Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK MANTIQIY MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK MANTIQIY MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Masala / mantiqiy masala / masala sharti va uni tekshirish / qobiliyat / tasavvur va tafakkur / о‘qitish / ta’lim va tarbiy.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nurimbetova Shaxnoza G‘Ayrat Qizi, Djumayev Mamanazar Irgashevich

Maqolada boshlang‘ich sinflarda masala ustida ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishga bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o‘rganish , masala shartini yaxshiroq o‘zlashtirish maqsadida, har bir o‘quvchi masala matnini tinglashi va masalani mustaqil bajarishi haqida firk va mulohaza yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK MANTIQIY MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA ULARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIK MANTIQIY MASALALAR YECHISHNING AHAMIYATI VA ULARGA QO'YILADIGAN TALABLAR 1Nurimbetova Shaxnoza G'ayrat qizi, 2Djumayev Mamanazar Irgashevich

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 408 guruh talabasi, 2p.f.n.professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.11059989

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich sinflarda masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishga bo'lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o'qituvchi o'qib beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush chiqarib ajratishga o'rganish, masala shartini yaxshiroq o'zlashtirish maqsadida, har bir o'quvchi masala matnini tinglashi va masalani mustaqil bajarishi haqida firk va mulohaza yuritiladi.

Kalit so'zlar: Masala, mantiqiy masala, masala sharti va uni tekshirish, qobiliyat, tasavvur va tafakkur, o'qitish, ta'lim va tarbiy.

Аннотация. В статье, работая над задачей в младших классах, в первые дни, когда нет возможности усвоить ее содержание, прослушивать текст задачи, прочитанный учителем, учить озвучивать важные элементы условия. , чтобы лучше усвоить условие задачи, каждый ребенок слушает текст задачи и выполняет задачу самостоятельно.

Ключевые слова: Задача, логическая задача, состояние задачи и ее проверка, способности, воображение и мышление, обучение, воспитание и тренировка.

Matematik masalalar yechish matematika o'qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o'zlashtirishni tasavvur ham etib bo'lmaydi. Masalalar yechishning boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan u yoki bu nazariy materiallarni o'zlashtirish jarayonida muhim rolni va o'quvchilarni fikrlash qobilyatlarini o'stirishda muhim ro'l o'ynaydi. Masalalar amaliy ishlar sistemasi asosida tuziladi. Bu degani har bir yangi tushunchani tarkib toptirish. Har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning qo'llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi.

Arifmetik amallarning mazmunini amallar orasidagi bog'lanishlarni amal komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi bog'lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda masalalar o'quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur, bo'ladigan bilimlar malakalar va ko'nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Masalalar bolalarning masalalarni yechishga o'rgatish rivojlantirishning foydali vositasi bo'lib odatda o'z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish masala yechuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini o'rgatish matematika o'qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi. Masalalarni yechishda predmetga bo'lgan qiziqish rivojlanadi, umuman mustaqillik erkinlik, talabchanlik, mehnatsevarlik, maqsadga intilishlik rivojlanadi. O'quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarni kengaytirishga yordam beradi. Masalalar ustida ishlar ekan sistemali ravishda va rejali asosda o'quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishga olib keladi.

Boshlang'ich sinflarda masalalarni o'rganish yangi tushunchalarni shakllantirish, sodda masalarni yechishdan murakkablarni yechishga o'tish yordamida amalga oshiriladi. Bunda qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishga doir har xil sodda masalalar ya'ni bir xil qo'shiluvchilarning yig'indisini topishga, karrali va teng bo'laklarga bo'lishlarga doir sonni bir necha barobarga kattalashtirish va kichiklashtirishga oid masalalar, sonlarni taqqoslashga amallarning noma'lum konponentlarni topishga doir sodda masalalar, shuningdek turli murakkab

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

masalalar shu jumladan keltirib yechiladigan masalalar, ikki ko'paytuvchining yig'indisini topishga doir va unga teskari masalalar yig'indisini, so'ngra ko'paytirish bo'lishga keltiradigan va boshqa masalalarni ko'rib chiqamiz.

Agar berilgan masala o'zining murakkabligi bilan sinfda yechilgan masalalarga mos yoki o'xshasa u holda o'quvchilar taklif qilingan masalaning yechilishi yo'lini mustaqil topishga o'rgatish kerak. Shu maqsadda o'quvchilar masalalar yechishga yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim.

O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida masala shartini qisqa va yaqqol yozib olishlari, yechish yo'llari topishni osonlashtirish maqsadida shartini chizma yoki rasm bilan tasvirlay olishlari kerak. O'quvchilar yechilayotgan masalada nima ma'lum nima noma'lumligini masala shartidan nima kelib chiqishini qanday arfimetik amallar yordamida qanday tartibda masala savoliga javob topish mumkinligini aniq va ravshan tushuntirishga o'rganishlari kerak.

