Научная статья на тему 'BOSHQARUV TIZIMIDA TASHKILOTLARNING YANGI TURLARI VA ULARNI RIVOJLANISHIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR'

BOSHQARUV TIZIMIDA TASHKILOTLARNING YANGI TURLARI VA ULARNI RIVOJLANISHIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashkilot / korxona / boshqaruv / tendentsiya / edxokratiya / partisipativ / tadbirkorlik / ko‘p qirrali / bozor / mahsulot / xarajat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Allayarova M.Q., Umaraliyev O.R.

Maqolada hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida korxonalarning yangi turlarining shakllanishi va ularni rivojlantirishdagi o‘zgarishlar o‘z aksini topgan. Tashkilotlarning yangi turlarining afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV TIZIMIDA TASHKILOTLARNING YANGI TURLARI VA ULARNI RIVOJLANISHIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR»

Allayarova M. Q.

Umaraliyev O.R.

Guliston davlat universiteti

BOSHQARUV TIZIMIDA TASHKILOTLARNING YANGI TURLARI VA ULARNI RIVOJLANISHIDAGI ZAMONAVIY TENDENSIYALAR

Annotatsiya. Maqolada hozirgi sharoitda boshqaruv tizimida korxonalarning yangi turlarining shakllanishi va ularni rivojlantirishdagi o'zgarishlar o'z aksini topgan. Tashkilotlarning yangi turlarining afzalliklari va o'ziga xos xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: tashkilot, korxona, boshqaruv, tendentsiya, edxokratiya, partisipativ, tadbirkorlik, ko'p qirrali, bozor, mahsulot, xarajat.

Allayarova M.K.

Umaraliyev O.R.

Gulistan State University

NEW TYPES OF ORGANIZATIONS IN MANAGEMENT AND MODERN TRENDS IN THEIR DEVELOPMENT

Annotation: in this article changes in the formation and development of new types of enterprises in the management system in the current conditions are reflected. The advantages and distinctive features of new types of organizations are highlighted.

Keywords: organization, enterprise, management, trend, adhocracy, participative, entrepreneurial, multifaceted, market, product, expense.

Hozirgi kunda menejmentning zamonaviy shakllari va usullari iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan subyektlarning bozorning talab va ehtiyojlariga, innovatsiyalardan keng foydalanishga, ishchi va hodimlarning yuqori mehnat natijalariga qiziqishini ta'minlashga yo'naltirilganligi bilan bog'liqdir. Bularning hammasi boshqaruvning oldingi eski shakllari va usullarini, avvalambor, mikro darajada, ya'ni korxonalar, tashkilotlar va ularning birlashmalari darajasida o'zgartirishni talab qiladi.

Bozor iqtisodiyotida diversifikatsiyalashgan turdagi korxonalar birlashmalarining yangi turlari shakllanmoqda. Ushbu tuzilmalarni yaratilishi quyidagi tamoyillarga asoslanadi: - ommaviy talab qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun resurslarni, quvvatlarni, turli yo'nalishdagi tarmoqlarni kontsentratsiyalash; - vositalarni turli yo'nalishlarga harakatlantirish imkoniyati; - ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ilmiy-texnikaviy innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni yaratish.

Boshqaruv tuzilmasida yuz berayotgan har Ыг o'zgarishni unga yuklatilgan vazifalar natijasiga qarab baholash lozim.3

1 - jadval

Tashkiliy tizimlarni takomШashtirish tendentsiyalari va tavsiflari

Tendentsiyalar Tavsiflar

Boshqaruvning га8ш1у tizimlaridan norasmiysiga o'tish Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish. Xodimning О'2 qobi1iyat1arini chiqarish xohish-istagi

Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish. Xodimning О'2 qobiliyatlarini chiqarish xohish-istagi Biznes markazlari: bozor ehtiyojlarini qondirishning yuqori darajasi

Biznes markazlari: bozor ehtiyojlarini qondirishning yuqori darajasi Kafolatlangan bandlik; Shaxsni hurmat qilish

Kafolatlangan bandlik; Shaxsni hurmat qilish Insonni ijodkor1igiga уо'1 berish; Tashabbuskorlik, tadbirkorlik va mustaqillikni amalga oshirish imkoniyatini ko'rsatish; Individua11ik; Ehtiyoj1arni qondirish

