Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik amaliyot / bo‘lajak o‘qituvchilar / avtomatlashtirish / raqamli texnologiyalar / kasbiy tayyorgarlik / ta’lim jarayoni / interaktiv ta’lim / pedagogik amaliyot platformalari / zamonaviy ta’lim texnologiyalari / innovatsion yechimlar / samaradorlik / o‘qitish jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djuraboyev Maqsudbek Karimbek O‘g‘li

Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik amaliyot jarayonini avtomatlashtirishning dolzarbligi va ahamiyati tahlil qilinadi. Hozirgi raqamli texnologiyalar davrida pedagogik amaliyotni avtomatlashtirish jarayonni yanada samarali va interaktiv qilish orqali o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarliklarini oshirish imkoniyatini beradi. Maqolada an’anaviy amaliyot jarayonidagi kamchiliklar, avtomatlashtirishning afzalliklari, shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish orqali pedagogik amaliyot jarayonini optimallashtirishning imkoniyatlari yoritiladi. Avtomatlashtirish jarayonining samaradorligi, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida samarali muloqot, nazorat, tahlil qilish kabi jarayonlarni yaxshilashdagi roli ta’kidlanadi. Maqola pedagogik amaliyotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning amaliy jihatlarini ko‘rsatadi va kelajak o‘qituvchilarini tayyorlashda innovatsion yechimlarning muhimligini asoslaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI

VA AHAMIYATI

Djuraboyev Maqsudbek Karimbek o'g'li

Andijon davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.13897814

Annotatsiya. Ushbu maqolada bo'lajak o'qituvchilarning pedagogik amaliyot jarayonini avtomatlashtirishning dolzarbligi va ahamiyati tahlil qilinadi. Hozirgi raqamli texnologiyalar davrida pedagogik amaliyotni avtomatlashtirish jarayonni yanada samarali va interaktiv qilish orqali o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarliklarini oshirish imkoniyatini beradi. Maqolada an'anaviy amaliyot jarayonidagi kamchiliklar, avtomatlashtirishning afzalliklari, shuningdek, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy qilish orqali pedagogik amaliyot jarayonini optimallashtirishning imkoniyatlari yoritiladi. Avtomatlashtirish jarayonining samaradorligi, o'qituvchi va talaba o'rtasida samarali muloqot, nazorat, tahlil qilish kabi jarayonlarni yaxshilashdagi roli ta'kidlanadi. Maqola pedagogik amaliyotda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning amaliy jihatlarini ko'rsatadi va kelajak o'qituvchilarini tayyorlashda innovatsion yechimlarning muhimligini asoslaydi.

Kalit so'zlar: pedagogik amaliyot, bo'lajak o'qituvchilar, avtomatlashtirish, raqamli texnologiyalar, kasbiy tayyorgarlik, ta'lim jarayoni, interaktiv ta'lim, pedagogik amaliyot platformalari, zamonaviy ta'lim texnologiyalari, innovatsion yechimlar, samaradorlik, o'qitish jarayoni.

Abstract. This article analyzes the relevance and importance of automating the process of pedagogical practice of future teachers. Automation ofpedagogical practice in the current era of digital technologies provides an opportunity to improve the professional training of teachers by making the process more effective and interactive. The article highlights the shortcomings of the traditional practice process, the advantages of automation, as well as the possibilities of optimizing the pedagogical practice process by introducing modern educational technologies. The effectiveness of the automation process, its role in improving processes such as effective communication between the teacher and the student, control, and analysis is emphasized. The article shows the practical aspects of using modern technologies in pedagogical practice and justifies the importance of innovative solutions in training future teachers.

Keywords: pedagogical practice, future teachers, automation, digital technologies, professional training, educational process, interactive education, pedagogical practice platforms, modern educational technologies, innovative solutions, efficiency, teaching process.

Аннотация. В данной статье анализируется актуальность и важность автоматизации процесса педагогической практики будущих учителей. Автоматизация педагогической практики в современную эпоху цифровых технологий дает возможность улучшить профессиональную подготовку учителей, сделав процесс более эффективным и интерактивным. В статье выделены недостатки традиционного процесса практики, преимущества автоматизации, а также возможности оптимизации процесса педагогической практики за счет внедрения современных образовательных технологий. Подчеркивается эффективность процесса автоматизации, ее роль в совершенствовании таких процессов, как эффективное общение учителя и ученика, контроль и анализ. В статье показаны практические аспекты использования современных технологий в

педагогической практике и обоснована значимость инновационных решений в подготовке будущих учителей.

