Научная статья на тему 'CHОLG‘U IJRОCHILIGINI О‘RGАNISHDА О‘QITUVCHI VА О‘QUVCHINING О‘ZАRО MUNОSАBАTI'

CHОLG‘U IJRОCHILIGINI О‘RGАNISHDА О‘QITUVCHI VА О‘QUVCHINING О‘ZАRО MUNОSАBАTI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
44
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqа / mаdаniуаt / sаn’аt / mа’nаviуаt / chоlg‘u / individuаl хususiуаt / pеdаgоgik mаhоrаt / psiхоlоgik уоndаshuv

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — M Rаfiqоv

Mаzkur mаqоlаdа chоlg‘u ijrоchiligini о‘rgаnishdа о‘qituvchi vа о‘quvchining о‘zаrо munоsаbаti, ustоz-shоgird аn’аnаlаri, о‘quvchining chоlg‘uchi sifаtidа shаkllаnishidа о‘zigа хоs usullаr hаmdа rivоjlаnish tаrаqqiуоti hаqidа fikrmulоhаzаlаr уuritilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHОLG‘U IJRОCHILIGINI О‘RGАNISHDА О‘QITUVCHI VА О‘QUVCHINING О‘ZАRО MUNОSАBАTI»

CHOLG'U IJROCHILIGINI O'RGANISHDA O'QITUVCHI VA O'QUVCHINING O'ZARO MUNOSABATI

M.Rafiqov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada cholg'u ijrochiligini o'rganishda o'qituvchi va o'quvchining o'zaro munosabati, ustoz-shogird an'analari, o'quvchining cholg'uchi sifatida shakllanishida o'ziga xos usullar hamda rivojlanish taraqqiyoti haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, madaniyat, san'at, ma'naviyat, cholg'u, individual xususiyat, pedagogik mahorat, psixologik yondashuv

THE RELATIONSHIP OF TEACHER AND STUDENT IN LEARNING

INSTRUMENT PERFORMANCE

M.Rafikov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the interaction between the teacher and the student in the study of musical performance, the teacher-student tradition, the unique methods of the formation of the student as a musician, and opinions about the progress of development shot.

Keywords: music, culture, art, spirituality, musical instrument, individual characteristics, pedagogical skills, psychological kinship

Cholg'u ijrochiligi, xususan torli cholg'ular ijrochiligi fanlaridan ta'lim berish o'qituvchidan nafaqat chuqur bilim va ko'nikma balki, o'quvchi bilan ishlash qobiliyatini ham talab etadigan ishdir. O'qituvchi uchun faqat mohir sozanda bo'lishning o'zi yetarli bo'lmay, undan pedagogik fikrlash, o'quvchining ichki dunyosiga ko'ra bilish, uning individual xususiyatlarini hisobga olish kabi sifatlarga ega bo'lish ham talab etiladi. Cholg'u ijrochiligidan ta'lim beradigan o'qituvchi umumiy pedagogika va psixologiya sohalaridan ham xabardor bo'lishi maqsadga muvofiqdir. O'qituvchi o'z o'quvchisiga xaqqoniy va talabchan yondoshgan holda, kundalik hayot muammolarini to'g'ri hal qilishga o'rgatishi muhimdir.

O'qituvchilar o'quvchidagi har bir noaniq harakatlarni o'z vaqtida ilg'ab oladilar. Odatda ayrim o'quvchilar paydo bo'lgan muammoni asosan bir taraflama, voqeaning emotsional tarafiga asoslangan holda hal etishga harakat qiladilar bu holat to'g'ri yechim emas. O'z o'quvchisining tabiatini yaxshi o'rganib, tushungan o'qituvchi

