Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH TA’LIMDA RITORIKA MASALALARI VA UNGA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR'

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA RITORIKA MASALALARI VA UNGA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
196
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang’ich ta’lim / ta’lim sifati / o’quvchi / munosabat / ritorik / savodxonlik. / primary education / education quality / student / attitude / rhetoric / literacy.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — A. Xalikov

Boshlang’ich ta’lim doirasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ya’ni bolada ijobiy munosabatni shakllantirish, o’qish savodxonligini tarkib toptirish, ularda mantiqiy va ijodiy tafakkurni shakllantirish, ularni og’zaki va yozma muloqot meyorlarini egallashga hamda o’z-o’zini boshqarishda ritorikaning o’rni haqida mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RHETORICAL PROBLEMS IN PRIMARY EDUCATION AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES TO THEM

Measures are being taken to further improve the education system and its quality. In this context, it is important to focus on improving the quality and efficiency of primary education and the provision of qualified personnel, which is crucial in this field.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH TA’LIMDA RITORIKA MASALALARI VA UNGA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA RITORIKA MASALALARI VA UNGA PSIXOLOGIK

YONDASHUVLAR Xalikov A'zam Abdusalomovich

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari

doktori

https://doi.org/10.5281/zenodo.7454832 Annotatsiya. Boshlang'ich ta'lim doirasida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ya'ni bolada ijobiy munosabatni shakllantirish, o'qish savodxonligini tarkib toptirish, ularda mantiqiy va ijodiy tafakkurni shakllantirish, ularni og'zaki va yozma muloqot meyorlarini egallashga hamda o'z-o'zini boshqarishda ritorikaning o'rni haqida mulohazalar yuritilgan.

Kalitso'zlar: boshlang'ich ta'lim, ta'lim sifati, o'quvchi, munosabat, ritorik, savodxonlik.

РИТОРИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К НИМ Аннотация. В данном статье анализирован специальных исследований позволяющий заключить, как функции риторики в процессе развития личности учёные связывают с решением задач самоопределения личности и развития её самосознания b с формированием «сильной языковой личности», существенными сторонами которой являются владение основами построения речи.

Ключевые слова: начальное образование, качество образования, ученик, отношение, риторика, грамотность.

RHETORICAL PROBLEMS IN PRIMARY EDUCATION AND PSYCHOLOGICAL

APPROACHES TO THEM Abstract. Measures are being taken to further improve the education system and its quality. In this context, it is important to focus on improving the quality and efficiency ofprimary education and the provision of qualified personnel, which is crucial in this field.

Keywords: primary education, education quality, student, attitude, rhetoric, literacy.

Ritorika yunoncha " notiqlik san'ati" keng ma'noda esa badiiy nasr haqidagi fan bo'lib, mil. avv. V-IV asrlarda Yunonistonda yuzaga kelgan. Miloddan. avvalgi III-II asrlarda tizimli fan sifatida shakllangan. U Sharqda voizlik san'ati sifatida nom qozongan.

Bizga ma'lumki, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar ongiga va qalbiga berilayotgan bilim, ko'nikma va malakalarni chuqur singdirish, jismonan sog'lom, ma'nan yetuk, har tomonlama barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan , intellektual salohiyatli, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatan taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan, o'ziga va o'z imkoniyatiga ishongan yosh avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish bugungi kun va pedagogikaning asosiy maqsad va vazifalaridan biriga aylangan. O'zbekiston Respublikasi birinch Prezidenti Islom Karimovning 2013-yil 6-dekabrdagi "Amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish - yorug' kelajagimizning asosiy omilidir" mavzusidagi ma'ruzalarida "2014-yil Sog'lom bola yili" deb e'lon qilindi va yuqorida sanalgan vazifalarga ko'ra "Sog'lom bola yili" davlat dasturi doirasida aniq maqsadga yo'naltirilgan keng ko'lamli chora-tadbirlarda o'z ifodasini topdi.

Shu nuqtai nazardan, boshlang'ich ta'lim doirasida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, ya'ni bolada ijobiy munosabatni shakllantirish, o'qish savodxonligini tarkib toptirish, ularda mantiqiy va ijodiy tafakkurni shakllantirish, ularni og'zaki va yozma muloqot meyorlarini

2358

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

egallashga hamda o'z-o'zini boshqarish va tuta bilishga o'rgatish uchun boshlang'ich sinflarda sifatli ta'limiy faoliyatni tashkil etishga alohida e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bilimi sayoz bo'lsa, yuqori sinflarda ham fanlarni o'zlashtirishi talab darajasida bo'lmasligi aniq, ya'ni ta'limda poydevorni mustahkam qo'ymay turib, uning pirovard natijasiga erishib bo'lmaydi.

