Научная статья на тему 'BOLALAR NEGA OBRAZLI FIKRLAYDI?'

BOLALAR NEGA OBRAZLI FIKRLAYDI? Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
132
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
miya / obraz / tafakkur / obrazli muloqot / kreativ / xotira / tasavvur / harakat / ijod. / brain / image / thinking / imaginative communication / creativity / memory / imagination / movement / creativity.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — N. Axmedova

Maqolada inson miya faoliyati, obrazli tafakkurning o‘ziga xos falsafiy jihatlari va uning nutqiy voqelanishi yoritilgan. Bu tafakkur shaklining, ayniqsa, bolalarda faolligi misollar orqali dalillangan. Obrazli tafakkur qila oladigan bola hayotda mustaqil fikrlaydigan, bitta muammoning bir nechta yechimini topadigan, xohlagan vaziyatdan chiqib keta oladigan bo‘lishi alohida ta’kidlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WHY DO CHILDREN THINK FIGURATIVELY?

The article highlights human brain activity, specific philosophical aspects of imaginative thinking and its speech implementation. The activity of this form of thinking, especially in children, has been proven by examples. It is emphasized that a child who is able to think figuratively, thinks independently in life, finds several solutions to one problem, can get out of any situation.

Текст научной работы на тему «BOLALAR NEGA OBRAZLI FIKRLAYDI?»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOLALAR NEGA OBRAZLI FIKRLAYDI?

Axmedova Nilufar Safarovna

O'zR FA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7407922

Annotatsiya. Maqolada inson miya faoliyati, obrazli tafakkurning o'ziga xos falsafy jihatlari va uning nutqiy voqelanishi yoritilgan. Bu tafakkur shaklining, ayniqsa, bolalarda faolligi misollar orqali dalillangan. Obrazli tafakkur qila oladigan bola hayotda mustaqil fikrlaydigan, bitta muammoning bir nechta yechimini topadigan, xohlagan vaziyatdan chiqib keta oladigan bo'lishi alohida ta'kidlangan.

Kalit so'zlar: miya, obraz, tafakkur, obrazli muloqot, kreativ, xotira, tasavvur, harakat,

ijod.

ПОЧЕМУ ДЕТИ МЫСЛЯТ ОБРАЗНО?

Аннотация. В статье освещаются мозговая деятельность человека, специфические философские аспекты образного мышления и его речевой реализации. Активность этой формы мышления, особенно у детей, была доказана на примерах. Особо подчеркивается, что ребенок, умеющий образно мыслить, в жизни мыслит самостоятельно, находит несколько решений одной проблемы, может выйти из любой ситуации.

Ключевые слова: тозг, образ, мышление, образное общение, творчество, память, воображение, движение, творчество.

WHY DO CHILDREN THINK FIGURATIVELY?

Abstract. The article highlights human brain activity, specific philosophical aspects of imaginative thinking and its speech implementation. The activity of this form of thinking, especially in children, has been proven by examples. It is emphasized that a child who is able to think figuratively, thinks independently in life, finds several solutions to one problem, can get out of any situation.

Keywords: brain, image, thinking, imaginative communication, creativity, memory, imagination, movement, creativity.

Obrazli tafakkur nima? Biz qanday qilib obrazlar vositasida fikrlaymiz?

