Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O‘YINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O‘YINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
64
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / didaktik o‘yinlar / o‘quvchi / ta’limiy maqsad / didaktik o‘yin shakllari / didaktik o‘yin usullari.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Tursunqulova Maxfuza Toʻlqin Qizi

Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda foydalaniladigan didaktik o‘yinlar haqidagi ayrim mulohazalarga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O‘YINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O'YINLAR

HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR Tursunqulova Maxfuza To'lqin qizi

Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI tayanch doktoranti makpuja3005@gmail.com, tel: (33) 755-55-59 https://doi.org/10.5281/zenodo.8044429

Annotatsiya. Ushbu maqola boshlang'ich sinflarda foydalaniladigan didaktik o'yinlar haqidagi ayrim mulohazalarga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, didaktik o'yinlar, o'quvchi, ta'limiy maqsad, didaktik o'yin shakllari, didaktik o'yin usullari.

Bolalarga o'yinni o'rgatishdan muayyan ta'limiy maqsad nazarda tutiladi. O'yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O'yin o'tkazilish shakllari va usullari ta'limning boshqa turlaridan farq qiladi. Didaktik o'yin usullari cheksiz, takrorlash va o'zgartirish, unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor. Masalan, biz "Jimjitlik" o'yinining 5 -7 xilini butun sinf bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan ko'proq takrorlab o'tkazdik, "Nima o'zgardi?" turidagi o'yin 5 xil turli ko'rsatmali material bilan o'tkazildi. Natijada o'yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo'lishiga hamda o'yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilishiga erishish imkonini beradi.

Didaktik o'yinlar o'zining shakli jihatidan, asosan, bog'chada o'ynaladigan ijodiy o'yinlardan ham, o'qituvchi o'zi hikoya qilib berish yo'li bilan tushuntiradigan va o'quvchilarni birma-bir so'rab chiqish natijasida mustahkamlanadigan o'yinlardan ham bir tomonlama farq qiladi. Didaktik o'yinlar o'qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada olib boriladi. Bolalar g'olib chiqish maqsadida jon-dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bo'lgan qiziqish orta boradi. Didaktik o'yinlar har bir darsning maqsadini, har bir mashqning maqsadi va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. Didaktik o'yinlar ta'limning ko'rgazmaliligi, o'qituvchining nutqini va bolalar harakatini o'z ichiga oladi, buni ng natijasida idrokda (ko'rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug'iladi. Bu esa o'qituvchining aytganlarini bolalarning o'ylab olishiga va aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya'ni didaktik o'yin qoidalarini o'zlari bajarishlariga undaydi. Didaktik o'yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o'quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o'yin vaqtida zo'r qiziqish bilan harakat qiladilar.

O'yinsiz tom ma'nodagi aqliy rivojlanish bo'lishi mumkin emas. O'yin o'quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni uyg'otadigan uchqundir. O'yin boshlang'ich sinf o'quvchilarda ma'lum sifatlarni shakllantirish uchun kattalar - o'qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan qo'llaniladigan usul. O'yin vositasida o'quvchilarning bilim o'zlashtirish jarayoni qulaylashadi, turli xil predmetlar bilan munosabatda bo'lishga o'rganadi, shuningdek, ularda muomala madaniyati shakllanadi. O'yin vositasida bolaning shaxsi shakllanadi, unda kelgusida o'quv va mehnat faoliyatini tashkil etish va insonlar bilan munosabatga kirishishga oid ruhiy xususiyatlar shakllanadi. O'yin orqall bolalar borliqni o'rganadi va dunyoni o'zgartirishga harakat qiladi. Shunday qilib o'yin inson faoliyatining shakllanishiga asos soladi.

O'yinda inson borliqni aks ettirish qobiliyatini namoyon qiladi. O'yinnning eng muhim ahamiyati shundaki, unda ilk bor bolaning dunyoga ta'sir etish ehtiyoji paydo bo'ladi va

