Научная статья на тему 'BOLALAR KIYIMLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH'

BOLALAR KIYIMLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
240
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy matolar / tranformatsiya / mato kombinatsiyasi / o’smiz yoshdagi bolalar / qulаy kiyim. / National fabrics / transformation / combination of fabrics / children of adolescent age / соmfоrtаblесlоthing.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Rаximоvа Kаmоlа G’аyrаtоvnа, Baynazarova Lobar Xamdam Qizi, Boltayeva Marjona Talib Kizi

Ushbu maqolada o’smir yoshdagi bolalarning o’ziga xos madaniyatining turlari, yoshlar garderobiga qanday kiyimlarni kiritishimiz mumkinligi va ularning qaysi juhatlariga e’tibor berishimiz kerakligini, o’smir yoshdagi bolalarning kiyadigan kiyimlariga qo’yiladigan talablarning o’ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE SPECIFIC CHARACTERISTICS OF REQUIREMENTS FOR CHILDREN'S CLOTHING

This article analyzes the types of unique culture of teenage children, what kind of clothes we can include in the wardrobe of young people and what aspects of them we should pay attention to, the specific characteristics of the requirements for the clothes worn by teenage children.

Текст научной работы на тему «BOLALAR KIYIMLARIGA QО‘YILADIGAN TALABLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH»

é

Ws,

ARTICLE

ANALYSIS OF THE SPECIFIC CHARACTERISTICS OF REQUIREMENTS FOR CHILDREN'S CLOTHING Rakhimova Kamola Gayratovna

Boltayeva Marjona Talib kizi Baynazarova Lobar Xamdam qizi Tеrmiz Stаtе Univеrsity Rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545775

ABSTRACT

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

This article analyzes the types of unique culture of teenage children, what kind of clothes we can include in the wardrobe of young people and what aspects of them we should pay attention to, the specific characteristics of the requirements for the clothes worn by teenage children.

National fabrics,

transformation, combination of fabrics, children of adolescent age, соmfоrtаblе с1оthing.

АНАЛИЗ ОСОБЕННОСТИ ТРЕБОВАНИЙ К ДЕТСКОЙ ОДЕЖДЕ

Рахимова Камола Гайратовна Байназарова Лобара Хамдам кизи Болтаева Марджона Талиб кизи

Термезский государственный университет. Rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545775

ARTICLE INFO

ABSTRACT

В данной статье анализируются типы самобытной культуры детей-подростков, какую одежду мы можем включить в гардероб молодежи и на какие ее стороны следует обратить внимание, особенности требований к одежде детей-подростков.

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Национальные ткани, трансформация, сочетание тканей, дети подросткового возраста, удобная

одежда.

BOLALAR KIYIMLARIGA QО'YILADIGAN TALABLARNING О^ОД XOS XUSUSIYATLARINI TAHLIL QILISH

Rаximоvа Kаmоlа G'аyrаtоvnа Baynazarova Lobar Xamdam qizi Boltayeva Marjona Talib kizi

Tеrmiz dаvlаrt univеrsitеti.

Rаximоvаkаmоlа96@gmаil.соm https://doi.org/10.5281/zenodo.11545775

é

Ws,

ARTICLE INFO

Received: 04th June 2024 Accepted: 09th June 2024 Online: 10th June 2024 KEYWORDS

Milliy matolar,

tranformatsiya, mato kombinatsiyasi, o'smiz yoshdagi bolalar, qulay kiyim.

