Научная статья на тему 'CHALQANCHA KROL USULIDA SUZUVCHILARNING TEXNIKASINI TAXLIL QILISH'

CHALQANCHA KROL USULIDA SUZUVCHILARNING TEXNIKASINI TAXLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1605
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
suzish mashg'ulotlari / orqada suzish texnikasi / o'rta maktab yoshidagi bolalar.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Matnazarov Xayrulla Yuldashovich, Islomova Marjona

Bir tomondan, bolalarga suzishni o'rgatish muammosining amaliy ahamiyati bilan, ikkinchi tomondan, o'rta maktab yoshidagi bolalarning belida sudralib suzishni o'rgatish vositalari va usullarini tanlash o'rtasidagi ziddiyat aniqlangan. Tadqiqot natijalarining tahlili shuni ko'rsatdiki, pedagogik tajriba davomida ishlab chiqilgan va sinovdan o'tgan orqaga o'tish texnikasini o'rgatish vositalari va usullari kiritilsa, o'quvchilarning jismoniy tarbiya jarayoni samaraliroq bo'lishi mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHALQANCHA KROL USULIDA SUZUVCHILARNING TEXNIKASINI TAXLIL QILISH»

Гуманитарные и общественные науки

CHALQANCHA KROL USULIDA SUZUVCHILARNING

TEXNIKASINI TAXLIL QILISH

X.Yu. Matnazarovi, M. Islomova2

Bir tomondan, bolalarga suzishni o'rgatish muammosining amaliy ahamiyati bilan, ikkinchi tomondan, o'rta maktab yoshidagi bolalarning belida sudralib suzishni o'rgatish vositalari va usullarini tanlash o'rtasidagi ziddiyat aniqlangan. Tadqiqot natijalarining tahlili shuni ko'rsatdiki, pedagogik tajriba davomida ishlab chiqilgan va sinovdan o'tgan orqaga o'tish texnikasini o'rgatish vositalari va usullari kiritilsa, o'quvchilarning jismoniy tarbiya jarayoni samaraliroq bo'lishi mumkin.

Kalit so'zlar: suzish mashg'ulotlari, orqada suzish texnikasi, o'rta maktab yoshidagi bolalar.

Dolzarbligi. Chalqancha krol usulida suzishning sport usullari texnikasini yosh suzuvchilarga qo'llashdagi eng samarali, uzluksiz, o'zgaruvchan, kam vaqt va kuch sarflanuvchanligini ta'minlash maqsadida yangi uslubiy yondoshuvlar va mashqlarni ishlab chiqish bajariluvchi harakatlar texnikasidagi xususiy xatolarni o'z vaqtida oldini olishga imkon yaratadi [2, 3, 7].

Oldinga qo'yilgan muammoni hal qilishda maxsus mashqlar majmuasini qo'llash o'rgatishning amaliy uslubi sifatida chalqancha krol usulida suzish texnikasi maqbul tizimining tez va samarali egallanishiga imkonini yaratadi [1, 4, 5, 6].

Ishning maqsadi chalqancha krol usulida suzish texnikasini o'zlashtirishdagi xatolarini o'rganib chiqish va maxsus mashqlar orqali ularni bartaraf etish.

Oldinga qo'yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim

boldi:

-chalqancha krol usulida suzish texnikasini o'rgatishda harakat xatolarini kelib chiqish sabablari va mexanizmlarini hamda ularning salbiy oqibatlarini o'rganish;

-chalqancha krol usulida suzish texnikasini o'rgatishning boshlang'ich bosqichlarida harakatlarni uyg'unlashgan holda bajarilishini qo'llashning samaradorligini tadqiqot asosida asoslab berish;

-chalqancha krol usulida suzish texnikasini oYgatishning uyg'unlashgan o'qitish uslublarini qo'llash bo'yicha amaliy tavsiyalar berish.

Qo'yilgan vazifalarni yechish uchun mazkur ishda quyidagi tadqiqot usullari qollanildi:

- adabiyotlar taxlili;

- pedagogik kuzatuv uslubi;

- pedagogik tadqiqot;

- matematik-statistik uslub.

