Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFO‘QUVCHILARI BILAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH'

BOSHLANG‘ICH SINFO‘QUVCHILARI BILAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
255
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sinfdan tashqari ishlar / to‘garaklar / sayohat / devoriy gazeta / muzey / viktorina.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdullayeva Gulnora Mengaliyevna

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlar va ularning ayrim turlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFO‘QUVCHILARI BILAN SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-usiubiy jurnali №15

BOSHLANG'ICH SINFO'QUVCHILARI BILAN SINFDAN TASHQARI

ISHLARNI TASHKIL ETISH

Abdullayeva Gulnora Mengaliyevna

Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 81-maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7487333

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan tashkil etiladigan sinfdan tashqari ishlar va ulaming ayrim turlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Sinfdan tashqari ishlar, to'garaklar, sayohat, devoriy gazeta, muzey, viktorina.

Umumiy o'rta ta'limning barcha bosqichlarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish ahamiyatli sanaladi. O'quvchilar maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan vaqtlaridan to ushbu dargohni bitirgunga qadar turli fanlar bo'yicha sinfdan tashqari ishlarda qatnashadilar. Snfdan tashqari ishlari deb - maktabning o'quvchilar bilan olib boradigan o'quv mashg'ulotlaridan tashqari xilma-xil ta'lim-tarbiya ishlariga nisbatan aytiladi. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini yo'lga qo'yish shakllaridan biri sanaladi.

Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkl etish va unda o'quvchilarning faol ishtirokini taminlash uchun bir qancha mashg'ulotlar mavjud. Eng avvalo o'qituvchi tashkil etishi kutilayotgan sinfdan tashqari mashg'ulotning maqad vazifalarini to'g'ri anglay olishi va undan kutiladigan natijalarni ko'ra bilishi zarur. Boshlang'ich sinflarda deyarli barcha fanlar doirasida sinfdan tashqari mashg'ulotlarni tashkil etsa bo'ladi. Quyida anahunday mashg'ulotlarning ba'zilari haqida to'xtalib o'tamiz.

To'garaklar - sinfdan tashqari ishlarning eng ko'p tarqalgan shakllaridan biri. To'garaklarning asosiy vazifasi - ta'lim olayotgan fanlariga alohida qiziqish ko'rsatgan o'quvchilar, shuningdek fanlarni yaxshi o'zlashtira olmayotgan o'quvchilar bilan bajariladigan chuqurlashtirilgan ishlarni tashkil etishdir. Fan to'garaklariga o'quvchilarni tanlashda ularning fanga nisbatan alohida qiziqishlarini, moyilliklari va imkoniyatlarini hisobga olish kerak. To'garaklarda o'quvchilar o'zlarini darsga qaraganda erkinroq his etadilar.

Tanlovlar - fan o'qituvchilari tomonidan turli-xil shartlardan iborat bir nechta bosqichli tanlovlarni tashkil etish mumkin. Bunda o'quvchilarga tanlovning o'tish tartibi, unda qatnashish shartlari va albatta rag'bat haqida yaxshilab tushuncha berish

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №15

zarur. Masalan: o'qish darslarida sinfdan tashqari "Ifodali o'qish", "She'r aytish" kabi mashg'ulotlarni tashkil etish mumkin.

Fan olimpiadalari - Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng ko'lamda o'tkaziladigan va fanlarni o'rganishda o'quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan ishdir. Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog'liq holda maktab ichida, tuman va shaharlarda o'tkazish mumkin. Olimpiadani 4- sinfdan boshlab o'tkazib, g'oliblar maktabning devoriy gazetalarida va o'quvchilar yig'ilishlarida rag'batlantiriladi.

Gazeta va viktorinalar (matematika fani misolida) Matematik gazeta va viktorinalar Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o'z ichiga olgan topi'shmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib, qiziqtirish xarakterida bo'ladi. Viktorinada esa o'quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. Javoblar belgilangan vaqtda o'quvchilarga yetkaziladi. Matematik viktorinalar - gazetalardan farqli ravishda faqat o'quvchilarga yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo'ladi. Javoblar yozma ravishda ma'lum vaqt ichida o'qituvchi tomonidan g'olib o'quvchi aniqlanib, e'lon qilib boriladi. Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb ataluvchi joyga osib qo'yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli

Ekskursiya - maktabdan tashqari ishlardan eng muhimlaridan sanaladi. Ekskursiya o'tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo'lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo'lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o'zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. Maktabning joylashgan o'rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, shirkat xo'jaligi va fermer xo'jaligi hamda boshqa joylarga ekskursiyalar o'tkaziladi. Qurilish materialidan, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Ayniqsa muzeylarga uyushtiriladigan sayohatlar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi.

Teatr - o'quvchilar orasida iqtidorlilarni kashf etishda maktabda sahnalashtiriladigan tomoshalar muhim salanadi. Biror asarni, ertak yoki hikoyani sahnalashtirishda o'qituvchi albatta o'quvchilarni qobiliyatini to'g'ri baholay bilshi zarur.

Xulosa qilib aytganda sinfdan tashqari ishlar o'quvchilarni fanlarga bo'lgan qiziqishlarini ortishiga, ularda ta'limiy va tarbiyaviy bilimlarning shakllanishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.https://cyberleninka.ru/article/n/sinfdan-tashqari-tarbiyaviy-ishlarni-tashkil-qilishning-ilmiy-va-nazariy-asoslari/viewer

2. http: //rej a.tdpu. uz/shaxsiyrej a/views/maj mua/fileviewer/?param=65abd2e 1f7e d68bc57d39713f68f6c9c

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.