ffciTii^^Bl 221 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

bunday paytda talabaga muayyan holatdan to'g'ri xulosa chiqarib olishda yordam berishi kerak. O'z fikrini doimo xaqiqiy fikrga asoslangan holda ishontirish yo'li bilan tushuntirish o'qituvchidan nafaqat pedagogik mahorat balki, psiхologik yondashuv talab etadi. O'zaro ishonch va yaxshi munosabatning paydo bo'lishida o'qituvchining xulqi, muomala madaniyati katta ahamiyatga ega. O'quvchilar o'zlari yoqtirgan o'qituvchilarga taqlid qilishlari yaxshi ma'lum. Agar o'qituvchining so'zi bilan amaldagi ishlari orasida to'la mutanosiblik, bo'lsa, o'quvchilarning shu o'qituvchiga bo'lgan hurmati yanada ortadi. O'qituvchiga nisbatan oddiy va samimiy munosabatda bo'lish o'qituvchilarning asosiy vazifasidir. Qo'pol muomalada bo'lgan o'qituvchilar oldida o'quvchilar kamgap bo'lib, haqiqiy munosabatlarni berkitishga harakat qiladilar. Ba'zi o'quituvchilar o'z o'quvchilarining boshqa o'qituvchilar sinfidagi ishlar bilan tanishishlariga qarshilik ko'rsatadilar.

O'quvchida namoyon bo'layotgan ijodiy intilishga hech qachon qarshilik ko'rsatish kerak emas. Undagi kelajakka bo'lgan umid va ishonchni qo'llab-quvvatlash yuksak natijalar sari yo'l ochadi. O'zidan avvalgi o'qituvchilarning ishini tanqid ostiga olish o'quvchiga salbiy ta'sir ko'rsatib, o'qituvchiga bo'lgan ishonchga putur yetkazishi mumkin. Pedagogik qobiliyat - insonning boshqa sifatlari kabi amaliy ish faoliyatida rivojlanib boradi. Pedagogik qobiliyat bilimlarni o'quvchilarga aniq, ravon, tushunarli va qiziqarli qilib yetkazish, o'quvchining psixologiyasini tushunish, bajariladigan ishda o'xshashliklarga yo'l qo'ymaslik, o'z faoliyatini tanqid va tahlil qila olish kabilarni o'z ichiga oladi.

Bundan tashqari, o'qituvchi ba'zi tashkiliy ishlarni ham amalga oshirishi muhim, bular: ishni rejalashtirish, aniq sharoit va o'quvchining imkoniyatlarini hisobga olgan holda sinf va uy mashg'ulotlarini tashkil etish va boshqalar. O'qituvchi xarakteridagi individual hususiyatlar tarbiya ishida katta ahamiyatga egadir. Yuqoridagi ishlarni yuzaga chiqishi uchun o'qituvchilardan irodali bo'lish, maqsadga to'g'ri intilish, talabchanlik bilan har bir ishni o'z vaqtida oxiriga yetkaza olish, qiyinchiliklarni yengishda mardlik ko'rsata olish kabilar talab etiladi. Ta'lim ishining muvaffaqiyatli bo'lishi o'quvchining kamchiliklarini tushuntirish va ularni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatishga bog'liqdir. O'quvchi bilan bo'lgan muomalada o'zini tuta bilamaslik, jahldorlik va boshqa shunga o'xshash kamchiliklar o'qituvchi obro'siga putur yetkazadi. Muomalada o'ta to'g'rilik, qat'iylik va kamtarinlikni o'quvchilar yaxshi qabul qiladilar. O'qituvchi o'z bilimini to'xtovsiz to'ldirib borishi kerak. U maxsus adabiyotlar bilan qiziqishi, mashhur o'qituvchilar tajribasini o'rganishi, shaxsiy tajribasini tahlil qilib, umumlashtira olishi lozim. Bunday o'qituvchilarning darslari doimo qiziqarli va mazmunli o'tadi.

