Научная статья на тему 'BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH'

BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1858
231
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetensiya / kasbiy kompetentlik / metodik kompetentlik / metod / vosita / malaka / faoliyat mezoni / competence / professional competence / methodological competence / method / motor / qualification / criteria of activity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxloxon Oyturaxonovna Ibragimova

O‘qituvchining, pedagogik mahorati uning malakasi, pedagogik qobilyati, pedagogik kompetentsiyasining oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi usullardan biri bu doimiy kasbiy ta’lim malakalarini oshirib borishdir. Ushbu maqolada bo‘lajak mutaxasislarda kasbiy kompetensiyalar, metodik kompetentlik, uning tarkibiy qismlari, metodik kompetentsiyaning vazifalari va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida ushbu kompetentsiyani qanday shakllantirish mumkinliga haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-202-207

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINING METODIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH

Shaxloxon Oyturaxonovna Ibragimova

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'qituvchining, pedagogik mahorati uning malakasi, pedagogik qobilyati, pedagogik kompetentsiyasining oshishiga sezilarli ta'sir ko'rsatuvchi usullardan biri bu doimiy kasbiy ta'lim malakalarini oshirib borishdir. Ushbu maqolada bo'lajak mutaxasislarda kasbiy kompetensiyalar, metodik kompetentlik, uning tarkibiy qismlari, metodik kompetentsiyaning vazifalari va boshlang'ich sinf o'qituvchilarida ushbu kompetentsiyani qanday shakllantirish mumkinliga haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kasbiy kompetentlik, metodik kompetentlik, metod, vosita, malaka, faoliyat mezoni.

ABSTRACT

One of the methods that significantly affect the growth of the teacher's, his pedagogical skills, pedagogical abilities, pedagogical competence is the improvement of the skills of continuous professional education. In this article we will talk about professional competence, methodological competence, its components, functions of methodological competence and how to formulate this competence in primary school teachers.

Keywords: competence, professional competence, methodological competence, method, motor, qualification, criteria of activity.

KIRISH

Yurtimizda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining metodik kompetentligi doimiy o'zgarib borayotgan sharoitda ilg'or xorijiy tajribalarni o'rgangan holda, oliy ta'lim muassasasida ularning metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini, didaktik asoslarini ishlab chiqish, pedagogik shart-sharoitlari, mazmuni va tuzilmasi, takomillashtirish mezonlari va shakllanganlik darajalari, shakl, metod, vositalari, modeli, o'qitish sifatining samaradorligini oshirish, shuningdek, pedagogika oliy ta'lim muassasasida bo'lajak boshlang'ich sinf

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-181-190

o'qituvchilarida metodik kompetentlikni rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pedagogika oliy ta'lim muassasalarida talabalarni o'qitish jarayonida kutilayotgan natija umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetensiyalar orqali taqdim etilgan asosiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirishga qo'yilgan talablar ko'rinishida shakllantirilgan. Davlat ta'lim standartlarida bo'lajak o'qituvchining profilli (mutaxassislik) kompetensiyasi ham aniqlangan bo'lib, u o'qituvchining kasbiy kompetentligining muhim tashkil etuvchisi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u juda kam o'rganilgan muammolardan biridir. Ana shunday masalalardan biri bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga kompetentli yondoshuvni aniqlash va Davlat ta'lim standartlarining asosiy qoidalariga mos holda uning tuzilmaviy modelini ishlab chiqishdan iborat. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentligini aniqlash uchun ushbu tushunchani o'rganishga bag'ishlangan ba'zi bir tadqiqotlarga e'tiborni qaratamiz. Kasbiy kompetensiya pedagogik muammo sifatida o'rganilgan tadqiqotlarda asosan, o'qituvchining xususiyatlari tahlil qilingan.

V.I. Baydenko «kasbiy kompetentlik» tushunchasini quyidagicha tavsiflagan:

- o'z mutaxassisligi bo'yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo'ladigan bilim, ko'nikma, malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomlik va egiluvchanlik xususiyatlariga ega bo'lish;

- kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

- faoliyat mezoni (sifat o'lchovi), qo'llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o'z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi;

- ish beruvchi talablariga ko'ra kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirish imkonini beruvchi qobiliyatlardan samarali foydalanish;

- insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko'nikmalarning integrallashgan birlashuvi[2, 72].

Yuqorida keltirilganlarni umumlashtirgan holda V.I.Baydenko kasbiy kompetentlikni faoliyat talablariga mos ravishda harakat qilishga, masala va muammolarni mustaqil hal etishga, shu bilan birga o'z faoliyati natijalari, ya'ni mos ko'nikmalar, texnik usullarni baholay olishga tayyorligi va qobiliyati sifatida tushunadi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 j ISSUE 1 j 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-181-190

O.V. Xovovning fikriga ko'ra, kasbiy kompetentlik - bu nafaqat malaka, ya'ni faoliyat tajribasi, ko'nikma va bilimlar sifatida kasbiy malaka haqidagi, balki kasbiy faoliyatda mustaqillikni ta'minlovchi ijtimoiy-kommunikativ va individual qobiliyatlar haqidagi tasavvurlardan iborat[5, 454-455].