Tadqiqotni tashkil qilish. Tadqiqotning birinchi bosqichida (2022 yil may -sentyabr oylari) adabiyotlar manbaalari tanlab olindi, mavzu bo'yicha ma'lumotlar taxlili amalga oshirildi. Shuningdek, suzishning sport uslullari texnikasini o'rgatishning boshlang'ich uslubiyatini o'rganish bo'yicha ishlar olib borildi. Pedagogikaning nazariy asoslari bazasida suzish texnikasiga o'rgatish jarayonida maxsus mashqlarni qo'llash yordamida yuzaga kelayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish tizimi ishlab chiqildi.

Shu bosqichda tadqiqotning maqsad, vazifa va usullari aniqlashtirildi, pedagogik tadqiqotda ishtirok etuvchi bolalar kontingenti aniqlandi.

1 Matnazarov Xayrulla Yuldashovich - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori [PhD], dotsent.

2Islomova Marjona - O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, II bosqich talabasi.

Tadqiqotning ikkinchi bosqichida (2022 yil oktyabr - dekabr oylari) maxsus mashqlar majmuasi samarasini aniqlashga yo'naltirilgan pedagogik tadqiqot o'tkazildi. Shuningdek ushbu uslub orqali chalqancha krol texnikasini boshlang'ich o'rganuvchi bolalarda xatolarni bartaraf etish ko'zda tutildi.

Tadqiqotning uchinchi bosqichida (2022 yil yanvar - mart oylari) olib borilgan tadqiqot natijalarini qayta ishlash, tadbiq qilish va maxsus mashqlar majmuasining chalqancha krol usulida suzish texnikasini o'rgatish samaradorligini bo'yicha ma'lumotlari jamlandi, xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. Tadqiqot Toshkent shahar Suv sport turlariga ixtisoslashgan BO'SM bazasi suv xavzasida tashkillashtirildi va olib borildi. Pedagogik tadqiqotda jami 20 nafar chalqancha krol usulida suzishni umuman bilmaydigan 7 dan 9 yoshgacha bo'lgan bolalar ishtirok etdilar. Hamma bolalar tadqiqot va nazorat guruhiga 10 tadan bo'lindi. Nazorat guruhida o'qitish jarayoni umumqabul qilingan uslub bo'yicha o'tkazildi. Tadqiqot guruhida ham o'qitish jarayoni umumqabul qilingan uslub bo'yicha olib borildi, ammo ularning mashg'ulotlariga chalqancha krol usulida suzish texnikasini to'g'ri, rasional va samarali bajarishga qaratilgan ko'shimcha maxsus mashqlar majmuasi kiritilgan.

