Научная статья на тему 'BOSHLANGʼICH TAʼLIM OʼQITUVCHILARINING PEDAGOGIK VAZIFALARNI BAJARISHIDA REFLEKSIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANGʼICH TAʼLIM OʼQITUVCHILARINING PEDAGOGIK VAZIFALARNI BAJARISHIDA REFLEKSIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
145
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang’ich ta’lim / refleksiya / reflektiv fikrlash / tanqidiy fikrlash / kompetensiya. / primary education / reflection / reflective thinking / critical thinking / competence.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — B. Abdullayeva, N. Aminova

Mazkur maqolada informatsion davrda yashayotgan va faoliyat yuritayotgan umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o`qituvchilarining qabul qilingan ma`lumotlarni refleksiya orqali tahlil qila olish hamda bu orqali o`quvchilarda tanqidiy fikrlash va reflektiv kompetensiyalarni rivojlantirish haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF REFLEXIVE COMPETENCES WHEN PERFORMING THE PEDAGOGICAL TASKS OF PRIMARY EDUCATION TEACHERS

This article expresses opinions about the ability of primary school teachers living and working in the information age to analyze the information received through reflection and through this develop students' critical thinking and reflective competencies.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʼICH TAʼLIM OʼQITUVCHILARINING PEDAGOGIK VAZIFALARNI BAJARISHIDA REFLEKSIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH TA'LIM O'QITUVCHILARINING PEDAGOGIK VAZIFALARNI BAJARISHIDA REFLEKSIV KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH

Abdullayeva Barno Sayfuddinovna

P.f.d., professor Aminova Nasiba

Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) fakulteti I kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7348320 Annotatsiya. Mazkur maqolada informatsion davrda yashayotgan va faoliyat yuritayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'qituvchilarining qabul qilingan ma'lumotlarni refleksiya orqali tahlil qila olish hamda bu orqali o quvchilarda tanqidiy fikrlash va reflektiv kompetensiyalarni rivojlantirish haqida fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, refleksiya, reflektiv fikrlash, tanqidiy fikrlash, kompetensiya.

ФОРМИРОВАНИЕ РЕФЛЕКСИВНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ ПРИ ВЫПОЛНЕНИИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ЗАДАЧ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ ОБРАЗОВАНИЙ Аннотация. В данной статье высказываются мнения о способности учителей начальных классов, живущих и работающих в информационную эпоху, анализировать полученную информацию посредством рефлексии и посредством этого развивать у учащихся критическое мышление и рефлексивные компетенции.

Ключевые слова: начальное образование, рефлексия, рефлексивное мышление, критическое мышление, компетентность.

FORMATION OF REFLEXIVE COMPETENCES WHEN PERFORMING THE PEDAGOGICAL TASKS OF PRIMARY EDUCATION TEACHERS Abstract. This article expresses opinions about the ability of primary school teachers living and working in the information age to analyze the information received through reflection and through this develop students' critical thinking and reflective competencies.

Keywords: primary education, reflection, reflective thinking, critical thinking, competence.

Kompetensiyalar mohiyatini to'laqonli anglash uchun mazkur iboraning lug'aviy ma'nosini tushunib olish taqozo etiladi. Kompetensiya (lotincha: competo — erishyapman, munosibman, loyiqman) — malum bir sohadagi bilimlar, tajribalar. Refleksiya - aks ettirish demakdir. Masalan, yorug'lik, tovush, kozgu va dengiz to'lqinlarining qaytarilishi, akslanishi refleksiyaga misol bola oladi. Ma'lum masofada boshlanish nuqtasiga qaytarilish refleksiyaning yaqqol ta rifidir. Refleksiyaning mohiyati har bir sohada alohida ochib berilishi mumkin. Pedagogika sohasida refleksiya tanqidiy fikrlash orqali ma'lumotlarni filtrlash deb tushuniladi. Boshlang'ich sinf darslarini tashkillashtirishni ijod darajasiga yetkazish, innovativ va samarador ta'lim berishda refleksiv kompetensiyalarni rivojlantirish oqituvchi oldidagi muhim vazifalardan biridir. Reflektiv kompetensiyalarni rivojlantirish dars davomida nimalar qilishga va qilinadigan ishlar samara berishiga diqqat qaratish - pedagogning o'z-o'zini kuzatishi va baholashidir. Sinfda darsnng borishi haqida ma'lumot toplash va bu ma'lumotlarni tahlil qilish va baholash orqali o'qituvchining amaliyotdagi haqiqiy tamoyillari kashf etiladi. Bu esa oz navbatida keyinchalik o'quv jarayonidagi o'zgarishlar va yuksalishlarga olib boradi. Reflektiv o'qitish oz faoliyatini idrok etish, o'qitish davomida turli mashg'ulotlarni qo'llash orqali samaradorlikni aniqlashni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

