Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
517
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
interfaol metodlar / interfaol usul / V.A.Suxomlinskiy / samaradorlik / dolzarb muammolar / intelektual salohiyat. / interactive methods / interactive method / V. A. Sukhomlinsky / efficiency / actual problems / intellectual potential.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O. Ikromova

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar ham o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirishni faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USING INTERACTIVE METHODS TO IMPROVE THE QUALITY AND EFFICIENCY OF PRIMARY EDUCATION

Interactive method in the educational process by increasing the activity of students and the teacher serves to enhance the acquisition of knowledge by students, the development of their personal qualities. The use of interactive methods helps to increase the effectiveness of the lesson.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH TA'LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH Ikromova Ominaxon Elmurod qizi

Andijon davlat pedagogika instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7005747

Annotatsiya. Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar ham o 'qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali o'quvchilarning bilimlarini o'zlashtirishni faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: interfaol metodlar, interfaol usul, V.A.Suxomlinskiy, samaradorlik, dolzarb muammolar, intelektual salohiyat.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА И ЭФФЕКТИВНОСТИ НАЧАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация. Интерактивный метод - в учебном процессе за счет повышения активности учащихся и преподавателя служит активизации приобретения знаний учащимися, развитию их личностных качеств. Использование интерактивных методов способствует повышению эффективности урока.

Ключевые слова: интерактивные методы, интерактивный метод, В. А. Сухомлинский, эффективность, актуальные проблемы, интеллектуальный потенциал. USING INTERACTIVE METHODS TO IMPROVE THE QUALITY AND EFFICIENCY

OF PRIMARY EDUCATION

Abstract. Interactive method - in the educational process by increasing the activity of students and the teacher serves to enhance the acquisition of knowledge by students, the development of their personal qualities. The use of interactive methods helps to increase the effectiveness of the lesson.

Keywords: interactive methods, interactive method, V. A. Sukhomlinsky, efficiency, actual problems, intellectual potential.

KIRISH

Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o'qituvchilari dars mashg'ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Interfaol usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash , tahlil qilish , xulosalar chiqarish , o'z fikrini bayon qilish , uni asoslangan holda himoya qila bilish , sog'lom muloqot , munozara , bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib , rivojlanib boradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Interfaol usullar ko'p turli bo'lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avallo , o'qituvchidan mashg'ulot oldidan katta tayyorgarlik ko'rishni talab qiladi. O'quv jarayonida o'quvchining o'zi o'ziga baho berishi , tanqidiy qarashi rivojlanadi. O'quvchi uchun dars qiziqarli o'qitilayotgan predmet mazmuniga aylanadi. O'qish jarayoniga ijodiy yondashuv , ijobiy fikr namoyon bo'ladi. Har bir o'quvchining o'zi mustaqil fikr yurita olishiga , izlanishga , mushohada qilishga olib keladi. Interfaol usulda o'tilgan darslarda o'quvchi faqat ta'lim mazmunini o'zlashtiribgina qolmay , balki o'zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o'qituvchi yuksak rivojlangan fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo'yicha chuqur mushohada yuritishga , muammolarni o'z vaqtida yecha oladigan qobiliyatga ega bo'lishi kerak. Interfaol metodlarda darslarni tashkil etishda o'quvchi shaxsini rivojlantirish o'zi-o'ziga zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya'ni o'quvchining:

- O'zi mustaqil mutolaa qilishi , o'qishi asosida bilim olishi;

- O'zini-o'zi anglab yetishga , anglab tarbiya topishga;

- O'z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga;

- O'quv mehnatiga mas'uliyat xissi bilan qarashga;

- O'z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi , har bir daqiqani g'animat bilishga;

- O'quv mehnatiga o'zida hoxish , istak uyg'ota olishga;

- Har qanday vaziyatda faollik ko'rsata olishga;

Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot manbalaridan unumli foydalana olishga o'rganmog'i zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda o'quvchining o'zini-o'zi rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida yechimini kutayotgan dolzarb muammolardandir. Keying vaqtlarda o'qituvchilar orasida shaxsga qaratilgan ta'lim nima? Interfaol metodda o'qitish nima uchun zarur? Uni qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni ta'lim jarayoniga qanday olib kiradi? Uning avvalgi usullardan farqi nimada? Degan savollar uchraydi. TADQIQOT NATIJALARI

Interfaol usullardagi darslarda o'quvchini ijodiy fikrlashga , olingan axborotlarni o'zaro faollikda hal etishga , o'z fikrini erkin bayon etishga , tashabbuskorlikka , guruhlarda masalalar yechimini topishga , hamkorlik , hamjihatlikda ish yuritishga , fikrni mantiqan yozma ravishda bayon etishga chorlaydi.

Interfaol metodlarda ish yuritish , an'anaviy usullardan voz kechish degani emas. Balki ta'lim mazmunini o'zaro faollikda hal eta olish demakdir. Interfaol usulning bosh maqsadi o'quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol , erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir. U o'zining intelektual salohiyatini , imkoniyatlarini namoyon etadi va o'quv sifati va samaradorligini oshiradi. MUHOKAMA

O'qish inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. O'qish orqali inson borliq , jamiyat haqida bilimga ega bo'ladi , o'qishni bilmagan odamning ko'zi ojiz kishidan farqi yo'q. Boshlang'ich sinfda o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi.

