Научная статья на тему 'BO’LAJAK XORIJIY TIL O’QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

BO’LAJAK XORIJIY TIL O’QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

121
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK XORIJIY TIL O’QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

BO'LAJAK XORIJIY TIL O'QITUVCHILARINING DEONTOLOGIK KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

D. Kenjaboyeva

Termiz Davlat universiteti Fakultetlararo xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi

O'qituvchilarni innovasion tayyorlashning amaliyotdagi mavjud ahvoli o'rganilganda, bugungi xorijiy til o'qituvchilari va bo'lajak xorijiy til o'qituvchilari aksariyati innovasion pedagogik texnologiya ,ta'lim jarayoniga yangilik kiritish nazariyasining mohiyatidan xabardor emasliklari va o'z faoliyatlarini yangilash usullari va vositalarini bilmasliklari , ularga ta'lim-tarbiya jarayonida tajriba sinov ishlarini tashkil etish , ko'nikma malakalar yetarlicha shakllanmaganligi aniqlandi.

Shu sababli bugungi va ertangi xorijiy til o'qituvchisi o'zlarining innovasion faoliyatiga tayyorlash, o'zlarining deontologik (burch)larini chuqur anglashi, yetarlicha kompetensiyaga ega bo'lishi, bilim, malaka, ko'nikmalarini takomillashtirib kompetentli o'qituvchi bo'lishi bugungi davrning talabidir.

Ta'limning globallashuvi sharoitida o'qituvchilar faoliyatini zamon talablariga moslashtirib, ular o'rtasida raqobatga asoslangan mehnat sharoitlarini vujudga keltirish bu esa o'z navbatida bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining deontologik vazifasini va yuqori kompetentli o'qituvchi bo'lishni ta'minlaydi.

Barcha ta'lim muassasalarida jumladan, o'qituvchi tayyorlovchi oliy o'quv yurtlarida yoshlarni innovasion faoliyatga yo'naltirish orqali ta'lim sifat samaradorligini oshirish mumkin. Bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarini innovasion faoliyatga tayyorlashda pedagoglarning psixologik tayyorgarligi va qiziqishini oshirish ularning shaxsiy kompetentligini namoyish etishga yo'naltirish muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kunda keksa avlodning pedagogik kompetentligi bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarning deontologik kompetentligini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda tibbiyot xodimlari singari, ko'plab pedagoglar, professor-o'qituvchilar o'z kasblariga sadoqatlilik bilan yuqori kompetentlik darajasida bajarmoqdalar. O'qituvchining deontologik madaniyati uzluksiz kasbiy va pedagogik ta'lim tizimida shakllangan ijtimoiy-pedagogik ta'limdir. Uning mohiyatiga ko'ra, u kasbiy-pedagogik burch talablari orqali o'qituvchining axloqiy jihatdan yo'naltirilgan ta'limining natijasidir va xatti-harakatlarda va kasbiy faoliyatda namoyon bo'ladi. Bu

Google Scholar

National University of Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan www.ares.uz

ko'p millatli jamiyatda professional axloqiy me'yorlar, axloqiy majburiyat, axloqiy g'oyalar, pedagogik faoliyatning insonparvarlik qadriyatlari mazmuni bilan

belgilanadi. Uning vazifasi va kasbiy faoliyatda-deontologik bazaning aniq tushunchasiga asoslangan.

O'qituvchining deontologik madaniyatini shakllantirish kontseptsiyasi o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi hamkorlik tamoyillariga, birgalikdagi samarali faoliyatga, kelajakdagi o'qituvchining deontologik tayyorgarligini shakllantirishga yo'naltirilgan. Bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining deontologik va kasbiy kompetentligi jahon standarti, O'zbekiston ta'lim standarti talablariga javob berishi kerak. Xorijiy til o'qituvchisi ijodkor, tashabbuskor, o'z kasbining fidoiy ijrochisi bo'lishi, kreativlik asosida samarali metod va vositalardan samarali foydalana olishi zarur. Bugungi pedagog kasbiy faoliyatini o'z burchlarini deontologik talablar asosida tashkil etishi va o'zida mavjud bo'lgan kompetentlikka tayanib, barkamol avlod tarbiyasiga e'tibor berishi lozim. O'qituvchilik burchini yuksak darajada anglash tuygusi muallimning xatti-xarakatlarini tartibga solib huquqini boshqarib turadi.

Dunyoda bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi sifatida deontologik kompetentligini shakllantirishning didaktik jihatlarini aniqlashtirish, innovasion faoliyatning asosi sifatida metodologik bilimlarni rivojlantirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Demak, bugungi va ertangi xorijiy til o'qituvchilari kasbiy deontologik va kasbiy kompetentlik sirlarini egallashga xarakat qilishlari lozim. Shundagina ta'lim soxasi yuksalish sari odimlaydi, deontologiyaning ravnaqi oshadi. Bo'lajak zamonaviy xorijiy til o'qituvchilari qiyofasida deontologik fazilatlar o'z aksini topgan bo'lishi lozim. Ko'pgina sharq va o'zbek mutaffakkirlari deontologiya bo'yicha o'z fikrlarini fanda bildirishgan.

Google Scholar

National University of Uzbekistan

Scientific Library of Uzbekistan

www.ares.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.