Yu.G. Tatur va V.Ye. Medvedevlar bo'lajak mutaxassisning kompetentligini kasbiy va ijtimoiy sohada muvaffaqiyatli ijodiy faoliyat yuritish uchun o'z imkoniyatini (bilim, ko'nikma, tajriba, shaxsiy sifatlar va boshqalar) amaliyotda namoyon qilishga intilish va qobiliyat sifatida, kompetensiyani esa, bo'lajak mutaxassisning ma'lum sohada muvaffaqiyatli faoliyat yurita olish uchun o'zining butun imkoniyatlari (bilim, malaka, tajriba va shaxsiy sifatlar) ni qo'llash va uning natijasiga ongli ravishda mas'uliyatini anglashga tayyoriigi sifatida ta'riflagan.

G.A. Larionovaning fikriga ko'ra, tayyorlik tuzilmasiga amaliy bilimlar majmuasi va shaxsning faoliyatga kirishini ta'minlovchi xususiyatlari kiгadi. Mehnatga tayyorgarlik esa ikkita, ya'ni opeгasional (bilim va ko'nikmalar) va shaxsiy (ko'rsatma, mehnatga yo'naltirilganlik, kasbiy motiv xususiyatlari, odat va munosabatlar tizimi, emotsional va irodaviy funksiyalar, shaxsning kasbiy ahamiyatli sifatlari) komponentlardan iborat murakkab tizim hisoblanadi [3, 171].

Mutaxassisning kompetensiyalaTga ega, ya'ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash - kompetentli yondoshuv deyiladi. Oliy ta'lim muassasasi bitimvchilarini tayyoriash sifatini boshqarishning konseptual muhim usullaridan biri - kasbiy ta'lim mazmunini modernizatsiyalashda kompetentli yondoshuvni amalga oshirishdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Erkin va faol fikriash, ta^im-tartiya jarayonini modellashtirish, ta'lim berish va tarbiyalashning yangi g'oya va texnologiyalarini ishlib chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo'lgan bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentlik darajasini oshirish muammosi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda dolzarb hisoblanadi.

Bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning asosiy sharoitlari quyidagilardan iborat:

1) tashkiliy-boshqaruvchanlilik (o'quv reja, o'quv jarayoni grafigi, dars jadvalini tuzish, kompetentlik daгajasini aniqlash mezonini ishlab chiqish, ta'lim jarayonini moddiy-texnik ta'minlash);

2) o'quv-uslubiy (mashg'ulotlar mazmunini tanlash, turli kurslarning integrasiyasi, yetakchi g'oyalarni ajratish);

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-181-190

3) texnologik (nazorat-baholash, o'qitishning faol shakllarini tashkil etish, kompetentlikka kiruvchi bilimlar guruhlarini aniqlash, innovatsion texnologiyalarni qo'llash);

4) psixologik-pedagogik (talabalarning rivojlanish tashxisini amalga oshirish, o'qitishga motivatsiyani rag'batlantirish, kompetentlikning mezonini aniqlash, talabalarni hamkorlikda ishlashga yo'llash).

Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligi tuzilmasi uning pedagogik ko'nikmalari orqali, ko'nikmalar (nazariy bilimlarga asoslangan va pedagogik masalalarni yechishga yo'naltirilgan bilimlar) esa, bosqichma-bosqich rivojlanuvchi harakatlar majmuasi orqali aniqlanadi.

XULOSA

Bugungi kunda «Ta'lim to'g'risidagi qonun»[1] talablarini amalga oshirish jarayonida yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. Shunday ekan, ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan hisoblanadi. Qonunda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini kafolatlovchi shart-sharoitlar orasida o'qituvchi kasbiy-metodik kompetentligini ta'lim va tarbiya jarayonlariga tatbiq etishda psixologiyaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaganday. Shunga ko'ra yosh avlod ta'lim olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, yangicha o'qitish texnologiyalarini ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intellektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish hamda psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'unlashtirishni taqozo etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchidan metodik kompetentlik, ayniqsa, turli xil sharoitlarda ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi psixologiyasini to'g'ri baholay olish bilan bog'liq ijtimoiy-psixologik kompetentlikning yuqori darajada bo'lishi talab qilinadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni, 23.09.2020 yildagi O'RQ-637-son.

2. Байденко В.И. Выявление состава компетенций выпускников вузов как необходимый этап проектирования ГОСВПО нового поколения. - М. - 2006. - 72 с.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-181-190

3. Ларионова Г. А. Компетенции в профессиональной подготовке студентов вузов: знания, действия, деятельность, самоопределение: монография. - Челябинск. -2004. - 171 с.