Inson o'z miya faoliyati orqali tashqi olamni idrok etadi. Unda kechayotgan voqea-hodisalarni anglaydi. Voqelikdagi narsa-hodisa, belgi-xususiyat, harakat ongimizga surat, ya'ni obrazlar sifatida ko'chadi. Shunda biz obrazlar yordamida fikrlay boshlaymiz. Obrazli tafakkur moddiy hayot bilan aloqador bo'lib, hissiy tasavvurlarga asoslanadi. Obrazli tasavvur taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirishga asoslansa-da, kattalarda bu jarayon his-tuyg'uga boy hisoblanadi. Tashqi olamdan qabul qilingan ma'lumotlar umumlashtiriladi va qayta ishlanadi. Keyingi jarayonlar xotira va tasavvurda kecha boshlaydi. Inson xayolan makon va zamon kengliklariga qorishib ketadi [3:123]. Obrazlar miyamizda o'ziga yondosh obrazlar bilan birgalikda harakatlanadi. Masalan, biz daraxt haqida gapirmoqchi yoki u haqda fikr yuritmoqchi bo'lsak, hech qachon miyamizda faqat daraxt predmetining o'zi namoyon bo'lmaydi, balki doimo u bog', osmon, qushlar va shu kabi obrazlar bilan birgalikda gavdalanadi. Yana qiziq tomoni shundaki, daraxt atrofida bu obrazlar har kimda har xil ko'rinishda uyushishi mumkin. Bu insonning shu narsani ko'proq nimalar qurshovida uchratganiga bog'liq.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Aslida biz obrazlarsiz fikrlay olmaymiz, demak, tafakkur obrazsiz mavjud emas. Xo'sh unda obrazli tafakkur nima? Obrazli tafakkurning o'zi obrazsiz tafakkur ham bor, degan fikrni anglatmaydimi? To'g'ri, ammo bu o'rinda biz e'tiborni obrazning o'z xususiyatiga qaratishimiz lozim. Ongimizda obrazlar oqimi mavjud ekan, o'z-o'zidan, ular o'zi aks ettirayotgan narsa-hodisadan tashqari o'zaro bir-biriga ta'sir qiladi. Shunda jonli narsalar jonsiz yoki jonsiz narsalar jonli narsa obrazida gavdalanishi mumkin. Masalan, yig'lash harakatining odamdan tashqarinutqimizda gulga, quyoshga, bulutga nisbatan qo'llanilishi ham kuzatiladi: gul to'kar ko'z yoshini, quyosh sevinchdan yig'ladi, bulut yig'lab ko'nglini bo'shatdi kabi. Tafakkurdagi bunday jarayonlar nutqda ifodalanib, o'quvchiga estetik zavq beradi.Bu esa ilmda obrazli tafakkur deya izohlanadi.

Demak, "obrazli tafakkur yordamida narsalarning turli aniq xususisiyatlari, xilma-xilligi to'liqroq aks ettiriladi. Obrazda narsani bir vaqtning o'zida turlicha ko'rish imkoni bor. Obrazli tafakkurning muhim xususiyati narsalar bilan ularning xossalari o'rtasidagi odatdan tashqari, ishonish qiyin bo'lgan uyg'unlikning o'rnatilishidir" [2:489]. Xo'sh, tafakkurning bu shakli inson hayotida qanday ahamiyatga ega? Barcha odamlar obrazli tafakkur qiladi. Ayniqsa, ijod jarayonidagi obrazlar odam ruhiyatida paydo bo'lgan muammo (dard) natijasida yuzaga keladi va harakatlana boshlaydi. Ular xuddi o'zanini yo'qotgan daryoni eslatadi. Toki bir tizimga tushmagunicha tinmaydi. Zero, "miya nafaqat oldindan mavjud ma'lumotlarni yodda saqlovchi, qayta tiklovchi yoki ulardan foydalanishni ta'minlovchi organ, balki bu ma'lumotlarga tayangan holda ijodiy qayta ishlovchi hamda o'xshash hodisalarni birlashtiruvchi a'zo hamdir" [4:4].

Ammo bolalardagi bu jarayon ancha faol. Misol tariqasida o'yinchoqlari bilan suhbatlashayotgan qizaloq,oti yoki velosipedini minib olgan bolakayni kuzating-chi?! Ular tinmay gapirishi mumkin. Zimdan quloq tutsangiz, aslida o'yinchoqlardan boshqa hech narsa yo'q. Ammo butun boshli hayot qaynaydi bu suhbatlarda. Ya'ni ular xayolan jonsiz dunyoni jonlantirib, tafakkurida ijod qilmoqda. Zero, bolalarning barchasi - tug'ma ijodkor. Faqat ularga kattalarning biroz e'tibori kerak, xolos. Obrazli muloqot qilayotgan bolakaylarimizni sal qo'llab-quvvatlasak, bo'lgani. Masalan, bola onasining yoniga kelib:

"Oyi,oyi, anavi danakni chaqayotsam, qo'limni chimchilab olib: "Nega meni urasan? -deydi. - Unga tanbeh berib qo'ying", - deya yolvordi.

Aynan shu vaziyatda sizning xayolingizda danakka pand-nasihat qilish mutlaqo yo'q. Ammo bola danak bilan bog'liq bu holatni juda jiddiy qabul qilib, sizdan ko'mak o'tinmoqda. Xo'sh, nima qilasiz? Odatdagidek uni jerkib bermoqchimisiz? Yo'q, aslo. Aqlingiz butun vujudi bilan danakka "aql kirmasligi"ni, bu bo'lmagan narsa ekanligini tushuntirsa ham, siz chuqur nafas olib, soxta bo'lsa-da, tabassum ila farzandingizga yuzlanib:"Qani o'sha danak polvon? Menga ko'rsat-chi?" - deya oling. Shunda bola uni tinglayotganingizdan boshi osmonga yetib , qo'lingizdan ushlaydi-da, o'zio'ynab turgan joyga sizni yetaklaydi.