Insonni ijodkorligiga уо'1 berish; Tashabbuskorlik, tadbirkorlik va mustaqillikni amalga oshirish imkoniyatini ko'rsatish; Individua11ik; Ehtiyoj1arni qondirish Axborot texnologiyalarni rivojlantirish; Korxongada gorizontal aloqalarni modernizatsiyalash

Aшalda foydalanilayotgan ш^кт^ asosiy kamchiligi boshqaruv jarayonlarini па^а1ап emas, balki ulaming funktsional yo'naltirilganligi va qat'iy tartibga solinishidan iboratligidir.Bundan shu kelib chiqadiki, boshqaruv tizimining turli bo'g'inlarining maqsadlari va о^ГО aloqalari ulaming qat'iy belgilangan ixtisosligiga nisbatan ko'proq ahamiyatga ega bo'ladi.

Ви korporatsiyalar, aktsiyadorlik jaшiyatlari, шoliya-sanoat guruhlami tashkil etish Ыкп bog'liq bo'lgan muammolar, iste'molchilar talablari bo'yicha aniqlangan buyurtшalar va shartnoшalar, шahsulot sifati шuaшшolarini kompleks hal etishda yanada yaqqolroq namoyon ЬО'^Й. 4

Hozirgi kunda tashkilotlaming quyidagi zaшonaviy yangi turlari шavjud: edxokratik tashkilotlar; ко'р qirrali tashkilotlar; partisipativ tashkilotlar; tadbirkorlik tashkilotlari; bozorga yo'naltirilgan tashkilotlar.

Edxokratik tashkilotlar. Edxokratik tashkilotlar - Ьи ishchilaming harakatlarida yuqori darajadagi erkinlikdan, ulaming koшpetentligi va vujudga kelgan шuaшшolami шustaqil hal qila olish qobiliyatidan foydalanadigan tashkilotlar. Edxokratiya - Ьи rahbariyatning boshqaruv stili bo'lib, murakkab шaqsadlarga erishish vositalari ijrochilar toшonidan tanlanadi. Edxokratik tashkilotlar quyidagi xususiyatlarga ega:

3 Е.П. Иконникова Тенденции в системе организации и управления производством в современных условиях /Молодой ученый. - 2017. -№ 22 (156). - С. 263-265

4 Менежмент: Учебное пособие / Е.Е. Вершигора. - 2-е изд., перераб. И доп. - М.: ИНФРА - М, 2008.

• yuqori malaka, ijodkorlik, innovatsiya va samarali hamkorlikni talab qiluvchi yuqori texnologiyali sohalarda ishlash;

• norasmiy gorizontal aloqalar ustun bo'lgan organik tuzilma; ko'p hollarda tashkiliy tuzilma mavjud bo'lmasligi;

• iyerarxik tuzilma doimo o'zgaruvchan bo'ladi, vertikal va gorizontal munosabatlar asosan norasmiy xarakterga ega;

• insonning biron bir ishga qattiq bog'lanishi mavjud emasligi;

• tavakkalchilik va ish haqi mehnat jarayoni ishtirokchilari o'rtasida taqsimlanadi.

Edxokratik tashkilotlar ijodiy loyihalarni (reklama, teleloyihalar, shou, teatr tomoshalari) amalga oshirishda, yangi texnologiyalarni joriy etishda, inqirozga qarshi boshqaruvda samarali hisoblanadi.

Ko'p o'lchovli tashkilotlar. Ko'p o'lchovli tashkilotlar - ishchi guruxlar mustaqil ravishda va bir vaqtning o'zida uch hil o'lchovli bo'ladi: o'zining ishlab chiqarish faoliyatini zarur bo'lgan resurslar bilan ta'minlash, aniq iste'molchi, bozor yoki hudud uchun aniq mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish,o'zining mahsulotlarini sotishni (taqsimlash) amalga oshirish va aniq iste'molchiga xizmat ko'rsatish.

