Научная статья на тему 'CANVA DASTURI VA UNING TA’LIMIY IMKONIYATLARI'

CANVA DASTURI VA UNING TA’LIMIY IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vizuallashtirish / axborot grafikasi / konteks / kolleksiyalar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — J. I. Samandarov, G. Nematjonova

Maqolada Canva dasturi imkonyatlari haqida so’z boradi, infografika yaratish bosqichlari hamda ta’lim jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan infografika turlari haqida ma’lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CANVA DASTURI VA UNING TA’LIMIY IMKONIYATLARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

CANVA DASTURI VA UNING TA'LIMIY IMKONIYATLARI

J. I. Samandarov

TDPU Phd, dotsent v. b.

G. Nematjonova 3-kurs MTPP-talabasi

ANNONTATSIYA

Maqolada Canva dasturi imkonyatlari haqida so'z boradi, infografika yaratish bosqichlari hamda ta'lim jarayonida qo'llash mumkin bo'lgan infografika turlari haqida ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar: vizuallashtirish, axborot grafikasi, konteks, kolleksiyalar

Kirish

Canva bu grafik dizayn platformasi bo'lib, odamlar unda SMM, posterlar, taqdimotlar, hujjatlar va boshqa vizual ishlarni yaratishda foydalanishadi. Saytda tayyor dizayn qoliplari mavjud. Platformani ishlatish bepul bo'lib, qo'shimcha imkoniyatlarni taqdim qiluvchi pullik obunalar — Canva Pro and Canva for Enterprise ham mavjud. 2020-yil iyunida, Canva 60 million avstraliya dollari miqdoridagi investitsiya jalb qilib, bozordagi narxini 6 milliard Avstraliya dollariga yetkazib oldi. Bu 2019-yilgi platformaning narxidan 2 barobar ko'proqdir1.

Canva Avstraliyaning Perth shahrida Melanie Perkins, Cliff Obrecht va Cameron Adamslar tomonidan 2013-yilning 1-yanvarida ishga tushirilgan. Faoliyatining ilk-yilida, Canva foydalanuvchilar soni 750,000 taga yetadi. 2014-yil aprelida, ijtimoiy tarmoqlar va texnologiyalar bo'yicha ekspert Guy Kawasaki kompaniyaga brendni tanituvchi (Brand Promoter) sifatida qo'shiladi. 2015-yilda, marketing materiallariga ko'proq e'tibor berilgan Canva for Work servisi ishga tushadi2.

Canva dasturida foydalanish mumkin bo'lgan bepul shablonlar juda ko'p hamda, bir kunda uch marta bepul fayl yuklab olishimiz mumkin. Canva bilan har kim va har bir kishi foydalanuvchi uchun qulay, ishonchli dizayn vositasiga ega bo'lib, u g'oyani qabul qilishni va uni bosma yoki onlayn tarzda ajoyib dizaynga

1 Campbell, Rebekah. „The Problem With Going Into Business With a Friend". The New York Times (15-sentabr2014-yil). Qaraldi: 21-dekabr 2014-yil.

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Canva

17-aprel, 2024

129

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

aylantirishni osonlashtiradi. Canva deyarli har bir maqsad uchun professional ko'rinishdagi dizaynlarni yaratish uchun amalga oshirilishi mumkin. Canva yordamida yaratishingiz mumkin bo'lgan ba'zi tarkiblar:

□ Blog posti banneri

□ Infografikani yaratish

□ Maxsus matn va Premium shriftlar

□ Tasvirni o'zgartirish

□ Rasmlarga matn qo'shing Nutq pufakchalari yaratuvchisi

Rasm shaffofligi vositasi

□ Fotosuratni yaxshilash

□ 8000 shablon

□ Surat xiralashtirish Foto vinyetka

Dizayn tarmoqlari

□ Logotip yaratish Foto ramkalar

Canva dasturidan ro'yxatdan o'tish bosqichini ko'rib chiqamiz.

