Научная статья на тему 'BO'LAJAK ZAMONAVIY O'QITUVCHINING KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISH'

BO'LAJAK ZAMONAVIY O'QITUVCHINING KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO'LAJAK ZAMONAVIY O'QITUVCHINING KASBIY MAHORATINI RIVOJLANTIRISH»

BO'LAJAK ZAMONAVIY O'QITUVCHINING KASBIY MAHORATINI

RIVOJLANTIRISH

P. Q. Xolmatov

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika insituti Pedagogika-psixologiya va boshlangich talim kafedrasi dotsenti, p.f.n., O'zbekiston

Respublikamiz ta'lim tizimini sifatli amalga oshirish jarayonida zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahoratiga bo'gliqdir. Yosh avlodni zamonaviy dunyo talablari darajasida o'qitish hamda tarbiyalash ko'p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchilar amalga oshiradilar. Zamonaviy o'qituvchiga kasbiga mos, ya'ni sog' lom avlod uchun haqiqiy murabbiy bo'lish ishtiyoqi zo'r, zamon talablarini tez hamda chuqur tushunadigan, o'zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasi, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi insonlargina bo'lishi zarur. Zamonaviy o'qituvchining asosiy maqsadi yosh avlodni ma'naviy axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma'naviy - tarixiy an'analarga, urf - odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali, tashkiliy, pedagogik shakl va vositalarni ishlab chiqib amalga joriy etishdir. Zamonaviy o'qituvchini asosiy vazifalariga quyidagilarni misol keltirish mumkin:

- shaxsning aqliy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish

- yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib olishga ko'maklashish, o'z - o'zini idora va nazorat qila bilishni shakllantirish, olz shaxsiy turmushiga maqsadli yondoshuv, ularda reja va amal birligi hissini uyg'otish

- talabalarda madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora rivojlantirib boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish, malaka hosil qildirish, tobora o'stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirishdn iboratdir.

Faoliyat - sohaga oid bilim, ko'nikma, malaka, qarashlar majmui, shaxsning qadriyati va sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon b o'lishi yoki ta'sir ko'rsatish qobiliyatidir. Quyidagi faoliyat turlariga bolinadi: kasbiy faoliyat, shaxsiy faoliyat, umummadaniy faoliyat, maxsus faoliyat.

1. Shaxsiy faoliyat muloqotchanlik, bilimli, samimiy, yumorga boy, insonparvarlik, bag'rikenglik, yetakchilik, faollik va tashabbuskorlik, kechirimli, xotirasi kuchli, moslashuvchanlik, sog' lom turmush tarziga amal qilish, mas'uliyatlilik, ishchanlik, saxiy, insonparvarlik

432

2. Kasbiy faoliyat pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo'lish; bolalarni sevish, o'zini-o'zi rivojlantirish, o'z ustida ishlash; ta'lim jarayonini rejalashtirish, xotirasi kuchli, insonparvar, kechirimli, tashkilotchi, baholash va qayta aloqani o'rnata olish; o'quvchilarda motivasiyani shakllantirish; AKTni bilishi; ta'lim muhitiga yangilik kiritishi; o'z fanini mukammal bilishi; xorijiy tillardan birini bilishi.

Kasbiy faoliyatning shakllanish bosqichlari: O'z-o'zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash; O'zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash; O'zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.

3. Umummadaniy faoliyat ma'lumotli, madaniyatli, umuminsoniy qadriyatlarga egalik, milliy madaniyatga ega bo'lish, mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish, boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish.

4. Maxsus faoliyat faniga doir maxsus metodlarni bilish, ta'limni tabaqalashtirish, o'quvchilar ehtiyojini bilish,turli yosh xususiyatlarini bilish.

Zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahorati shaxsiy fazilatlari deganda, axloqiy barkamollik, ya'ni saxovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik, ma'naviy poklik, qanoatlilik, rostgo'ylik, sadoqatlilik, pokizalik, ziyraklik, andishalilik, vazminlik, sabr-bardoshlilik, muloyimlik va boshqalarni tushunishimiz kerak.

