BOSHLANG'ICH SINF DARSLARINI MEDIAVOSITALAR ASOSIDA
O'QITISH
Isroil Xudoyshukur o'g'li Mo'minov
Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada boshlang'ich ta'limda multimediali axborot texnologiyasining o'qitish holati, multimedia texnologiyasining qo'llanish sohalari, boshlang'ich sinf darslarini mediavositalar asosida o'qitish metodikasini takomillashtirishga tizimli yondashuvning pedagogik shart-sharoitlari o'rganilgan
Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, multimedia, metodika, samaradorlik, pedagogik shart-sharoit, o'quv faoliyat, didaktika, xorijiy tajriba
АННОТАЦИЯ:
В д^шй CTaTbe изучaются ^стояние препoдaвaния мультимедийных инфoрмaциoнных технoлoгий в Ha4anbHoM oбрaзoвaнии, oблaсти применения мультимедийных технoлoгий, педaгoгические услoвия системнoгo no^^a к сoвершенствoвaнию метoдики препoдaвaния тачельных ктасшв нa oснoве медиa
Ключевые слова: Нaчaльнoе oбрaзoвaние, мультимедиa, методик, эффективнocть, педaгoгичеcкие уcлoвия, oбрaзoвaтельнaя деятельшсть, дидaктикa, зaрубежный oпыт
ABSTRACT:
In this article, the teaching condition of multimedia information technology in primary education, the fields of application of multimedia technology, the pedagogical conditions of the systematic approach to improving the methodology of teaching elementary classes based on media are studied.
Keywords: Primary education, multimedia, methodology, efficiency, pedagogical conditions, educational activity, didactics, foreign experience
Axborot kommunikatsiya texnologiyalar yordamida o'qitishni amalga oshirishda birinchi asosiy va zaruriy muammolardan biri-uzatiladigan bilimlarning, darsning har tomonlama ilmiy, amaliy, muammoli va nihoyat, yetarlicha ko'rgazmali hamda u yoki bu hodisa, qonuni yoki texnologik jarayonga bog'liq bo'lgan va uning mazmunini to'ldiruvchi aniq va tushunarli ilovalar, ko'rgazmalar bilan to'ldirilgan bo'lishi shartligi bilan izohlanadi.
May 2024
303
Boshlang'ich sinf darslarini multimedia vositalari asosida tashkil etish o'qituvchi uchun har tomonlama qulaylik tug'dirib qolmasdan, ta'lim-tarbiya oluvchi ham bugungi kun talabiga mos sifatli bilimga ega bo'lish imkonini beradi.
Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimlarini og'zaki, savol-javob, suhbat, doskada, qog'ozda rasmlar chizish, mashqlarni bajarish (an'anaviy usul) va boshqalar orqali amalga oshiriladi. Multimedia texnologiyasidan foydalangan jarayonda esa, kompyuterdagi materiallar, taqdimotlar, slaydlar, matnlar, shakllar, o'yinlar asosida aniqlanadi. Odatdagi usul bo'yicha umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilimlarini baholash bo'yicha bir nechta ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda.
M.Ahmedova boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malaka darajalarini an'anaviy usulda aniqlab, jadvalga tushirishni tavsiya etadi. Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilarining bilim darajalarini aniqlashda test sinovlarida foydalanish 2000-yillardan boshlangan. Jumladan, S.Abdullayeva boshlang'ich sinf o'quvchilarining tevarak-atrof, tabiat va matematikadan o'zlashtirgan elementar bilimlarini aniqlashda test sinovlari qo'l kelishini ta'kidlagan. Shuningdek, Z.Nasriddinova boshlang'ich sinf o'quvchilarining mashg'ulotlar davomida olgan bilimlarini oddiy usulda (kompyuterlarsiz) test savollari orqali aniqlashni taklif etgan. Bu holda topishmoqlar va rasmli kartochkalardan foydalanish ko'zda tutilgan.
Umumta'lim maktablarining ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladigan multimedia texnologiyasining o'ziga xos baholash mezonlari mavjud va ular quyidagilar bilan harakterlanadi.
