Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDAGI HOZIRGI ZAMON DARSIGA TALAB VA UNING SAMARADORLIK SHARTLARI'

BOSHLANG'ICH SINFLARDAGI HOZIRGI ZAMON DARSIGA TALAB VA UNING SAMARADORLIK SHARTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDAGI HOZIRGI ZAMON DARSIGA TALAB VA UNING SAMARADORLIK SHARTLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDAGI HOZIRGI ZAMON DARSIGA TALAB VA UNING SAMARADORLIK SHARTLARI

A. Karimjonov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti dotsenti, p.f.n.

B. Xasanova

Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-kurs talabasi, O'zbekiston

Darsning tuzilishi o'quv materialining maqsadi va mazmuni, uni o'rganish metodlari, o'quv faoliyatini tashkil qilish formalariga ko'ra aniqlanadi. Darsning samaradorligi yuqoridagi holatlarning barchasini biriktirish, ular orasida o'zaro to'g'ri aloqa o'rnatishga bog'liq bo'ladi. Agar dars tuzish metodikasida bu holatlarning biriga ikkinchisining hisobidan afzallik berilsa, uning bir butunligiga putur yetadi, mahsuldorligi pasayadi.

O'qitish mazmunining to'liq analizi va o'quvchilarni tarbiyalashda undan foydalanish imkoniyatlari L.A.Visotina tomonidan bayon qilingan. Muallif bolalarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatuvchi bilimlarni to'rt gruppaga ajratadi: birinchidan, kishilarning ayrim axloqiy sifatlarini bevosita ochib beruvchi ishlari va xatti-harakatlari haqidagi ma'lumot va bilimlar, o'quvchilarni o'zlarining xulqlariga, atrofdagi kishilar va narsalarga nisbatan o'z burchlarini bajarishlariga qo'yilgan talablar; ikkinchidan, inson tanasi haqidagi ma'lumot va bilimlar, sanitariya-gigiyena qoidalarini o'quvchilar tomonidan bajarilishiga qo'yiladigan talablar; uchinchidan, ijtimoiy hodisalar, kattalar va bolalarning ishlab chiqarish, mehnat faoliyatlari, Vatanimiz qudrati, go'zalligi, boyligi haqidagi ma'lumot va bilimlar; to'rtinchidan, tabiat hodisalari, jonivorlar va o'simliklar, jonsiz tabiat, tabiatdan foydalanish hamda uni o'zgartirishdagi kishilar mehnati haqidagi bilimlar. Boshqa muhim talab uning mazmunining ilmiyligiga qaratiladi.

O'quvchilar tomonidan bir turdagi faktlarning egallanishi, ular turli xildagi malakalarni shakllantirishga alohida e'tibor berish qator yillar davomida boshlang'ich ta'lim uchun xarakterli bo'lib keldi. O'qituvchining ishiga, birinchi navbatda, o'quvchilardagi turli malakalarining holati, bir turli faktlarni o'quvchilar tomonidan egallanilishiga ko'ra baho berilardi. Bunda o'quvchilarning ko'rib chiqilayotgan hodisa va faktlar o'rtasidagi real mavjud bo'lgan aloqani anglab olganlariga yetarlicha e'tibor berilmasdi. Tabiiyki, yaxshi hisoblash, o'lchash, orfografik va boshqa malakalarsiz boshlang'ich kurs predmetlarini o'rganish juda qiyin bo'ladi, biroq hozirgi kunda boshlang'ich kursni o'rganishni faqat malakalarni shakllantirish va bir turli faktlarni egallash bilangina cheklab bo'lmaydi. Hozirgi zamon boshlang'ich ta'limi uchun o'quvchilarni nazariy ma'lumotlar bilan qurollantirish, bunday bilimlarni fakt va

May 3, 2024

427

hodisalar o'rtasida mavjud bo'lmagan aloqani tushuntirishda doimo qo'llash xarakterli bo'lib qolmoqda.

O'quvchilar o'zlarida mustaqillikni o'stirgan holda qonuniyat va munosabatlarni aniqlashni o'rganishlari, kuchlari yetgancha umumiy xulosa chiqarishlari hamda o'z fikrlarini yozma va og'zaki bayon qilishni o'rganishlari kerak. O'qitishda nazariyaning rolini oshirib borish masalasi boshlang'ich maktabning yangi programmasida o'z aksini topgan. Nazariyaning yetakchilik roli uning amaliyoti bilan uzviy aloqasida sezilib turadi.

