Научная статья на тему 'CHAN MAKTABI (CHAN SZUN) TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI HAQIDAGI MULOHAZALAR'

CHAN MAKTABI (CHAN SZUN) TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI HAQIDAGI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xitoy Buddaviyligi / Chan maktabi (Chan szun) / Budda / Shakyamuni / Bodxixarma / “Lankavatara sutra” / Xuey-nen. / Chinese Buddhism / Chan School (Chan szun) / Buddha / Shakyamuni / Bodhicharma / "Lankavatara Sutra" / Hui-nen.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mamatqulova, Nilufar Xusanovna

Ushbu maqolada Xitoy buddaviyligi Chan maktabining rivojlanishi tarixi va falsafiy ta’limoti haqida mulohaza yuritilgan. Shuningdek, chan maktabining Uzoq Sharq falsafiy tafakkuri rivojiga ta’siri bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONSIDERATIONS ON THE FORMATION OF THE DOCTRINE OF THE CHAN SCHOOL (CHAN SZUN).

This article discusses the history of development and philosophical teachings of the Chan school of Chinese Buddhism . The article also highlights the Chan school influence on the development of philosophical thought in the Far East

Текст научной работы на тему «CHAN MAKTABI (CHAN SZUN) TA’LIMOTINING SHAKLLANISHI HAQIDAGI MULOHAZALAR»

CHAN MAKTABI (CHAN SZUN) TA'LIMOTINING SHAKLLANISHI

HAQIDAGI MULOHAZALAR

MAMATQULOVA Nilufar Xusanovna

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o'qituvchisi

mamatqulovanilufar1991 @bk.ru

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-245-250

Ushbu maqolada Xitoy buddaviyligi Chan maktabining ANNOTATSIYA rivojlanishi tarixi va falsafiy ta'limoti haqida mulohaza yuritilgan.

Shuningdek, chan maktabining Uzoq Sharq falsafiy tafakkuri rivojiga ta'siri bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Xitoy Buddaviyligi, Chan maktabi (Chan szun), Budda, Shakyamuni,

Bodxixarma, "Lankavatara sutra", Xuey-nen.

В данной статье рассматривается история развития и

4 тттт^гж, 4 ttt^tt философские учения Чанской школы китайского буддизма. В АННОТАЦИЯ . ТТ

статье также подчеркивается влияние школы Чан на развитие

философского мышления на Дальнем Востоке

Ключевые слова: китайский буддизм, школа Чань (Чань сзун), Будда, Шакьямуни,

Бодхичарма, «Ланкаватара Сутра», Хуэй-нэн.

This article discusses the history of development and philosophical

. „ _ . _ teachings of the Chan school of Chinese Buddhism . The article also

ABSTRACT У J J

highlights the Chan school influence on the development of philosophical

thought in the Far East

Key words: Chinese Buddhism, Chan School (Chan szun), Buddha, Shakyamuni, Bodhicharma, "Lankavatara Sutra", Hui-nen.

KIRISH

Chan maktabi Uzoq Sharq buddaviyligining eng xitoylashgan maktablari sirasiga kiradi. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra chan maktabi Xitoy buddaviyligining eng muhim, asosiy jihatlarini o'zida aks ettiradi. Shu bilan birgalikda quyidagi jihatni tan olmaslikning imkoni yo'q, yuqorida qayd qilingan tipologik hodisalar buddaviylikning boshqa an'analari uchun ham taalluqlidir. Masalan, hind maxasiddhalarining Budda holatini o'z tanasida his etishga yoki Dzog-chen tibet amaliyotini (ma'lum darajada Maxamudrani ham) o'ziga tatbiq etishga bo'lgan telbalarcha intilishini keltirish mumkin. Boshqa tomondan shuni qayd qilib o'tish zarurki, Chan ta'limotining Xitoy va mintaqaning boshqa davlatlari buddaviyligidagi ustunlik holatini o'sha davrda ushbu jamiyatlardagi rivojlanishning yuzaga kelgan tarixiy shart-sharoit bilan izohlash mumkin. Shuningdek, ushbu

