Научная статья на тему 'BODRINGNI QAVOQQA PAYVANDLASH ORQALI UZOQ MUDDAT MOʻL HOSIL OLISH INTENSIV TEXNALOGIYASINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH'

BODRINGNI QAVOQQA PAYVANDLASH ORQALI UZOQ MUDDAT MOʻL HOSIL OLISH INTENSIV TEXNALOGIYASINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
76
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
changlanish / chachishtirish / payvandlash / intensiv texnalogiya / tuproq unumdorligi.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Nabiyev Baxtiyor Nazirovich, Yuldashev Rahimjon Tojidinovich, Toʻrayev Temur Ulugʻbek Oʻgʻli

Ushbu maqolamizda mahalliy bodring va qovoq oʻsimligini payvandlash orqali uzoq muddat moʻl hosil tehnalogiyasini amaliyotda tadbiq etishda navlarini bodring gullari ayri jinsli erkak va urgʻochi gullardan iborat boʻladi. Gullarni rangi sariq, 5 ta tojibargdan iborat. Avval asasiy poyada joylashgan erkak gullar ochiladi, urgʻochi gullar esa oradan 3-4 kun oʻtgach paydo boʻladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BODRINGNI QAVOQQA PAYVANDLASH ORQALI UZOQ MUDDAT MOʻL HOSIL OLISH INTENSIV TEXNALOGIYASINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

BODRINGNI QAVOQQA PAYVANDLASH ORQALI UZOQ MUDDAT MO'L HOSIL

OLISH INTENSIV TEXNALOGIYASINI AMALIYOTGA TADBIQ ETISH 1Nabiyev Baxtiyor Nazirovich, 2Yuldashev Rahimjon Tojidinovich, 3To'rayev Temur

Ulug'bek o'g'li

1,2Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti proffessor o'qituvchilari 3Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8001426

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda mahalliy bodring va qovoq o'simligini payvandlash orqali uzoq muddat mo'l hosil tehnalogiyasini amaliyotda tadbiq etishda navlarini bodring gullari ayri jinsli erkak va urg'ochi gullardan iborat bo'ladi. Gullarni rangi sariq, 5 ta tojibargdan iborat. Avval asasiy poyada joylashgan erkak gullar ochiladi, urg'ochi gullar esa oradan 3-4 kun o'tgach paydo bo'ladi.

Kalit so'z: changlanish, chachishtirish, payvandlash, intensiv texnalogiya, tuproq unumdorligi.

Bodring issiqsevar o'simlikdir. Bodring qavoqdoshlar oilasiga mansub 1 yillik o'tsiman o'simlikdir. Bodringdagi o'ziga xos xid undagi 1 kg Mevada 10mg efir moylari bor. Bodring pishmagan barra mevalari yangiligicha, tuzlangan va konservalangan xolda iste'mol qilinadi. Bodring ishtahani ochadi hamda iste'mol qilingan ovqatlarni hazm qilishga yordam beradi. Bodring yurakdagi toshlarni, siydik kislotasi kristallarini eritadi. Turli xildagi yara-chaqalarni yo'qotadi. Ateroskleroz hamda semirtirishni oldini olishga ko'maklashadi. Bundan tashqari bodringdan ayollar kosmetikasida ham keng foydalaniladi.

Foydali xususiyatlari:

1. Bodringning bir qismi suv bo'lib, toza va distillangan suvga yaqin, chunki unda zararli aralashmalari yo'q. Tanamizda bodring sharbati ko'plab toksinlarni eritib, quyosh energiyasi bilan to'yintiradi.

2. Bodring tarkibida keraksiz va zararli axlatlarni olib tashlaydigan tana mavjud bo'lib, tanamizni tozalaydi.

3. Bodring ishqoriy qon muvozanatini saqlashga yordam beradi.

4. Bodring mineral tarkibi tufayli asab tizimiga sog'liq beradi, xotirani, aqliy qobiliyatni mustahkamlaydi, aterosklerozdan himoya qiladi.