Demak, programmaga yangi nazariy materialning kiritilishi - boshlang'ich ta'limning ilmiy darajalarini oshirishdagi muhim yo'llanmalaridan biridir. Quyi sinflarda o'qituvchi o'quvchilar keyinchalik nazariyani ongli egallashlari uchun konkret hodisalarni ko'rib chiqayotgan va analiz qilayotgan vaqtida shunga muvofiq o'rinlarga alohida e'tibor berib, asta-sekin zamin tayyorlab borishi kerak. Boshlan g'ich sinflardagi ta'limda nazariy darajaning oshib borishiga qo'yiladigan talabni tushunarliroq qilish uchun bir necha misol keltiramiz. Misollarni matematikaning boshlangich kursidan olamiz, chunki unda nazariyaning amaliyot bilan uzviy aloqadagi yetakchi roli juda ravshan ko'rinadi.

I. 1-sinfda darslikdagi an'anaviy sistemaga muvofiq birinchi o'nlik sonlari ketma-ket o'rganilardi. Sonlarning har birini ko'rib chiqqanda 2 soniga ega bo'lish uchun 1ni 1ga, 3 soniga ega bo'lish uchun 1ga 2ni, 4 soniga ega bo'lish uchun 3ga 1ni qo'shish kerakligi aniqlanardi, biroq bularning hammasi bir-biridan ajralgan holda turli darslarda ko'rib chiqilardi.

Bunday yondashilganda oldingi darslarda egallangan bilimlarni umumlashtirish uchun qulay sharoit yaratilmasdi, bu esa o'quvchilarga 5, 6 va shu kabi sonlarni o'rganishga bag'ishlangan keyingi darslarda bilimlarni egallashlarida kam yordam berardi.

Biroq dastlabki to'rt-besh sonlarini o'rganishda bularga ega bo'lish usullarini qiyoslash (yangi programma va darslik ham shuni nazarda tutadi) mumkin, bunda bolalarning e'tibori har bir kelgusi sonni undan oldingisiga 1ni qo'shish yo'li bilan olish mumkinligiga qaratiladi, natijada, keladigan sonlarni ko'rib chiqishga aloqador bo'lgan vazifa ancha yengillashadi. Haqiqatan, agar o' quvchi har bir keyingi songa ega bo' lish uchun oldingisiga 1ni qo'shish kerakligini tushunib olsa, 6, 7, 8, ... sonlarini qanday olishini o'zi ham tushuntirib bera oladi.

Qiyoslash, ko'rib chiqilayotgan faktlarni taqqoslash, ular o'rtasidagi aloqani aniqlash va shunga muvofiq umumlashtirish qanday ahamiyatga ega bo'lishi misollardan ko'rinib turibdi; bunday yondashilganda birinchidan, materialni egallash osonlashadi, ikkinchidan, "Birinchi o'nlikdagi raqamlarni nomerlash" mavzusini o'rganishdagi nazariy darajada o'sadi, chunki raqamlarni o'rganish bilan birga garchand bunday ish bilan o'quvchilar maxsus shug'ullanishmagan bo'lsa-da, natural qatordagi har bir

May 3, 2024

428

keyingi sonning yasalish prinsipini ham bilib oladilar. Bunday usulda egallangan qo'shimcha bilim ularga keyinchalik ko'rib chiqilayotgan raqamlar sohasi kengayganda - 20 raqami atrofidagi nomeratsiya o'rganilganda ham, 100 va shu tartibdagi sonlar nomeratsiyasi o'rganilganda ham yordam beradi, chunki bu prinsip umumiy ahamiyatga ega hisoblanadi.

II. Hozirgi paytgcha hisoblash malakalari, jumladan, 20 va 100 atrofida q o'shish hamda ayirish malakalari hodisa xususiyatiga tayanmay shakllantirilardi: uzoq vaqt davomida (ikki, uch, bazan to'rt yil davomida ham) bolalar u yoki bu hodisalar xususiyati qo'llashga asoslanilgan qator faktlar bilan tanishardilar, o'zlari esa bu xususiyatlar haqida hech qanday tasavvurlarga ega emas edilar. Natijada esa bolalar, masalan, 100 soni atrofida qo'shish va ayirish ishlarini bajarishlari uchun 20 dan ortiqroq hisoblash usullarini egallashlari kerak bo'lardi.

