Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(7), July, 2023
TYANTAY MAKTABINING "UCH HAQIQAT" TA'LIMOTI HAQIDA
MULOHAZALAR
Mamatqulova Nilufar Xusanovna
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali o'qituvchisi mamatqulovanilufar1991 @bk.ru
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy maqola Xitoy buddaviyligining Tyantay maktabining "Uch haqiqat" ta'limoti tahliliga bag'ishlangan. Maqolada Tyantay maktabi ta'limotida I nyan san syan doktrinasi va yagona Aql ta'limoti buddaviylikning kosmologik qarashlariga uzviy bog'liqligi ta'kidlangan.
Tayanch so'zlar: Xitoy Buddaviyligi, Tyantay, "Uch haqiqat" ta'limoti, I nyan san syan doktrinasi, ontologiya, gnoseologiya,. "beshta davr, sakkiz ta'limot", "o 'rta yo'l haqiqati".
ABSTRACT
This scientific article is devoted to the analysis of the "Three Truths" doctrine of the Tiantai school of Chinese Buddhism. In the article, it is emphasized that the doctrine of I nyan san syan and the doctrine of the One Mind in the teachings of the Tiantai school are inextricably linked to the cosmological views of Buddhism.
Key words: Chinese Buddhism, Tiantai, Three Truths doctrine, I nyan san sian doctrine, ontology, epistemology,. "Five Ages, Eight Teachings", "Truth of the Middle Way".
KIRISH
Milodiy 56 yilda xan sulolasidan bo'lgan imperator Min-dining tushiga oltin rang nur taratayotgan bir avliyo kiribdi. Tongda imperator o'zining donishmand amaldorlarini yig'ib, ulardan bu avliyoning kimligini izohlashni so'rabdi. Hamma tushning ta'birini bilmay turgan vaqtda, bir donishmand shunday debdi: "kamina qulingiz G'arbda ilohiy zot (shen) borligini eshitganman, uning ismi Budda ekan. Aynan shu ilohiy zot tushingizga kirgan". Shunda imperator G'arbiy O'lkalarga(si yuy - Markaziy Osiyo) elchilikni jo'natibdi, elchilki bir qancha vaqtdan keyin oq otda buddaviylik matnlari va muqaddas tavirlarini olib kelibdi. Ushbu otni escha ikki rohib Dxarmaratna va Kashyapamatanga kuzatib kelgan ekan. Imperiya poytaxti -Loyan shahrida rohiblarga hurmat ko'rsatilibdi va tez orada bu yerda birinchi buddaviylik monastiri - Oq Ot monastiri qad ko'taribdi[1. 38].
Albatta, yuqorida qayd qilingan hodisa afsona, uni aynan qabul qilmaslik kerak. Xitoyda ilk monastirlar (shu jumladan Loyanda ham) bir oz keyinroq -
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
milodiy III asrdan avvalroq paydo bo'lganiga hech qanday shubha yo'q. Lekin ushbu afsona Xitoyga buddaviylikning kirib kelish vaqtini - milodiy I asrni to'g'ri ko'rsatgan. Bundan tashqari maxalliy Chu podshohi In (Lyu In)ning maktubi matni saqlanib qolgan, ushub maktub milodiy 65 yil yozilgan. Unda podshoh In buddaviylikning uch atamasi keltirilgan - upasaka (buddaviylik qavmi a'zosi), Budda va shramana. Afsonada aks etgan yana bir muhim tarixiy hodisa - buddaviylikning Xitoyga Markaziy Osiyodan kirib kelishi hisoblanadi[1. 41].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xitoyga buddaviylikning kirib kelishi va Xitoy buddaviylik an'analarining shakllanishi Xitoy tarixida madaniyatlar o'rtasidagi o'zaro ta'sirning yaqqol misoli bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, xitoy va hind madaniyatining o'ziga xos sintezi mahsuli bo'lgan Xitoy buddaviyligining bu mamlakatdan Uzoq Sharqning barcha mamlakatlariga (Koreya, Yaponiya, Vetnam) tarqalishi diqqatga sazovordir[2. 