Shunday ekan, sohada hal qiluvchi o'rin tutadigan malakali kadrlar ta'minoti, ularning kasbiy salohiyatini oshirish borasida alohida e'tiborga molik talablar joriy etilgan.

Hozirgi kunda o'qituvchiga qo'yiladigan malaka talablari, umuman, shu kabi me'yorlar zamon talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilmoqda.

Boshlang'ich sinflar uchun belgilangan bilimlar massasini o'qituvchi o'quvchiga to'liq va to'g'ri yetkazib berishi juda muhimdir. Zero, bu o'qituvchining notiqlik san'ati, ya'ni ritorika salohiyatiga bog'liqdir. Voizlik san'ati pedagogning o'quvchiga ta'sir etish va yetkazib berishining asosiy kalitidir. Binobarin, pedagogda bilim va fikrlash san'ati bor, biroq notiqlik va e'tibor tortish san'ati bo'lmasa, dars ilmiy-metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilsa-da, o'z samarasini bermaydi.

Bunda ritorikaning 5 qismini ko'rib chiqish va pedagog bularning bari yuzasidan o'zida kasbiy va metodik mahoratni shakllantirish bo'yicha ishlashi lozim.

S Materialni topish. Topilgan va berilmoqchi bo'lgan bilimlar to'plami qabul qiluvchi, ya'ni o'quvchinig yosh va individual xususiyatlariga mos bo'lishi lozim. O'quvchi yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos bo'lmagan yangi tushunchalar ular ongida singib, o'z aksini topmaydi.

S Tushunish oson bo'lishini ta'minlash va ma'lumotlarni joylashtirish. Maktabgacha ta'lim va kichik maktab yoshidagilar ta'limida o'zlashtira olmaslik sabablari sifatida e'tirof etiluvchi bu jihat o'quvchi bilish faoliyatiga kuchli va tartibsiz bosimni yuzaga keltiradi. Qadimgi yunon notiqlarining fikricha, yaxshi nutqning kuchi fikrlarning o'zaro bog'lanishi bilan belgilanadi. Agar tinglovchilar bir fikrni qabul qilsa, u bilan bog'liq qolgan fikrlarni ham tan oladi. Demak, tayyorlangan materiallar tushunishga oson bo'lishini ta'minlash uchun to'g'ri izchillik asosida prinsipi asosida berilishi lozim. Bu orqali izchil muntazam o'qilayotgan fanlar orqali o'quvchilarda bilish qobiliyati, o'zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borishni nazarda tutadi.

S So'z bilan ifodalash. Notiqning nutqi bu uning asoosiy qurolidir. Olimlar uni dudama hanjariga qiyos etishadi. Ya'ni u ikki tomoni ham kesuvchi quroldir. Bir tomonida adolat tursa, ikkinchi tomonida adovat. Darhaqiqat, bugungi zamon rivoji kishidan o'z fikrini to'g'ri va to'laqonli ta'sirli qilib bayon etishini talab etadi. Nutqimizning ta'siri ikki xil omilga bog'liqdir: -nutq sifati; -nutq texnikasi.

O'qituvchining yetkazayotgan fikrlari, yoinki, nutqining to'g'ri, aniq, mantiqiy, sof, ta'sirli, jo'yali, boyligi, ifodaviyligi, soda va qisqaligini talab etuvchi omillar uning sifatini tashkil etadi.

Nutq paytida o'qituvchining o'zini tutishi, eng avvalo, auditoriyaga kirib kelish jarayoni, xarakteri, so'zlash manerasi( ya'ni so'zlovchining ovoz tembri, toni va tovush to'lqinining tarqalish masofasi), fikr yuritish usuli, tana harakatlari, nutq jarayonida auditoriyani ko'z orqali nazoratga olish va shu orqali so'zlasha olishi uning texnikasini tashkil etadi.

2359

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'qituvchi darsni shunday boshlab, davom etib, yakunlanishi kerakki, tinglovchi kim bo'lishidan qat'iy nazar (u o'quvchilar, ota-onalar, hamkasblar va h.k) so'zlovchini yoqtirib qolishi, hech bo'lmaganda, haftada bir soat dars bo'lsa, shu vaqtda sizning leksiyangizdan to'lqinlanib, o'zaro muhokama qilishi kerak.