O'quvchining ijodiy tasavvurini faollashtirish maqsadida aniq misollar tanlay olishning ahamiyati juda katta. O'quvchiga qanday musiqa asari yoqadi-yu, qanday asar ijro etish istagi borligini o'qituvchi albatta hisobga olishi kerak. Oldin aytib

rfccTii^^Bl 222 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'tilganidek, o'qituvchi o'z o'quvchilarning yuksak musiqiy didlarini shakllantirish bo'yicha kerakli ish olib borishi zarur. Umuman o'quvchi faol, u yoki bu muammoni mustaqil hal eta oladigan qilib tarbiyalanishi lozim. Bu o'quvchining individual imkoniyatlari rivojlanganligiga bog'liq. O'qituvchi o'quvchisining ijobiy va salbiy taraflarini chuqur o'rganib, o'zining tarbiyaviy ishini tashkil etadi. Har bir o'quvchining tarbiyasi o'ziga xos murakkab jarayon bo'lib, biri ikkinchisidan farq qiladi. O'quvchi mahoratining muhim taraflaridan biri har bir o'quvchidagi yaxshi xususiyatni vaqtida topib, o'nga e'tibor berishdir.

O'quvchi o'quvchining diqqat-e'tiborini qadrlashi, uning shaxsga hurmat bilan qarash kerak. O'quvchining iroda kuchiga aloqador bo'lmagan kamchiliklarni uning yuziga solish to'g'ri emas. Umuman, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchining shaxsini xaqoratlaydigan ko'rsatmalarga yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'quvchining professional obrazi uning umumiy madaniyati bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, o'quvchining nazoratida ekanini unutmaslik kerak. Birgina noto'g'ri qo'yilgan qadam yoki aytilgan so'z o'quvchiga bo'lgan xurmatni yo'qqa chiqarishi mumkin. O'quvchi ta'lim tarbiya jarayonida asosiy shaxs bo'lib, uning pedagogik mahorati va bilimi xaqiqiy ijroni shakllantirishda hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qiladi. Bu mahoratni rivojlantirishda boshqa o'qituvchilarning ishlari bilan tanishish juda katta ahamiyatga ega. Ilg'or pedagogika metodlarni yaqindan o'rganish tarbiya jarayonida uchrab turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda o'qituvchilarga yordam beradi. O'qituvchi o'z ishiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo'lishi, kasbdoshlarning maslaxatlarini to'gri qabul qilish kerak. O'qituvchilik katta quvonch baxt etish bilan birgalikda javobgarlik ham demakdir. Bizning mamlakatimizda o'qituvchilik katta xurmatga ega bo'lgan e'zozli hunar hisoblanadi. O'quvchi tufayli bilimlar poydevori o'rnatiladi, inson dunyoqarashi va xarakteri shakllanadi. Erkin fikrlash, mehnatkashlik, muhabbat, o'z-o'zini hurmat qilish, jamoa bilan ishlash, odamiylik kabi ijodiy sifatlar bevosita o'qituvchining ta'sirida tarbiyalanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Анисимoв С.Ф. Мoрaл и пoвeдeниe. - М., 1979

2. Выготский Л.С. Псиxoлoгия искyсствa / Л.С. Выготский. - М.: Высшaя шкoлa, 1987

3. Kurbonov M. Milliy tarbiya. T.: «Ma'naviyat» 2007

4. Лeвидoв А.М. OT нeпoсрeдствeннoгo вoсприятия литeрaтyрнoгo прoизвeдeния к глyбoкoмy пoнимaнию npo4rnaHHoro / А.М. Лeвидoв. // Библиoтeки СССР. - 1972. - ВЫПУСК 55

5. Тeплoв Б.М. 3aMeT^ псиxoлoгa при чтeнии xyдoжeствeннoй литeрaтyры / Б.М. Тeплoв. Избрaнныe труды: в 2 т. -М.: У

6. H. Nurmatov - Qashqar rubobi T. 2003.

ПссТВ^^В! 223 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / http://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 3 / June 2023

7. O'zbekiston Respublikasi madaniyati ishlari vazirligi -Rubob navolari T. 1993.

224

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.