96]. Xitoy buddaviyligi bu mamlakatlarga o'z yozuv tizimidan tashqari buddaviylikka xos bo'lmagan xitoy madaniyatining yo'nalishlari va xususiyatlarini ham olib kirdi. Shu tahlitda buddaviylikning "to'rt dengiz" osha tarqalishi Uzoq Sharq tarixiy-madaniy mintaqasining shakllanishiga va o'ziga xos tamaduniy jarayonning kechishiga hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan ta'sir ko'rsatdi. Xitoy, aynan, buddaviylikni targ'ib qilish chog'ida ilk marta asosiy xususiyatlar va qadriyatlar tizimiga ega bo'lgan "begona" dunyoqarash bilan to'qnashdi. Buddaviylik uzoq asrlar mobaynida davom etgan murakkab jarayon, ya'ni Xitoyga madaniy jihatdan moslashuv natijasida ushbu jamiyatga abadiy singib ketdi va xitoycha dunyoqarashning ko'plab muhim yo'nalishlarini o'zgartirdi. Buddaviylik tarkiban mutlaqo yangi madaniy jihatni Xitoyga olib kirdi, xitoy madaniyati bu jihatni ming yillar mobaynida o'zlashtirdi, moslashtirdi va natijada ushbu madaniy sintezning hosilasi sifatida neokonfusiylik, yangi konfusiylik tizimi shakllandi. Buddaviylikning o'zi esa bu jarayonda katta o'zgarishlarga uchradi va maxayana an'analari doirasidagi buddaviylik konfessiyasiga aylandi. Shuning uchun ham buddaviylik an'analarining Xitoyda qaror topishi jarayoni asosli ravishda "Buddaviylikning xitoylashuvi"(chjungoxua) deb nomlandi. Buddaviylik hind madaniy an'analarining bir butunlikdagi yagona vakili sifatida buddaviylikning paydo bo'lishidan avval ham ikki ming yillik tarixga ega bo'lgan Xitoy tamaddunining mahobatiga teng kela olmasdi. Shuning uchun Buddaviylik o'zi ta'sir qilayotgan Xitoy madaniyatidan ko'ra ko'proq o'zgarishlarga uchradi.
Tyantay maktabi - Xitoyda shakllangan dastlabki buddaviylik maktablaridan biri hisoblanadi. Ushbu maktabning asoschisi rohib Chji-i (538-597 yillar)
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
hisoblanadi, vaholanki, ushbu maktab ta'limotining asoslari uning ustozlari - Xuey-ven va Xuey-si tomonidan yaratilgan. Maktabning nomi Sharqiy Xitoydagi (Chjeszyan muzofoti) Tyantayshan tog'lari nomidan olingan. Rohib Chji-i bu yerda uzoq vaqt davomida yashagan va faoliyat olib borgan. Maktabning asosiy aqidaviy matni "Nilufar sutrasi" (xitoycha, "Fa xua szin") bo'lganligi uchun aksariyat hollarda maktabni - Nilufar sutrasi maktabi (Faxua szun) ham deb nomlashadi.
Tyantay maktabining ushbu Nilufar sutrani afzal ko'raganligining sababi ushbu sutraning ta'limotlari tasnifi doktrinasi (pan szyao) boshqa maktablar ta'limotlaridan ustun bo'lgan. Bu doktrina "Beshta davr, sakkiz ta'limot" (u shi ba szyao) deb nomlangan.
Ushbu ta'limotga muvofiq Budda Shakyamuni nurlanishdan so'ng besh davr mobaynida "dengiz aksi" holatida (xay in sanmey), yuqori darajadagi diqqat va e'tiborni jamlagan holda faoliyat yuritgan ekan. Bu holatda Buddaning ongi sokin holatdagi dengiz sathi singari bo'lib, barcha narsa-buyumlarni o'zida aks ettirgan, Budda esa butun dunyoni cheksiz Aqlning mutloq birligi sifatida ko'rgan. Budda o'z hissiyotining natijasini "Avatamsaka sutra"da ifodalagan va ilohiy zotlar va bodxisattvalarga bayon qilgan, hatto ular uchun ham bu ta'limot murakab va tushunarsiz bo'lgan[3. 138]. Shunda Budda o'z shogirdlarining haqiqatni bosqichma-bosqich o'zlashtirishga tayyorlashga qaror qildi va ularga Banorasda (Varanasi) Bug'ular o'rmonida To'rt oliyjanob haqiqat va sabab-oqibat kelib chiqishi (Xinayana) haqidagi ta'limotni o'rgatdi. Ular tomonidan ushbu ta'limot o'zlashtirilgandan so'ng Budda ongning maxayana nazariyasini (yogachara), undan so'ng esa dxarmalarning mohiyatsizligi va bo'shliqqa egaligi (madxyamaku) haqidagi maxayana ta'limotini o'rgatdi. Shundan so'ng shogirdlar oliy haqiqatni o'zlashtirishga tayyor bo'lganliklari ma'lum bo'ldi. Budda ularga o'z o'gitlarining yakuni bo'lgan "Nilufar sutrasi"ni o'rgatdi. Budda o'z vafoti va nirvanaga ketishi oldidan "Maxaparinirvana sutrasi"ni ham o'rgatdi. "Maxaparinirvana sutrasi" Tyantay maktabida "Nilufar sutrasi"ning oliy haqiqat ekanligini tasdiqlovchi sutra sifatida tan olinadi.