Texnik ta'minoti. Test sinovlari bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalarini aniqlash uchun, boshlang'ich sinf o'quvchilari kompyuterlarning asosiy va qo'shimcha qurilmalarini bilishlari va ulardan foydalana olishlari zaruriy shartlardan biri hisoblanadi.
Unda kompyuter va uning asosiy qurilmalari (chapdan o'ngga, monitor, klaviatura, tizimli blok va "sichqoncha") larning ko'rinishi.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirgan bilim darajalarini aniqlash ham test shaklida amalga oshiriladi. Buning uchun kompyuterga, dastur bo'yicha o'rganiladigan materialga tegishli o'yinlar, mashqlar, taqdimotlar, yozuvlar, rasmlar, chizmalar va bir necha variantdagi test savollari kiritilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalari shu test savollari orqali aniqlanadi.
Hozirgi davrda ko'p umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalari-yulduz, bayroqcha va shu kabilar bilan belgilanadi. Bunday belgilarni bir nechta kamchiliklari mavjud. Masalan, boshlang'ich sinf
May 2024
304
o'quvchilarining bilim darajasiga 1 ta yulduzcha qo'yilsa, u faqat "bildi" yoki "bilmadi"ni anglatadi. 3 ta yulduzcha qo'yilganda esa, u cho'zilib ketadi.
Multimedia texnologiyasida maktabga tayyorlov guruhi boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalarini aniqlashda baho tizimidan foydalanish ko'zda tutilgan bo'lib, ularni 1,2,3 raqamlari bilan belgilash maqsadga muvofiq. Ushbu raqamlar boshlang'ich sinf o'quvchilariga oldindan matematikani o'rganish jarayonida xotiralarida qolgan raqamlardir. 5 baho tizimda, 5 baho - a'lo bahoni, 4 baho - yaxshi bahoni, 3 baho - qoniqarli, 2 baho - qoniqarsiz bahoni ifodalaydi.
Multimedia texnologiyasidan foydalanib boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalarini aniqlash mezoni quyidagicha: o'rganiladigan material turi (yo'nalishi)ga qarab 3 tadan 5 tagacha turli variantdagi dastur yoki (ijro)li o'yin, taqdimot, slayd, yozuv, rasm, sxema, mashqlar va chizmalar savol tariqasida kompyuterga kiritiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga shularning to'g'ridan to'g'ri javobini aniqlash topshiriladi va boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalari test sinovi yoki kompyuter xotirasiga kiritilgan amaliy topshiriqlarni bajarish orqali aniqlanadi.
Agar boshlang'ich sinf o'quvchisi kompyuterga kiritilgan 3 ta variantdagi topshiriqdan uchala javobni to'g'ri topsa, u holda unga a'lo bahoni ifodalaydigan 5 baho qo'yiladi. Agar 3 ta variantdan 2 tasini to'g'ri topsa, u holda yaxshi bahoni ifodalaydigan 4 baho qo'yiladi. Agar 3 variantdan 1 tasini to'g'ri topsa, u holda boshlang'ich sinf o'quvchiga 3 baho qo'yiladi. Agar 3 variantdan birontasini ham to'g'ri topa olmasa, u holda nol baho qo'yiladi. Bunday hollarda boshlang'ich sinf o'qituvchisi boshlang'ich sinf o'quvchisi bilan qo'shimcha shug'ullanib, takror testga qo'yishi kerak.
Yuqoridagi mezon asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarni matematika materiallari bo'yicha bilish darajasini aniqlashda kompyuterga maxsus dastur tuzib, uning xotirasiga kiritilgan amallarni bajarish talab etiladi. Masalan, ularga quyidagicha topshiriq berish mumkin:
2 ta son yig'indisidan 3 sonini hosil qiling;
2 ta son ayirmasidan 3 sonini hosil qiling;
2 son yigindisidan 8 sonini hosil qiling.
Ikkinchi toifa misol: kompyuterga mos dastur tuzilib, uning xotirasiga kiritilgan 6 ta kichik chiziqdan uchburchak, to'rtburchak va ko'pburchak shakllarini yasang.