245

www.birunijournal .uz

maktabning Uzoq Sharq buddaviyligiga ta'sirini inkor qilish va kamaytirib ko'rsatish mumkin emas.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mashhur olimlar Huai-Chin Nanning "The Story of Chinese Zen" hamda Xuan Chanxuaning "Xitoy Buddaviyligi maktablari ta'limotlarining mohiyati" asarlari metodologik manba sifatida foyladanildi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning tarixiylik, mantiqiylik, analiz, sintez va obyektivlik usulidan foydalanildi. Mazkur tadqiqot jarayonida Xitoy buddaviyligi Chan maktabining rivojlanishi tarixi va falsafiy ta'limoti jihatlari obyektiv ochib berildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maktabning nomlanishi uning mohiyatini aks ettiradi. Chan so'zi (channa so'zining qisqartirilgani) sanskritcha dxyana(mushohada, meditatsiya) so'zining transkripsiyasi bo'lib, buddaviylikning ushbu maktabining yoga, ruhiy amaliyotga yo'naltirilganligini ko'rsatadi. Ushbu maktabning yana bir, hammaga ma'lum bo'lmagan nomi - "Budda qalbi" maktabi (buddxa xridaya, fo sin szun) nomi ham mavjud1.

An'analarga ko'ra chan maktabini Budda Shakyamuning o'zi shogirdlari oldida gul ko'tarib va jilmaygan holda asos solgan ekan("Buddaning gul orqali targ'iboti"). Shogirdlar orasida Maxakashyapadan boshqa hech kim Buddaning bu harakatini tushunmagan ekan2. Maxakashyapa gul ko'tarib va jilmaygan holda javob qilgan ekan. Shu lahzada Maxakashyapada ruhiy uyg'onish(nurlanish, vahiy) ro'y berib, bu uyg'onish Budda tomonidan hech qanday yozma yoki og'zaki nasihatsiz, bevosita berilgan ekan. Chan maktabining ta'limotiga ko'ra ma'rifat, ziyoning ustozdan shogirdga to'g'ridan-to'g'ri uzatish("qalbdan qalbga") an'anasi o'sha hodisadan boshlangan ekan. Hindistonda Dxarma (bu yerda bodxi, uyg'onish, nurlanish) ustozlarning yigirma sakkiz avlodi orqali yetkazilgan, chan ta'limotiga ko'ra (albatta afsonaviy variant) yigirma sakkiz avlod ustozlari sirasiga Ashvagxosha va Nagarjuna kabi buyuk Buddaviylar kiradi. Hindistondagi mushohada qilish maktabining yigirma sakkizinchi (albatta bu raqamlanishni rasmiy buddaviylik dini tan olmaydi) ustozi sifatida Bodxixarma tilga olinadi. Bodxixarma Hindistonning janubidan bo'lgan braxman bo'lib, VI asr boshida Xitoyga buddaviylik targ'ibotchisi sifatida kelgan va Chan maktabining birinchi rahbari bo'lgan. Bodxixarmaning hayoti va ta'limoti haqida tarixiy haqiqatga yaqin ma'lumotlar yo'q. Uning hayoti haqidagi keyingi ma'lumotlar Chan maktabining asoschisini ulug'lash maqsadida ilgari surilgan bo'lib, haqiqatdan uzoqligi bilan ajralib turadi3.

1 Huai-Chin, Nan (tr. Thomas Cleary); The Story of Chinese Zen. Charles E. Tuttle Company, 1995. P-34/

2 Yma MaH6a, 36-6eT

3 McRae, John R. Seeing through Zen: Encounter, Transformation, and Genealogy in Chinese Zen Buddhism. — Berkeley: University of California Press, 2004. P-69.

246

www.birunijournal .uz

Shuni qayd etish lozimki, Bodxixarma Xitoyga umuman yangi bo'lgan mushohada usullarini olib kirgan va "Lankavatara sutra" ta'limotini ilgari surgan. Chan maktabi faoliyatining dastlabki bosqichida ushbu maktabni "Lankavatara maktabi" deb nomlashgan.