"Nilufar sutrasi"ning tarkibi "Avatamsaka sutra"dagi oliy haqiqatga aynan o'xshashligi, shaklan esa "Nilufar sutrasi" undan yuqoriroq ekanligi ta'kidlanadi: "Avatamsaka sutra"ni aqliy salohiyati eng yuqori insonlar tushunishida ham katta qiyinchiliklar uyg'otadi, "Nilufar sutrasi" esa quyi darajadagi ilmli insonlar uchun ham tushunarli bo'lib, hatto omi insonlarning ham talabini qondiradi. Bu holatdan "Nilufar sutrasi" ta'limotini yakuniga yetgan, mukammal, keng qamrovli, "doirali" (yuan) ta'limot sifatida xulosa qilish mumkin[4. 87].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Odatda Tyantay maktabi ta'limotini Nagarjunaning madxyamakasiga asoslanadi, deb baholashadi. Haqiqatda esa ushbu maktab ta'limoti mumtoz madxyamakadan ancha uzoq bo'lib, o'zida Tatxagatagarbxi nazariyasining variantini ifoda etdi. Tyantay maktabi ikki eng muhim g'oyasiga tayanadi: "ongning bir harakatida - uch ming dunyo" (i nyan san syan) doktrinasi va "yagona aql" (i sin; ekachitta) konsepsiyasiga. Maktab ta'limotining ruhiy amaliyot tomoni "intiho topish va mushohada qilish" formulasida aks etadi, bu formula ilk Buddaviylik amaliyotiga
- shamatxa-vipashyanaga (xotirjamlik va tahliliy mushohada) borib taqaladi, lekin Tyantay maktabi doirasida o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan[4. 89].
I nyan san syan doktrinasi va yagona Aql ta'limoti buddaviylikning kosmologik qarashlariga uzviy bog'liq. Bu qarashlar avvalo o'zida tirik mavjudotlarning har biri va uning joylashgan makoniga ong va unga muvofiq keladigan dunyoning kengaytirilgan alohida ikkiyoqlamaligi sifatida yondashuvchi dunyoqarashni o'zida ifoda etadi.
Tyantay maktabi an'analarida yuqorida qayd qilingan tirik mavjudotlar(shi)/ dunyolar turining soni o'ndan oshadi. Bular sansaraviy mavjudotlarning olti dunyosi: ilohiy zotlar, titan-asurlar, insonlar (oddiy insonlar, omi insonlar nazarda tutilmoqda
- pritxagjana, su jen), hayvonlar, och ruhlar, do'zaxlar dunyolari kiradi. Sansara dunyolariga yana "oliyjanob shaxslar"ning to'rt dunyosi kiradi: (arya pudgala; syan): shravaklar, prateka-buddalar, bodxisattvalar va Buddaning dunyolari kiradi.
Yuqorida qayd qilingan dunyolarning har biri istalgan boshqasida hozir bo'ladi, ya'ni dunyolar bir-biriga o'tadi, kiradi, masalan, do'zax dunyolari Buddaning dunyosida hozir bo'ladi (mana shu nazariyadan Tyantay buddaviyligining g'oyat original gnostik g'oyasi shakllangan, ya'ni Buddaning tabiatida nafaqat ezgulikni, balki yovuzlikni ham uchratish mumkin), Budda dunyosi esa do'zax dunyolarida namoyon bo'ladi, o'n dunyoni o'nga ko'paytirsak, yuzta dunyoning miqdori kelib chiqadi. Har bir dunyo yana uch xil munosabatda ko'rib chiqiladi, ulardan har biri esa alohida dunyo statusini oladi (shi szyan): 1) mavjudotlar dunyosi (har bir dunyoni yashayotgan mavjudotlar yo'nalishida ko'rib chiqish), 2) besh skandx dunyosi (har bir dunyoni psixologik yo'nalishda mavjudotlar ongini rivojlantirish darajasi sifatida ko'rish), 3) dunyo-mamlakat (har bir dunyoni tirik mavjudotlar saqlanadigan makon sifatida ko'rish).