4. Махмудов А.Х. Таълим тизимида компетентлик асосида ёндашувнинг дидактик жихатлари // «Укитувчиларнинг касбий махоратини оширишда инновация технологияларининг ахамияти» мавзусидаги Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент. - 2012. 44-47 бетлар.

5. Ховов О.В. Компетентность профессиональная // Энциклопедия профессионального образования: В 3-х т. - М.:АПО. - 1998.-Т.1. -С.454- 455.

6. Karimova, M., & Tuychieva, R. (2019). THE PEDAGOGICAL BASICS OF TRAINING STUDENTS FOR PROFESSIONAL, MORAL AND EDUCATIONAL FUNCTION. Scientific Bulletin of Namangan State University, 7(10), 311-317.

7. Khaitboevich, B. B. (2020). Some features of protection of students from the threat of harmful information in the educational process. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 5(10), 69-72.

8. Maksudov, U. K. (2020). ISSUES OF NATIONAL VALUES AND SOCIAL ACTIVITY OF STUDENTS IN THE DEVELOPMENT OF POSITIVE PSYCHOLOGY. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 394-396).

9. Qizi, M. K. I. (2020). A system for training future teachers in tourism through museum pedagogy. Проблемы современной науки и образования, (3 (148)).

10. SAIDKULOVICH, S. B., & UGLI, T. J. U. The Social Pedagogical Necessity of Developing Students' Aesthetic Culture in the Process of Globalization. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 5(1), 75-77.

11. Siddikov, B. S. (2020). THE IMPORTANCE OF SPORTS AND RECREATION ACTIVITIES FOR A HARMONIOUSLY DEVELOPED GENERATION. In Психологическое здоровье населения как важный фактор обеспечения процветания общества (pp. 107-111).

12. Tuychieva, I., Aripov, S., Madaminova, D., & Mustaev, R. (2021). THE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING BOYS FOR FAMILY RELATIONSHIPS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS.

48(8).

13. Urinova, N. M., & Abdullaeva, N. (2021). Opportunities to use project-based teaching technology in the development of students' research competence. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 2344-2348.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-181-190

14. Ахмедов, Б. А. (2020). Сиддиков Бахтиёр Саидкулович, Джалалов Бахромжон Бегмурзаевич МОДЕРНИЗАЦИЯ ОБРАЗОВАНИЯ-ОСНОВНОЙ ФАКТОР В ФОРМИРОВАНИИ ИННОВАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ. Academy, 9, 60.

15. Джалалов, Б. Б. (2016). Место и роль воздействия воспитания в повышении общественной активности учащихся. Ученый XXI века, (5-1), 38-41.

16. Джалалов, Б. Б. (2018). РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ КАДРОВ В УСЛОВИЯХ ГЛОБАЛИЗАЦИИ КАК ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION (pp. 53-55).

17. Джалалов, Б. Б. (2019). ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ У БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ.

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 43-44).

18. Джалалов, Б. Б., Хатамов, Х. А., & Насайдинова, Ф. У. (2016). Преимущества коллективного обучения. Ученый XXI века, 40.

19. Закирова, Д. С. (2020). РАЗВИТИЕ КУЛЬТУРЫ МЕЖНАЦИОНАЛЬНОГО СОГЛАСИЯ У СТУДЕНТОВ. European science, (4 (53)).

20. Ибрагимова, Ш. О. (2019). РОЛЬ СЕМЬИ В ФОРМИРОВАНИИ ЦЕННОСТНЫХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ У МОЛОДЕЖИ О БРАКЕ И СЕМЬЕ.

In EUROPEAN RESEARCH: INNOVATION IN SCIENCE, EDUCATION AND TECHNOLOGY (pp. 84-86).

21. Максудов, У. К. (2015). Социально-педагогические и экономические проблемы повышения качества непрерывного образования на основе внедрения национальных ценностей. Молодой ученый, (12), 776-777.

22. Туйчиева, И. И., & Ганиева, Г. В. (2016). ХАРАКТЕРИСТИКА ПРИНЦИПОВ ПЛАНИРОВАНИЯ РАБОТЫ ПО РАЗВИТИЮ РЕЧИ. Ученый XXI века, 48.

23. Уринова, Н. М., & Хусеинова, С. Б. (2021). Теоретико-практическая подготовка будущих учителей гуманитарного профиля к социально ориентированной воспитательной работе. Бюллетень науки и практики, 7(5), 434440.

24. Уринова, Н. М., & Хусенова, С. Б. (2021). БУЛАЖАК У^ИТУВЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРГА ТАЙЁРЛАШНИНГ ТЕХНОЛОГИК МОДЕЛИ. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, 4(7).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.