Chan maktabining ilk tarixi haqida ma'lumotlar kam. Chan maktabi VII-VIII asrlar oralig'ida Shimoliy va Janubiy maktablarga bo'linib ketdi. Bo'linishga uyg'onish(nurlanish, vahiy)ning lahzali, favqulodda (dun) yoki bosqichma-bosqich(szyan) xarakteri haqidagi bahslar sabab bo'lgan. Oltinchi rahbar Xuey-nen (713 yilda v.e.) shogirdi Xesze Shenxuey boshchiligidagi Janubiy maktab ta'limotiga ko'ra uyg'onish, nurlanish ongning tabiati bo'lgani holda, hech qanday sababga muhtoj emas va shogirdning kundalik, omi ongini nurlantiradi, oziqlantiradi. Janubiy maktab channi chaqmoq yashini singari lahzalik tezlikda ro'y beradigan jarayon deb baholaydi. Beshinchi rahbar Xun-jenning shogirdi Shen-syu boshchiligidagi Shimoliy maktab, aksincha, uyg'onish, nurlanishning bosqichma-bosqich xarakterini ilgari suradi. Shimoliy maktab bu holatni tong vaqtida zulmatning chekinishiga qiyoslaydi. Shuningdek, ko'p sonli aralash turdagi konsepsiyalar ham mavjud. Masalan, Szun-mi quyidagi nazariyani ilgari suradi, lahzali nurlanishdan so'ng u bosiqchma-bosqich takomillashib boradi (dun u szyan syu): quyosh to'satdan chiqadi (lahzali nurlanish), lekin tumanni sekin tarqatib, shudringni bosqichma-bosqich quritadi (adashishlarni va ularning asoratlarini bosqichma-bosqich bartaraf qiluvchi takomillashuv).

Shenxuey izdoshlari tomonidan "opportunistik" deb tamg'a bosilgan Shimoliy maktab IX asr o'rtalarida, balkim undan avvalroq o'z faoliyatini tugatgan edi. Janubiy maktab beshta yo'nalishga("xonadon" - szya) bo'linib ketdi. Ushbu yo'nalishlar mumtoz Chan maktablarini shakllantirdi, ulardan ikkitasi bugungi kunda ham mavjud bo'lib, zamonaviy Chan yo'nalishining vakillari hisoblanadi. Ulardan biri Linszi(yaponcha, Rindzay) "xonadoni" bo'lib, rohib Linszi I-syuan (811-866) tomonidan tashkil qilingan, ikkinchisi esa Saodun (yaponcha Soto)"xonadoni" bo'lib, ularning shakllanishi o'sha davrda yashagan ikki ustoz - Saoshan Ben-szi va Dunshan Lyan-szelarga borib taqaladi. Qolgan uch "xonadonlar" - Guyyan, Yunmen va Fayan XII-XIII asrlardan so'ng faoliyatlarini to'xtatishgan (Guyyan yo'nalishining ta'siri XI-XIII asrlarda Vetnamda o'zining cho'qqisiga chiqqan edi). VIII asrda mumtoz Channing shakllanishiga o'zining ulkan hissasini qo'shgan Ma-szu Dao-i quyidagi tamoyilni ilgari surgan edi: "Oddiy insonning aql-idroki - bu Daoning aql-idroki demakdir, oddiy insonning nutqi - bu Buddaning lafzi demakdir"4.

IX asrning o'rtalariga qadar Chan maktabi Tyantay yoki Xuayan maktablariga nisbatan kamroq ta'sirga ega edi. Tan imperatori U-szun (845 y.) o'sha vaqtda

o "W^^ffiw XyaH ^aHbxya. гэцзун ga h (Xhtoh BygaaBurämu MaKTa6^apH TamHMoraapuHHHr

moxuhth). Тaн6эн, 1973;142-6eT.

247

www.birunijournal .uz

saroyda katta ta'sirga ega bo'lgan daoslaming ta'siri ostida (imperator daoslardan abadiy hayot kechirish suyuqligini olmoqchi bo'lgan) buddaviylikka qarshi qonunlar qabul qildi, natijada buddaviy maktablar ta'qib qilindi. "Xuey-chan yillari" ta'qibi vaqtida Tyantay va Xuayan maktablari tanazzulga yuz tutdilar, buddaviylik ibodatxonalarning mulklari ommaviy tarzda musodara qilindi, rohiblar majburan dunyoviy hayotga qaytarildi. Lekin bu ta'qiblardan Chan maktabi zarar ko'rmadi, chunki chan rohiblarining o'sha vaqtlarda ibodatxonalari deyarli bo'lmagan, ular o'sha vaqtlarda Vinay maktabining ibodatxonalarida istiqomat qilishgan. Bundan tashqari chan rohiblari ishlab chiqarish bilan shug'ullanganlar(choy yetishtirganlar), bu holat chan rohiblarini tekinxo'rlikda ayblashlaridan qutqargan. Natijada X-XI asrlarda Chan maktabi yetakchi maktablardan biriga aylandi va ko'plab ibodatxonalar hamda ma'naviy ierarxiya yaratdi. Bu holat ilk Chan ta'limotining avtoritarizm va byurokratiyaga qarshi ruhiyatiga barham berdi. XI-XII asrlarda Chan maktabi muassasalarining shakllanishi jarayoni yakunlandi.