O'nta dunyoni uch soniga ko'paytirsak, o'ttizta dunyo bo'ladi. Ixtiyorimizda bo'lgan yuzta dunyoni o'ttizga ko'paytirsak, uch ming soni kelib chiqadi. Mana shu holatda Tyantay maktabi ta'limotini hind va xitoy an'analarining o'zaro ta'siri, ya'ni hind falsafasining ruhiyatshunosligi va xitoy kombinatorikasi va numerologiyasining o'zaro bir-biriga ta'siri natijasi sifatida baholash lozim. Numerologiya matemati va
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
kvazimatematik ob'ektlar bilan mafkuraviy muhim ahamiyatga ega bo'lgan operatsiyalar vositasida xitoy an'anaviy falsafasida muhim rol o'ynagan.
Uch ming dunyoning barchasinafaqat ob'ektiv va tirik mavjudotlarning ongining tarkibi sifatida mavjud, balki ularning o'zaro teng holatda mutloq Yagona Aqlga (i sin), Buddaning Aqliga tayanadi. Bu Aqlning har bir harakati dunyolarni butun holda va to'liq yaratadi. Yagona Aql nazariyasi Abadiy Budda tyantay doktrinasi bilan uzviy bog'liqdir.
"Nilufar sutrasi"da Budda shunday deydi: "faqat axmoqlargina meni Bodxi darahtining tagida nurlangan Siddxartxa Gautama bilan aynanlashtiradilar" Budda abadiy nurlanga, u hech qachon tug'ilmagan va hech qachon vafot etmaydi. Tyantay maktabining asoschilari yuqoridagi mulohazalardan xulosa qilib, Buddaning haqiqiy mohiyat, butun olam kabi real voqelik ekanligini, har bir mavjudot alohida ibtidodan buyon Buddaning nurlangan tabiatidan bahramand bo'lganligini ta'kidlaydilar. Tyantay maktabining bu g'oyasi xitoy buddaviyligining (nafaqat xitoy buddaviyligining) boshqa barcha maktablaridan farq qiladi. Tyantay maktabi Buddaning tabiati nafaqat tirik mavjudotlarni (santana, "ruhiya kontinuumlar"), balki narsa-buyumlarni, "notirik tabiat" ("nokontinuumlar")ni ham qamrab olganligi haqidagi g'oyani ilgari suradilar, boshqa maktablar esa faqat tirik mavjudotlargina Budda tabiatidan nurlanganligini, notirik tabiat esa ular orqali izohlanadigan tushunchalar sifatida namoyon bo'lishini ilgari suradilar. Tyantay maktabining bu o'ziga xos panteizmi Uzoq Sharqning san'atiga katta ta'sir ko'rsatdi, xususan, Xitoy va Yaponiyaning she'riyati va tasviriy san'atiga shunday ta'sir ko'rsatdiki, ularda tabiat manzaralari Yagona Mutloqning ko'pshaklli hodisalari sifatida tasvirlandi[5.
Tyantay maktabi ta'limotida panpsixizm va panteizm unsurlari bilan cheklangan xitoy buddaviyligining substansionalizmi to'liq tarzda namoyon bo'ldi.
Tyantay maktabining yana bir yo'nalishi - uning uchyoqli haqiqat nazariyasi (san di) hisoblanadi.
Bu ta'limot shakliy jihatdan Nagarjunaning ikki haqiqat nazariyasiga muvofiq keladi, lekin mohiyatan bu nazariyadan keskin farqlangan holda ularning ba'zi g'oyalariga tayanadi.