Jadval 1

Chalqancha krol suzish usulida suzish paytida uchraydigan xatolar_

№ Xatoning nomlanishi

1 Suzuvchi suvda o'tirgan xolda

2 Tana bukilgan, bosh orqaga engashgan

3 Tananing yelka darajasida sezilarli tebranishlari gorizontal tekislikda

4 Tananing sezilarli burilishlari

5 Tizzalar suvdan ko'rinib turadi

6 Oyoqlar harakatlarnini o'ta chuqurlikda bajirishadi tizzadan favvora harakatlari bajarilmaydi

7 Oyoqlar panjasi ichkariga bo'kilmagan

8 Qo'lning suvga kirish vaqtida qo'lning tirsakda bukilishi

9 Qo'lning panja usti bilan suvga kirishi (panja ichkarisi yuqorida).

10 Qo'lning yon tomonga keyng siltash harakati, lekin vertikal tekislikda bajarilmaydi.

11 Qo'llarni havoda harakat bajarish ritmining buzilishi (tez; tezlashib; sekinlashib; kirganda shalpillatib va h.k.)

12 Tekis qo'l bilan eshish

13 Eshishning birinchi yarmida tirsakning «tushishi»

14 Eshishning ikkinchi yarmida tirsakning «tushishi»

15 Eshish vaqtida qo'l bilan yakuniy harakati yo'q

16 Yon tomondan qo'lning suvga tushishini bajarish.

17 «Yuqori tirsak»ning yo'qligi

18 Qisqartirilgan eshish

19 Nafas tutib turish

20 Nafas olishning sikl harakatlari bilan kelishilmaganligi.

21 Qo'lning oyoqqa qaraganda harakatlar jadalligining kamligi

22 Oyoqqa nisbatan qo'llarning xaddan ziyod harakatlarining ko'pligi

Tadqiqotdan oldin amalda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarning umumiy miqdoridan (22) chalqancha krol usulida suzish texnikasida boshlang'ich suzuvchilar (7-9 yosh) yo'l qo'yiladigan hatolar sonini tahlili 2 jadvalda keltirilgan.

Jadval 2

Tadqiqotdan oldin 7-9 yoshli suzuvchilarning chalqancha krol suzish _usulidagi xatolar soni__

№ Familiyasi va ismi Xatolar soni № Familiyasi va ismi xatolar soni

Tadqiqot guruhi Nazorat guruhi

1 Qudratov Alibek 22 1 Omonov Hayot 21

2 Jurayev Asqar 21 2 Jo'rayev Mansur 22

3 Soliyev Dovron 22 3 Axmedov Maxmudmirzo 22

4 Abdiyev Abdulaziz 22 4 Ismoilov Obid 22

5 Animov Laziz 22 5 Nomozov Sobir 22

6 Mamarasulov Odiljon 21 6 Xusanov Azamat 21

7 Ergashev Kamron 22 7 Kamollidinov Bexruz 22

8 Boboqulov Komil 22 8 Yuldashev Shuxrat 22

9 Musin Islom 22 9 Norullayev Parviz 22

10 Dexkonboyev Shoxrux 22 10 Tomin Artur 22

X 21.8 X 21.8

Tadqiqotdan keyin amalda yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan xatolarning umumiy miqdoridan (22) chalqancha krol usulida suzish texnikasida boshlang'ich suzuvchilar (7-9 yosh) yo'l qo'yilgan hatolar sonini tahlili 3 jadvalda keltirilgan.

Jadval 3

Tadqiqotdan oldin 7-9 yoshli suzuvchilarning chalqancha krol suzish _usulidagi xatolar soni__

№ Familiyasi va ismi Xatolar soni № Familiyasi va ismi xatolar soni

Tadqiqot guruhi Nazorat guruhi

1 Qudratov Alibek 22 1 Omonov Hayot 21

2 Jurayev Asqar 21 2 Jo'rayev Mansur 22

3 Soliyev Dovron 22 3 Axmedov Maxmudmirzo 22

4 Abdiyev Abdulaziz 22 4 Ismoilov Obid 22

5 Animov Laziz 22 5 Nomozov Sobir 22

6 Mamarasulov Odiljon 21 6 Xusanov Azamat 21

7 Ergashev Kamron 22 7 Kamollidinov Bexruz 22

8 Boboqulov Komil 22 8 Yuldashev Shuxrat 22

9 Musin Islom 22 9 Norullayev Parviz 22

10 Dexkonboyev Shoxrux 22 10 Tomin Artur 22

X 21.8 X 21.8

Xulosa. Pedagogik tadqiqot asosida olingan natijalarga binoan quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

1.Chalqancha krol usulida suzish texnikasining taxlili natijalari yosh suzuvchilarda boshlang'ich o'rgatish davrida ko'proq uchraydigan xatolarni aniqlashga yordam berdi. Chalqancha suzishda yuzaga kelgan hatolarning umumiy soni 22 tani tashkil etdi. Eng avval bu eshish harakatlari samaradorligining yetarli bo'lmaganligi; to'xtab qoluvchi kuch; suzuvchi tanasining noto'g'ri harakatlanishi; harakatlarning mutanosib emasligi; nafasni noto'g'ri boshqarish; harakatlaring sust tempi. Ishda chalqancha krol usulida suzish texnikasida xatolarning kelib chiqish sabablari aniqlangan, ulardan eng dolzarblari: bajarilayotgan harakatlarning tuzilishi va xususiyatlarini shug'ullanuvchilar tomonidan noto'g'ri qabul qilin ishi; shug'ullanuvchilar tayyorgarligi bosqichiga o'quv vazifalarining mos kelmasligi (imkon darajasi va uzluksizlik kabi pedagogik prinsiplarning buzilishi); harakatlarni bajarish uchun dastlabki xolatning noto'g'riligi.

