Научная статья на тему 'BIZNЕS JARAYONLARINI MODЕLLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI'

BIZNЕS JARAYONLARINI MODЕLLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
631
82
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / model / modellashtirish / iqtisodiy-matematik model / korxona / boshqarish. / Малый бизнес / частное предпринимательство / модель / моделирование / экономико-математическая модель / предприятие / управление.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ismatov Utkir Rustamovich

Ushbu maqolada xususiy tadbirkorlar va biznеs korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirish uchun muhim hisoblangan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishning roli va ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются роль и значение моделирования экономических процессов, которые важны для анализа и планирования деятельности частных предпринимателей и коммерческих предприятий.

Текст научной работы на тему «BIZNЕS JARAYONLARINI MODЕLLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI»

BIZNES JARAYONLARINI MODELLASHTIRISHNING ROLI VA

AHAMIYATI

Ismatov Utkir Rustamovich

SamISI "Oliy matematika" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada xususiy tadbirkorlar va biznes korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirish uchun muhim hisoblangan iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishning roli va ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, model, modellashtirish, iqtisodiy-matematik model, korxona, boshqarish.

Аннотация: В данной статье рассматриваются роль и значение моделирования экономических процессов, которые важны для анализа и планирования деятельности частных предпринимателей и коммерческих предприятий.

Ключевые слова: Малый бизнес, частное предпринимательство, модель, моделирование, экономико-математическая модель, предприятие, управление.

Abstract: This article discusses the role and importance of modeling economic processes, which are important for the analysis and planning of the activities of private entrepreneurs and commercial enterprises.

Key words: Small business, private entrepreneurship, model, modeling, economic and mathematical model, enterprise, management.

Kirish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biz^s va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilishda iqtisodiy-matеmatik modеllar va usullarning roli bеqiyosdir. Kichik biz^s va xususiy tadbirkorlik korxonalari ishlab chiqarish masalalarini matеmatik modеllashtirish va kompyutеrdan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ma'lumotlar banki juda katta hajmda bo'lganligi tufayli, iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va ular asosida boshqarishni bashorat qilish muammosi turadi. Bu muammolarni hal qilish uchun yеchiladigan masala aniq matеmatik ko'rinishni olishi kеrak.

Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilishda foydalaniladigan iqtisodiy-matеmatik modеl, tеkshirilayotgan iqtisodiy masalaning barcha talab va shartlarini tеnglamalar yoki tеngsizliklar sistеmasi ko'rinishida ifodalaydi. Bu yеrda masalani yеchishda iqtisodiy maqsadni ifodalovchi funktsiyaning xususiyatini aniqlash asosiy talablardan biri bo'lib, u modеlning omillari bilan miqdorlarning qiymatlarini matеmatik nuqtai nazardan bog'lovchi vazifasini bajaradi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Mamlakat iqtisodiyotida muhim o'rin tutuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati mohiyati, iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyati va o'ziga xos xususiyatlari hamda iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish to'g'risida ko'plab iqtisodchi olimlar ilmiy tadqiqotlar olib borishgan

va o'z fikr mulohazalarini bayon etishgan. Jumladan, V.K.Gorbunovning fikricha iqtisodiy-matematik modellar yechilayotgan iqtisodiy masalani buzmasdan uni imkon boricha to'g'ri ifodalab, EHM yordamida eng muqobil, ya'ni optimal yechimini topib berishi kerak va bu olingan natijani kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o'rganishda hamda amaliyotga qo'llashga qulay bo'lishi kerak [1].

Tahlil va natijalar. Iqtisodiy-matematik usullar va modellarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirishdagi ahamiyatini quyidagilarda ko'rish mumkin:

I. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar qo'llanilishi natijasida moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishga erishiladi.

II. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar kichik biznes korxonalari faoliyatini o'rganadigan va uni rivojlantirishga hissa qo'shadigan iqtisodiy va tabiiy fanlarni rivojlantirishda yetakchi vosita bo'lib xizmat qiladi.

III. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar yordamida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati bo'yicha tuzilgan bashoratlarga, ularni amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlarni kiritish mumkin bo'ladi.

IV. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqatgina chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ularning yangi o'rganilmagan qonuniyatlarini ham ochish imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin bo'ladi.

V. Iqtisodiy-matematik usullar va modellar hisoblash ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish bilan birga, aqliy mehnatni engillashtiradi va iqtisodiy xodimlarning mehnatini ilmiy asosda tashkil etadi va boshqaradi.

Model shunday moddiy yoki xayolan tasavvur qilinadigan ob'yektni, u tahlil qilish jarayonida haqiqiy ob'yektning o'rnini shunday bosadiki, uni bevosita o'rganish haqiqiy ob'yekt haqida yangi bilimlar beradi.

Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob'yektlarni matematik modellar yordamida kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.

Modellashtirish deganda, modelni tuzish, o'rganish va foydalanish jarayoni tushuniladi. Modellashtirishning asosiy xususiyati shuki, bu hayoliy ob'yekt yordamida vositali o'rganish usulidir. Model kuzatuvchining o'zi va ob'yekt o'rtasidagi shunday o'ziga xos vositadirki, uning yordamida kuzatuvchi o'zini qiziqtirayotgan ob'yektni o'rganadi.

Ifodalangan model yordamida kuzatilayotgan ob'yektni bilish modellashtirish deyiladi. Modellashtirish jarayonining sxemasi quyidagicha :

Ob'yekt Kuzatuvchi Maqsad Model

-►

1-chizma. Biznes-jarayonlarini modellashtirish jarayonining sxemasi.