Ключевые слова: педагогическая практика, будущие учителя, автоматизация, цифровые технологии, профессиональная подготовка, образовательный процесс, интерактивное образование, платформы педагогической практики, современные образовательные технологии, инновационные решения, эффективность, учебный процесс.

Pedagogik amaliyot bo'lajak o'qituvchilarning kelgusidagi kasbiy mahoratini rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Hozirgi raqamli texnologiyalar davrida bu jarayonni avtomatlashtirish, uni yanada samarali va interaktiv qilish orqali o'qituvchilarning tayyorgarlik jarayonini yuksaltirish imkonini beradi. Amaliyot jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida zamonaviy ta'lim texnologiyalari va interaktiv usullardan foydalanib, ta'lim jarayonini yangilash va samarali tashkil etish mumkin bo'ladi. Ta'lim jarayonida amaliyot va nazariyani integratsiyalash, talabalarni real ish sharoitlariga tayyorlash. Har bir talabaga individual ehtiyojlar va qobiliyatlariga mos ta'lim resurslarini taqdim etish. Ta'lim jarayonida interaktiv vositalar va amaliyotlar yordamida ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlarini taqdim etiladi. Amaliyot jarayonini avtomatlashtirish ta'lim sohasida mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etish va ta'lim jarayonini yanada samarali qilish uchun zarur bo'lgan innovatsion yechimlarni taqdim etadi.

Amaldagi amaliyot o'tash jarayonlari ko'pincha o'z natijasini bermagan. Bu holatning quyidagicha bir nechta sabablari bor:

birinchidan, amaliyot jarayonining noto'g'ri tashkil etilishi yoki yetarli resurslarning bo'lmasligi natijasida amaliyotchilar amaliyotdan kerakli darajada foydalana olishmaydi.

ikkinchidan, nazariy bilimlar va amaliyot o'rtasidagi bog'liqlik yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Bu amaliyotchilar amaliyot o'tash jarayonida o'zlarini qoniqtirmasliklariga olib keladi, chunki amaliyot real ish sharoitlariga mos kelmaydi.

uchinchidan, amaliyot o'tash uchun ta'lim yo'nalishlariga mos bo'lgan sifatli amaliyot o'tash joylarining yetishmasligi ham hozirgi kundagi yana bir muammodir. Ko'plab talabalarga yaxshi amaliyot joylari topish mushkul, yoki mavjud joylar qoniqarli amaliyot sharoitlari va kadrlar bilan ta'minlanmagan bo'ladi.

to'rtinchidan, amaliyot dasturlari ko'pincha amaliyotchilar yoki mutaxassislarning individual ehtiyojlariga moslashtirilmagan. Masalan, amaliyotching amaliyot o'tash joyi bilan bog'liq muammolar, amaliyotchining erkin amaliyot o'tash joyini tanlash imkoniyatlarining yo'qligi.

beshinchidan, ta'lim jarayonida belgilangan maqsadlar va natijalar aniq oldindan belgilangan bo'lishi va doimiy nazoratda bo'lishi kerak. Amaliyotdan kutilgan natijalar yetarli bo'lmasligiga yana bir sabab amaliyotchilar amaliyot o'tash joylarini va ular bilan avvaldan tuzilishi kerak bo'lgan shartnomalar bilan bog'liq muammolar.

oltinchidan, amaliyotchilar amaliyot uchun yetarli ko'nikma va malakalarga ega bo'lmasligi. Amaliyotning boshlanishi va uning davomida qanday ketma-ketliklar bajarilishi kerakligi haqida yetarlicha ko'nikmaga ega bo'lmay qolishi amaliyot ko'rsatgichlarini pasaytiradi bu esa, amaliyot tizimi va dasturlari zamonaviy talablarga javob bera olmasligini isbotlaydi. Eski yoki mos kelmaydigan tizimlar amaliyot jarayonining samaradorligini kamaytiradi. Ortiqcha rasmiyatchilik va boshqalar ham amaliyot sifatini pasaytiradi bu esa amaliyotchi va mas'ullarga ko'plab noqulayliklar paydo qiladi.

An'anaviy amaliyot jarayonida ko'p vaqt hujjatlarni to'ldirish va qayta ishlashga ketadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar bu jarayonni optimallashtiradi va o'qituvchi diqqatini bevosita

amaliy faoliyatga qaratishga imkon beradi. Avtomatlashtirilgan tizim yordamida amaliyot jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, talabalarning faoliyatini baholash va qayta aloqani tashkil etish osonlashadi. Tizimlar talabalarning faoliyatini tahlil qilish imkonini berib, ularning rivojlanish dinamikasini kuzatishga yordam beradi. Bu orqali amaliyot jarayonining samaradorligini baholash va kerakli tuzatishlarni kiritish mumkin bo'ladi.