Buning o'rniga yangi programmada ko'rsatilganidek, o'quvchilarni faqat to'rtta asosiy xususiyatlarni bilish bilan qurollantirilsa (soni yig'indiga va yig'indini songa qanday qo'shish kerak, soni yig'indidan va yig'indini sondan qanday ayirish kerak), o'quvchi qo'shish va ayirish uchun berilgan har qanday misolni yechishining turli usullarini mustaqil topish imkoniyatiga ega bo' ladi.

Nazariya elementlarini o'rganishda ilgor o'qituvchilar ularni o'quvchilarga majburan emas, balki ularni ongli suratda o'zlashtirishlariga intiladilar.

Dars mazmuniga qo'yiladigan muhim talablardan biri uning hayoti bilan, o'quvchilarning shaxsiy tajribalari, mehnat, demokratik qurilish praktikasi bilan bo g'liq bolishidir. Ilg'or o'qituvchilar nazariy materialni o'rganishni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari va kuzatishlari bilan uzviy bog'laydilar. Yangi ma'lumotlar va aloqalar odatiy tasavvur sistemasiga mantiqiy qo'shiladi, bu esa pedagogik psixologiya ta'limotiga ko'ra predmet nazariyasini ongli egallashning sharti hisoblanadi. Darslarda o'lkashunoslik materiallaridan foydalanishi o'qitish bilan hayot ortasidagi muhim aloqa formulasi hisoblanadi. Tajriba ko'rsatilishicha, bu tufayli darslar mazmuni bolalarga yaqin va qiziqarli boladi, bilimlarni ongli ravishda egallashda tushunarli va puxta bolishiga yordam beradi.

Boshlang'ich matematika darsliklariga qo'shimcha o'lkashunoslik xarakteridagi materiallar kiritilgan bo' lsa ham, hali darslikda bunday materiallardan foydalanish imkoniyati juda kop. Masalan, masalalar tuzishda Respublikamiz va butun mamalakat hayoti hamda mehnatini aks ettiruvchi rayon, oblast, respublika hamda markaziy gazetalar boy material beradi. Buning ustiga mazkur gazetalardan olingan raqamlar o'quvchilarni respublikamiz va Vatanimiz erishgan yutuqlardan faxrlanishga majbur qiladi.

Dars mazmuniga qo'yiladigan muhim talab uning o'quvchilar uchun tushunarli va kuchlari yetadigan bo'lishidir. Bu talabning buzilishi tushunmovchilikka, bilimlarni

429

mexanik egallashga, qiziqishning kamayishiga, bolalardagi umumiy rivojlanishning sekinlashishiga sabab bo'ladi.

Professor L.V.Zankov labaratoriyasidagi ko'p yillik eksprementlar o'quvchilarni yuqori, biroq kuchlari yetadigan darajada o'qitish kerakligini isbotlaydi. Qiyinchilikning bu darajasini har bir aniq dars uchun mazkur sinf o'quvchilarining tayyorgarligini nazarda tutgan holda aniqlash - o'qituvchining muhim vazifasidir.

Boshlang'ich ta'limning yangi programmasi o'qituvchilarning metodik tajribasida to'plangan eng yaxshi tomonlaridan ratsional foydalanishni so'ngra o'qitish metodlarini yanada takomillashtirishda ba'zi yo'nalishlarni nazarda tutadi. Boshlang'ich ta'lim metodini takomillashtirish "o'qitish jarayonida bolalarning bilish faoliyatlarini maksimal aktivlashtirish, o'quvchilar mustaqiligini o'stirish, bundan faqat o'tilganni mustahkamlash emas, balki yangi materialni ko'rib chiqishda ham keng foydalanish zarur, ularda mashg'ulotlarga qiziqishni, yangi bilimlarni egallashga ishtiyoq va ko'nikmani, ulardan turli xil masala muammolarni hal qilishda foydalana bilishini tarbiyalashga" yo'llangandir.

Mashhur fin pedagogi R.Nevanlinna bu borada shunday deydi: "Yaxshi dars berishning usullari juda ko'p, yomon dars berish usullari undan ham ko'p; eng yomon usul - zerikarli dars berishdir".

