Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKILLANTIRISH'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKILLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
111
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ijod / ijodkorlik / ta’lim – tarbiya / istedod / individual – psixologik / subyekt / motivatsiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon Qizi, Yusupova Go’zal Quvondiq Qizi

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarida ijodkorlik qobilyatini shakillantirish, mustaqil ilmiy va amaliy faoliyat olib borishida ijodiy izlanishlarning ahamiyati yoritilgan. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ijodiy faoliyatini amalga oshirishlari uchun shart – sharoitlar yaratib berilishi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi do’stona munosabatda bo’lishlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA IJODKORLIK QOBILIYATINI SHAKILLANTIRISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA IJODKORLIK QOBILIYATINI

SHAKILLANTIRISH 1Abrorxonova Kamolaxon Abrorxon qizi, 2Yusupova Go'zal Quvondiq qizi

1Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi kafedrasi mudiri, pedagogika bo'yicha falsafa doktori (PhD),

dotsent

2Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10035959

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodkorlik qobilyatini shakillantirish, mustaqil ilmiy va amaliy faoliyat olib borishida ijodiy izlanishlarning ahamiyati yoritilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ijodiy faoliyatini amalga oshirishlari uchun shart -sharoitlar yaratib berilishi, o'qituvchi va o 'quvchi o'rtasidagi do'stona munosabatda bo'lishlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ijod, ijodkorlik, ta'lim - tarbiya, istedod, individual -psixologik, subyekt, motivatsiya.

Biz bilamizki, ta'limda ijodiy izlanishlar haqiqiy ilmiy nazariyaga, jamiyatning rivojlanish qonuniyatlariga o'qitishning nazariy asoslari, shaxs rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlari va uni shakillantirish sharoitlari to'g'risidagi bilimlar keng tizimga tayangan holdagina muvaffaqiyat qozonadi. Shuningdek, inson o'z hayotining sharoitlarini o'zgartiruvchi va insonni o'zini ham o'zgartiruvchi faoliyat hozirgi zamonda ta'limning umumiy asosidir. Ma'lumki, inson o'z g'oya, fikr, qarashlarini faqat faoliyat davomida amalda qo'llaydi va qayta yaratadi. Inson qobilyati va istedodi muvaffaqiyatlarga erishishining asosiy sharti ham insonning faolligidir. Chunki o'qituvchi qay darajada mahoratli bo'lmasin, agar o'quvchining o'zi faol bo'lmasa, u muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Chunki o'qituvchi o'quvchini o'qitish jarayonida uni boshqarib boradi. Shuning uchun ham o'quvchi o'z faoliyatida ahamiyatli bo'lgan, o'ziga jalb eta oladigan hayot muammolari bilan shug'illana borib, ma'naviy va ahloqiy jihatdan rivojlanadi. Bugungi kunda, ilmiy uslubiy adabiyotlarda "ijod", "ijodkorlik" kabi atamalar uchraydi. Bu atamalarning adabiyotlar saxifalarida paydo bo'lgani bejiz emas. "Ijod" so'zining lug'aviy manosi: "yaratish", "yangilikni kashf etish" so'zlariga monand keladi. Ijodkorlik-faoliyatning turli holatlarida paydo bo'ladi. Ijodkorlik - sifat jihatidan yangi, moddiy va ma'naviy

boyliklar yaratuvchi inson faoliyati jarayoni. O'zida insonning mehnatda namoyon bo'lgan qobilyatini ifodalaydi. Ijod turlari bunyodkorlik faoliyati bilan belgilanadi: ixtirochi, tashkilotchi, mehnati ilmiy va badiiy mehnat va boshqalar. Ijodiy faoliyat uchun imkoniyatlar ijtimoiy munosabatlarga bog'liq. Shunga ko'ra, jamiyat taraqqiyoti talablaridan kelib chiqqan holda har bir o'quvchini ijodkorlik ruhida tarbiyalash muhim va zarurdir. Yuqorida takidlaganimizdek, har bir shaxsning ijodkorlik fazilatlarining shakillanishi aynan oiladan, so'ngra bog'chadan boshlab, maktabda rivojlanadi. Zero, maktabda turli salohiyat va qobilyatga ega bolalar ta'lim oladi va bolalardagi anashu layoqatni va salohiyatni rivojlantirish maktab o'qituvchilarining birinchi galdagi vazifasidir. Psixolog olim

V. A. Kruteski bu haqida haqqoniy fikr bildirgan: "Qobilyat faqat mehnatda namoyon bo'libgina qolmaydi, balki mehnatda shakillanadi, kamol topadi, barq urib yashnaydi ham. Aksincha harakatsizlik halokatga ham yetadi". Ma'lum bir faoliyat tufayli istedod belgilari va qobilyatlar har doim ham bolalikdan namoyon bo'lavermaydi. Shuning uchun qobilyati bor deb bolani bir yoqlama tarbiyalash bolani bezdirib qo'yib, faoliyatning boshqa turlari bilan shug'ullanishini