Aslida bolaning maqsadi - danakning mag'zini yeyish. Ammo u qiyinchilikka sabri chidamay, aybni danakka qo'yyapti. Tasavvurida danak aybdor. Siz esa borib vaziyatni danakka TUSHUNTIRASIZ. Qarabsizki, bolakay yana o'zining xayollaridagi suhbatlari bilan ishini davom ettirib, alalxusus, maqsadiga erishadi, muammoni hal qiladi. Demak, agar biz bolalardagi bu kabitabiiy kechadigan obrazlilikni to'g'ri tushunsak, ularni "xayolparast, tentak" deya aybsitmay, o'y-xayollarini to'g'ri yo'naltirsak, farzandlarimiz kelgusida o'sha xayollardan g'ayrioddiy (kreativ) fikrlashga, muammolarning bir necha yechimini topa olishga, vaziyatlardan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qulay yo'llar orqali chiqa bilishga, jamoada o'zini tutish va o'rni kelgandauni ko'rsata olish qobiliyatiga ega bo'lishadi.

Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim yoshidagi bolalarda bunday tafakkurni rivojlantirishning bir necha yo'llari mavjud va ular juda ham zarur.

Masalan, 3 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalarning tabiat qo'ynidagi sayohatlarida 3 xil daraxtning 3-5 ta bargdan iborat shoxchalaridan olib, ularning bittadan barglari uziladi va o'sha olingan yaproqlarning bittasi ko'rsatilib, bu qaysi shoxchaga tegishli ekanligi so'raladi. Bolalar uchala shoxchadagi barglarni sinchiklay olsa, topshiriqni to'g'ri bajaradi. Bu shu yoshdagi bolalarning mayda motorikasini rivojlantiruvchi mashqlardan biri sanaladi. Topshiriq davomida bola narsa-hodisalarni hatto kichik belgilarigacha taqqoslashga harakat qiladi. Shu asnoda bolalarga mana shu uchala daraxt haqida ma'lumot ham beriladi. Yaproqlarning bir-biridan farqi so'raladi hamda ularni yana nimalarga o'xshatish mumkinligi aniqlashtiriladi.

Yoki stol ustiga loviya yoxud mosh urug'larini sepib yuborib, ularning joylashuvi bo'yicha chiziqlar o'tkazib, hosil qilingan shaklning nimaga o'xshaganini bolalar bilan tahlil qilish usuli ham bevosita noan'anaviy yo'sinda kechadi. Ushbu topshiriqni bir necha marta takrorlash mumkin. Va albatta bu dukkakli o'simliklar haqida, ularning inson hayoti, salomatligidagi o'rni xususida ma'lumot berish o'rinli.

Bunday topshiriqlardan maqsad bolalarni tabiatga yaqinlashtirish va unga oid ma'lumotlarini boyitish, tafakkurida umumlashtirish, taqqoslash, farqlash kabi jarayonlarni mustahkamlash; kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, tabiatdagi hodisalarni bir-biriga bog'lay olishdan iboratdir. Chunki obrazli tafakkur hayotda sodir bo'lmaydigan holatlarni dastlab xayolan ongda yaratadi va shuning orqali insonga ulkan energiya bag'ishlaydi. Obrazli tafakkurning eng qiziq tomoni ham o'zi yaratilgan davrdan bir necha yuz yillar ilgari yurishidadir. Shu sababdan "...bu tafakkur voqelikning ahamiyatli jihatlarini o'ziga xos usulda aks ettirib, tasavvurlarning o'zgargan shaklida, aniqrog'i, tushunchalarni o'zgargan obrazlarda va doimo harakatda gavdalantiradi" [1:563].

Bugun bizning ko'z o'ngimizda kamol topayotgan farzandlar Vatanimizning yangi va betakror sahifasini ochajak. Ularning vaqtini televizor, telefon yoki biz tomondan yo'l qo'yiladigan loqaydlikka sovurmaylik. Chunki bolalarimiz tafakkurida biz bilmaydigan ixtirolar, dunyolarni o'zgartira oladigan kashfiyotlar jo'sh urmoqda. Bizdan umid qilinadigani faqat va faqat E'TIBOR, xolos.

REFERENCES

1. Ительсон Л.Б. Лекции по общей психологии. - Минск: Хорвест, 2003. -С 563

2. Nazarov Q. Falsafaa soslari. -Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2012. - B. 489.

3. Rojdestvenskaya N.B. Psixologiya xudojestvennogo tvorchestva. - Sankt-Peterburg: L.C.Yazikavoy sentr, -1995. - S. 123.

4. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. - М.: Просвещение, 1991. - C.4

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.