O'quvchilar har bir amalni nega tanlaganliklarini anglay olishlari masala bo'yicha ifoda yoki tenglama tuzib olishlari uni yecha olishlari, savolga javob berib, yechimning to'g'riligini tekshirib olishlari lozim

Har xil turdagi masalalar yechishini amallar ma'nosini ochib berish, u yoki bu tushuncha u yoki bu munosabatlarning shakillanishidan tashqari o'quvchilar bilim doiralarining kengayishiga ba'zi kattaliklar va ular orasidagi bog'lanishlar bilan chuqurroq tanishtirishga xizmat qiladi. O'quvchilar masalani yechishiga zarur malakalarni egallashlari uchun turli hayotiy hollarda berilgan va izlanayotganlar orasidagi ma'lum bog'lanishlarni tushungan holda topishga o'rgatish kerak. Shunday qilib masalalar yechishni ustida ishlaganda o'quvchi faqat u yoki bir xil masalani haqidagini o'ylamasdan balki masala yechish malakasini shakllantiruvchi xususiy malakalarni rejali va muntazam ravishda ishlab chiqilishi borasida g'amxo'rlik qilishi kerak.

Masala ustida ishlash uning mazmunini o'zlashtirishdan boshlanadi. Masala mazmunini yaxshi tushunish uchun o'quvchilarni har biriga uning matnini eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o'qib chiqishlari ham kerak.Agar masala sharti bosh qotiradigan bo'lsa o'quvchilarga masala mazmunini mustaqil o'ylab ko'rishlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir.

Masala matni ustida ishlaganda o'quvchilarning diqqat e'tiborini avvalo masala matnidagi har bir so'z va har bir son mazmuniga qaratish lozim, masalada tasvirlanayotgan manzarani joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matn ustida og'zaki ishlagandan keyin masala mazmuni matematik atamalar tiliga o'tkazish va uning matematik tuzilishini qisqa yozuv (sxema, chizma, jadval) shakllarida ifodalash kerak. Masala sharti murakkab berilganlar orasidagi bog'lanishlarni tahlil qilish qiyin bo'lganda shunigdek yangi tipdagi masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Sodda masalani yechishda amal tanlash masalasiga to'xtalib o'tamiz.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini matematika darslarida masalalarni yechishga o'rgatishda turli masalalarning o'rni katta. Biz quyida anna shunday masalalarning ayrim turlariga to'xtalib o'tamiz.

Sahnalashtirilgan masalalar. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e'tibor beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko'pincha o'zlari bevosita bajargan harakatlari aks ettiriladi. Bu yerda savolga javob berish emas, balki bu berilgan sonlar ko'rgazmali asosida ko'rinib turishi mumkindir. Birinchi sinf bolalari ko'pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni ifodalovchi (sarf qildi, bo'lishib oldi, sovg'a qildi va hakozo)so'zlarning ma'nosini tushunmaydilar. Shunning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu harakatni ifoda etuvchi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 2б, 2024

so'zlarni mazmunini ochib berishga alohida e'tibor berish kerak. Shu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish zarurligini hisobga olish kerak. Bunda qarama-qarshi harakatni: keldi-ketdi, yaqin kelishdi-uzoqlashdilar, oldi-berishdi, ko'tarishdi-tushirishdi, olib kelishdi- olib ketishdi, uchib ketishdi kabi sozlardan foydalanib, yig'indi va qoldiqni topishga oid masalalarni taqqoslash maqsadga muvofiqdir.

Ko'rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to'g'risida gapiriladi, hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko'rsatiladi. Rasm bo'yicha birinchi masalani o'qituvchining o'zi tuzadi. U bolalarni rasmlarni ko'rib chiqishiga, berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o'zgarishiga olib kelgan hayotiy harakatlarni ajratib olishga o'rgatadi.

O'quvchilarda ikkinchi sinfda birinchi sinfdagi kabi yangi masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkab masalarni yechishda to'la pridmet ko'rsatmalikdan sekin-asta to'liq bo'lmagan ko'rsatmalikka o'tiladi.Matematik masalalar sodda va murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan yechilishi mumkin bo'lgan masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida yechiladigan masalalarga murakkab masalalar deyiladi.

REFERENCES

1. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o'qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma) - T.: "Ilm-Ziyo", 2003, 240-bet

2. Jumayev M.E., „Matematika o'qitish metodikasidan praktikum"- Toshkent.: O'qituvchi, 2004, 328 bet.

3. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z „Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi" Toshkent.: Fan va texnologiya, 2005, 312 bet.

4. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: "Ilm-Ziyo", 2005, 240-bet

5. Jumayev M. „Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari " Toshkent.: Yangi asr avlodi, 2006, 256- bet

6. Djumаyev M.. Milliy o'quv dasturini amaliyotga joriy etishning asosiy tamoyillari va mohiyati haqida. № 1 -son Fizika matematika , informatika jurnali/Toshkent .2024 / 148-165 b. http://uzpfiti.uz/uz2/fizika,matematika, informatika.htm,

7. Джyмаев М.И. Компетентностный подход в обyчении математике yчащихся начальной школы по требованиям в национальной yчебной программе Узбекистана..Aксyкент кепсалалы колледжшщ директоры х^.к, профессор ^атбекова Карамат Пердешкызыньщ 80 жылды; мерейтойына арналFан «ЦИФРЛЬЩ Б1Л1М - 3AMAH ТAЛAБЫ» атты халыкаралы; Fылыми - практикалы; конференцияныц ецбектер жинаFы. Шымкент «ХДУ» баспасы ISBN 9965-544-22-0 2024 - 306-311

8. Dzhumaev M.I. Competence- based approach to teaching mathematics to primary school students according to the requirements in the national curriculum of Uzbekistan Science and innovation. International Scientific Journal Volume 3 Issue 2 February 2024 Uif-2022: 8.2 | Issn: 2181-3337 | Scientists.Uz. https://doi.org/10.5281/zenodo.10694172

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.