1. Dastlab internet brouzer orqali www.canva.com saytini qidiruvga beramiz.

2. Quyidagi oyna hosil bo'ladi, yuqori o'ng burchakdagi 3aperHCTpHpoBaTbCH tugmasi ustiga bosib Canva dasturi asosiy oynasiga kirishni bosamiz.

130

17-aprel,2024

Tashkent State University of Economics

3aperHCTpHpoBaTbCH ga o'tkandan so'ng qanday akkount orqali ro'yxatdan o'tishniso'raydi.

1. Google akkount orqali

2. Facebook akkount orqali

3. Boshqa elektron pochta orqali

4. Boshqa variantlar orqali

Biz Google akkount orqali ro'yxatdan o'tishni tanlab ro'yxatdan o'tamiz va quyidagi oyna ochiladi.

O fti %

* H «I f>

m m *

1. Shaxsiy foydalanish. Ish va shaxsiy foydalanish uchun tanlash.

2. NNT lar. Umumiy foydalanish uchun tanlash.

3. Katta kompaniya. Siz o'z brendingizni vizual birligini saqlab qolgan holdatarg'ib qilmoqchisiz.

4. O'qituvchi. Siz o'quvchilaringizni yoki talabalaringizni ilhomlantirishgaintilasiz.

5. Talaba. Siz o'qituvchilaringiz yoki do'stlaringizni hayratlantirmoqchisiz.

6. Kichik biznes. Bu yerda siz o'z brendingizni boshidan oxirigacha loyihalashingiz mumkin.

Biz o'qituvchi bandini tanlab dastur asosiy oynasiga o'tamiz. Bizga quyidagicharo'yxatni taqdim etadi:

□ Oliy o'quv yurtlari;

□ Boshlang'ich, o'rta maktablar;

131

17-aprel,2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

□ Boshqa tashkilot.

O'zimizga kerakli bo'lgan bandini tanlaymiz va davom etish tugmasini bosamiz. Natijada bizdan qo'shimcha elektron pochta kiritishni taklif qiladi. Bu bandiga ma'lumot kiritishimiz ham yoki tashlab o'tib ketishimiz ham mumkin. Natijada Canva dasturining asosiy ishchi oynasi hosil bo'ladi.

Canva dasturining Главная bo'limi bandlari bilan tanishib chiqamiz. Ushbu bo'lim 7 ta banddan iborat :

1. Docs. Ushbu bo'limda hujjatlar yaratish mumkin. Ikki xil hujjat yaratishni taklif qiladi.

1) Hujjat. Vizual jihatdan jozibali hujjatlarni yarating.

2) Docs to Desks. Kontengizni yararing va keyin uni avtomatik ravishda tahrirlang.

2. Интерактивная доска. Ushbu bo'limda interaktiv doskani turli xillarini ajratib ko'rsatib berilgan. Masalan: interaktiv doska, aqliy hujum uchun interfaol doska, sxemalar bilan ishlash uchun inderaktiv doska, jamoa uchun interaktiv doska, interaktiv rejalashtirish uchun va turli xil interaktiv shablonlar ro'yxati keltirilgan.

3. Презентатции. Ushbu bo'limda barcha turdagi taqdimot turlari keltirib ko'rsatilgan. Masalan: taqdimot, ovozli taqdimot, mobil qurilmalar uchun taqdimot, taqdimot (4:3), aqliy hujum taqdimoti va boshqalar.

4. Соцсети. Ushbu bo'limda ijtimoiy tarmoqlar uchun turli kontekslar , reklamalar yaratish imkoniyati mavjud. Masalan: tez to'plamni yaratish, foto

17-aprel,_2024_

132

Tashkent State University of Economics

Darsni Darsni

T/r Korsatkichlar ananaviy infografika

shaklda shaklida

1 Ma'ruza materiali aniq taqdim etiladi 97% 99%

2 Ma'ruza materiali qiziqarli tarzda taqdim etiladi 73% 95%

3 Ma'ruza materiali tushunarli tarzda taqdim etiladi 72% 82%

4 Ma'ruza materiali qisqa va to'liq taqdim etiladi 75% 91%

tahrirlash, instagramga joylash, facebookga joylash, instagramdagi hikoya, facebook fon suratlari, qisqa videolar vahakazo.