Tyantay maktabi ta'limotining birinchi haqiqati quyidagilarni ifodalaydi: har bir hodisa sababiy jihat bilan shartlangan, ushbu hodisa o'z-o'zicha mavjud bo'la olmaydi va mohiyatsiz bo'ladi, faqatgina o'zini shakllanishiga sabab bo'lgan xususiyatlar va shartlar natijasi sifatidagina mohiyatga ega bo'ladi. Bu "bo'shliq haqiqati" (kun di) to'liq ma'noda Nagarjuna ta'limotiga muvofiq keladi.
59].
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
Tyantay maktabining ikkinchi haqiqati yolg'on haqidagi haqiqat yoki shartli haqiqat (szya di) sifatida nomlanadi. Unga ko'ra barcha hodisalar haqiqiy mohiyatdan mahrumdirlar, ular o'zgarmas va doimiy asosga ega emaslar, shuning uchun ular xayoliy obrazlar va fantaziyalar natijalariga (xuan; xua) o'xshashdirlar[5. 62].
Uchinchi haqiqat "o'rta yo'l haqiqati" (chjun dao di) deb nomlanadi, ya'ni ikki xil nuqtayi nazar o'rtasidagi yo'l haqiqatidir. Unga ko'ra barcha hodisalar u yoki bu "dxarma tabiati"ga (fa sin) ega bo'lib, ular Abadiy Buddaning abadiy aksi sifatida tug'ilmaydilar va o'lmaydilar.
Tyantay maktabi ta'limotida haqiqat deganda uchinchi haqiqatni tan oladilar, chunki qolgan birinchi va ikkinchi haqiqatlar o'zlarida real voqelikni nomuvofiq va to'liqsiz bilishni ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, agar biz hodisani bir butun dunyoqarashdan tashqarida va hissiy dunyo va Buddaning Yagona Aqlining aynanligini bilmasdan ko'rib chiqadigan bo'lsak, u holda dastlabki ikki cheklangan nuqtayi nazarga kelishimiz muqarrar bo'ladi. Yagona Aql nazariyasi o'zining Buddaning mutloq nurlangan Aqli bilan aynanligini tasdiqlagan holda va buddaviylik dunyoqarashi doirasida o'ziga xos "borliqni oqlash"ni (K.Yu. Soloninning talqini) amalga oshirgan holda, dunyo tushunchasini o'z real voqeligida tiklaydi.
Uch haqiqat haqidagi ta'limotda sansara va nirvananing o'xshashligi haqidagi buddaviylikning maxayana fundamental ta'limoti va Xitoy falsafiy tafakkurining an'anaviy naturalistik va kosmologik yo'nalishlarining nisbiy va mutloq haqiqat haqidagi ta'limotlarining o'zaro ta'sirining natijasi yaqqol namoyon bo'ladi.
Tyantay maktabining ruhiy amaliyoti "Moxe chji guan" ("Maxa shamatxa vipashyana") - "Ong va tahliliy mushohadaning bezovtaligini to'xtatish haqidagi Buyuk traktat" risolasida to'liq ochib berilgan. Bu matnga ko'ra, Tyantay maktabi mushohada qilish usullarini Budda Shakyamunidan yetib kelgan "oltin og'zaki nasihat" va Nagarjunadan yetib kelgan "Hozirgi ustozning usullari" kabi ikki yoga usullarning sirli ravishda og'zaki yetkazilishi tufayli qo'lga kiritgan[5. 64].
Chji-ining traktatida ruhiy amaliyotning asoslari Tyantay ta'limotining barcha qoidalari va ushbu maktabning falsafiy kategoriyalari bilan birgalikda batafsil izohlangan.