shakllanadi. Maktab yillargacha o'yin shakllari yanada kengroq rivojlanadi. O'quvchining o'yin faoliyati juda ko'p soha olimlarining, ya'ni, faylasuflar, sotsiologlar, biologlar, san'atshunoslar, etnograflar, ayniqsa, pedagoglar va psixologlarni qiziqtiradi. Psixologiyada bola psixikasining rivojlanishida o'yining hal qiluvchi ahamiyatga ega deb qaraladi. Faqat o'yindagina bolada shaxsning hamma tomonlari birlikda va o'zaro ta'sirda shakllanadi. O'yingina bola psixikasida rivojlanishning yuqoriroq stadiyasiga o'tish uchun muhim zamin yaratadi. Didaktik o'yin o'rganilayotgan voqea va hodisalarning immitatsion modeli yaratilish sohasidagi aktiv faoliyatdir. O'yinning boshqa faoliyat turlaridan muhim farqi shundaki, uning predmeti inson faoliyatidir. Didaktik o'yinda faoliyatning asosiy turi hamkorlikdagi o'quv faoliyatidir. Bugungi kunda respublikamizda Prezidentimiz rahbarligida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishga katta e'tibor berilmoqdaki, inson o'z faoliyatida kompyuter texnologiyalarini o'zlashtirishda foydalanuvchi sifatida o'zini namoyon qilish shart bo'lib qolmoqda. Chunki insoning butun hayoti axborotni saqlash, uni qabul qilishdan iborat. Ammo inson miyasi qanchalik mukammal bo'lmasin, juda katta miqdordagi axborotlarning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va kelajak avlodga to'liq yetkazib bera olmaydi. Shuning uchun axborot texnologiyalardan foydalanishga zaruriyat tug'iladi. Darhaqiqat, axborot texnologiyalari fan -texnikaning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta'minlash, o'quvchilarning innovatsiya va intellektual faoliyatini rivojlantirish asosini tashkil etadi. Shu jihatdan ham ta'lim va tarbiya jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish ta'lim samaradorligini oshirish uchun, avvalo, o'rgatish lozimligini keltirib chiqardi. Shuning uchun boshlang'ich sinf o'quvchilarida kompyuter bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish zarur bo'ladi. Mazkur muamoni hal etish maqsadida Xalq ta'limi vazirligining 2011 -yil 9-iyundagi "Umumta'lim maktablari uchun 2011-2012 o'quv yiliga mo'ljalangan o'quv rejani tasdiqlash to'g'risida " gi 123-sonli buyrug'iga ko'ra maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan 2-4-sinflarda informatika darslarini tashkil qilish ko'rsatilgan. Buyruqda ko'rsatilgan vazifalarni bajarish, ya'ni boshlang'ich ta'limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish tizimini ishlab chiqish, o'quvchilarning kompyuter savodxonlik darajasini oshirish lozimligini anglatadi.

Chunki, boshlang'ich ta'limda o'qitiladigan bu fan axborot texnologiyalari bilan qurollanish yo'llarini o'rgata oladi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi yordamida hisoblash, yozish, o'qish, o'rganish, gapirish, chizish, maketlar tayyorlash, axborot qabul qilish, qayta ishlash,o'ynash mumkin. Shu jihatdan ham boshlang'ich sinflarda fanlarni o'qitishda multimedia vositasida tabiat hodisalarini namoyish qilishda, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishda, o'zlashtirishda foydalaniladi.

Tayyor qoida va mazmunga ega bo'lgan o'yinlarga quyidagi xususiyatlar xos bo'ladi: o'yin oshiriladi. O'yin g'oyat (yoki vazifasi) va o'yin ta'siri o'yin mazmunini tashkil etadi; o'yin ta'siri va o'ynayotganlar munosabatlari o'yin qoidasi asosida boshqariladi. Qoidalar va tayyor o'yin mazmuni o'quvchilarni o'yinni mustaqil tashkil etishlariga yordam beradi. Didaktik o'yinlari uch turga ajratish mumkin: og'zaki, so'zlar yordamida o'ynaladigan o'yinlar, o'yin mashg'ulotlari, mashhur harakatli) o'yinlari Didaktik o'yinlar uchun ajoyib g'oyasi va o'yin vazifalari muhim ahamiyatga ega. Didaktik o'yinning eng muhim elementi uning qoidasi hisoblanadi.

REFERENCES

1. Abdullaeva H. A., Bikbaeva N.U. va boshq. Boshlang'ich ta'lim konsepstiyasi. Boshlang'ich ta'lim. 1998. 6 -son, -12 - 24 betlar.

2. Abdurahmanova N., Jumaev M., O'rinboeva L. Boshlang'ich sinflar uchun matematikadan didaktik materiallar. -T.: «Istiqlol», 2004, - 65 bet.

3. Azizxo'jaeva N.Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.-T.: «O'qituvchi», 2003. - 23 - 48 bet.

4. Abdieva D. Soros bilan hamkorlik - yutuqlar kaliti. Boshlang'ich ta'lim. 2003. 2-son, 1722 bet.

5. Bo'ronova Sh. Ona tili darslarida interfaol metodlardan foydalanish. Uzluksiz ta'lim. 2004. 3-son. - 34-38 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.