O'qituvchining kasbiy fazilatlari deganda esa, o'z sohasining puxta bilimdoni bo'lish, xunar sirlarini sodda usulda o'rgata olish, yuqori hayotiy tajribaga ega bo'lish, yosh mutaxassislarga o'rnak bo'lish, nutq madaniyati chiroyli, shaxsiy namuna bo'la olishlik va shu kabilardan iborat.

Zamonaviy o'qituvchining kasbiy mahorati va kompetensiyasi pedagogik mahoratiga ta'rif bersak: Bilimi va aqlining yuksak ko'rsatkichi bu - uning madaniyatli ekanidir. O'z fanini chuqur bilishi. Pedagogik va psixologik bilimining puxtaligi va undan dars jarayonida to'liq foydalana olishi. O'quv tarbiyaviy jarayonga oid talablarga rioya qilishi. Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan bog' lay olishi. Axborot- kommunikatsion texnologiyalarni bilishi va ulardan unumli foydalana olishi. Pedagogik mahorat o'qituvchining pedagogik faoliyati davomida yuzaga keladi va takomillashib boradi.

Pedagogik mahorat - doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o'tmish qadriyatlari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan xabardor b o'lish, ilg'or xorijiy davlatlar o'qituvchilarining o'qitish metodikalarini nazariy va amaliy jihatdan o'rganish jarayonida tarkib topadi. Shunday ekan har bir pedagog o'z burch va mas'uliyatlarini bilishlari kerak bo'ladi.

Zamonaviy o'qituvchidan quyidagi burch va mas'uliyat talab qilinadi:

433

1. O'qituvchi, eng avvalo, mas'uliyatni xis etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma'rifat targ'ibotchisidir.

2. O'qituvchi tabiatan o'quvchilarni seva olishi, olz mehri, xis-tuyg'ularini har lahzada o'quvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi, ularning mehri, hurmatiga sazovor bo'lishi kerak.

3. O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab etishi va ularga xolisona baho berib, bu borada o'quvchilarga to'g'ri, asosli ma'lumotlarni doimiy bera olishi lozim.

4. Zamonaviy o'qituvchidan ilm-fan yutuqlari, texnika va texnologiyalardagi yangiliklardan xabardor bo'lib borishi kerak.

5. O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur vapuxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zlashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi lozim.

6. O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, o'quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim -tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.

7. O 'qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta 'lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim.

8. O'qituvchi ijodkor, ta'lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.

9. O'qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqat, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o'zlashtirib borishi shart.

10. O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi va nutqi quyidagi xususiyatlarni o'zida aks ettirishi kerak: turli sheva so'zlardan holi adabiy tilda ifoda etilishi; o'qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi; xikmatli so'zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko'chirma gaplardan o'rinli foydalana olishi lozim.

11. O'qituvchining kiyinish madaniyati o'ziga xos bo'lishi, ya'ni sodda, ozoda, bejirim kiyinishi, ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, xatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishi talab etiladi.

12. O'qituvchi ta 'lim muassasasida sinf jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta'lim sohasida olib borilayotgan isloxotlarning eng faol ishtirokchisidir.

434

13. O'qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida pedagogik mahoratning bir qator sifatlarini uzluksiz tarkib toptirib borishi zarur.

14. O'qituvchi, eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholay oladigan hamda mustaqil ravishda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak.

Xulosa qilib aytganda har bir o'qituvchisi pedagog o'z faniga ongli yondashishi, metodik bilimlarni samarali q o'llay olishi, yuksak pedagogik tafakkurga ega bo'lishi lozim.

References / Аdabiyotlar

1. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., va boshq. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob.- Toshkent: Ilm-Ziyo, 2012-y.

2. Inoyatov U.I., Muslimov N.A., va boshq. Pedagogika (nopedgogik oliy ta'lim muassasalari uchun). - TDPU, 2013-y.

3. Muslimov N., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2013-y.

4. Tohirov O'.O. Texnologiya fanini o'qitish metodikasi. // O'quv moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua. - Toshkent: Toshkent shahar XTXQTMOHM, 2019. -260 b.

5. Sharipov Sh.S., Muslimov N.A. Texnik ijodkorlik va dizayn. // O'quv qo'llanma. -Toshkent: TDPU, 2011. -166 b.

435

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.