Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLIGIDA GEOMETRIK MATERIALNING AHAMIYATI'

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLIGIDA GEOMETRIK MATERIALNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
geometrik tushunchalar / geometrik shakl / jism / geometrick tasavvurni shakllantirish / kesma / doira / uchburchak / ko‘pburchaklar / geometrik mashq / geometriya tarixi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gʻofurova Mahfuza Abbosovna, Muhtorova Dildora Rasuljon Qizi

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarda geometrik tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati,geometriya tarixiga oid ma’lumotlar berish va geometrik tushunchalarni shakllantirish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar berilgan yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLIGIDA GEOMETRIK MATERIALNING AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLIGIDA GEOMETRIK MATERIALNING AHAMIYATI

1G'ofurova Mahfuza Abbosovna, 2Muhtorova Dildora Rasuljon qizi

1FarDU, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2FarDU, 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11202123

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarda geometrik tushunchalarni shakllantirishning ahamiyati,geometriya tarixiga oid ma'lumotlar berish va geometrik tushunchalarni shakllantirish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar berilgan yoritilgan.

Kalit so'zlar: geometrik tushunchalar,geometrik shakl, jism, geometrick tasavvurni shakllantirish,kesma, doira, uchburchak, ko'pburchaklar, geometrikmashq,geometriya tarixi.

Аннотация. В данной статье подчеркивается важность формирования геометрических понятий на уроках математики в начальной школе, даны сведения по истории геометрии, даны методические указания по формированию геометрических понятий.

Ключевые слова: геометрические понятия, геометрическая форма, тело, формирование геометрического воображения, сечение, круг, треугольник, многоугольники, геометрическое упражнение, история геометрии.

Abstract. In this article, the importance of forming geometric concepts in elementary school mathematics classes, providing information on the history of geometry, and methodological instructions on the formation of geometric concepts are highlighted.

Keywords: geometric concepts, geometric shape, body, formation of geometric imagination, section, circle, triangle, polygons, geometric exercise, history of geometry.

Geometriya tarixi qadimgi dunyoning uzoq o'tmishidan boshlanadi, lekin u shubhasiz, sharq mamlakatlarida paydo bo'lgan. Grek tarixchisi Geradotning (tahminan miloddan avvalgi 465-425 y) yozib qoldirgan ma'lumotlariga ko'ra geometriyaga oid dastlabki ma'lumotlar Misrda tarkib topa boshlagan. Aytishlaricha, shohlar misrliklarga dehqonchilik qilish uchun to'g'ri to'rtburchak shaklidagi yer maydonlarini taqsimlab berar va yer egasidan mos ravishda soliq undirishar ekan. Nil daryosining toshib ketishi oqibatida buzilib ketgan maydonlar qaytadan o'lchanar va unga yarasha soliq miqdori qaytadan belgilanar ekan.

Yerlarni taqsimlash, soliq miqdorini belgilash, yuzlarni o'lchash, sug'orish inshootlarini qurish kabi bir qator ehtiyojiy zaruriyatlar Misrda geometriyaning shakllanishiga omil bo'lgan. Shu va boshqa kundalik ehtiyojlar dunyoning turli yerlarida geometriyaning fan sifatida shakllanishiga olib kelgan. Hozirgi kunga kelib geometriya yuksak darajada rivojlangan bir holatga keldi.

Boshlang'ich maktab matematika kursi arifmetika, algebra va geometrik materialni o'quvchilarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilgan mavzu negizida mutanosib mujassamlashuvi asosida o'rgatiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida tasavvurlar shaklida egallangan geometrik material boshlang'ich ta'lim jarayonida o'tkir, o'tmas, to'g'ri burchak, uchburchak, to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, ko'pburchak, kesma uzunligi, yuza, perimetr, ko'pyoq va uning elementlari kub hajmiga oid tushunchalar qadar kengaytiriladi. Geometrik materialni o'rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar, ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlar haqida, ularning ba'zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to'la tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi fazoviy

tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o'lchash asboblari yordamida va bu achizish va hokazo) tarkib toptiriladi. o'quvchilarning nutq va fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi. O'quvchilar matematika darslarida geometrik shakllar bilan tanishib borar ekanlar, ularning mantiqiy tafakkuri ortib boradi. 1-sinfdan boshlab o'quvchilarga nuqta, to'g'ri chiziq, nur, egri chiziq,burchak va uning turlari,to'g'ri to'rtburchak va kvadrat,ko'pburchaklar,aylana va doira, kesmalarni bir-biridan farqlash,bo'laklardan butunni va butundan bo'laklarni hosil qilish,soda fazoviy shakllar o'rgatiladi. To'g'ri burchakni hosil qilish quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi.Bunda avval tekislikda bir nuqtani belgilash, nuqta orqali to'g'ri chiziq o'tkazish va shu to'g'ri chiziq yordamida to'g'ri burchakni goniya yordamida hosil qilish.