O'qishga, fan asoslarini o'rganishga qiziqishning faktlarga, ma'lumotlarga sof tashqi qiziqish tarzida tushunish mumkin emas. O'qishga qiziqishni tarbiyala sh muamosi yetarlicha keng, masalan u darsning ijobiy emotsional atmosferasini yaratishni, o'quvchi u yoki bu hodisaning sabablarini, ular o'rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini aniqlashga intiluvchi bilish qiziqishlarini tarbiyalashni o'z ichiga oladi. Har bir dars o'ziga xos tafakkur darsi, ijodga yaqinlashtiruvchi dars bo'lishi kerak.

O'quvchilarni aktivlashtirish bu anchagina murakkab ish, ayniqsa, yangi programmaga o'tish sharoitida pedagogik muammodir, shuning uchun o'quvchilarni o'quv faoliyatlarini aktivlashtirishga yordam beruvchi vosita, metod va usullarni tanlash o'qituvchi doimo alohida e'tibor berdigan ish bo'lishi kerak.

Respublikamizning ilg'or o'qituvchilari bir qator usullar yordamida o'quvchilarning bo'lish va ijodiy faoliyatlarini aktivlashtirishga erishmoqdalar. Ulardan:

1) butun sinfga tavsiya etilgan har qanday ijodiy ishda har bir o'quvchining iloji boricha mustaqil ishlashni ta'minlash;

2) buning uchun o'qitishning individual va kollektiv formalarini optimal qo'shish usullari bilan birga ayrim taqsimlanadiga didaktik materiallardan foydalanish;

3) o'rganilayotgan material bilan faoliyat turlari o'rtasidagi to'g'ri muvofiqlikni ta'minlash ;

4) darsda (mavzu materiali asosida) ziyraklik, diqqat, tasavvur va shu kabilarning shakllanishini tekshirish uchun o'ziga xos konkurslar o'tkazish.

430

Bilish mustaqilligi va ijodiy tafakkurni o'stirish masalasini hal qilishdagi muhim vosita mamalakatimizda 10 yildan ortiq davrdan beri jadal o'rganilayotgan muammoli o'qitishdir. Muammoli o'qitishdagi birinchi muhim qadam muammoli holatni yaratishdir. Didaktika tilida "muammoli holat yaratish" degan ibora, o'qituvchi o'quvchilarga shunday savollar beradiki, ular bilimlari yetishmasligi tufayli bu savolga darhol javob bera olmaydilar degan ma'noni anglatadi.

Dars metodikasini takomillashtirishdagi muhim talablardan biri unda ko'rgazmalilik va texnikaviy vositalardan foydalanishdir.

Boshlang'ich sinflarning o'qituvchilari darslarda ko'rgazmalilikni turli xillaridan foydalanadilar: bosma rasm va jadvallar (namoyish qiladigan, tarqatiladigan), natural predmetlar, daralikdagi rasmlar. Ko'pchilik boshlang'ich sinf o'qituvchilari turli texnikaviy vositalar: diapozitiv va diafilmlar, o'quv kinofilmlari va televideniyedan mohirlik bilan foydalanadilar.

Hozirgi zamon o'qituvchisi o'zida yuksak professional pedagogik madaniyatni, demokratik kelajak uchun g'oyaviy va axloqiy kurashdagi sifatlarini mujassamlashtirishi, o'zi berayotgan fanning so'nggi yutuqlarini, pedagogik va metodik nazariyani yaxshi bilishi, pedagogik tajribadan ijodiy foydalanishi, psixologik ma'lumotlariga asoslanishi, ilmiy nuqtayi nazarda o'quvchilarning aqliy, axloqiy va jismoniy kuchlarini o'stiruvchi eng ratsional usul va metodlarni qidirishi kerak bo'ladi.

References / Adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz (1-qism). -Toshkent: O'zbekiston, 2018. 25-b.

2. Uzluksiz ma'naviy tarbiya kontsepsiyasi "Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1059-son qarorda 1-ilova.

3. A.Karimjonov. Ta'lim tizimini boshqarish asoslari. -Toshkent: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012.

4. A.Karimjonov. O'quv muassasalarida me'yoriy hujjatlar yuritish. -Tashkent: 2020-y.

5. A.Karimjonov. F.Ochilov. Boshlang'ich sinflarda ta'lim tarbiya muammolari. -Toshkent: Irfon, 2021.

431

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.