Bu holda boshlang'ich sinf o'quvchilar topshiriqlarni qanday bajarishlariga qarab ball qo'yiladi.
"a" harfini o'rganish bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajalarini aniqlashda kompyuterga quyidagilar kiritilishi mumkin:
May 2024
305
5-qatorda joylashtirilgan turli harflar to'plami (shu qatorlarda faqat bitta "a" harfi bo'ladi);
5-qatorda joylashtirilgan hayvonlar nomi yoki boshlang'ich sinf o'quvchilari ismlari (shulardan faqat bittasi "a" harfi bilan) boshlangan bo'ladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga hayvonlar nomini (yoki boshlang'ich sinf o'quvchilar ismini) boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'qib beradi);
kompyuter klaviaturasi yordamida "a" harfini kiriting va monitor ekraniga chiqaring topshirig'i beriladi.
Ekologik ta'lim berish bo'yicha kompyuterga quyidagi taqdimotlar (slaydlarni) kiritish mumkin:
"Toza havo - dardga davo" mavzusi bo'yicha; boshlang'ich sinf o'quvchi maysazorni payhon qilayapti; daraxt shoxini sindiryapti;
gulzor va maysazorni sug'oryapti va parvarish qilayapti; gulzorda gullarni tanasi bilan sug'orib tashlyapti; tevarak-atrofdagi hazonlarni yoqib yuboryapti.
"Boshlang'ich sinf o'quvchilari - qushlarning do'sti" mavzusi bo'yicha: boshlang'ich sinf o'quvchi rogatka bilan musichani urib tushiryapti; qush inini buzyapti; chumchuq inidan polaponlarni olyapti.
Toliqish ekologiyasi bo'yicha quyidagilardan qaysi birini 15 daqiqadan ortiq ko'rish mumkin emasligini aniqlash:
1. Multfilimni;
2. Konsertni;
3. Kompyuterda ishlashni;
4. Televizordagi qo'g'irchoq o'yinini;
5. Badiiy film ko'rishni.
Kompyuterli o'yinlar bo'yicha kompyuterga dasturli, taqdimotli o'yinlar kiritiladi va internetga joylashtirilgan ashyo (manba) laridan foydalaniladi. Quyida kompyuterli o'yinlar bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajasini aniqlash uchun kompyuterga kiritilgan o'yinlarda ba'zi birlarini keltiramiz:
1. Shakllarni ustma-ust qo'yish;
2. Ikki xalqa;
3. Jadvalni to'ldirish.
Bu holda boshlang'ich sinf o'quvchisi 3 ta o'yinni birin-ketin to'g'ri bajara olsa, unga 5 baho qo'yiladi. Agar 2 tasini to'g'ri bajarsa 4 baho, agar 1 ta vazifani to'g'ri bajarsa 3 baho qo'yiladi. Agar 3 variantdan birontasini ham to'g'ri topa olmasa, u holda nol baho qo'yiladi.
May 2024
306
Multimedia texnologiyasini ta'lim-tarbiya jarayonïga tatbiq etish bilan bog'liq navbatdagi masala-mashg'ulotlar bo'yicha (soni, soati, davomiyligi, hajmi va hakozalar) dastur ishlab chiqishdan iborat bo'lib, boshlang'ich sinf o'qituvchilari shu dastur asosida mashg'ulot o'tkazadilar.
Shunday qilib, axborot texnologiyalarining mahsuli bo'lgan multimedia texnologiyasini elementlarini ta'lim sohasiga joriy etish va uni umumta'lim maktablarining ta'lim-tarbiya jarayonida sinovdan o'tkazish (aprobatsiya) zamonaviy ta'lim texnologiyalarni ishlab chiqishdagi dastlabki qadam hisoblanadi.
Multimedia texnologiyasini ta'lim jarayoniga tatbiq etish asosida, umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining kompyuter savodxonligini shakllantirish, internet va masofali ta'limdan foydalanish, multimedia texnologiyasidan ta'lim-tarbiyada foydalanishning ilmiy asoslari, vositalari, uslibiyoti va manbalari ko'rib o'tiladi.
