Научная статья на тему 'BOLALARGA NISBATAN NOLOYIQ MUNOSABATDA XATAR OMILLARI'

BOLALARGA NISBATAN NOLOYIQ MUNOSABATDA XATAR OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
659
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zulm / zarar / exploitation / beparvolik / bevosita zulm / bilvosta zulm / jismony zuravonlik / jinsiy zuravonlik. / угнетение / вред / эксплуатация / пренебрежение / прямое угнетение / косвенное угнетение / физическое насилие / сексуальное насилие.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abduraxmonova, М., Turg‘Unov, G.

Ushbu maqolada bolaga zo‘ravonlik, shafqatsizlik kabi jismoniy zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, beparvolik, psixologik zo‘ravonlik va insoniyatga to‘g‘ri kelmaydigan maqsadga erishishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar, bolaga og‘riq keltiruvchi, uning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar etkazish harakat haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФАКТОРЫ РИСКА ОТНОСИТЕЛЬНО ДЕТЕЙ

В данной статье рассмотрены такие виды ненадлежащего обращения с детьми, жестокости, как физическое насилие, сексуальное насилие, безнадзорность, психологическое насилие и иное поведение, направленное на достижение цели, несовместимой с гуманностью, причинение боли ребенку и причинение вреда его здоровью и развитию – движения.

Текст научной работы на тему «BOLALARGA NISBATAN NOLOYIQ MUNOSABATDA XATAR OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BOLALARGA NISBATAN NOLOYIQ MUNOSABATDA XATAR

OMILLARI

M.Abduraxmonova

Farg'ona davlat universiteti dotsenti, i.f.n. manzura.abdurahmonova@mail .ru G.Turg'unov Farg'ona davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bolaga zo'ravonlik, shafqatsizlik kabi jismoniy zo'ravonlik, jinsiy zo'ravonlik, beparvolik, psixologik zo'ravonlik va insoniyatga to'g'ri kelmaydigan maqsadga erishishga qaratilgan boshqa xatti-harakatlar, bolaga og'riq keltiruvchi, uning sog'lig'i va rivojlanishiga zarar etkazish - harakat haqida so'z boradi.

Kalit so zlar: zulm, zarar, exploitation, beparvolik, bevosita zulm, bilvosta zulm, jismony zuravonlik, jinsiy zuravonlik.

В данной статье рассмотрены такие виды ненадлежащего обращения с детьми, жестокости, как физическое насилие, сексуальное насилие, безнадзорность, психологическое насилие и иное поведение, направленное на достижение цели, несовместимой с гуманностью, причинение боли ребенку и причинение вреда его здоровью и развитию - движения.

Ключевые слова: угнетение, вред, эксплуатация, пренебрежение, прямое угнетение, косвенное угнетение, физическое насилие, сексуальное насилие.

Bugungi kunda adabiyotlarda sinonimlar sifatida «zulm» va «nomunosib munosabat» so'zlari ishlatiladigan «bolalarga nisbatan zulm» tushunchasi (ingl. Child Abuse) Butunjahon Sog'liqni saqlash Tashkiloti tomonidan 1999 yilda taklif etilgan quyidagi ta'rifga tayanadi: «Zulm» yoki «bolalar bilan qo'pol muomalada bo'lish» «...bolaning sog'lig'iga, yashashiga, rivojlanishi va layoqatiga amaliy zarar keltiradigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo'lgan barcha turdagi jismoniy yoki

ФАКТОРЫ РИСКА ОТНОСИТЕЛЬНО ДЕТЕЙ АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

emotsional salbiy munosabat, jinsiy zulm, ehtiyotsiz yoki befarq munosabat, kommersiya yoki boshqa maqsadlardagi ekspluatatsiya»ni anglatadi1.