5. Ayollar uchun bodring tarkibida eng muhim ayol vitaminlaridan biri - foliy kislotasi mavjud bo'lib, u qondagi shakarni tartibga soladi, to'yish hissi yaratadi, ishtahani kamaytiradi va yog 'to'qimalarining shakllanishiga to'sqinlik qiladi.

6. Yangi bodring sharbati yo'talishda, oshqozon og'rig'ida, bo'g'imlarning kasalliklarida ishlatiladi. Bodring tabiiy siydik haydovchi vositadir.

7. Bodring kosmetologiyada ham keng qo'llaniladi: losyonlar, niqoblar va kremlar juda mashhur.

8. Bodringda temir moddasi qulupnay, uzum, qora smorodinaga qaraganda ko'proq.

Bodringning asasiy ildizi o'q ildiz bo'lib, tuproqning 20-25 smli xaydalma qatlamiga

tarqalib o'sadi. Bodring o'simligi tuproq namligiga talabchan o'simlikdir. Bodring yashil rangli shoxlanuvchan, va yerga yotib yashovchi yoki atrofidagi narsalarga chirmashib o'sadigon o'simlik. Asasiy poyasining uzunligi naviga va o'sayotgan sharoitiga qarab 50-100 smdan 2 metrgacha yetadi, bazan bundan ham oshib ketadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Bodringni barglari naviga qarab yuraksimon, uchliyuraksimon va yuraksimon-panjasimon bo'ladi.Bodring gullari ayri jinsli erkak va urg'ochi gullardan iborat bo'ladi. Gullarni rangi sariq, 5 ta tojibargdan iborat. Avval asasiy poyada joylashgan erkak gullar ochiladi, urg'ochi gullar esa oradan 3-4 kun o'tgach paydo bo'ladi. Bodringning mevadi to'q yashil, yashil, ochyashil va oqishroq rangli, hamda usti silliq yoki qo'tir bo'ladi. Bodring mevasining shakli silindrsimon, urchuqsimon, tuxumsimon bo'ladi.Uni 7-10 kunlik yangi uzilgan holda iste'mol qilinadi.5 smgacha bo'lgan 2-3 kunlik meva qornishon, 5-9 smdagi 4-5 kunlik barra bodring mevalari marinadlab va konservalab ishlatiladi. Bodring urug'lari cho'ziq-ellipssimon, rangi oq yoki och sariq, 1000 dona urug'ning vazni 16-40 gr bo'ladi.1 grda 30-60 dona bodring urug'lari bo'ladi. Urug'lar 5-6 yilgacha o'zini unuvchanlik xususiyatlarini saqlaydi.

Bodring o'simligining urug'lik mevasi o'simlik unib chiqqach 90-120 kunda yetiladi. Bodring issiqsevar o'simlikdir. Uning o'sib rivojlanishi uchun maqbul xarorat 25-27 C bo'lishi kerak. Yuqori, yani 30 C va undan yuqori bo'lsa, o'simlikka salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ammo 6-8 C darajada ham o'simlik o'sishdan to'xtaydi, barglari sarg'ayadi va to'kila boshlaydi. Xarorat 0 C ga tushib qolganda o'simlik nobud bo'ladi. Bodring yoruqsevar qisqa kun o'simligi, salqin davrda 15-20 kun davomida kun uzunligining 10-12 soatgacha qisqarishi urg'ochi gullarning ochilishini tezlashtiradi. Ertangi hamda umumiy xosildorlikni oshiradi. Bodring tuproq hamda havo namligiga juda talabchan. Chunki uni yer ustki qismi kuchli

Qovoq qovoqdoshlar oilasiga mansub o'simlik hisoblanadi. Meva tarkibid 15-18% quruq moddalar, 4-11% qand, karotin A, B1, B2, C, E, PP, T vitaminlari, urug'ida 50% gacha moy uchraydi.