Boshlang'ich tarbiya pedagogikasi pedagogika fanining muhim sohasi bo'lib, tarbiyaning yosh bilan bog'liq bo'lgan jihatlarini ochib beradi. Shu bilan birga, boshlang'ich tarbiya pedagogikasi maxsus va yosh pedagogikalari bilan umumiy ilmiy-nazariy asoslarga ega.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berish ham, bilish nazariyasiga asoslanadi, jumladan, uning "Jonli mushohadadan abstrakt fikrlashga va undan amaliyotga" degan qonuni umumta'lim maktablarining kompyuterli ta'lim jarayoniga ham qo'llash mumkin. Jonli mushohada umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilariga ko'rsatiladigan didaktik materiallar, harflar, rasmlar, chizmalar kabi vositalarni kiritish mumkin (2-jadval).
307
May 2024
Texnik ta'minot
Kompyuter
Kompyuter savodxonligi
Internet foydalanish Masofali ta'lim
Harf o'rgatish
Taqdimotlar,
Axborot texnologiyalari
Multimedia texnologiyalari
Dasturiy ta'minot
MTM ta'lim-tarbiyasiga joriy qilinishi
Macromedia Flash, Power Point , Paint, Corel draw
Qo'llash uSlubini ishlab chiqarish
-Y- Elementar -*- Ekologik
matematik bilim
bilim
Tavsiyalar i
Kompyuterli o'yinlar
Ko'rgazmali vositalar
Dasturiy vositalar
Rolli (ijroli) vositalar
2-jadval. Multimediali kompyuterli texnologiyaning pedagogik-psixologik
jihatlari va tamoyillari
Boshlang'ich ta'lim didaktikasi-umuminsoniy didaktikaning bir sohasi bo'lib, boshlang'ich yoshdagi boshlang'ich sinf o'quvchilar ta'limi va o'qitish nazariyasi hisoblanadi, uning maqsadini belgilaydi, boshlang'ich yoshdagi boshlang'ich sinf o'quvchilarini har tomonlama rivojlantirish va ularni maktabga tayyorlashni ta'minlovchi ta'limning mazmuni, uslublari va tashkiliy shakllarini ishlab chiqadi.
Masalan, yuqorida ta'kidlanganidek, qog'ozda yozilgan yoki kartondan kesib tayyorlangan "a" harfini boshlang'ich sinf o'quvchilariga ko'rsatilsa ( statik holat), ularga ma'lum bir psixologik ta'sir ko'rsatadi. Agar, monitor ekranda animatsiyadan foydalanilgan, multimedia texnologiyasi asosida "a" harfi ko'rsatilsa (dinamik holat), boshlang'ich sinf o'quvchilariga boshqacha psixologik ta'sir etiladi. Shuningdek,
May 2024
308
boshlang'ich sinf o'quvchilariga qog'ozda chizilgan archa rasmini ko'rsatilsa, ( statik holat), u holda ularga oddiy psixologik ta'sir etiladi, monitor ekranida animatsiya bilan berilgan (jilolanib turgan) multimediali rasm ko'rsatilsa, boshlang'ich sinf o'quvchilariga boshqacha psixologik ta'sir (samara) etadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchisi monitor ekranida ko'rgan (kuzatgan) obyektlari to'g'risida ma'lum bir fikr yurita boshlaydi. Yosh boshlang'ich sinf o'quvchilarining elementar matematik tushunchalar bo'yicha fikrlashini shakllantirish masalalari ko'pgina uslubiy adabiyotlarda, qo'llanmalarda tahlil etilgan. Masalan, M.Jumayev va I.S.Vigodskiylar fikrlashning rivojlanish muammosini o'rganib, dastlab matematik tushunchalarni shakllantirishni ilgari suradi.
Bunda ular boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantirish uchun eng qulay sharoitlarni topish lozimligini ta'kidlaydi. I.S.Vigodskiyning fikri bo'yicha, boshlang'ich sinf o'quvchisining tasavvuri rivojlanishi bilimlarni o'zlashtirish jarayonisiz o'tmaydi, faqat o'quv axborotlar to'plami (bilish, bilim) boshlang'ich sinf o'quvchilarining fikrlashini harakatlantiradi, ularning fikrini rivojlantiradi.