Demak, xalqaro amaliyotda qabul qilingan «bolaga nisbatan zulm» atamasi o'zida «ehtiyotsiz munosabat» hamda «tashlab qo'yilganlik» (ingl. Neglect) tushunchalarini ham o'zida mujassam etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekistonda «bolalarga nisbatan zulm va ehtiyotsiz munosabat» tushunchasi avvalo qonuniy asosga tayanadi. O'zR qonunchiligiga ko'ra, zulm deganda ehtiyotsiz va loqayd munosabatda bo'lish nazarda tutilmaydi. Zulm va loqayd munosabat quyidagicha ta'riflanadi: Bolaga nisbatan zulm - bolaning ixtiyoriga zid ravishda yoki uning ko'makka muhtoj holatidan foydalanib, uning shaxsiy dahlsizlik huquqini buzuvchi jismoniy, jinsiy va ruhiy ta'sir ko'rsatishdir. Mazkur ta'rifga binoan, zulmning jismoniy, jinsiy va ruhiy ko'rinishlari ajratib ko'rsatiladi.

Bolaga loqayd munosabatda bo'lish - ota-onalar yoki ularni o'rnini bosuvchi kishilar, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan bolalarni boqish, tarbiyalash, sog'lom turmush kechirish sharoitlarini yaratish, to'la ma'lumot olish va shu kabilarni ta'minlashga doir o'z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmasliklari.

Bolalarga nisbatan noloyiq munosabat turlari2:

Jismoniy zo'ravonlik - shafqatsizlik va bolaga og'riq keltiruvchi hamda uning sog'lig'i va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi insoniyatga mos bo'lmagan maqsadga yo'naltirilgan boshqa xatti-harakatlar:

S bolaga yetkazilgan har qanday tana jarohati yoki og'riq berish (urish, chimchilash, tishlash, kuydirish, bolani bo'g'ish yoki cho'ktirish) S bolaga tana jarohati yetkazilishiga qarshilik qilmaslik S bolani har qanday jismoniy jazolash - tarsaki, kaltaklash, tahqirlash S bolani dori yoki boshqa kimyoviy vositalar yordamida zaharlash S Jinsiy zo'ravonlik - kattalarning jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bolalardan foydalanish. Bolani jinsiy faoliyatga jalb qilish uchun tahdid, kuch, ayyorlik va ishonchdan foydalanish.

S bola bilan har qanday jinsiy aloqa yoki munosabatlar (kuch ishlatgan holda yoki ishlatmasdan)

1"Узбекистонда болаларни нолойик муносабатдан му^офаза килиш тизими" тренинги материаллари асосида. Save the Children (UK), 2003. (Таржимон А.Юнусов).

2 Шафкатсиз муносабат ва э^тиётсиз муносабатга дучор булган болалар учун рухий-тиббий-ижтимоий марказ "ОЗОН" (Россия) маълумотлари хамда "Узбекистонда болаларни нолойик муносабатдан му^офаза килиш тизими" тренинги материаллари асосида. Save the Children (UK), 2003. (Таржимон А.Юнусов).

767

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

S bolani jinsiy aloqaga jalb qiluvchi har qanday xulq-atvor S seksual tavsifdagi har qanday xatti-harakatlar - o'yinlar, suhbatlar, foto va video tasvirlarni tomosha qilish

S seksual g'arazgo'ylik - bolani seksual maqsadda sotish, pornografik foto va videotasvirlardan foydalanish

S fohishabozlikka jalb qilish

Emotsional (ruhiy) zo'ravonlik - bolaga lozim darajada e'tibor bermaslik, g'amxo'rlik qilmaslik, qo'llab-quvvatlamaslik, hissiy yaqinlik ko'rsatmaslik. Bola doimiy ravishda e'tibor va mehrning yetishmasligini his qilib turadi, tahdid va kamsitishlarga duchor bo'ladi va bu o'z qadr-qimmatini bilmaslik va o'ziga ishonchsizlikni oshishiga olib keladi, bularga:

S yolg'on, tahdid, qo'rqitish, kamsitish, haqorat qilish, so'kish; S boladan voz kechish, izolyasiya S noijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish va majburlash S bola bajara olmaydigan ishlarni bajarishni asossiz talab qilish S bolaning me'yorida rivojlanishiga to'siq bo'luvchi ortiqcha homiylik S kattalarning o'z va'dalarini bajarmasligi, bolada ishonch tuyg'usining buzilishi.