taqozo qiladi. Massachusets texnologiya instituti professori va faylasuf Donald Alan Shon reflektiv kompetensiyalarni rivojlantirish davomiy jarayonligi va insonning oz bilimini ongli ravishda tajribaga tadbiq etilishi haqidagi nazariyani ilgari surgan. Uning fikricha, reflektiv kompetensiyalar bu uzluksiz ta'lim jarayoniga jalb qilish uchun o'z harakatlari haqida fikr yuritish qobiliyatlaridir. Donald Shon refleksiv amaliyotni ikki turga ajratadi:

• Fikr yoki hodisa, harakatdagi refleksiya:

S Vaziyatni idrok etish;

S Shu vaziyatda nima qilish haqida qaror qilish;

S Qaror qilingan xatti-harakatni amalga oshirish.

• Fikr yoki hodisa, harakat haqida refleksiya:

S Vaziyatni qayta eslab jonlantirish;

S Vaziyat natijasini kelajakda qanday o'zgartirish mumkinligi haqida qaror qabul qilish.

Oqituvchi dars davomida reflektiv kompetensiyalardan foydalana olishi uchun dastlab oldingi tajribalarini tahlil qila olishi va hodisa orqali kelajakda yanada takomillashgan natijaga erishishi uchun nimalarni amalga oshirishi mumkinligi haqida fikr yuritishi muhimdir. Yani, Donald nazariyasiga ko'ra, tinimsiz oldingi tajribalar haqida fikr yuritish pedagogning refleksiv kompetensiyalarini har bir jarayonga tadbiq qilishiga yo'l ochadi.

Refleksiv o qitishda o qituvchi kamoloti haqidagi asar muallifi Bartlet (1990) takidlaydiki, reflektiv kompetensiyalarga ega o'qituvchi bo'lish deganda dolzarb muammoning yechimini "qanday qilib?" savoli orqali ta'lim texnologiyalarini qo'llagan holda aniqlash va aniqlangan yechimlarni amalda qo llab kattaroq natijalarga erisha oladigan o qituvchi tushuniladi. Bartlet muammoga reflektiv yondashuvning modelini quyidagicha tavsiflaydi:

Muntazam natijalarni tahlil qilish orqali o'qituvchi sinf hayotini o'zgartirish va samaradorlikni kuchaytirishga erishadi. Yana shuni qoshimcha qilish mumkinki, reflektiv ta'lim berish bu miyada fikr yoki savollar uchun bo'sh joy ajratishdir. Masalan, "Men hozir kichik yoshdagi bolalarni o'qitish haqida nimalarni bilaman?" bunday turdagi savollarning miyada muntazam takrorlanishi vaqt otishi bilan bolalarni oqitish bilan chuqurroq yondashuvchanlikka undaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'qitish davomida o'qituvchi o'ziga quyidagi savollarni berishi zarur:

> Darsning obyekti nima ekanligini o'zim anglab yetdimmi?

> Dars obyekti talablariga javob bera olamanmi?

> Dars obyekti talablariga javob berishim uchun nimalar qilishim zarur?

> Nima uchun men dars obyekti talablariga javob bera olaman? Bunday tarzdagi reflektiv fikrlash muammolarga yechim topishga yordam beradi. O'qituvchi har hafta yakunida o'tilgan mavzular bo'yicha quyidagi savollarga javob

berisho zarur:

S Bu hafta darslarning qaysi qismida o'quvchilaringiz eng faol bo'ldi? S Bu hafta darslarning qaysi qismida o'quvchilaringiz faolligi susaydi? S Bu hafta oquvchilaringizning qaysi xatti-harakatini boshqalar uchun ham manfaatli bo'ldi?

S Bu hafta o'quvchilaringizning qaysi xatti-harakati keltirib chiqargan muammo siz uchun yechimi yo'qdek tuyuldi?

S Bu hafta sinfdagi qaysi holat sizni eng ko'p hayratlantirdi? S Hafta davomidagi mavzularning qamrovi qancha bo'ldi deb o'ylaysiz? S O'quvchilar siz bergan yangi ma'lumotlarning qancha qismini to liq tushundilar deb o'ylaysiz?

S Hafta davomidagi darslarni yanada samaradorligini oshirish uchun nimalar qilishingiz mumkin edi?

S Darslar davomida qaysi orinlarda noo'rin vaziyatlarni tashkil qildim deb o'yladingiz?