Respublikamizda o'sib kelayotgan yosh avlodning rivojlanishiga katta e'tibor berilmoqda. Chunonchi, bolaning o'sib rivojlanishi uchun to'g'ri tarbiya va ta'lim olishiga katta imkoniyatlar yaratilgan. Hozirgi kunda ishlab chiqarishda xavfsiz mahsulotlar sonini ko'paytirish va ular bilan bolalarni ta'minlash muammosi davlatimizning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Negaki yosh avlodning sog'lig'iga uning kelajakdagi muvaffiqiyatlariga ta'sir ko'rsatishi mumkinligini unutmasligimiz kerak. Shu bilan birga o'smir yoshdagi bolalar kiyimining o'ziga xosligi ham muhim rol o'ynaydi. Bu yoshda bolalar kiyimiga qo'yiladigan talablar bir muncha o'ziga xos hususiyatlari bilan ajralib turadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Bolalar garderobidagi kiyimlarga qo'yiladigan talablarning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish jarayonida ilmiy bilish usullarining mantiqiylik, izchillik va ob'ektivlikdan keng foydalanilgan. "Kostyum dizayni" yo'nalishida bolalar kiyimlarining ahamiyati va uni zamonaviy moda va kostyum dizayni sanoatidagi istiqbollari haqida ma'lumot to'plandi. Maqolani yoritish jarayonida F. Qodiriyning "Kostyum dizayni loyihlasini yaratishda ijodiy manbadan foydalanish" maqolasi undan tashqari F.Z. Ataxanova, A.S.Saidiganieva, S.A.Karimova, G.E. Umarov, NAAbduqodirovalarning "O'zbekistonda badiiy dizayn ta'limi: kelib chiqishi, xususiyatlari, muammolari" sarlavhali maqolasida yoritilgan uslubiy ko'rsatmalari va S.A. Yunusxo'jaevaning "Yosh rassomga ta'lim berishda samarali usullardan foydalanish iqtidorli yoshlarning yetuk mutaxassis bo'lib yetishishining garovidir" nomli maqolasidagi fikrlar shuningdek, Xasanbayeva G.K. "Yoshlar uchun kiyim-kechak dizayni spetsifikasi" nomli nomograffiyasidan yosh bolalar kiyimlar paketiga qo'yiladigan talablarning o'ziga xos xususiyatlarini tahlil etishgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hozirda yangidan-yangi materiallar yaratilmoqda,ulardan tikiladigan bolalar kiyim-kechagini loyihalash muhim ahamiyatga ega. O'smir yoshdagi bolalar gavdasining shakli, yil sayin o'sib o'zgarib boradi ularga standart usullar bo'yicha, ayni paytda juda mashhur dengizchilar uslubi, sport uslubi va trikotajdan bolalar kiyimlarini ishlab chiqarish katta ulushni tashkil qiladi. Shu bilan bir qatorda o'smir yoshdagi bolalar uchun mo'ljallangan kiyimlarga ko'pgina talablar qo'yiladi. Birinchi navbatda ular: qulay, sifatli va yorqin bo'lishi lozim va albatta tabiiy tolali matolardan tayyorlanishi maqsadga muvoffiqdir. Sintetik matolardan ishlab chiqarilgan kiyimlarda havo o'tkazuvchanlik yuqori darajada bo'lmaydi, namlikni qabul qilishchanligi juda past, sintetikadan ajratilgan mikroplastikani yuviladi

ABSTRACT

Ushbu maqolada o'smir yoshdagi bolalarning o'ziga xos madaniyatining turlari, yoshlar garderobiga qanday kiyimlarni kiritishimiz mumkinligi va ularning qaysi juhatlariga e'tibor berishimiz kerakligini, o'smir yoshdagi bolalarning kiyadigan kiyimlariga qo'yiladigan talablarning o'ziga xosxususiyatlari tahlil qilingan.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

undan ajralgan zaharli chiqindi havoda va tuproqda to'planadi va sayyoramizni ifloslantiradi. Har yili dunyoda 160 milliardga yaqin kiyim-kechak ishlab chiqariladi, shulardan faqat yarmigina sotib olinadi. Haddan tashqari ko'p miqdorda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish imkoni yoqligi tuufayli ularni hajmi oshib boradi, undan tashqari aholini kiyilib chiqndiga tashlangan kiyim-kechaklari bilan hisoblaganga chiqindilarni foizi oshishiga olib keladi. Ishlab chiqaruvchi korxonalar materialni ongli ravishda tanlaydilar, uning xususiyatlarini belgilaydilar va sharhlaydilar, mahsulotni umumiy shaklga, ya'ni badiiy, konstruksion va kompozitsion birbutunlikga yig'ish uchun muhandislik va texnologiya ishlarini amalga oshiriladi. [4]