Amaliyot jarayonini avtomatlashtirishning afzalligi:

O'qituvchi va talaba o'rtasida samarali muloqotni ta'minlaydigan platformalar yordamida o'quvchilarning savollariga tezkor javob berish, fikr-mulohazalarni o'z vaqtida olish va jarayonni boshqarish osonlashadi.

Avtomatlashtirilgan tizimlar orqali talabalarning bilim darajasi va ehtiyojlariga mos amaliyot dasturini ishlab chiqish mumkin.

Tizim orqali turli elektron manbalar, qo'llanmalar va amaliy topshiriqlarni o'quvchilar uchun taqdim etish osonlashadi, bu esa ularning o'quv jarayonini boyitadi.

Talabalar amaliyot rejasini, jadvalini, zarur resurslarni va hujjatlarni platforma orqali olishadi. Bu jarayonni avtomatlashtirish orqali, amaliyotning rejalashtirilgan muddatlari va asosiy maqsadlari aniq bo'ladi. Platforma orqali talabalar davomatlarini nazorat qilishi, o'zlashtirish va baholashlarni amalga oshirishi mumkin. Shuningdek, umumiy hisobotlar tayyorlanadi, bu esa amaliyotning samaradorligini baholash imkonini beradi. Platforma amaliyot buyrug'i, shartnomalar, ma'lumotnomalar, va xulosalar kabi hujjatlarni saqlaydi va ularga kirishni osonlashtiradi. Talabalar o'z profillarini yaratib, ma'lumotlarini yangilab borishi, shuningdek, amaliyot portfoliolarini shakllantirishi mumkin. Talabalar platforma orqali xabarlar yuborishi, olishi va o'zaro muloqot qilishlari mumkin. Talabalar amaliyot joylarini qidirib topishi, arizalarini yuborishi va natijalarni kuzatishi mumkin. Har bir talabaga o'z shaxsiy portfolioga kirish imkoniyati beriladi, bu orqali amaliyotdagi erishilgan yutuqlarni va tajribalarni ko'rsatish mumkin. Platforma statistika ma'lumotlarini taqdim etadi va foydalanuvchilarga yo'riqnomalar orqali yordam beradi.

Platforma orqali amaliyot jarayonlarini yaxshilash va samaradorligini oshirish mumkin. Raqamlashtirish jarayoni talabalarga amaliyotning har bir bosqichini ko'rib chiqish, tahlil qilish va baholash imkoniyatini beradi. Natijada, amaliyot jarayoni yanada muvofiqlashtirilgan, samarali va shaffof bo'ladi.

Xulosa. Amaliyot jarayonini avtomatlashtirishga mo'ljallangan platformalar pedagogik amaliyot jarayonini avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi samarali vositalar hisoblanadi. Ular yordamida amaliyot jarayoni nazorat qilinadi, talabalarning faoliyati baholanadi va jarayon shaffofligi ta'minlanadi. Pedagogik amaliyot uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturlar va platformalar jarayonni boshqarish, hisobotlar tayyorlash va o'quvchilarning faoliyatini tahlil qilishni yengillashtiradi.

Pedagogik amaliyot jarayonini avtomatlashtirish bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini yanada samarali va sifatli amalga oshirishga zamin yaratadi. Avtomatlashtirish jarayonning tezkorligi, shaffofligi va moslashuvchanligini oshiradi, bu esa zamonaviy o'qituvchilar uchun dolzarb ahamiyat kasb etadi. Raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali o'qitish jarayonini samarali tashkil etish va kelajak o'qituvchilarining malakasini oshirish mumkin.

REFERENCES

1. Xodjayeva, M. (2019). Pedagogik amaliyotni tashkil etish va boshqarishning innovatsion texnologiyalari. Toshkent:

2. Axmedov, R. (2021). Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish. Ta'lim texnologiyalari jurnal, 7(3), 45-52.

3. Karimov, A. (2020). O'qituvchilarni tayyorlashda zamonaviy yondashuvlar. Pedagogika va psixologiya, 4(2), 23-28.

4. Usmonov, B. (2018). Ta'limda axborot texnologiyalari. Toshkent: Sharq nashriyoti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.