Научная статья на тему 'BOʼLAJAK OʼQITUVCHI KASBIGA XOS XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OʼRNI'

BOʼLAJAK OʼQITUVCHI KASBIGA XOS XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OʼRNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
324
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Аxborot / axborot texnologiyalar / interaktiv usul / integratsiya / barkamol avlod / kasb / maxorat / pedagog. / personality / process / national values / universal values / world view / upbringing.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Esonqulova, Dilbar Saitovna, Rahmatullayev, Diyorbek Habibullo O’g’li, Uralova, Gulshoda Bahodir Qizi

Ushbu maqola bugungi kunning dolzarb masalalaridan boʼlib, zamonaviy oʼqituvchilarni kasbiy malakasini oshirishda axborot texnologiyalarining oʼrni masalasiga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF CHARACTERISTICS OF THE FUTURE TEACHER'S PROFESSION

This article is one of the most pressing probiems of our time andis devoted to the role of information technologu in the professional development of modern teachers.

Текст научной работы на тему «BOʼLAJAK OʼQITUVCHI KASBIGA XOS XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING OʼRNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BO'LAJAK O'QITUVCHI KASBIGA XOS XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING O'RNI

Esonqulova Dilbar Saitovna

Jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchisi , Rahmatullayev Diyorbek Habibullo o'g'li Biologiya va uni o'qitish metodikasi fakulteti talabasi Uralova Gulshoda Bahodir qizi

Biologiya va uni o'qitish metodikasi fakulteti talabasi

Ushbu maqola bugungi kunning dolzarb masalalaridan bo'lib, zamonaviy o 'qituvchilarni kasbiy malakasini oshirishda axborot texnologiyalarining o 'rni masalasiga qaratilgan.

Kalit so'zlar: Axborot, axborot texnologiyalar, interaktiv usul, integratsiya, barkamol avlod, kasb, maxorat, pedagog.

Данная статья являтся однoй из актуальных проблем современности ипосвяуена роли информастионных технологий в профессиональном развитии современных учителей.

Ключевые слова: информастия, информастионные технологии интерактивный метод, интеграстия, гармоничное поколение, профессия, мастерство, педагог.

This article is one of the most pressing probiems of our time andis devoted to the role of information technologu in the professional development of modern teachers.

Keywords: personality, process, national values, universal values, world view, upbringing.

Mamlakatimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar, ma'naviy yangilanishlar jarayoni bilan kadrlar tayyorlashni uyg'un olib borish, ta'lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyati va mavqeini yuksaltirish, bu jarayonga malakali, fidoyi insonlarni jalb etish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratildi. Prezidentimizning ta'lim soxasini yanada rivojlantirish maqsadida olib borayotgan sa'y xarakatlaridan kelib chiqib sayqallanib

АNNOTАTSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yanada rivojlanib bormoqda. Barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik, psixologik, ma'naviy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy omillari pedagog-o'qituvchilarning raqobatbardoshlik, kasbiy malaka va pedagogik mahoratini kuchaytirishni davr taqozosi qilib qo'ymoqda.

Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risidagi qarorning qabul qilinishi ta'lim tizimini tubdan moderenizatsiya qilinayotganligidan dalolat beradi. Jumladan, ya'ni «Intellektual asr» ning faol ishtirokchilarini tayyorlash ko'zda tutilgan. Ayniqsa, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta'lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarni yaratishga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlar salmog'ini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilgan. [1.11].

Shuning bilan birga bo'lajak mutaxassislarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o'quv-tarbiyaviy ishlarning interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o'zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy tashkil qila oladigan bo'lishida, shuningdek ularni mustaqil ravishda o'z ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishda ilmiy -pedagogik va kasbga doir qobiliyatning shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Umumiy o'rta maktab ta'limining asosiy figurasi bu o'qituvchi pedagoglardir. O'qituvchining bolalarga mehr qo'yishi, ular bilan do'stona muomalada bo'lishdan, bolalarning ruhiy dunyosiga kirib borish imkoniyatidan chuqur qoniqish hissida ijobiy ruxda tarbiyalash bilan birga, ularga nisbatan bo'shanglik, soxta mulozamatga, marhamatlilik va ko'ngilchanlikka aylanib ketmaydigan salbiy sifatlarni shakllantirishdan voz kechish, hamda diqqat-e'tibor va xushyorlikdan iborat do'stona munosabatni, bolalar bilan bo'ladigan munosabatning sodda va samimiy bo'lishini aloxida yodda tutish lozim. Afsuski, ta'lim jarayonida faoliyat olib borayotgan hamma pedagoglarda ham shunday sifatlar bor deb bo'lmaydi. Ba'zi o'qituvchilar pedagoglik kasbini tasodifan tanlaganliklarini, maktabda ishlashni yoqtirmasligi, majburan o'z oilasini boqish uchun, o'z qilgan ishlaridan ko'ngillari to'lmasliklarini yashirib o'tirmaydilar. Ayrim o'qituvchilar umuman maktabda ishlashga yaroqsizdirlar: ular, serjahl, berahm, samimiy emaslar, o'zlarida bolalarga nisbatan mudhish g'araz borligini sezadilar. Aslida o'quvchilar juda ham kuzatuvchan, diqqatni taqsimlay oladigan, sinchkov, o'z kasbidan mamnun, umuman kasbiy sifat va pedagogik qobiliyat egasi bo'lishi bilan boshqa kasblardan farq qilishi lozim.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kishining faoliyatini samarali bo'lishi ko'p jixatdan uning kasbiy tanlovidan qoniqqanligi bilan bog'liq. Jumladan pedagogik faoliyatning samarali bo'lishi o'qituvchining kasbiy tanlovidan qonniqanligi bilan ham belgilanadi. Kishining mehnatdan qoniqishiga ta'sir etuvchi shaxsiy sifatlar qatorida quyidagilarni sanab o'tish mumkin.