Odatda, barcha kо'rsatkichlarga mos tushuvchi kiyimlarni tanlash murakkab jarayon hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham yoshlarbop zamonaviy liboslarni tanlashda uzoq vaqt va e'tibor talab qilinadi. Zamonaviy liboslar nafaqat kiyim, balki jamiyatda о'z о'rnini, о'z xohish-istak va qiziqishlarini Wrsata olish ham demakdir. Buning uchun esa bolalar kiyimlarni aniq va to'g'ri tanlay olish kerak bо'ladi. Aynan, о'smirlar yosh davrida biror bir aniq guruhga xos bо'lishni hohlaydilar, ya'ni ma'lum bir uslub asosida kiyinishni istaydilar. Masalan, ijod bilan qiziquvchi yosh о'smirlar yorqin, Wp yozuvli kiyimlarni ma'qul kо'radilar. Bundan tashqari, bunday kiyimlar juda yorqin tusda yaltirovchi ranglargacha ham bо'lishi mumkin. Bunday holatda о'smir bolalar atrofdagilarga ishga bо'lgan nostandart munosabatini va xarakterining yangi kо'rinishlarini kо'z-kо'z qiladilar [9]. О'smirlar yoshdagi bolalar uchun zamonaviy liboslardan tashkil topgan kiyimlar paketi quyidagilarni о'z ichiga oladi: oddiy yupkalar bilan birga naqshli bо'lgan yupkalar, kalta va uzun naqshli yoki yо'l-yо'l kо'ylaklar. Shu kabi, shimlar, jinsi yupkalar, fudbolkalar, ko'ylaklar va h.k. О'smirlar liboslarida kо'pgina zamonaviy liboslarni ham uchratish mumkin. О'smirlar bolalar odatda, о'z garderobini ochganda nima kiyish kerakligi to'g'risida bosh qotirmaslikni xush kо'radilar. Yoshlar ramonaviylikni qulaylikni tanlaydilar. Hozirgi kunda yoshlar uchun keng fudbolkalar, shimlar yoki jinsi, keng ^'ylaklarni kiyishmoqda. Albatta, о'smirlar orasida doimiy ravishda mashhurlarni kiyinish uslublarini kuzatuvchilar ko'p uchraydi. Bunday о'smirlar uchun dizaynerlar bir oz tanaga yopishib turuvchi modellarni tavsiya qilishadi. О'smir qizlarda kiyimlar bо'yicha tanlov juda ham to'p. Bular: turli bichimdagi kо'ylak va yubkalar, shimlar, jinsi, shorti va boshqalar. Yoshlarninh kiyinish uslubi boshqa yoshdagilarning kiyinish uslublariga nisbatan, bir-birini kombinatsiyalashi mumkinligi bilan ham ajralib turadi. Odatda, bunday kombinatsiyalash yaxshi natija beradi. О'smir yoshdagi bolalar uchun tanlangan zamonaviy kostyumlar chiroyli va yangi dizayndan tashqari yana bir qator zarur va asosiy sifatlarga ham ega bо'lishi lozim. О'smirlar kiyimlari faqatgina zamonaviy bo'lib qolmaydan, balki, sifatliligi, chidamliligi, tana uchun zararsiz ham bо'lishi kerak. Ishlab chiqaruvchi korxonalar yangidan-yangi dizayn yaratadilar, ammo buyumlarning sifatiga kam e'tibor beradilar, bazi kiyimlar chidamli bо'lmay, tez eskiradi, rangi xiralashib qoladi. Ishlab chiqaruvchilar bunday kiyimlarni, odatda, sarf-harajatini о'ylab yaratadilar. Agar о'smirlar kiyimlarini mavsumiy kamaytirilgan narxda sotuvga qо'yilgan bо'lsa, birinchi navbatda uning sifatiga qarash lozimdir. [10]. Odatda, о'smir yoshdagi bolalar uchun kiyimlarni qimmatga ham olish noto'g'ri dep hisoblayman, sababi о'smir yoshdagi bolalar tez о'sib boradilar va ular kiyimlari kamida bir necha bor almashtirishga to'g'ri keladi. Shuningdek, о'smir bolalar

