fan", "soha", "mavzu" bo'lsa, language - "til", intigratsion - "integratsiya, aloqadorlik", learning - "o'rganish" kabi inglizcha so'zlarning bosh harflari qisqartmasidan hosil bo'lgan tushunchani ifodalaydi. CLIL texnologiyasi o'rganiladigan yangi mavzuni, sohani, fanni xorijiy tilda, ya'ni o'zga tilda o'rganishni tavsiya etadi [1].
CLIL texnologiyasi asosida o'rganuvchi obyektda kengaytirilgan va integratsiyalangan holda kommunikativ ko'nikmalar shakllanadi. O'rganishi rejalashtirilayotgan mavzuni bir paytning o'zida chet tili va o'z ona tilisida o'zlashtirish kabi qo'sh maqsadlarni amalga oshiradi.
CLIL texnologiyasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti tajribasida boshlang'ich ta'lim yo'nalishi misolida tanlov fan sifatida talabalarga o'rgatilmoqda. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga bu fanni o'qitilishidan maqsad, birinchidan, talabalarda o'z ona tilidan boshqa chet tilini o'rganish ko'nikmasini shakllantirish bo'lsa, ikkichidan, boshlang'ich ta'limda o'rganiladigan fanlarda CLIL texnologiyalarini qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirishdir. Dastlab ingliz tili, filologiya yo'nalishlarida bu metodika ommalashgan va hozirda boshlang'ich ta'lim misolida birinchi marta o'quv fani sifatida to'rganilmoqda. CLILning maqsadi o'quvchiga, talabaga, ya'ni ta'lim oluvchi shaxsga jamiyatda faol hamda o'z o'rniga ega
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
bo'lishiga yordam berishi bilan birgalikda, mavzuni, matnni, hikoyani, materialni, bir so'z bilan aytganda, axborotni o'z ona tilisida emas o'zga tilda o'rganish imkoniyatini berishdan iboratdir.
CLIL texnologiyasi asosida ingliz tilini hamda o'rganilishi rejalashtirilayotgan kontentni har jihatdan mukammal o'rganish mumkin. Bu kabi texnologiyalar o'rganuvchining qiziqishlarini hamda bilishga va o'rganishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi. Ushbu texnologiya asosida ertak o'qish, hikoya o'qish, film ko'rish, qo'shiq eshitish va boshqa kundalik ishlarga ingliz tilini integratsiyalash asosida o'qiydi, ko'radi, tomosha qiladi, yoki eshitadi. Ya'ni badiiy asar yoki axborot matnini o'qimoqchi bo'lsa chet tilidagi kichik matlarni o'qishdan mutoalani boshlashi natijasida asar o'qish imkonini beradi hamda chet tilini o'rganish layoqatini oshiradi. Shu asosida yangi mavzu bo'yicha, xususan, matematika, tabiat, adabiyot va boshqa yo'nalishlarda ma'lumotga ega bo'ladi. Bundan tashqari yangi ma'lumot izlash, yaratish, ma'lumotni o'qiy olish, tinglay olish, eshitish, tushunish ko'nikmalari shakllanadi.
CLIL texnologiyasida yana bir ilgari surilayotgan g'oya passiv so'zlarni faollashtirish, ya'ni aktiv so'zlar qatoriga olib chiqishdir. Har bir foydalaniladigan so'z o'quvchi tilida passiv lug'at emas, aktiv lug'at holatida saqlanishi lozim. Aktiv so'zlar jamiyat a'zolari, so'zlovchi va tinglovchi nutqida tez-tez foydalaniladi hamda faol so'z sifatida barcha uchun tushunish va foydalanish xususiyatiga ega bo'ladi. Masalan, biz kundalik turmush tarzida til o'rganishda qancha ko'p ishlatadigan so'zlarimizni o'zga tildagi variantini, yozsak, muloqotda foydalansak, u til haqidagi bilimlarimiz oshib borishi bilan birgalikda o'rganish ko'nikmasi shakllanib boradi. CLIL texnologiyasi ham shu farazni ilgari suradi.
Xususan, quyidagi savollar orqali ushbu texnologiya, uning maqsadlarini oydinlashtirib olamiz:
CLIL texnologiyasi boshlang'ich sinf o'qituvchisiga nimaga kerak? Nima uchun boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga nima maqsadda o'tilmoqda va o'tilishi kerak? Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchiga, bolaga ilk bilimlarni beradi. O'quvchining o'zga tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini to'g'ri yo'naltirgan holda dars jarayonini olib borish ham ayni dolzarbdir. Demak, boshlang'ich sinf o'qituvchisi 1 kunda 4-5 soat davomida sinfdagi o'quvchilar bilan muloqotda bo'ladi, chet tili o'qituvchilari esa hafta davomida 2 soat o'quvchilar bilan muloqot qiladi. Ingliz tili o'qituvchisidan ko'ra sinf rahbarining bolaga ta'sir doirasi kuchliroq bo'ladi. Boisi boshlang'ich sinf o'quvchilari har kuni tabiiy fan, matematika, ona tili va o'qish savodxonligi, texnologiya, tarbiya, tasviriy san'at fanlarida sinf rahbarlari bilan muloqotga kirishadilar. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi fanlardan o'tiladigan darsni to'g'ri va samarali rejalashtirgan holda kun davomida 10 tagacha ingliz tilida yangi so'zni o'rgata olish va nutqida qo'llay olish qobiliyatini rivojlantirish imkoniyatiga egadir. Mana shu afzalliklarni inobatga olgan holda boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'ziga biriktirilgan sinfda matematika fani, tabiiy fanlar, ona tili va o'qish savodxonligi, tarbiya fanlarini o'tish jarayonida CLIL texnologiyasidan foydalanishi o'rinli bo'ladi. Shubhasiz, mana shu jarayonda bolada tilni o'rganishga bo'lgan qiziqish ortadi. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchisi olamni, tabiatni, borliqni, umuman olganda, jamiyatni sinf rahbarining ko'zi, nigohi, dunyoqarashi ko'radi o'rganadi, ilg'aydi va tushunadi.
REFERENCES
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
1. Abramova N.V. Yuridik maktabda chet el tilida ishbilarmonlik aloqasini o'rgatish // O'rta va oliy ta'lim tizimidagi chet tili: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Penza -Moskva - Rasht: "Sososfera" ilmiy nashriyot markazi, 2011. - 209-211-betlar.
2. M.Xoldorova, N.Fayziyeva, F.Rixsittilayeva. Chet tilini o'qitishda yordamchi vositalardan foydalanish. Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU. 2018.
3. Qurbonova M.F. O'quvchilarning o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishda kouching metodikasi // Maktab va hayot. - Toshkent, 2020. Maxsus son №1, - B. 8-10.
4. M.F.Qurbonova, Individual ta'lim - innovatsion o'qitish usuli. Academic Research in Educational Sciences, Volume 4, Issue 3, 2023. -B. 394-399.