1) Yoshning ulg'ayib borishi bilan kishida mehnatdan qoniqish xissi rivojlana boshlaydi;

2) Ish xaqining ortib borishi, tegishlicha rag'batlar va pedagogni qo'llab quvvatlanishi kasbga nisbatan mehrni shakllantirishga xizmat qila boshlaydi;

3) Jamoada adolatlilik tamoyiliga amal qilinganligi, barchaga mexnatning to'g'ri taqsimlanganligi pedagogda kasbiy tanlovdan qoniqqanlikni shakllantiradi.

4) Pedagogik mahoratni egallash jarayonidagi kognitiv qobiliyatlar -mehnat faoliyatining intellekt darajasiga mos kelishiga va bu o'z-o'zidan kasbiy qoniqishga olib keladi.

5) Kishining sog'lomligi va kayfiyatning ko'tarinki bo'lishi pedagogik faoliyatda yuqori natijalarni kafolatlaydi. [3.96].

Shuning uchun o'qituvchilarining kasbiy xususiyatlarini shakllantirish pedagogik qobiliyatini rivojlantirish,axborot texnologiyalarni qo'llaydigan-zamonaviy kadrlar tayyorlash jarayonida eng muhim vazifalardan biridir. Bulajak kadrlarni kasbiy xususiyatlarini shakllantirishda innovatsion ilmiy yutuqlarni, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llashni, masofadan o'qitishni, mustaqil ta'lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalarning istiqbolda rivojlanishini hisobga oluvchi dasturlarini ishlab chiqarish va joriy etish asosiy vazifa sifatida belgilab qo'yilgan. Shu bois bugungi ta'lim jarayonini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Zero, yuqori sur'atlar bilan o'sib borayotgan jahon hamjamiyatiga integratsiyalashishga interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali erishiladi. Iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farqli ravishda, bugun ta'lim jarayonlarini muntazam yangilash talab etilmoqda. Bu talabni ta'minlash esa interfaol pedagogik va axborot texnologiyalarini zamon talablari asosida olib borishni taqozo etadi. Bu borada bugungi kunda dunyodagi qator mamlakatlar mazkur muammo yechimini topishga harakat qilmoqdalar. Ular: Yaponiyada 1984 yilda qabul qilingan «XXI asr uchun ta'lim modeli, ta'lim va jamiyat ravnaqi, izlanishlar»; Frantsiyada 1985 yilda qabul qilingan «Kelajak ta'limi»; Olmoniyada «2000 yilda ta'lim»; AqSh da 1985 yilda qabul qilingan «Fan barcha amerikaliklar uchun» va 1984 yilda qabul qilingan «Amerikaliklar uchun XXI asr ta'limi» kabi dasturlar jahon ta'limi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tizimidagi islohotlarni o'tkazishga keng yo'l ochdi. Bu esa mazkur sohada kengroq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish lozimligini ta'kidlamoqda. [4.592].