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

kiyimlariga nisbatan mavsumiy narxining pasaytirish hollarida sifatli bo'lgan mahsulotlarni ham topib, xarid qilish mumkin. Ular orasida urfdan qolgan yoki mavsumdan o'tgan kiyimlar ham bo'lishi mumkin. Bunday hollarda xarid qilingan qimmatbaho kiyimlar ota-onalarning byudjetiga ta'sir qiladi. Shuningdek, kostyumning asosiy jihatlaridan biri bo'lgan poyafzal ham asosiy rol o'ynaydi. Bunday paytda bir o'lcham katta bo'lgan poyafzalni xarid qilish maqsadga muvofiq bo'ladi, ammo o'ta katta oyoq kiyim bolaning yurishiga noqulay. Tabiiy charmdan (hayvon terisidan) tayyorlangan poyafzallar o'smir yoshdagi bolalar uchun qulay va zararsiz hisoblanadi. O'smir bolalar kiyimlari kattalar ko'ylaklari, pidjak va shimlaridan butunlay farq qiladi. Bular nafaqat, moda yoki uslubga tegishlidir, balki uni tayyorlashda ishlatiladigan materialga ham taaluqlidir. Yoshlarbop kiyim mustahkam, chidamli bo'lishi bilan birga zamonaviy urfga xos bo'lgan va chiroyli ham bo'lishi lozim. Shu bilan birga, o'smirlar kiyimlari narx jihatidan ham mos kelishi kerak. Ma'lumki, yoshlik - orzu, umidlar, yorqin va unutilmas xotiralar davri hisoblanadi. Har bir o'smir o'zininh idealidagi insonga taqlid qiladi, hech kimga o'xshamagan uslubda kiyinishni istaydi. Aksariyat hollarda, o'smirlar garderobi hoh u o'g'il bola yoki qiz bola bo'lsin onalar maslahatiga tayanib tanlanadi. O'smir yoshdagi bolalar ulg'aygani sari kiyim tanlashni o'z didlariga moslashtirib, aynan o'zlari tanlay boshlaydilar. Bunday hollarda, onaga ma'qul bo'lgan kiyim, bolada e'tirozni kelib chiqishiga olib keladi. Aynan shuning uchun, o'smir yoshdagi bolalar uchun kiyimlar xarid qilinayotganda ular bilan birgalikda tanlash lozim, aks holda bunday holatda pulni havoga sovurish bilan tengdir. O'smir yoshdagi bolalar ular uchun qulay, foydali bo'lgan kiyimlarni avvaldan bilishadi. Ammo o'smir bolalar uchun kiyimlar qanday sifatlarga ega bo'lishiga ham ahamiyat berish lozimdir. Albatta, o'smir yoshdagi bolalar uchun liboslar urfga mos, chiroyli va zamonaviy ko'rinishga ega bo'lishi kerak. [11]

Ochiq ranglar, turli xil naqshlar va dekorativ bezaklar, o'zgacha model va zamonaviy bichim bularning barchasi o'smirlar uchun muhim. Bugungi kunda turli xil zamonaviy do'konlar bolalar uchun zamonaviy kiyimlarni taqdim etib keladilar. Maskur kiyim do'konlari tomonidan taqdim qilinayotgan assortimentlar katta bo'lib o'smirlar o'zlarini xohish istaklari bo'yicha kostyumlarini turli xil fason va rangi bo'yicha tanlashlari mumkindir. Ota-onalar uchun esa o'smir farzandlariga kiyim tanlash juda qiyin vazifa. Ayrim hollarda, o'smir yoshdagi bolalar tomonidan tanlangan liboslar ota-onalarni hayratga solib qo'yadi. O'smir yoshdagi bolalar uchun zamonaviy kiyim ularning ichki hissiyotlarini ifodalaydi. O'smir bolalar faqat keyingina qulaylik va funksionallik to'g'risida fikrlashi mumkin. Bunday holatda, ota-ona farzandiga kiyim tanlashi yoki o'smir bolasining o'ziga imkon berishi kerakmi? Bu ikki holatda ham meyor tanlanishi kerakdir, ya'ni ota-ona o'z fikrini butunlay farzandiga o'tkazmasligi, ammo bir vaqtning o'zida to'g'ri yo'naltira olishi ham lozimdir. O'smirlar kiyimlari qulay va havoga mos tarzda tanlanishi lozim [2]. O'smirlar garderobidagi kiyimlarni ishlab chiqishda albatta, O'zbekiston hududining iqlimiy jihatlarini o'rganish muhim. Buning uchun dizaynerlar har bir mavsumga mos bo'lgan kiyimlar turini ishlab chiqish, odam tanasi erkin nafas oladigan ya'ni havo o'tkazuvchi matolarni ishlab chiqarish va ular asosida yangidan yangi zamonaviy liboslar loyihalarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunday holatlarda kiyimlarni transformatsiya qilish yo'li bilan o'smirlar uchun maxsus liboslar gaderobini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. O'smir yoshdagi bolalar uchun

