Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILAR QIZIQISHINI OSHIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILAR QIZIQISHINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8456
442
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / texnologiya / qiziqish / samaradorlik / AKT.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O'Rinova Malika Najmiddinovna, Rustamova Fazolat Asrorovna

ushbu maqolada boshlang`ich sinflarda texnologiya fanining maqsad va vazifalari,o‘quvchilar hayotida tutgan o‘rni va texnologiya darslari jarayonida o`quvchilar qiziqishini oshirishning turli yo‘llari haqida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI O`QITISH JARAYONIDA O`QUVCHILAR QIZIQISHINI OSHIRISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA FANINI OQITISH JARAYONIDA O QUVCHILAR QIZIQISHINI OSHIRISH

O'rinova Malika Najmiddinovna, Rustamova Fazolat Asrorovna

Navoiy viloyati Konimex tumani 16- umumiy o'rta talim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchilaгi https://doi.org/10.5281/zenodo.7376601

Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda texnologiya fanining maqsad va vazifalari,o'quvchilar hayotida tutgan o'mi va texnologiya daгslaгi jarayonida o'quvchilar qiziqishini oshiгishning tuгli yo'llari haqida fikrlar bildiгilgan.

Kalit so'z: boshlang'ich sinf, texnologiya, qiziqish,samaгadoгlik, AKT.

Umumiy o'rta talim maktablaгining boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun texnologiya dallan qiziqaгli fanlardan biгi hisoblanadi. Ko'pgina fanlar qatoгida yosh avlodning haT tomonlama yetuk bo'lishi ta'lim-taгbiya jarayonini to'g'гi tashkil etishda texnologiya fani o'zining muhim o'miga ega. O'quvchi voyaga yetib, qaysi kasbni egallamasin, kim bo'lmasin, "Texnologiya" fanidan olgan bilim va ko'nikmalaгi hayotda, albatta, naf keltiгadi. Bugungi kunda yoshlarga kasb tanlashlaгida, baгkamol shaxs bo'lib yetishishlarida, ijodiy qobiliyatlaгini гivojlanishlaгida texnologiya fani asosiy ko'makchi va muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Texnologiya dallan o'quvchilarga quvonch bag'ishlaydi. Chunki ulaг bu daгsda o'z mehnatlarining гohatini ko'гadi, bajaгgan ishlaгidan zavqlanadi, bu esa o'z navbatida o'quvchilarda Ыг qancha ijobiy hislatlarni shakllanishiga yoгdam beгadi. Texnologiya daгslaгida o'quvchilaming bilim doiгasi kengayadi, mehnatga bo'lgan hurmati oshib boгadi, kasbga bo'lgan qiziqish uyg'onadi. Bu jarayonlar sodir bo'lishi uchun esa o'qituvchi darsni samarali tashkil qilishi va har bir darsga puxta tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'ladi.Texnologiya darslarida samaradorlikka

erishishning hamda o'quvchilarning qiziqishini oshirishning yo'llari ko'p. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.

Texnologiya darslarida uyishtiriladigan sayohatlar - dars mavzusidan kelib chiqqan holda maktab rahbarining ruxsati bilan sayohatlarni rejalashtirishni dars jarayonlarida yoki darsdan bo'sh vaqtlarda ham tashkil qilsa bo'ladi. O'quvchilar bilan birgalikda milliy hunarmandchilik uylari, muzeylarga, ko'p yillik tajribaga ega hunarmandlar va duradgorlar oldiga borish ularning qo'l mehnatlarini tomosha qilish, tayyorlanish texnologiyasi bilan tanishish ularga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Texnologiya darslarida uyushtiriladigan sayohatlar davomida o'quvchilar duradgorlik, chilangarlik, tikuvchilik hamda pazandachilik sohalarga oid ko'plab kasb-hunarlar bilan tanishadilar. Bu esa o'quvchilarni kelajak hayotlarida shu kabi kasb-hunarlardan birini egallab, sohaning mohir mutaxassisi bo'lib yetishishlariga qiziqishlarini oshishiga ham sabab bo'ladi.

Texnologiya darslarida "master-klass"larni tashkil qilish-dars jarayoniga ko'p yillik tajribaga ega, hunarmandlar, duradgor, tikuvchi va boshqa kasb egalarini taklif qilish. Ularning hayotiy tajribasi bilan o'rtoqlashish. O'quvchilarning qiziqqan savollariga javob olishi va ular bilan birgalikda ma'lum bir mehnat faoliyatini birgalikda bajarishi ular uchun unutilmas jarayon va tajriba bo'ladi. Natijada o'quvchilar texnologiya darslarida ulardan o'rgangan ish tajribalarini yodga oladi va amaliy darslarda o'zlarini sinab ko'rishadi.

Texnologiya dars jarayonida AKTdan foydalanish- hozirda hech bir sohani AKTsiz tasavvur qilishni imkoni yo'q. Texnologiya darslari amaliy mehnat jarayonlariga asoslangan bo'lsada, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish dars jarayonining muvaffaqiyatli o'tishiga yordam beradi. Maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilari rangli qog'ozdan har xil gullar, maketlar, tabriknomalar, turli ko'rinishdagi o'yinchoqlar, parranda va jonivorlar shaklini yasash, gazlamalardan ajoyib buyumlar tayyorlashni o'rganib boradilar. Dars jarayonida faqatgina bitta usuldan foydalanib mehnat jarayonlarini tashkil qilish o'quvchilar uchun ozroq zerikarli bo'lib qolishi mumkin. Shuning uchun o'qituvchi yangi dars yuzasidan izlanishi, yangi materiallarni yig'ishi kerak bo'ladi. Hozirda inson mehnati tufayli

ko'plab go'zalliklar yaratilmoqda. Bunday qo'l ishlarini topish va ularni o'quvchilar bilan birgalikda bahramand bo'lishi uchun ko'pgina internet saytlari mavjud. Oddiygina qog'ozdan gul yasash jarayonini mingdan ortiq turi mavjud.Shunga o'xshash eng yaxshi namunalarni izlab topish va ularni o'quvchilarga ko'rsatish natijasida darsda yanada ko'proq o'quvchilarni qiziqishlarini oshishiga erishish mumkin. Bu jarayon o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarni rivojlanishiga ya'ni faqat ko'rgan narsasini yasashni emas, balki o'zlari mustaqil ravishda ijod qilishiga turtki bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarni mehnatga ruhiy jihatdan tayyorlash - bu unda mehnatga nisbatan uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarni egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir.O'quvchilarning to'g'ri yo'naltirilgan mehnat jarayonlari diqqatni bir yerga to'plashni, serharakatlilikni, qiyinchiliklar bo'lishiga qaramasdan, boshlagan ishini oxirigacha yetkaza olish odatlarini tarbiyalashga, o'quvchilarning ijodiy tashabbusini o'stirishga imkon beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xoliqov A llPedagogik mahoratll - Toshkent.: Iqtisod - moliya, 2010 - yil,

2. P.Magzumov.O'quvchilarning mehnatga tayyorgarlik bo'yicha bilim va ko'nikmalari sifati.T. 1994y

3. 1-4 sinf o'quv uslubiy tavsiya kitobi. "O'qituvchi" nashriyoti 2017 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.