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

bug'ib qo'yishi mumkin. Har tomonlama ta'lim - tarbiya berish bolalardagi yashirin istedodlarni yuzaga chiqarishga yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarni kichik maktab yoshidan boshlab o'z istedodini namoyon qilish uchun imkoniyat berilishi maqsadga muvofiq. Har bir bolaning qobilyatini namoyon etuvchi faoliyatga yo'llashning eng maqul yo'li ularda ijodkorlikni rivojlantirishdir. Harbir maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ijodkorlik faoliyatini namoyon qilishlari uchun shart - sharoitlar yaratilgan bo'ishi kerak shundagina o'quvchida ijodkorlik faoliyatini shakillantirish oson kechadi. Topshiriqni bajarishda o'quvchilarning ijodiy faoliyati u yaratayotgan o'quv jarayonida masalalar yechish, muammolar hal etishda, insholar yozishda rivojlana boradi. O'quvchi bu borada maktabgacha ta'limda va undan keyin shu vaqtgacha olgan bilimlarini tadbiq etadi. Bunda o'quvchi yangi usullarni qo'llaydi. Topshiriqni bajarish uchun faollik ko'rasatish, zehinliligi, zukkoligi, kashfiyotchiligi, zarur bo'limga ega bo'lish uchun harakat qilishi, muammolarni yechishda harakatchanligi, mustaqilligi, mehnatsevarligi, voqea - hodisalar ichidan eng muhimini tanlay olishi, umumiysini ko'ra bilish qobiliyati kabilarni rivojlantirishga imkon beradigan faoliyat samarali faoliyatdir. O'quvchi mustaqil holda bajargan ijodiy ishlar: she'r, insho, hikoya, model, maket, o'yinchoqlar, badiiy mehnat mahsulotlari ijodiy faoliyatni rivojlantiruvchi samarali natijalardir. Ayniqsa ijod, san'at, mehnat, namunalarini yaratishda umumiy ma'lumot bilan birga, ularni yaratish texnologiyasini bilish kasb hunarga oid bilim ham kerak bo'ladi. Bu borada bolalarning qiziqishlari, qobilyati, mayllarini hisobga olgan holda mehnat turlarini o'quv jarayoniga kiritish, ijod turlarining rang -baranglinini va xilma - xil bo'lishiga sharoit yaratish talab etiladi.

Sharq mutafakkirlari: Imom al-Buxoriy, Abu Iso Muhammad at-Termuziy, Abu Nasr Farobiy, Abu Mansur al-Motrudiy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud az-Zamahshari, Burhoniddin Marg'iloniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Ahmad Donish va boshqalar asarlarida yosh avlodga puxta va mustahkam bilim berishda ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish, istedodini takomillashtirishga alohida e'tibor berilgan. Ulug' mutafakkirlarimiz ham shaxs rivojlanishida va ayniqsa ijodiy faoliyatning ahamiyatiga alohida e'tibor berishgan. O'quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etishda o'z - o'zini anglash, yoki shaxs "men" ini shakillantirish ham o'ta muhimdir. Bu o'quvchida o'z bilimini tarkib toptiradigan, o'z - o'zini anglagan va anglamagan tasavvurlari tizimi sanaladi. Har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamolga yetkazish uchun ularni boshlang'ich sinifligidanoq ijodkorlik faoliyatini kamol toptirish zarur. Chunki boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning didi, dunyoqarashi, salohiyati barcha psixik jarayonlari individual - psixologik xususiyatlari jadal shakillanadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijodkorlik faoliyatini shakillantirishda o'quvchilarda aqliy qobilyatning rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega. Aqliy qobilyatni rivojlantirishda boshlang'ich ta'lim muhim o'rin tutadi, chunki xuddi shu davrda shaxs uning qiziqishlari, moyilliklari shakillanishi uchun poydevor yaratila boshlaydi. Jamiyat uchun mustaqil tanqidiy fikrlay oladigan xarakat qila oladigan ijodkor shaxslarga talab hozrgi kunda o'quvchilar ijodiy qobilyatini rivojlantirish pedagogikaning dolzarb muammosi bo'lib turibdi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining har tomonlama kamol topishida, ularning bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishida, atrof -muhitga munosabat shakillarini va xulqi, odob meyyorlarini egallab olishida, ijodkorlikning o'rni katta.

Ijodiy faoliyat - bu sybyekt faoliyatining mehnatiga (ishdan qoniqish, uni bajarish jarayonoda yangilikka intilish, muammo yechimini topishda ijodiy motivatsiya) munosabati va masalani ijodiy hal etish (avval o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni hamda faoliyat

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

usullarini yangi holatga mustaqil ko'chirish, muammoli ma'lum obyektni yangi funksiyasini ko'ra bilish) jarayonidir. Uzoq vaqtlar davomida ijod - insonga tabiat inom etgan

noyob qobilyat, u har kimga ham berilmaydi, deb hisoblab kelingan. Aslida ijod - bu insonning moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish faoliyati bo'lib, unda inson tafakkuri, hotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etadi hamda unda butun bilimni, tajribasi va istedodi namoyon bo'ladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishim kerakki, har bir o'quvchini boshlang'ich sinfga kelganidan uning qanday ij odga qiziqishi, qolidan nimalar kelishi haqida do'stona suhbat qurish kerak. Albatta har bir o'quvchining o'z istedodi bo'ladi ularni bilib olish uchun esa o'qituvchidan pedagogik mahorat talab qilinadi. O'qituvchi o'quvchining ijodkorlik qobilyatini yanada shakillantirish uchun unga maxsus sharoitlar qilib berishi talab etiladi.

REFERENCES

1. Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta'limotlar tarixi (pedagogika fanlari) ARyu-1974. Mardiyeva G.Q. 2020. 1-bob 12-15-21-22-23-bet

2. Disertatsiya-2020/68-45 Boltayeva Shahlo Toshpo'latovna. 1-bob 17-18-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.