V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday deydi: ''Bolalar dunyoni va o'z-o'zini bila borish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar uchun o'zining mas'ulligini oz-ozdan bila borishlari kerak. .. .bolaga yaxshilik va yomonlikni to'g'ri ko'rish imkonini berish kerak. Yaxshilik unda quvonch , zavq , hayajon , ma'naviy go'zallikka erishish ishtiyoqini hosil qiladi; yomonlik qahr-g'azab , murosasizlik uyg'otadi , haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma'naviy kuchga to'ldiradi.

O'qish darslarida qo'llaniladigan metodlar: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi''da ta'lim berishning ilg'or pedagogik texnologiyalarni , zamonaviy o'quv uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta'kidlangan. Maktablarda darslarning samaradorligi ko'p jihatdan interfaol metodlarni to'g'ri qo'llash bilan bog'liq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Interfaollik asosida o'tgan darsni tashkil etish shunday kechadiki , bu jarayonda birorta ham o'quvchi chetda qolmaydi , ya'ni ular ko'rgan , bilgan , o'ylagan fikrlarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'quvchilarning har bir bildirgan fikrlari , u to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lishidan qat'iy nazar , tanqid qilinmaydi. O'quvchilar hamkorlik , ham ijodkorlikda ishlashda mavzu mazmunini bilish va o'zlashtirishda o'zlarining shaxsiy xislarini qo'shish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro bilimlar , g'oyalar , fikrlarni almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bunday holatlar o'zaro samimiylikni ta'minlaydi , yangi bilimlarni olish , o'zlashtirishga havas ortadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, interfaol metodlarni tashkil qilish va olib borish bu mashg'ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol ta'lim bir vaqtda bir nechta masalani hal etishga imkoniyat beradi. Bulardan asosiysi-o'quvchilarning muloqot olib boorish bo'yicha ko'nikma va malakalarini rivojlantiradi, o'quvchilar orasida emotsional aloqalar o'rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o'z o'rtoqlarining fikrini tinglashga o'rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarni bajarilishini ta'minlaydi. Shu bilan birga, amaliyotda ma'lum bo'lishicha, dars jarayonida interfaol metodlarni qo'llash o'quvchilarning asabiy zo'riqishlarini bartaraf qiladi, ular faoliyatining shaklini almashtirib turish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish imkoniyatini beradi.

Interfaol metodlarni mashg'ulot maqsadiga muvofiq tanlash

Interfaol mashg'ulot turlari ko'p bo'lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko'zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko'riladi. Interfaol mashg'ulotda ishtirok etish uchun o'quvchilarning tayyorgarliklariga o'ziga xos talablar qo'yiladi, bular mashg'ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o'zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o'zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o'z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko'nikmalari va boshqalardan iborat.

Mashg'ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to'g'ri tanlash, tayyorlash hamda mashg'ulot o'tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo'lishi lozim. Interfaol metodlar bilan an'anaviy ta'lim usullari orasida o'ziga xos farqlar mavjud bo'lib, har bir o'qituvchi bu farqlarni qiyoslashi , ularning bir-biriga nisbatan afzalliklari va kamchiliklarini darsni rejalashtirish va uni o'tkazish usullarini tanlashda to'g'ri hisobga olishi zarur. Bunda yangi bilimlarni berish, ko'nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo'llash mashg'ulotlarida hamda o'quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo'yicha mashg'ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo'lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to'g'ri tanlash nazarda tutiladi. To'g'ri tanlangan metodlarni qo'llash mashg'ulotning qiziqarli va samarali bo'lishini ta'minlaydi. Interfaol metodlar konstruktiv tizimning quyidagi asosiy xulosalarini hisobga olish lozim:

O'quvchi o'zi o'rganishi kerak , aks holda unga hech kim hech narsani o'rgata olmaydi:

O'qituvchi o'quvchilarga bilimlarini "kashf qilishga" yordam beradigan jarayonni tashkil

qiladi;

Bilim borliqdan ko'chirilgan nusxa emas, uni odam shaklantiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti , Aniq fanlar fakulteti , Matematika kafedrasi , matematika o'qitish metodikasi fanidan o'quv-metodik majmua. Chirchiq: 2019

2. Turdiyev N.SH., Asadov YU.M , Akbarova S.N , Temirov D.SH. Umumiy o'rta talim tizimida o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalari. //O'quv uslubiy qo'llanma(I-qisim). Toshkent, 2015.

3. A.A.Abduqodirov , R.Ishmuxamedov , A.Pardaev. Ta'limda innovatsion texnologiyalar (ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar). T.: Iste'dod , 2008.

4. Manzura90.zn.uz/interfaol-metodlar/

5. uz.denemetr.com/docs/769/indexs-31326-1.html?page=2

6. bilim13.zn.uz/dars-ishlanma/interfaol-metodlar/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.