Zamonaviy pedagog sifatida boshlang'ich sinf o'quvchilariga refleksiv ta'lim berish uchun yuqoridagi kabi tahlil va analizga undovchi savollarni o'z-o'ziga berish foydalidir. Haftalik tahlil va analiz darslar davomidagi kamchiliklarni bartaraf etishga, o'quvchilardagi tanqidiy hamda kreativ fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. O'qituvchi o'zida refleksiv kompetensiyalarni rivojlantira borgani sayin ushbu kompetensiyalardan foydalanib bolalarni ham refleksiya asosida o'qitishni boshlaydi. Ya'ni, Bolani o'zini tahlil qilishga, xatolarini anglashiga va maqsadiga erishishi uchun qanday vazifalarni amalga oshirishi kerakligini o'rgatishga erishadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida» qonuni. 1997.

2. «Ta'lim to'g'risida» O'zbekiston Respublikasi qonuni. Barkamol avlod- O'zbekiston kelajagining poydevori.-T.: 1998.21-b.

3. Abdullaeva Q.A, Safarova R.g', Bikbaeva N.U, Baxramov.

4. Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi. Boshlang'ich ta'lim jurnali № 6-1998 y.

5. Abdullaeva q. Ochilov M., K.Nazarov, S.Fuzailov, N.Bikbaeva «Boshlang'ich maktab darsliklarini yaratish mezonlari. T.: 1999.

6. R.A.Mavlonova N.Raxmonqulova "Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi" T.: Ili-Ziyo 2009 y.

7. Umumiy o'rta va o'rta maxsus kasb- hunar ta'limi jarayonida fanlararo uzviylikni ta'minlash muammolari respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi Toshkent - 2009 y.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

8. O'zbekiston Respublikasining «Boshlang'ich sinf tarbiya va sport to'g'risida» qonuni (Yangi taxrirda). 2000.

9. Safarova P.F., Sh.Ne'matov va boshq. O'quv predmetlari mazmunini aniqlovchi asosiy parametrlar.- T:Fan va texnologiya, 2011 yil. 160b. [1,2], [1,8]

10. Olsson, Thomas; Martensson Katarina and Roxa, Torgny. Pedagogical competence. (manual). Swedish, Division for Development of Teaching and Learning,Uppsala University, 2010 yil. [4,4]

11. Ibragimov X., Yoldoshev U. va boshqalar. Pedagogik psixologiya. -T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007 yil.

12. Xoliqov А. Pedagogik mahorat.-Т.: Iqtisod-moliya, 2011 yil. -163-164 betlar. [8,6]

13. Rahmatova, F., & Abrorxonova, K. (2021). Educational issues in the works of enlightened intellectuals. Boshlang'ich ta'limda innovatsiyalar, 7(Архив№ 2).

14. Abrorkhonovna, A. K. (2022). FORMATION OF A SENSE OF PATRIOTISM THROUGH TOURISM IN THE CURRENT TEXTBOOK" UPBRINGING" OF PRIMARY EDUCATION. British Journal of Global Ecology and Sustainable Development, 5, 70-74.

15. Abrorkhonova, K., & Khudoyberdieva, S. (2022). VIRTUAL TOUR IN PRIMARY SCHOOL. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(06), 72-77.

16. Abrorkhonova, K., & Khudoyberdiyeva, S. (2022, June). ORGANIZATION OF EXCURSIONS IN PRIMARY SCHOOL CLASSES. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 139-143).

17. Abrorxonova, K. A., & Qizi, S. M. S. (2022). BOSHLANG 'ICH SINF "TARBIYA" DARSLARINI TASHKIL ETISHNING USUL VA VOSITALARI. Science and innovation, 1(1), 54-61.

18. Hayitov, A. I., & Abdushukurova, D. (2022). EFFECTIVE WAYS TO ORGANIZE MOTHER TONGUE LESSONS IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE TECHNIQUES. Conferencea, 30-32.

19. Bakhtiyarovna, M. Z. (2021). INTEGRATED TEACHING OF PRIMARY EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 1332-1336.

20. Anvar, H. Integrated Approach to Improving Pedagogical Abilities of Future Primary Education Teachers. JournalNX, 197-201.