é

Ws,

qulaylik, zamonaviylik va esttetik kiyimlarni yaratishda dizaynerlar bir necha muammolarni o'zlarini oldiga vazifa qilib qo'yganlar. Shu jumladan, yaratilayotgan kiyim jahon bozorida raqobatbardosh bo'lishi, sifatli va iste'molchilarning talablariga mos bo'lishi kerak. Albatta, o'smir bolalar uchun turli xil kiyimlar yaratishda tabiiy matolarga murojaat qilinadi. Bular paxta tolasidan tayyorlangan matolar, shoyi, ip gazlama va jinsi matolari kiradi. Bunday matolar nafaqat turli rasmli, balki yo'l-yo'l, katak-katak, gulli naqshli matolar ko'proq tavsiya etiladi. Shuningdek, matolarning rangi ham o'smir yoshdagi bolalarga mos bo'lishi kerak. [7] Milliy kiyimlar millatimizning etnik madaniyatini ko'rsatib beradi. Shuni ham ta'kidlash o'tish kerakki, bugungi kunda bu o'zbek modasining zamonaviy liboslarini loyihalashda asosiy g'oya va manba sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yurtimizninh zamonaviy modasida "kamtaronalik" ning sinteziga asoslangan dizayn mexanizmlarini amalga oshirish uchun muhim metodologik manba sifatida muhim rol o'ynaydi [6].

1-rasm. Milliy matolardan tayyorlangan bolalar kiyimlari [8].

XULOSA. So'ngi yillarida ishlab chiqarish sohasida ko'plab o'zgartishlar sodir bo'ldi, -"Dizaynyerlar ilk marotaba o'zlarining yuksalishi uchun davlatdan emas, balki xususiy kosxonalardan buyurtmalar olishni boshlaydilar. Bundan tashqari, yangi tashkil topgan tijorat korxonalarining o'zilarining ko'plab logotiplarga, savdo markalariga, vizitkalarga, kalendar sovg'alariga, broshyuralarga va boshqa reklama matyeriallariga muhtoj edilar" [4]. Yuqorida keltirilgan barcha sifatlarlarni hosobga olgan xolda milliy kiyinish madaniyatiga to'g'ri keladigan libos namunalarini ishlab chiqarish va ularni tavsiya etish dizaynerlarning bosh maqsadiga aylangan. O'zbek qizlari bolaligidayoq ibo-hayo, nafosat orgatiladi. Bu jihatlar ularning nafaqat madaniyatida, balki kiyinish uslubiga ham bog'liq. Shunday ekan, zamonaviy dizaynerlarimiz taqdim qilayotgan kiyimlarni tog'ridan-to'g'ri qabul qilmasdan, meyyor kategoriyalariga amal qilish har bir o'zbek qiziga xos bolishi o'rinlidir. Bugungi kunda o'zbek dizaynerlari mana shunday ko'rsatkichlarni inobatga olib, milliy matolarimiz, bichimlarimizni unutmagan xolda yangi libos to'plamlarini ishlab chiqishga muvaffaq bo'lishmoqda.

References:

1. Урозов, М. К., Тошбеков, О. А., Рахимова, К., & Бобомуродов, Э. (2022). Жун толаси диаметри нотекислиги аницлаш. Евразийский журнал академических исследований, 2(13), 789-791.

é

Ws,

8. Umarova G.E. "Color Image Creations -As A Source Of Creativity". International Journal of Academic Multidisciplinary Research (IJAMR) ISSN: 2643 9670 Vol. 5 Issue 4, April - 2021, Pages: 191-193

9. M.K. Urozov, K.G. Rakhimova, M.A. Fayziyeva, A.Z. Mustanova "Creation of new assortimens of sewing items from fabrics of mixed fiber structure" page 227-231 DOI: https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-11-51 https://eipublication.com/index.php/eijmrms Volume: 02 Issue: 11 November 2022 Published Date: - 23-11-2022

10. M.K. Urozov, K.G. Rakhimova, M.A. Fayziyeva, A.Z. Mustanova "RATIONAL USE OF FABRICS WHEN SEWING WOMEN'S OUTERWEAR IN THE NEW STRUCTURE" page 28-31 DOI: https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-11-08 https://eipublication.com/index.php/eijmrms Volume: 02 Issue: 11 November 2022 Published Date: - 09-11-2022

11. F. S. Abdullayeva, S.D. Nishanova, A.Z. Rashidov, M.A. Zaripova, R.E. Dehkanova. "Factors influencing the formation of clothes as a component of ethnic culture in the territory between two rivers in central Asia". Ilkogretim Online - Elementary Education Online, 2020; 19 (4): pp. 832-836 http://ilkogretim-online.org

12. https://zamon.uz/detail/dunyoning-eng-baxtli-mamlakatlari-reytingida-ozbekiston mdh-orasida-yetakchi-orinni-egalladi-ozbekiston

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.