Chan maktabining asosiy tamoyillari quyidagi qoidalar hisoblanadi: "O'z tabiatingga diqqat bilan razm solgin va Buddaga aylanasan" va "Nurlanish qalbdan qalbga alohida vosita orqali, yozuv belgilariga tayanmasdan uzatiladi"5.

Chan maktabi mavhum falsafiy masalalar bilan shug'ullanishni qat'iy inkor qilsada, boshqa maktablarning tayyor falsafiy nazariya va qoidalaridan samarali foydalandi. IX asr boshida Xuayan maktabining sobiq beshinchi rahnamosi va Xesze (Xesze Shen-xuey) chan an'analarining oxirgi muhofazachisi Szun-mi Chan ta'limotiga szyao-chan va chji tamoyilini kiritdi. Unga ko'ra doktrina (szyao -Xuayan falsafasi nazarda tutilmoqda) va mushohada (chan ruhiy amaliyoti) mohiyatan bir ma'noni anglatadi. Buning natijasida "Avatamsaka sutra" Chan ta'limotidagi asosiy, hurmat qilinadigan matnga aylangan bo'lsa, Xuayan faylasuflarining asarlari - Chan ta'limotining nazariy asosi bo'lib xizmat qildi (xususan, Chan ta'limotining Fayan yo'nalishi Xuayan ta'limotiga yaqinlashgan)6.

Chan maktabi Xitoydan mintaqaning boshqa mamlakatlariga tezlik bilan tarqalgan. Chan (vetnam. txien) ta'limoti X-XIV asrlarda Vetnamda hukmronlik qilgan Ilk Li i Chan sulolasi imperatorlarining rasmiy mafkurasi vazifasini bajardi. Ushbu sulolaning aksariyat imperatorlari chan maktabi rohibi va hatto txien yo'nalishi rahnamosi ham bo'lishgan. Bu yerda ikkita vetnamga xos txien yo'nalishlari shakllandi: Chuklam ("Bambuk o'rmoni", XIII-XIV asrlarda faoliyat ko'rsatgan, Guyyan xitoy yo'nalishi ta'sirida shakllangan) va Ligu Kuan (Linszi yo'nalishi asosida XVIII asrda shakllangan - yo'nalish asoschisining nomiga qo'yilgan).

5 Yma MaH6a, 148-6eT

6 Huai-Chin, Nan (tr. Thomas Cleary); The Story of Chinese Zen. Charles E. Tuttle Company, 1995. P-59/

248

www.birunijournal .uz

Bunga o'xshash holatni Koreyada ham kuzatish mumkin. Bu yerda rohib Chinul (1158-1210) faoliyati tufayli Chan (Son) ta'limoti rivojlandi. Lekin keyinchalik Koreyada konfusiychilik jamiyatda yaqqol hukmron mafkuraga aylangach, buddaviylik jamoalarining faoliyati cheklandi.

Yaponiyada Chan maktabi XII-XIII asrlarda kirib keldi. Chan (Dzen) ta'limotining ilk targ'ibotchilari Eysay (Rindzay yo'nalishi) va Dogen (Soto yo'nalishi) bo'lishgan. Dzen ta'limoti yapon jamiyatida katta ta'sirga ega bo'ldi, xususan, samuraylar qatlamiga keng tarqaldi. Kegon, Singon va Tenday kabi eski maktablar saroy bilan yaqin aloqada bo'lgan Kioto zodagonlari orasida keng tarqalgan. Dzen ta'limoti bilan bir vaqtda kirib kelgan Budda Amitabxi sanamiga sig'inish asosan quyi tabaqalar orasida - shaharliklar (hunarmandlar va savdogarlar) va dehqonlar o'rtasida keng tarqaldi. Dzen XVII asrga qadar (Tokugava syogunligining hokimiyatni egallashiga qadar, keyinchalik ushbu syogunlik hukmdorlari neokonfusiychilikni mafkura sifatida qo'llashgan) Yaponiyaning harbiy (syogunlik) hukumatining (bakufu) rasmiy mafkurasi rolini bajardi.