Shu sababli ham bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o'quv-tarbiyaviy ishlarning interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o'zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko'nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga loyiq qilib tayyorlash bugunning dolzarb muammosidir. Bu esa kadrlar tayyorlash milliy dasturining uchinchi bosqichi vazifasini hal qilinishining bir varianti hamdir. Ushbu variant o'z navbatida qator vazifalarni hal qilishni taqozo etadi. Ular:

- bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy talablar asosida intellektual salohiyatli qilib tarbiyalshga erishish, ya'ni ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo'naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish;

- bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilgan pedagogik texnologiyalar va interaktiv ta'lim metodlaridan foydalanishga o'rgatish va shu kabilar.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarga bo'lajak o'qituvchilarni ilmiy dunyoqarashini yuksaltirishsiz erishib bo'lmasligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Shu sababli ham malaka oshiruvchi o'qituvchilarni ilmiy dunyoqarashini kengaytirishda ilmiy izlanishlar haqidagi bilimlar va ularning uzviyligi hamda uzluksizligini ta'minlash haqidagi ilmiy tadqiqot ishimiz natijasini keltiramiz. Ma'lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. Natijalar ijodiy izlanish xususiyatiga qarab turli shakllarda bo'lishi mumkin, ya'ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g'oya, qarash (kontseptsiya), ta'limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki usul, uslubiyat, metod, mezon, texnologiya, model, algoritm, tamoyil, modul va h.k. [5.252].

Demak, ijodiy izlanish, ilm-fan, texnika-texnologiya, ta'lim-tarbiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko'taradi. Bu bo'lajak o'qituvchilarni ko'proq ilmiy ijodga jalb etish orqali pirovard natijada ilmiy dunyoqarashi yuksak mutaxassis tayyorlashga erishish demakdir.

Ilmiy dunyoqarashi keng mutaxassis o'zida quyidagi yutuqlarni ham mujassamlashtirgan bo'ladi: -axborotlardan doim xabardor, insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda foydalanishga qulayligini o'ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo'shib borish

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

imkoniyatiga ega bo'ladi; - insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ilmiy izlanishlar ko'lamini kengaytirib borib jismoniy ishlarni ko'proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga erishadigan bo'ladi; - jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko'lamini kengaytirib borib «XXI - asr intellektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya'ni har qanday zamonaviy texnika-texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlash qobiliyatiga ega bo'ladi;

- ta'lim-tarbiyaning samarali yo'llarini izlash va ularga mos malakali mutaxassislar tayyorlashning istiqbolli texnologiyalarini yaratishga intellektual salohiyati yetadigan bo'ladi;

- yoshlarimizni mustaqillik mafkurasi asosida tarbiyalashning istiqbolli va axborot texnologiyalari asosida metodologiyani yaratishga qodir bo'ladi;

- jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda bo'lajak o'qituvchilarning kompyuterli savodxonligini oshirishning optimal yo'llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishni ham amalga oshira oladi. [6.200].

Shuni alohida ta'kidlash kerakki avvalo axborotga pedagogik izohli lug'atlarda shunday tasniflar berilgan.

Axborot - bu yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan bilimlar noaniqligi, to'liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og'zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signalar, texnik vositalar, hisoblash vositalari va h.k.) orqali ifodalash mumkin bo'lgan atrof-muhit (ob'ektlar, voqea-hodisalar) to'g'risidagi ma'lumotlardir». Ya'ni «Axborot» - iste'mol uchun tayyorlangan tevarak-atrof (ob'ektlar)dan olingan ma'lumotlar. Uning ta'lim-tarbiyadagi ahamiyati shundan iboratki, u voqea va hodisalar haqidagi iste'moldagi ma'lumotlarni beradi.

Axborot texnologiyalari-jarayonlami boshqarishdagi asosiy manba bo'lib hisoblanadi. Ular ilmiy xodim tomonidan tayyorlangan ma'lumotlarni tizimlarga ajratishqayta ishlash hamda kerakli maqsadlar bo'yicha qayta ishlangan ma'lumotlarniuzatish algoritmlarini o'zichiga oladi. [7.36]. Shuning uchun bugungi kasiy tayyorgarlikka ega o'qituvchi axborot texnologiyalaridan ratsional foydalanish pedagoglar mehnati samaradorligini oshiradi. Ushbu yo'nalishda professor X. A. To'raqulovning ishlarida bunga mos tadqiqiot natijalari bor. Bu haqda «Ma'lumotlar bazasini shakllantirish yo'nalishlari bo'yicha qaralayotgan soha (jarayon) ierarxiyasi hisobga olinadi yoki bir butun boshli tizim qaralayotganda qism tizimlardan tortib, tizim elementigacha bo'lgan ierarxiya bo'yicha jarayon davom etadi. Umuman

[7.31].