2. Suzuvchilarda chalqancha krol usulida suzish texnikasini yaxshilanishi uchun maxsus mashqlar majnuasini kiritilishi yo'li bilan amalga oshirildi. Maxsus mashqlar majmuasining qo'llanilishi texnika ko'rsatkichlarida ijobiy o'zgarishlarga erishishga imkon yaratdi.

3. O'rgatish davrida xatolarni tezkor aniqlash ularning tezkor bartaraf etilishiga imkon yaratdi. Shuning uchun tadqiqot guruhi shug'ullanivchilari tadqiqot yakuniga

kelib chalqancha suzishda bajariluvchi harakatlar texnikasini o'zlashtirishda eng yaxshi natijaga erishdilar.

Harakatlar taxlili asosida murabbiy shogirdining suzish texnikasiga bog'liq ijobiy va salbiy xulosalar yig'indisiga ega bo'lishi lozim. Harakat texnikasidagi kamchiliklarni aniqlashi, ularning orasidan eng muhimini topib ularni suzish tezligining oshishiga ko'maklashuvi uchun bartaraf etmog'i lozim.

Adabiyotlar.

1. Баранцев С. А., Дементьев В. В. Возрастные особенности формирования навыка плавания способами кроль на груди и кроль на спине у учащихся 11-17 лет // Новые исследования. 2010. №22. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/vozrastnye-osobennosti-formirovaniya-navyka-plavaniya-sposobami-krol-na-grudi-i-krol-na-spine-u-uchaschihsya-11-17-let (дата обращения: 18.07.2023).

2. Болдырева Вера Борисовна, Кейно Александр Юрьевич Совершенствование техники плавания юных спортсменов на этапе начальной подготовки // Вестник ТГУ. 2014. №12 (140). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/sovershenstvovanie-tehniki-plavaniya-yunyh-sportsmenov-na-etape-nachalnoy-podgotovki (дата обращения: 18.07.2023).

3. Котляров Алексей Дмитриевич ОБУЧЕНИЕ ПЛАВАНИЮ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА // Человек. Спорт. Медицина. 2020. №S2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/obuchenie-plavaniyu-detey-mladshego-shkolnogo-vozrasta (дата обращения: 18.07.2023).

4. Матназаров Х. Ю. СУЗУВЧИЛАРНИ НИСБИЙ ЧИДАМКОРЛИК КУРСАТКИЧЛАРИ ВА СПОРТ НАТИЖАЛАРИ БУЙИЧА САРАЛАШ ВА ИХТИСОСЛИКЛАРГА ЙУНАЛТИРИШ //Fan-Sportga. - 2021. - №. 4. - С. 15-17.

5. МАТНАЗАРОВ Х. Ю. ЁШ СУЗУВЧИЛАРНИ ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН ТАЙЁРГАРЛИК БОСКИЧИГА САРАЛАШ САМАРАДОРЛИГИНИ БЕЛГИЛОВЧИ ОМИЛЛАР //Фан-Спортга. - 2019. - №. 1. - С. 2-6.

6. Черноярова Ольга Алексеевна МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ПЛАВАНИЮ КРОЛЕМ НА СПИНЕ ДЕТЕЙ СРЕДНЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА // Известия ТулГУ. Физическая культура. Спорт. 2022. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/metodika-obucheniya-plavaniyu-krolem-na-spine-detey-srednego-shkolnogo-vozrasta (дата обращения: 18.07.2023).

7. Zoitova G. M. ANALYSING THE TECHNICAL CHARACTERISTICS OF SWIMMING AT THE SWIMMING TEAM OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DURING THE HYDRODYNAMIC RESEARCH //Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal. - 2023. - Т. 4. - №. 03. - С. 257-263.

© X.Yu. Matnazarov, M. Islomova, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.