Favqulodda uyg'onishi, nurlanish (u, yaponcha satori), insonning Budda tabiatini bevosita o'zida va barcha mavjudotlarda (szyan sin, yaponcha kensyo) aks etishi haqidagi chan ta'limotining g'oyalari, shuningdek ushbu ta'limotning amaliyoti va nazariyasining boshqa yo'nalishlari Xitoy va unga qo'shni mamlakatlarning adabiyoti, san'ati va nafosat nazariyalariga katta ta'sir ko'rsatgan. XII-XIII asrlarda Xitoyda rivojlangan monoxron tush bilan chiziladigan tasviriy san'atning eng ko'zga ko'ringan vakillari chan ta'limotini o'rgangan yoki chan ta'limoti rohiblari bo'lishgan (Sya Guy, Lyan Kay, Mu Si). Ko'plab shoirlar va adabiyotshunoslar ham chan ta'limotiga chuqur qiziqish bilan yondashganlar (Van Vey, Su Shi, Lu Yu va boshqa boshqalar). Dzen ruhiyati Yaponiya madaniyatining barcha jabhalariga, jumladan, Basyoning xaykularidan choy marosimlarigacha (tya-no yu) hamda ikebanagacha o'z ta'sirini o'tkazgan7.

XX asrning o'rtalarida dzen ta'limotining iste'dodli targ'ibotchisi va mashhur buddaviyshunos olim Daysesu Teytaro Sudzukining asarlari tufayli G'arbda Chan (Dzen) ta'limotiga bo'lgan qiziqish keskin ortib bordi. "Dzen shov-shuvi" kabi o'ziga xos nomini olgan bu qiziqish 50 yillar oxiri va 60 yillarda o'zining cho'qqisiga yetdi. Bu qiziqish Dzen ta'limotida avtoritarlikni, qadriyatlar ierarxiyasini inkor qiluvchi va to'liq ozodlikni yoqlab chiquvchi o'ziga xos hayot tarzini ko'ruvchi xippilar harakati bilan uzviy bog'liq edi.

Dzen ta'limotining ta'sirini G.Gess, J.Selinjer, J. Keruak ijodida, A. Shveysarning qarashlarida, K. Yung va E. Frommning (hatto Sudzuki bilan

7 Судзуки Д. Т., Кацуки С. Дзэн-Буддизм: Основы Дзэн-Буддизма. Практика Дзэн. — Бишкек: МП «Одиссей»,

XULOSA

1993.Стр-289.

249

www.birunijournal .uz

hamkorlikda "Dzen-buddaviylik va ruhiy tahlil" maqolasini yozgan) ruhiyatshunosligida, XIX-XX asrlarda ijod qilgan ba'zi kompozitorlar (G. Maler) va rassomlar (Van Gog, A. Matiss) ijodida ko'rish mumkin. Hozirgi vaqtda chan (dzen) jamoalari Yevropa va Amerikaning aksariyat mamlakatlarida mavjud. Chan maktabi ta'limotida har bir tirik mavjudot Budda tabiatiga ega, aytish mumkinki, har bir tirik mavjudot o'zi Budda hisoblanadi, lekin bu haqida o'zi bilmaydi, istalgan inson bevosita bu tabiatni o'z mohiyati, ichki menini bilish orqali anglashi mumkin, - deb ta'kidlaydi Linszi. Buning uchun ko'p sonli va murakkab matnlarni o'rganish, ko'p sonli hayotlar orqali bosqichma-bosqich bodxisattva yo'li darajalariga o'tish shart emas. Budda holatiga shu hayotda erishish ("bir tanada") - bu Chan ta'limotining maqsadi bo'lib, uni tantra va tibet Dzog-chen ta'limoti bilan bog'laydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFRENCES)

1. Huai-Chin, Nan (tr. Thomas Cleary); The Story of Chinese Zen. Charles E. Tuttle Company, 1995. P-34/

2. McRae, John R. Seeing through Zen: Encounter, Transformation, and Genealogy in Chinese Zen Buddhism. — Berkeley: University of California Press, 2004. P-

3. о ii^Jti® Xuan Chanxua. Fotszyao geszun da i (Xitoy Buddaviyligi maktablari ta'Hmotiarming mohiyati). Taybey, 1973;142-bet.

4. Кацуки С. Дзэн-Буддизм: Основы Дзэн-Буддизма. Практика Дзэн. — Бишкек: МП «Одиссей», 1993.Стр

69.

250

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.