Qovoq tarkibida moylar, oqsillar, vitaminlar, fermentlar oson hazm bo'ladi, shu tufayli eng parxezbob taomlar tayyorlashda va xalq tabobatida keng qo'llaniladi. Qovoq yashil rangli shoxlanuvchan, yerga yotib yashovchan yoki atrofidagi narsalarga chirmashib o'sadigon o'simlik.Asosiy poyasi uzun, o'sayotgan sharoitiga qarab 2-3 metrdan 8-10 mertgacha o'sadi. Qovoq mevasi to'q sariq, sariq, ochsariq va yashaydigon sharoitga qarab turli hilda, hamda silindrsimon, sharsimon, noksimon va turli shakldagi mevalariga ega. Qovoqlarning urug'lari cho'ziq-ellipssimon, qo'ng'izsimon, rangi sariq, ochsariq, oq ranglarda bo'ladi. Hozirgi kunda O'zbekistonda qovoqning ,,Qashqar 164" (oyim qovoq ) "Non kadu" "Polvon kadu 265" kabi navlari ekilib kelinmoqda. Qovoqning 1000 dona urug vazni 70-80 gr bo'ladi, 1 gr urug'da esa 12-16 dona qovoq urug'i bo'ladi. Qovoq o'simligining urug'lik mevasi o'simlik unib chiqqach 150-180 kunda yetiladi. Qovoq qovoqdoshlar oilasiga mansub o'simligi uchun juda issiqsevar o'simlikdir. Unib chiqishi uchun xarorat 10-12 C dan 25-27 C bo'lganda urug'lar unib chiqadi, o'simlik rivojlangandan so'ng yani gullash davriga kelganida harorat 15-20 C dan 30-35 C gacha bemalol gullay oladi. Lekin o'simlik harorat 3-5 C bo'lganda va harorat 45-60 C bo'lganda o'simlik o'sishdan to'xtaydi, meva va barglarini to'ka boshlaydi. Qovoq urug'lari ekilgandan so'ng 15-25 kunda unib chiqadi. Qovoq o'simligi unchalik ham suvga talabchan o'simlik emas, chunki suvga talabchan bo'lmaganligini bir sababi qovoqning barglari va shoxlari qalin tukchalar bilan qoplangan bo'ladi.

Xulosa. 1 tup bodringning o'rtacha mevasining vazni 5 kg dan 8-kg gacha bo'ladi. Biz payvandlagan qovoq va bodring ko'chatida 10 kg dan 15 kg gacha hosil olishimiz mumkin. Bu payvandlashning yana bir xususiyati oddiy bodring 90-100 kunda vegetatsiya davrini tugatsa, Biz payvandlagan o'simlikda esa vegetatsiya davri 150-180 kunni tashkil etdi natijada o'simlikdan olinadigan hosildorligimiz oshdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi prezidentining respublikada sabzavot yetishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish to'g'risidagi 2020-yil 6-maydagi PQ-4704- son qarori.

2. Ostonaqulov T, Zuyev V, Qodirxo'jayev K. Sabzavotchilik; Darslik.Navro'z.- Toshkent; 2018 (2020)- 552 bet.

3. Ostonaqulov. T. Mevachilik va sabzavotchilik. Navruz 2018 335-395 bet

4. Zuyev. V. Abdullayev.A. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnalogiyasi (Sabzavotchilik) O'zbekiston, 1997 157-169 betlar.

5. Isaqov, T., & Mamatyusupova, R. (2022). MEDICINAL PROPERTIES OF ALOE PLANT. Science and Innovation, 1(7), 623-626.

6. Isaqov, T., & Esonova, I. (2022). MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN MEDICINE. Science and Innovation, 1(7), 428-433.

7. Isaqov, T., & Khasanboev, I. (2020). TECHNOLOGY OF CULTIVATION OF MEDICINAL PLANTS CONTAINING ESSENTIAL OILS. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 449-451).

8. Исаков, Т. Т. (2021). CYNARA SCOLYMUS L.) БИОЭКОЛОГИЯ РАСТЕНИЙ И АГРОТЕХНИКА РОСТА. Экономика и социум, (12-1 (91)), 1079-1082.

9. Исаков, Т. Т. (2021). ВИДЫ РАСТЕНИЙ АДОНИСА И ЛЕКАРСТВЕННЫЙ ПРЕПАРАТ. Экономика и социум, (12-1 (91)), 1075-1078.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.