O'qituvchi ovoz tonining o'zgarishiga alohida e'tiborli bo'lmog'i lozim. Sinf xonasiga o'quvchilar shovqinini bartaraf etish va diqqatlarini o'ziga qaratib olish uchun har kuni turli xil uslublardan foydalanishi va bu foydalanayotgan uslub dars xarakteriga mos bo'lishi ta'lim sifatining oshishini ta'minlaydi. Misol uchun, o'qish darsiga ustoz " bir bor ekan, bir yo'q ekan. .. ..-maktabning ... .-sinfidagi zukko o'quvchilar bugun .. ..(mavzu nomiga mos keltirish) olamiga qilishar ekan. Bu sayohatga ular 3 guruhga bo'linib, birinchi (ikkinchi, ....) sayyohlar jamoasiga (har bir qator uchun to'polonchi o'quvchilar aytilishi kerak) sardor etib tayinlanibdi va h.k". (Shu o'rinda ularning vazifalari o'qituvchi tomonidan aytib ketiladi.) sayohat har bir jamoadagi sayyohlar(o'quvchilar) to'liq yo to'liq emasligini aniqlash olish orqali davom ettiriladi.

Darsning boshlanishini o'qituvchi qanday boshlasa, dars so'nggiga qadar shu atmosfera auditoriyani tark etmasligini unutmaslik kerak.

S Yodlash. Ko'plab o'qituvchilarda kuzatiladigan asosiy kamchilik bu ularning o'z nutqlarini yoddan bayon etishlaridir. Dars strukturasini tuzgan vaqt pedagog ketma-ketlikka rioya qilgan holda yuqorida sanalgan jihatlarni inobatga olib, o'z nutqini yodlamagan tarzda bayon etishi lozim. Bunda, albatta, o'qituvchidan yillik va kundalik tayyorgarligi, so'z boyligi, mahorati va ijodkorligi talab etiladi.

Ushbu jarayonda o'qituvchi o'zida quyidagilarni jamlagan bo'lishi tavsiya etiladi:

- pedagogning o'zi juda dadil va fikriga amin bo'lishi kerak;

- nutq to'la isbotlanishi lozim;

- nutqdagi hamma narsa muhim hisoblanishi kerak;

- nutq materialini sidqidildan to'plash va idrok etgan bo'lishi lozim;

- so'zlovchi va tinglovchi o'rtasida erkin muloqot muhitini yaratishi kerak.

S Talaffuz. So'zlovchining talaffuzi to'g'ri, aniq va yoqimli bo'lishi kerak. Darhaqiqat, yaxshi nutq yutuq manbai. Talaffuz tonining o'zgarmay, bir me'yorda davom etishi tinglayotgan o'quvchilarni zeriktiradi va diqqatini tarqoqs holatga olib keladi. Ovoz tonining 3 holati: yuqori, o'rta, pastki holatidan birdek o'rinli foydalanish zarur.

Sharq Uyg'onish davrining yetuk namoyondalaridan biri Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida mudarrislarga faoliyatida muvaffaqiyatga erishish garovi bo'lgan quyidagi tavsiyalarni beradi:

> Bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish;

> Berilayotgan bilimning o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishiga e'tibor qaratish;

> O'quvchining xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini nazorat qilish;

> Bilimlarni o'quvchining yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda olib borish;

> Har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga erishish;

> Bolalarni fanga qiziqtira olish.

Yuqorida bayon etilgan fikrlarni umumlashtirib aytadigan bo'lsak, boshlang'ich sinflarda ta'lim va muloqotning kaliti nutq bilan, tarbiya va muomalaning kaliti xulq bilan ekanligini yodda tutish zarur.

REFERENCES

236G

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1. "Pedagogika" o'quv qo'llanma / Y.Rasulova, O.Nurmatova—T.Adabiyot uchqunlari, 2014.

2. "KUGlarda ta'lim-tarbiya ishlari nazariyasi va metodikasi" o'quv qo'llanma/ N.Nasritdinova, D.Maqsudova—T. 2015.

3. "boshlang'ich ta'lim va jismoniy madaniyat yo'nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar" xalqaro ilmiy konferensiyalar maqolalar to'plami—T. 2017.

2361

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.