Ehtiyotsiz munosabat (befarqlik) - bolaning jismoniy, ruhiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatilishga olib keluvchi hayotiy ehtiyojlarni qondirilmasligi:

S e'tiborsiz, qarovsiz qoldirish, xavf ostida qoldirish; S bola ehtiyojlariga nisbatan befarqlik (ovqatlanishga, tibbiy ko'makka, ta'limga, muloqotga, rivojlanishga bo'lgan ehtiyojlarining qondirilmasligi); S hissiy yaqinlikning yo'qligi (undan voz kechish) S mavjud tahdiddan bolani himoya qila olmaslik (istamaslik) Ekspluatatsiya - boladan o'z manfaati yo'lida foydalanish - og'ir mehnat, seksual foydalanish, trafik (foydalanish maqsadida bolalarni olib chiqib ketish, sotish).

Bola bilan shafqatsiz munosabatning to'rtta turini ajratadilar: S Shafqatsiz jismoniy munosabat S Jinsiy zo'ravonlik S Bola ehtiyojlariga e'tiborsizlik S Psixologik zo'ravonlik Shafqatsiz jismoniy munosabat - bolaga yetkazilgan tasodifiy bo'lmagan har qanday tan jarohati.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Bolalar ustidan jinsiy zo'ravonlik - bola yoki o'smirdan shaxsiy jinsiy lazzat olish uchun foydalanish.

Bola ehtiyojlariga e'tiborsizlik - ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi shaxslarning 18 yoshga to'lmagan bolaning asosiy ehtiyojlarini ta'minlashga surunkali noqodirligi.

Psixologik zo'ravonlik, o'z navbatida, ikki turda bo'lishi ham mumkin:

S psixologik beparvolik - bu ota-ona yoki parvarishni amalga oshiruvchi shaxslarning bolaga zaruriy ko'mak, e'tibor, psixologik himoyani ta'minlashga qodir emasliklari, unga mehrning yo'qligi.

S psixologik shafqatsiz muomala - kattalar tomonidan bolani tahqirlash, uni kamsitish, xaqoratlash, mazax qilish maqsadida sodir etiladigan surunkali harakat.

Dastlab bolaga zo'ravonlik namoyon etishning sababi ota-onalarning psixologik og'ishi deb hisoblandi, keyin diqqat ijtimoiy kontekstga ko'chirildi, bundan xatar omili ota-onaning bolaga zo'ravonlik munosabatini shartlovchi qadriyatlar tizimi hamda ijtimoiy yakkalanishda yashirin ekanligi haqidagi xulosa kelib chiqadi. So'ng zo'ravonlikni ota-ona va bola o'rtasidagi munosabatlarning buzilgan interfaol ijtimoiy modeli orqali sharhlashdi.

Xulosa o'mida aytish zarurki, tadqiqotchilar xatar omillarini shaxs, oila va jamiyat darajasida aniqlaydilar va bir omil emas, balki ularning o'zaro ta'siri bolalar ustidan zo'ravonlik o'tkazishga olib kelishini isbotlaydilar. Shuningdek, ular u yoki bu xatar omilining mavjudligi zo'ravonlikni namoyon etish degani emas, balki uning paydo bo'lish ehtimoli yoki imkoniyati borligini ta'kidlaydilar. Bunda bir necha ijobiy omillarning mavjudligi (ijtimoiy ko'nikmalar, "Men" ning ijobiy identifikatsiyasi va h.k.) xatar omilining ta'sirini kamaytiradi.