Axborot tushunchasi falsafiy kategoriyalar sirasiga kiradi. Shuning uchun, ma'lumot tushunchasidan qandaydir darajada farq qiladi. Bizning fikrimizcha, umumta'lim maktablarning boshlang'ich sinf o'qituvchilariga mo'ljallangan adabiyotlar va mashg'ulotlarda foydalanish uchun atamaning tarjimasiga yaqin bo'lgan quyidagi ta'rif "Ko'p elementli (tartibli) muhit" atamasi mos keladi. Jumladan:
1. Multimedianing mazmunidan kelib chiqqan holda multimedia tushunchasining umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilariga tushunarli bo'lgan quyidagi ta'rifni keltirish mumkin: "Multimedia - bir nechta axborot turlarini kompyuterda ishlov berish natijasida hosil qilingan va bitta "Paketga" mujassamlashtirilgan axborot jamlamasidir"
2. Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilari multimedia to'g'risida to'liq ma'lumotga ega bo'lganlarida, undan umumta'lim maktablarining ta'lim-tarbiya jarayoniga foydalanishlari oson kechadi.
3. Hozirgi davrda maktab, kollej, litsey va oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayonlarida ko'plab zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanilmoqda. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni qabul qilinishi bilan umumta'lim maktablarining ham yuqorida qayd etilgan o'quv muassasalari qatoriga kirgizildi. Shuning uchun ham umumta'lim maktablarining ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishga qaratilgan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishda foydalanish masalalari ham davr talablari qatoridan joy oldi.
May 2024
309
4. Zamonaviy ta'lim texnologiyalarini umumta'lim maktablarida mashg'ulotlar dars yoki ma'ruza shaklida olib borilmaydi. Shuning uchun, umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilarining yoshlarini, psixologik jihatlarini, rivojlanish darajalarini va boshqa sifatlarini hisobga oladigan yangi zamonaviy ta'lim texnologiyalarini yaratishga zaruriyat tug'ilmoqda. Ikkinchi tomondan, fan va texnika yutuqlarini ta'lim sohasiga kirib kelishini ham hisobga olish kerak.
5. Yuqoridagilarga binoan, umumta'lim maktablarining ta'lim jarayoniga tatbiq etish uchun multimedia texnologiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buni, boshlang'ich sinf o'quvchilarini multifikatsiya tasvirlariga qiziqishlarini ham taqozo etadi.
6. Multimedia texnologiyasining asosiy mazmuni - kompyuterli ta'limdir. Mashg'uloti esa kompyuterli mashg'ulotdir. Demak, multimedia texnologiyasi kompyuterdan foydalanib, mashg'ulot o'tkazishga mo'ljallangan.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - T.: -2017. 6-son. 70-modda.
2. Avliyakulov N.X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. O'quv qo'llanma. - T.: 2001. - 68 s.
3. ХудойцуловХ..Ж. Комиллик фазилатлари. -Т.: Инновация-Зиё. 2021 й.
4. Худойцулов Х..Ж Миллий гурур-маънавий комиллик мезони.-Т.: Дзайин Пресс.2011й
5. Mo'minov I., Eshmatov I. BOSHLANG'INCH SINFLARDA INTERFAOL METODLAR //Акaдемические исследoвaния в товременшй тауке. - 2023. - Т. 2. - №. 15. - С. 70-75.
6. Eshmatov I., Mo'minov I. UMUMIY O 'RTA TA'LIM MAKTABLARI BOSHLANG'ICH SINF O 'QUVCHILARIDA MA'NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH //Междунaрoднaя кoнференция aкaдемических HayK. - 2023. - Т. 2. - №. 5. - С. 28-31.
7. Muminov Isroil Xudoyshukur ugli. (2023). THE ROLE AND IMPORTANCE OF USING INTERACTIVE METHODS IN THE EDUCATIONAL PROCESS. https://doi.org/10.5281/zenodo.7668591
8. Abduhalimova, Y. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING KREATIV YONDASHUVINI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI. Interpretation and Researches, 2(1).
May 2024
310