21. Сaлaeвa М.С., Абдyрacyлoвa Ш.К. Пeдaгoг прoфeccиoнaлизмининг шaкллaниши гасбий кддрият cифaтидa нaмoён булиши // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center. www.in-academy.uz. ISSN 2181-2888. With Impact Factor: 8.2. Volume 2 Issue 02, February 2022 Pages 183 -188. https://doi.org/10.5281/zenodo.6242575

22. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

23. Бeкнaзaрoвa Х.Х. Фoрмирoвaниe мoбильнocти личнocти KaK пeдaгoгичecкaя прoблeмa // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

24. Shoyunusova F.S. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarning o'rni // Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск №22 (том 5) (январь, 2022). -C.1099-1103.

https://www.mpcareer.ru/_files/ugd/a62191_0b77bb588ae44c41874c43e8211ea9a8.pdf

25. Салаева М.С., Джумабаева М.Б. Педагогнинг кичик мактаб ёшидаги болаларни ижтимоий мобиллигини оширишга таъсири // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Impact Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - Б. 59-62. Retrieved from http://www.sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/1552

26. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошлангич таълим укувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022 ISSN 21812888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

27. Salaeva M.S., Koshnazarova M.A., Abdukodirov G., Radjabova D.A. Professionalism of the Teacher as a Pedagogical Credo in the Age of Innovation // SPECIALUSIS UGDYMAS / SPECIAL EDUCATION 2022 1(43). Pp. 10571 - 10576. https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1637

28. Muxammadeva, X. K., Nurmuratova, I., Tulaganova, S., & Jumaniyazova, M. (2022). O 'QUVCHILARDAGI KITOBXONLIK MADANIYATI ORQALI ALTRUISTIK MOTIVLARNI RIVOJLANTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 1284-1288.

29. Мухаммадиева, Х. К., & Исматуллаева, Ф. Р. (2022). БОШЛАНЕИЧ СИНФЛАРДА ДИДАКТИК ЖАРАЁНДА БОЛАНИНГ РИВОЖЛАНИШИНИ ТАЪМИНЛОВЧИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ ИЛМИЙ-ПЕДАГОГИК ТАХДИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(2), 77-82.

30. Muhammadiyeva, X. K., & Ergasheva, G. Z. (2021). BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(2), 10-14.

31. Эргашева, Г. М., Мухаммадиева, Х. К., & Артикбаева, Н. Н. (2021). Синфдан ташкари машгулотлар оркали укувчиларни ижодий фаолиятга йуналтириш методлари. Science and Education, 2(5), 578-582.

32. Muhammadieva, K. (2020, June). The Idea "Personal Interests and the Priority of Education" in the Education as One of the Key Factors in Reforming School Education for Upbringing Perfect Individual. In Proceedings of International Multidisciplinary Scientific-Remote Online Conference on Innovative Solutions and Advanced Experiments (p. 22).

33. Абдуллаева, Ш. А., & Мухаммадиева, Х. К. (2016). Девиант хулкли илк успирин ёшидагиларни ижтимоийлаштириш ва профилактика ишларини олиб бориш. Современное образование (Узбекистан), (11), 48-53.

34. Мухаммадиева, Х. К. (2014). Начальные сведения о развитии арифметики в трудах учёных математиков Востока. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных

_наук, (3-2), 230-231._

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

35. Tuxtayevna, H. M., Mahkambayevna, E. G. Z., & Karamatovna, M. X. Methodological Bases of Development of Socially Active Competencies of Future Primary School Teachers in Students and Improvement of Its Methodology. International Journal of Health Sciences, (II), 10646-10654.

36. Furkatovna, A. M. (2022). INNOVATION YONDASHUV ASOSIDA BO'LAJAK PEDAGOGLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(7), 99-106.

37. Furkatovna, A. M. (2022). Methods of Innovation Approach to Forming Communicative Competence of Future Educators. Eurasian Scientific Herald, 10, 53-58.

38. Adilova, M. (2022). PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL FACTORS OF INNOVATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE OF THE FUTURE TEACHER. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(04), 304-308.

39. Адилoвa, М. Ф. (2021). Фoрмирoвaниe экoлoгичecкoй культуры y yчeникoв нaчaльнoгo oбрaзoвaния Ha ocHoBe мeдиaтeхнoлoгий. Science and Education, 2(6), 543546.

40. Адилoвa, М. Ф. (2020). РЕФОРМЫ В ОБРАЗОВАНИИ УЗБЕКИСТАНА: СОСТОЯНИЕ И ПЕРСПЕКТИВЫ. Science and Education, 1(7), 452-455.

41. Ergasheva, G. M., Sotiboldieva, S. J., & Adilova, M. F. (2020). COMPREHENSIVE APPROACH TO ASSESSING STUDENTS KNOWLEDGE IN PRIMARY SCHOOL BASED ON THE INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Theoretical & Applied Science, (1), 56-62.

42. Bartlett, L. (1990). Teacher Development through Reflective Teaching. In J. C. Richards, & D. Nunan (Eds.), Second Language Teacher Education (pp. 202-214). New York: Cambridge University Press.

43. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. Donald Allan Schon.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.