Natijada yuqoridagi to'g'ri burchak hosil qilinadi.

2-sinfda esa turli materiallardan yassi geometrik shakllar, sodda fazoviy shakllarni yasash, sodda shakllardan murakkab geometrik shakllarni hosil qilishni, to'g'ri to'rtburchak va kvadratni farqlashni, ularning perimetri, yuzasini topishni o'rganadilar. Ko'pburchak va uning perimetri, fazoviy geometrik shakllar, ularning yasalishi bilan tanishadilar.

3-sinf darsligi orqali sodda geometrik shakllar(kesma, nur, to'g'ri, egri chiziq, parallel va perpendikulyar chiziqlar,soda va yassi shakllarni yasash, shakllarni o'lchash,burish,siljitish, simmetriya o'qi,fazoviy shakllar) ning ta'rifini o'rganadilar, uchburchaklar qaysi belgisiga ko'ra teng yonli, teng tomonli va turli tomonli bo'lishini o'qib, bilib oladilar. Kesma, doira, uchburchak, ko'pburchaklarni teng bo'laklarga bo'lish topshirig'i orqali ularda ko'zda chamalash ko'nikmasi rivojlantiriladi. .Butunni teng qismlarga bo'lish topshirig'i bolalarni geometrik shakllarni o'lchashni aniq bajarishga undaydi. 4-sinfda bolalar avvalgi sinflardagi geometrik bilimlarini yanada mustahkamlaydilar. Darslikda geometrik shakllar geometrik jismlar va yassi shakllarga ajratib ko'rsatiladi, kopyoq, uning xossalari, parallelepiped va kubning ta'rifi keltirilgan, murakkab shaklda uchburchak va to'rtbrchaklar nechtadan ekanligini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar mavjud.

Qanday hususiyatiga ko'ra ularni 2 guruhga ajratish mumkin?

Bir xil ko'pburchaklarning o'zidan (bir qancha kvadratlar, to'g'ri to'rtburchaklardan, trapetsiyalardan, uchburchaklardan va boshqa figuralardan) bir vaqtning o'zida har xil predmetlar, yani uychalar, archa, parovoz, qayiqcha, odamcha va shu kabi boshqa qiziqarli predmetlarni tuzishni talab qiladigan mashqlarni ham bolalar katta qiziqish bilan bajaradilar.

Bundan tashqari ko'pyoqlklarning yoyilmalari, yoki ularni chizishga doir amaliy topshiriqlar bajarish taklif qilinadi.

Huddi shunga o'hshash quyidagi shaklni karton qog'ozga chizib olamiz:

Topshiriq: Birinchi kesmaning uzunligi I5 sm, ikkinchi kesmaning uzunligi 5 sm. Birinchi kesma ikkinchi kesmadan necha santimetr uzun? Ikkinchi kesma birinchi kesmadan necha marta qisqa?

Yechish: 15:5=3 Javob: 3 marta qisqa.

Bu kabi sodda topshiriqlar orqali o'quvchilarda farqlash ko'nikmasi ham asta sekin ortib

boradi.

Xulosa qilib aytganda yuqoridagi mashqlarning barchasi o'quvchilarda geometrik bilimlar nafaqat matematika fanida, balki hayotda ham katta ahamiyat kasb etishi haqidagi tasavvurni hosil

qilishga yordam beradi. Bundan tashqari fanlararo integratsiya va o'quvchilarni turli sohalarga

yo'naltirishga ham bunday geometrik mashqlarning ahamiyati katta.

REFERENCES

1. Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304

2. O'sarov.J. Matematika o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma -FDU nusxa ko'paytirish bo'limi, 2020. - B 237 .

3. Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 (Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. -Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 )

4. Jumayev.M.E.boshlang'ich sinflarda matemtika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi,2006. - B 256

5. Jumayev.M.E.boshlang'ich sinflarda matemtika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi,2006. - B 256

6. Gafurova, M. A. (2022). Improving Mental Skills Of Students By Analyzing And Solving Problems. Current Research Journal Of Pedagogics, 3(01), 40-44.

7. Gofurova, M. A. (2020). Development of students' cognitive activity in solving problems. ISJ Theoretical & Applied Science, 7(81), 677-681.

8. Gafurova, M. A. (2021). Developing Cognitive Activities of Primary School Students based on an Innovative Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 5(10), 236-242.

9. Gafurova, M. (2021). Intellectual and Cognitive Activities of School Pupils. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(2), 447-450.

10. Gofurova, M. A. (2020). Развитие познавательной деятельности учащихся при решении задач. (Development of cognitive activity of students in solving problems ) Theoretical & Applied Science, (1), 677-681.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.