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

olganda, yuqorida qisqacha bayon qilingan ma'lumotlar va ma'lumotlar bazasi haqidagi belgilar, ularning shakllanish jarayoni hamda ular ichidagi foydalaniladigan ma'lumotlar axborotlarning paydo bo'lishini ta'minlaydi. Demak, axborotlar belgi (harflar, so'zlar), raqam, son va ular ustida amallar, formula, grafik, shuningdek, nutq, matn, tasvir va boshqa ko'rinishlar yordamida namoyon bo'ladi. Iste'molchi nuqtai nazaridan, axborot - bu eng oxiridagi foydalanuvchi tomonidan olingan tushunchalar va foydali, deb baholangan yangi ma'lumotdir. Bu qayd etilganlarni hal qilish uchun eng avvalo bo'lajak o'qituvchilarni ongida axborot texnologiyalar haqidagi tushunchalarni paydo qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

- bo'lajak o'qituvchilarga istemolchi sifatida axborot texnologiyalardan foydalanish axborotlarni saqlash,qayta ishlash va rejalashtirilgan maqsadni amalga oshirishda axborotni o'quvchilarga uzatishni hamda qayd etilgan jarayonlarni amalga oshirishda texnik vositalardan foydalanishni o'rganishlari shart. Bu o'qituvchilar ijodkorligini oshiradi shuning uchun o'qituvchilarni aniq mavzu bo'yicha referat yozishni topshirish orqali ham amalga oshiriladi va shu tariqa o'quv jarayonidagi o'qitishni tugatgunga qadar joriy topshiriqlar berib borilaveradi. Bu boradagi ushbu ilmiy izlanishimizning samaralarini «Ilmiy ijodiyotga kirish» mavzusidagi fanni o'rganishda yaqqol seziladi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni qayd etish joizki, o'qituvchining kasbiga xos xususiyatlarini shakllantirib borish va axborot texnologiyalarda unumli foydalanishi ta'lim - tarbiya jarayonining istiqbolli va samarali bo'lishligini, shuningdek ilmiy tadqiqot va loyihalash ishlarida, ta'limni boshqarishlarida to'g'ri qarorlar qabul qilishda ishonchli ma'lumotlarga tayanish imkonini beradi. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da qayd etilgan raqobatbardosh zamonaviy kadrlarni tayyorlashning optimal variantini yaratishni kafolatlaydi.

REFERENCES

1. Гозиев Э. Укувчиларнинг укув фаолиятини бошкариш. - Тошкент: Укитувчи, 1988. 96.б

2. Миллий иктисодда ахборот тизимлари ва технологиялари Р.Х.Алимов, Х,.С.Лутфуллаев ва Р.Х.Алимов тахрири остида. - Тошкент: «Шарк», 2000. -592 б.

3. Туракулов Х.А. Илмий ижодиёт методологияси. Тошкент: Фан, 2006.-252 б.

4. Ж.Хдсанбоев ва б.Педагогика фанидан изохли лугат.-Тошкент: Фан ва технология. 31 б

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Мухаммедов И., Туракулов Х.А. Замонавий педагогик тадкиккотларнинг илмий-назарий асослари. - Тошкент: Фан, 2004. - 200 б.

МИРОВОЗЗРЕНИЯ СТУДЕНТОВ НА ОСНОВЕ ОБЩЕЧЕЛОВЕЧЕСКИХ ЦЕННОСТЕЙ , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 1 (2021): Zamonaviy ta'limda pedagogika va psixologiya fanlari

7. Shirin Kamolova, THE ROLE OF UNIVERSAL AND SCIENTIFIC VALUES IN THE SPIRITUAL DEVELOPMENT OF FUTURE TEACHERS , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 2 (2021): Журнал педагогики и психологии в современном образовании (октябрь)

8. Shirin Kamolova, УКИТУВЧИ ПЕДАГОГИК КОБИЛИЯТЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК АСОСЛАРИ , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: Том 2 № 5 (2022): Журнал педагогики и психологии в современном образовании (январь)

9. Shirin Kamolova, ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБРАЗОВАНИИ ЯВЛЯЕТСЯ ТРЕБОВАНИЕМ СЕГОДНЯШНЕГО ДНЯ , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 2 (2021): Журнал педагогики и психологии в современном образовании (октябрь)

10. Shirin Kamolova, АВЕСТОДА АХЛОКДЙ ИДЕАЛ ВА УНИНГ ИЖТИМОИЙ- ПСИХОЛОГИК КУРИНИШЛАРИ , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 3 (2021): Zamonaviy ta'limda Pedagogika va psixologiya fanlari (Noyabr)

11. Shirin Kamolova, IMPLEMENTATION OF PEDAGOGICAL ETHICS IN FUTURE TEACHERS , Журнал Педагогики и психологии в современном образовании: № 3 (2021): Zamonaviy ta'limda Pedagogika va psixologiya fanlari (Noyabr)

6. Shirin

Kamolova, ПРЕЕМСТВЕННОСТЬ

ФОРМИРОВАНИЯ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.