REFERENCES

1. Узбекистонда болаларни нолойик муносабатдан му^офаза килиш тизими" тренинги материаллари асосида. Save the Children (UK), 2003. (Таржимон А.Юнусов).

2. Шафкатсиз муносабат ва э^тиётсиз муносабатга дучор булган болалар учун рухдй-тиббий-ижтимоий марказ "ОЗОН" (Россия) маълумотлари хдмда "Узбекистонда болаларни нолойик муносабатдан му^офаза килиш тизими" тренинги материаллари асосида. Save the Children (UK), 2003. (Таржимон А.Юнусов).

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Абдурахмонова, М. М. (2020). Ижтимоий иш касбий фаолиятининг мактабга йуналтирилган сохасини ривожланишида жахон амалиёти тажрибалари. Журнал Социальных Исследований, 3(6).

4. Абдурахмонова, М. М. (2021). Теории межсекторальных подходов к защите детей. Человек. Наука. Социум, (2), 62-74.

5. Абдурахмонова, М. М. (2021). Необходимость изучения общественного мнения для принятия эффективных решений в школе. Человек. Наука. Социум,

6. Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Узбекская модель развития малого предпринимательства. Ученый XXI века, 62.

7. Абдурахмонова, М. М., & Содикова, Д. Ш. (2020). Efficiency of management of higher education institutions in the preparation of qualified personnel. Человек. Наука. Социум, (2), 8-27.

8. Абдурахмонова, М. М. (2021). Мактабларда самарали к;aрoр кдбул килиш учун жaмoaтчилик фикрини урганиш зaрурияти. Журнал Социальных Исследований, (SPECIAL ISSUE 1).

9. Абдурахмонова, М. М., & Орипов, А. (2019). Основные направления и приоритеты научной актуализации информационной парадигмы гражданского общества. Мировая наука, (12), 56-59.

10. Абдурахмонова, М. М., & Мирзажонов, Ж. (2020). Роль конституции в построении правового государства и гражданского общества. Теория и практика современной науки, (3), 9-11.

11. Абдурахмонова, М. М., & Маллабоев, Ш. А. (2016). Uzbek model of small business development. Учёный XXI века, (3-4 (16)), 58-63.

12. Mаdаliyеvа, F., & Abduraxmonova, M. (2021). O'zbеkistоndа mаktаb bitiruvchi o 'quvchilBrini kаsb-hunаr bikn tа'minlаshdа ijtimоiy ish аmаliyoti. Студенческий вестник, (8-3), 94-95.

13. Abduraxmonova, M., & A'zamova, Z. (2021). O'zbekistonda pensiya ta'minoti tizimini shakllantirishning muhim jihatlari. Интернаука, (7-2), 91-93.

14. Shаripоvа, K., & Abduraxmonova, M. (2021). O'zbеkistоn mаktаblаridа mеhribоnlik uyteri tаrbiyalаnuvchisi bo '^ап o ^^chiter bikn ijtimоiy ish аmаliyoti istiqbоllаri. Студенческий вестник, (8-3), 82-83.

15. Abdurakhmonova, M., Karimova, G., & Karimova, M. (2021). Role of ethical culture in preventing violence among spupils. Интернаука, (11-2), 50-51.

(1), 33-46.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

16. Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. (2020). Conceptual aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief Editor, (5), 8.

17. Abdurakhmonova, M. M. ugli Mirzayev, MA, Karimov, UU, & Karimova, GY (2021). Information Culture And Ethical Education In The Globalization Century. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03),

18. Abdurakhmonova, M. M., Akramov, D. O., & Egamberdiev, F. A. Conceptual aspects of the development of social work in the new social protection system of Uzbekistan. Chief Editor.

19. Abdurahmonova, M. (2020). World practical experience of developing a school-oriented sphere of professional activity of social work. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1181-1186.

384-388.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.