5. Видео. Ushbu bo'limda videolami oson tahrirlash imkoniyatlari mavjud bo'lib, ijtimoiy tarmoqlar uchun, ta'lim sohasi uchun, reklamalar uchun videolarni tahrirlash va yangi videolar yaratish imkoniyati mavjud. Masalan: video, Instagram video, youtube video,tiktok video, video kolleksiyalari, facebook video va hakazo.

6. Сайты. Ushbu bo'limda Canva dasturi tomonidan bepul shablonli sayt dizaynlari taktif etiladi va sayt ustida tahrirlash ishlarini olib boorish mumkin.

7. Еще. Ushbu bandga kirganimizda turli interaktiv shablonlar bilan ishlash imkoniyatlari ochiladi. Masalan: infografika, foto kolleksiya, ish stol foni, diagramma, kitob muqovasi, bog'lanish diagrammasi, jurnal muqovasi, zoom uchun virtual fon, kalendar, plakat, ishchi varoq, hisobot va hakazo turdagi shablonlar ro'yxati keltirib o'tilgan.

Yuqoridagi rasmda 8,9-belgilangan bo'limlari Проекты va Шаблоны bo'limlari bo'lib, Проекты bo'limida siz tomoningizdan yaratilgan proyektlar fayl ko'rinishida canva dasturining bulut xotirasida saqlanadi. Шаблоны bo'limida umumiy holda barcha turdagi shablonlar ro'yxati keltirilgan, foydalanuvchi o'ziga kerakli turdagi shablonlarni tanlab tahrirlash yoki yangi proyekt yaratishlari mumkin.

Natija va munozaralar. O'quv jarayonida infografikadan foydalanish samaradorliginibaholash maqsadida Furqat tumani 2-umumta'lim maktabida tajriba sifatida aynan bitta ma'ruza materiali an'anaviy shaklda va infografika ko'rinishida taqdim etdik. O'rtacha bitta infografika 3-6 taqdimot slaydlarini almashtiradi, infografikaning asosiy qismi Canva dasturi yordamida amalga oshirilgan. So'rov o'tkazish uchun 9-sinf o'quvchilar ma'ruzadan so'ng anketa to'ldirish taklif qilingan. Otkazilgan anketa so'rovnomasidan ta'lim jarayonida infografikaning afzalliklari yaqqol ko'rindi, natijalar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Anketa so'rovnomasi tahlili natijalari

133

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

5 Ma'ruza qaysi tilda o'qilishidan qat'i nazar, materiallar yanada roq va tushunarliroq bo'ladi 32% 86%

6 Ma'ruza materiali talabalarning ijodiy fikrlashini rag'batlantiradi 45% 92%

7 Ma'ruza materiali sizda katta qiziqish uyg'otadi 75% 95%

8 Ma'ruza materialini tushunish va o'zlashtirish uchun eng kam vaqt bo'ladi 64% 87%

Xulosa o'mida shuni ta'kidlash kerakkli Canva dasturi barcha uchun kerakli dastur hisoblanadi, dasturni o'rganish natijasida foydalanuvchi agar o'qituvchi bo'lsa turli ko'rgazmali qurollar, o'quvchilarni taqdirlash maqsadida setifikat va diplomlar va hakazo turdagi ko'rgazmali qurollarni bepul, mustaqil tarzda yaratish imkoniyatiga ega bo'ladi.

REFERENCES

1. www.wikipedia.org

2. Campbell, Rebekah. „The Problem With Going Into Business With aFriend" The New York Times

3. www.Canva.com

134

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.