Bunday avtonom guruhlar foyda markazlari maqomiga ega bo'lishadi, ba'zi hollarda esa mustaqil kompaniyalar sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Ko'p o'lchovli tashkilotlar quyidagi xususiyatlarga ega:

• bo'linmalar budjetlari bo'limlarning o'zlari tomonidan ishlab chiqiladi, rahbariyat ularga mablag' qo'yadilar (pulni qarzga beradilar);

• ko'p o'lchovli tashkilotlarda ikki o'lchovli matritsa modeli singari ikki tomonlama bo'ysunish mavjud emas, chunki guruh rahbariyati birlashtirilgan;

• odatda tashkilotning har qanday qismi to'liq avtonom bo'lishi mumkin, xodimlarni ishga yollash, tayyor mahsulotlarni sotish va boshqa vazifalarni bajarganda;

• olingan foyda - avtonom guruhlar faoliyati samaradorligining asosiy ko'rsatkichi hisoblanadi; u guruhlar faoliyatini tahlil qilish va nazorat qilishni soddalashtiradi, qog'ozbozlikni kamaytiradi va boshqaruv tizimini soddalashtiradi.

Partisipativ tashkilotlar. Partisipativ tashkilotlar - bu boshqaruvda ishchilarning ishtirokidan foydalanadigan tashkilotlar. Shu bilan egalik hissini kuchaytirib ylarning mehnatini rag'batlantirishni ta'minlaydi.

Bunday tashkilotlarda ishchilar quyidagilarni amalga oshira oladilar: qaror qabul qilishda ishtirok etish, maqsadni belgilash jarayonida ishtirok etish, tashkilot muammolarini hal qilishda ishtirok etish.

Partisipativ tashkilotlarda qaror rahbarning fikri va ishchlarning qo'shgan

hissasini hisobga olgan holda qabul qilinadi.

Tadbirkorlik tashkilotlari. Tadbirkorlik tashkilotlari - bu boshqariladigan resurslardan ko'ra ko'proq o'sishga, mavjud imkoniyatlarga va yutuqlarga yo'naltirilgan tashkilotlardir.

Tadbirkorlik tashkilotlari quyidagi xususiyatlari ega:

• boshqaruv funktsiyalari tubdan o'zgaradi, u biznes bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlik subektlari faoliyatini qo'llab-quvvatlaydi, boshqaruv o'zida teskari piramidani aks ettiradi;

• tadbirkorlik subektlari mustaqil tadbirkorlik turini, biznes turini, faoliyat maqsadlari, usullari, vositalarini tanlaydilar; faoliyat shakllari ularning bozor ehtiyojlarini belgilaydi;

• maslahatchilar (biznes-trenerlar) tadbirkorlarga o'z tajribasi va biznes intuitsiya bilan yordam berishadi;

• tashkilot resurslari (moliya, axborot, xodimlar, vaqt, g'oyalar) tadbirkorlir tuzilmalari ixtiyorida bo'ladi va ularni faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Bozorga yo'naltirilgan tashkilotlar. Bozorga yo'naltirilgan tashkilotlar -bu tez moslashuvchan, divizional yoki matritsali tashkilotlar bo'lib, ularning barcha qismlari (ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, xodimlar, marketing, ta'minot, sotish, moliya, xizmat ko'rsatish) bozor yoki bozorlar atrofida guruxlanadi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning yangi turlari ishchi-xodimlarning bir vaqtning o'zida bir necha vazifalarni bajara olishilariga, faoliyatlari davomida yuqori darajadagi erkinlikga, kompetentlikga erisha olishlari va vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni mustaqil hal qila olish qobiliyatiga ega bo'lishini yaratadi.

Adabiyotlar:

1. M.Q.Allayarova., O.T.Sattorkulov., SH.O. Sadikova. Menejmentga kirish O'quv qo'llanma.-T.: "Metodist nashriyoti", 2023.

2. А.К. Семенов., Набоков В.И. Основы менеджмента: Прак тикум.- М.: ИТК «Дашков и К», 2010.

3. Менежмент: Учебное пособие / Е.Е. Вершигора. - 2-е изд., перераб. И доп. - М.: ИНФРА - М, 20084.

4. Е.П. Иконникова Тенденции в системе организации и управления производством в современных условиях /Молодой ученый. - 2017. -№ 22 (156). - С. 263-265.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.