Tyantay maktabi Xitoyda IX asrning o'rtalarigacha rivojlanib, shundan so'ng asta-sekinlik bilan tanazzulga yuz tutdi, lekin XI-XII asrlarda qisqa muddatda tiklanish jarayoni ham bo'lib o'tgan. IX asrning boshlarida yapon rohibi Sayt (767822) Tyantay (yaponcha Tenday) ta'limotini Yaponiyada targ'ib qila boshladi. IX-XII asrlarda Tyantay ta'limotini Yaponiyada davlat qo'llab quvvatladi va bu ta'limot keng tarqaldi. XIII asrda Tenday maktabidan rohib Nitiren (1222-1282) maktabi
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
ajralib chiqdi. Nitiren maktabida asosiy urg'u "Nilufar sutrasi"ni sharaflash va uning nomini takrorlashga (yaponchasiga - "Namo mexo renge ke" - "qimmatli Ustozning "Nilufar sutrasi"ga sajda qilish") qaratilgan edi. Bu duo Tyantay maktabining shamatxi va vipashyana yo'nalishlarining murakkab mushohada amaliyotini o'rnini egallagan. Boshqa sohalarda Nitiren-syu maktabi tenday ta'limotining qoidalaridan foydalanadi. Ushbu maktab tenday ta'limotini - Yagona Arava ta'limotining eng oliy ko'rinishi sifatida baholaydi. Hozirgi vaqtda Nitiren-syu maktabi - Yaponiyadagi eng keng tarqalgan buddaviylik maktablaridan biri hisoblanadi. Tenday maktabi ham ayni vaqtda eng ta'sirli buddaviylik maktablaridan biri bo'lib qoldi. Tenday maktabining tasarrufida ko'p sonli monastirlar, ibodatxonalar, markazlar, xayriya fondlari va universitetlar mavjud.
Tyantay maktabi muayyan darajada Koreya va Vetnamda tarqalgan edi. Lekin vaqt o'tishi bilan ushbu maktab bu mamlakatlarda o'z ta'sirini yo'qotdi.
Tyantay maktabi ta'limotida ontologik va gnoseologik masalalarni ko'rib chiqqan holda quyidagi xulosaga kelish mumkin. Mazkur maktab ta'limoti ontologiyasida panpsixizm va panteizm unsurlari bilan cheklangan xitoy buddaviyligining substansionalizmi to'liq tarzda namoyon bo'ldi.
Mana shu holatda Tyantay maktabi ta'limotini hind va xitoy an'analarining o'zaro ta'siri, ya'ni hind falsafasining ruhiyatshunosligi va xitoy kombinatorikasi va numerologiyasining o'zaro bir-biriga ta'siri natijasi sifatida baholash lozim. Numerologiya matemati va kvazimatematik ob'ektlar bilan mafkuraviy muhim ahamiyatga ega bo'lgan operatsiyalar vositasida xitoy an'anaviy falsafasida muhim rol o'ynagan.
Tyantay maktabi ta'limoti gnoseologiyasiga ko'ra uch ming dunyoning barchasi nafaqat ob'ektiv va tirik mavjudotlarning ongining tarkibi sifatida mavjud, balki ularning o'zaro teng holatda mutloq Yagona Aqlga (i sin), Buddaning Aqliga tayanadi. Bu Aqlning har bir harakati dunyolarni butun holda va to'liq yaratadi. Yagona Aql nazariyasi Abadiy Budda tyantay doktrinasi bilan uzviy bog'liqdir.
Buddaviylik tarkiban mutlaqo yangi madaniy jihatni Xitoyga olib kirdi, xitoy madaniyati bu jihatni ming yillar mobaynida o'zlashtirdi, moslashtirdi va natijada ushbu madaniy sintezning hosilasi sifatida neokonfusiylik, yangi konfusiylik tizimi shakllandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES) 1. ^SÎ^'hBÎ Chjungo fotszyao shi (Xitoy Buddaviyligi tarixi). T. 1. Pekin, 1982. 38-bet
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(7), July, 2023
2. Буддизм: история и культура: Сб. ст. / Отв. ред. Ветроградова В.В. - М.: Наука, 1989. 230 с.
3. о № Ф ^ S Ш Xuan Chanxua. Fotszyao geszun da i (Xitoy
Buddaviyligi maktablari ta'Hmotlarining mohiyati). Taybey, 1973. 138-bet
4. Торчинов Е.А. Введение в буддологию. Курс лекций. — СПб.: Санкт-Петербургское философское общество, 2000. 304 с.
5. Чебунин А. В. История проникновения и становления буддизма в Китае: [монография]. — Улан-Удэ: Изд.-полигр. комплекс ФГОУ ВПО ВСГАКИ, 2009.278 с.
6. Xusanovna, M. N. (2021). XITOY BUDDAVIYLIGINING CHAN MAKTABI (CHAN SZUN) HAQIDAGI MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 738-744.
7. Sulaymonov, J. B. (2021). XITOY BUDDAVIYLIGI TA'LIMOTIDA BORLIQ VA BILISH MUAMMOLARINING QO 'YILISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 1), 572-579.