Bu sxemani asosiy bloki "maqsad" bloki hisoblanadi, chunki qo'yilgan maqsadga ko'ra bitta ob'yektni har xil modellari tuzilishi mumkin. Ob'yekt sifatida biror bir kichik yoki o'rta korxonani olsak, agar kuzatuvchini maqsadi - bu ob'yektni

ishlab chiqarish jarayonini o'rganish bo'lsa, bu holda modelning parametrlariga korxonani quvvati, ishlab chiqarish omillari, xomashyo, ishchilar soni, asosiy fondlar, ishlab chiqarish dasturi va boshqalar kiradi va model ishlab chiqarish funktsiyasi ko'rinishida ifodalanadi.

Agar kuzatuvchini maqsadi ushbu kichik yoki o'rta biznes korxonasini ijtimoiy tomonlarini o'rganish bo'lsa, unda sotsiologik-matematik model tuzilib, xususiy usullar bilan yechiladi. O'rganilayotgan modelning parametrlari sifatida: ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilarning soni, turmush darajasi, oladigan daromadi, ish sharoitlari, demografik tarkibi va parametrlari qo'llaniladi.

Agar kuzatuvchini ekologiya muammolari qiziqtirsa, unda tabiatni zararlanishi, sarflangan suv miqdori, ishlab chiqarish dasturi va hokazo parametrlar sifatida qo'llaniladigan ekologik-matematik modellar tuziladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes korxonalari faoliyatini modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda afzalliklari quyidagilardan iborat:

I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab sistemani oddiy model yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, xalq xo'jaligi bu o'ta murakkab tizim, uni oddiy "qora quti" sxemasi orqali ifodalash mumkin:

2-chizma. Iqtisodiyotdagi jarayonlarni modellashtirishda "qora quti" sxemasi

Albatta, bu yerda ko'p muammolar tug'iladi. Masalan, modelni qanchalik soddalashtirish mumkin? O'ta soddalashgan model kuzatuvchi tomonidan qo'yilgan talablarga javob bermasligi mumkin va uning yordamida qilingan hisoblar noto'g'ri chiqishi mumkin. O'ta murakkab model esa, masalani yechish jarayonida ko'plab qiyinchiliklarni tug'dirishi mumkin. Shuning uchun ham modelga faqat ob'yektning eng asosiy xarakterli tomonlarini ifodalaydigan, modelni yechishda muhim hisoblanadigan omillar va parametrlar kiritilishi zarur.

II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga tajribalarni amalga oshirish uchun keng maydon yaratiladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o'zgartirib, ob'yekt faoliyatining eng optimal holatini aniqlab, undan keyin real hayotda qo'llash mumkin bo'ladi. Real ob'yektlar ustida eksperiment qilish ko'plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Model yordamida o'tkaziladigan tajriba va eksperimentlar esa bunday xarajatlarni oldini olishi mumkin.

III. Model sistemaning turli xil holatlarini matematik formulalar yordamida shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida sistemani boshqarishga yordam beradi.

IV. Modellashtirish o'rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil qilish uchun ob'yekt har tomonlama o'rganiladi, tahlil qilinadi. Model tuzilganidan so'ng uning yordamida ob'yekt to'g'risida yangi ma'lumotlar olish mumkin. Shunday qilib, model yordamida ishlab chiqarish ob'yektlarini o'rganish, bilish jarayoni to'xtovsiz jarayonga aylanadi.

Modellashtirish usuli istalgan tabiatli ob'yektlarni tekshirish uchun qo'llanilishi mumkin bo'lganidek, o'z navbatida istalgan ob'yekt modellashtirish vositasi bo'la oladi.

Turli xil jarayonlarni tadqiq va tahlil qilishda foydalaniladigan barcha mod ellar 2 ta katta sinfga bo'linadi:

1. Moddiy modellar.

2. Hayoliy modellar.

Moddiy modellar biror bir moddiy (tabiiy) ob'yektda mujassamlashsa, hayoliy modellar inson tafakkurining mahsulidir.

Moddiy modellar sinfida fizik modellar ajralib turadi. Ular original ob'yekt tabiatidagi modellardir. Original va modelning o'xshashligi ikkalasining ham ma'lum qonuniyatlarga bo'ysunishidir. Fizik modellashtirish, ayniqsa, texnik fanlarda keng tarqalgan. Iqtisodiyotda esa fizik modellashtirishga real iqtisodiy tajriba tushunchasi, to'la bo'lmasda, mos keladi. Masalan, ma'lum bir korxonadagi tajriba butun bir tarmoqqa, ya'ni iqtisodiy jihatdan yaqin bo'lgan ob'yektlar majmuiga ko'chiriladi. Lekin iqtisodiyotda fizik modellashtirish imkoniyatlari chegaralangandir. Buning sabablari bir qanchadir; xalq xo'jaligining ayrim qismlarini o'rganish iqtisodiy tizim haqida to'la va aniq tasavvur bera olmaydi, ulkan real tajribalar juda katta moddiy chiqimlar talab qiladi.

Hayoliy modellar sinfi juda ham turli-tuman modellarni birlashtiradi. Ilmiy izlanishlarda hayoliy modellarning asosiy ko'rinishi bo'lib aniq formal tilni qo'llovchi belgili modellar hisoblanadi.

O'z navbatida matematika va logika tilida tavsiflanuvchi mantiqiy matematik modellar belgili modellarning asosiy ko'rinishi hisoblanadi.

Iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyatini o'rganish va tahlil qilishda eng keng qo'llaniladigan usullardan biri bu iqtisodiy-matematik modellardir. Matematik modellashtirish - iqtisodiy jarayonlarni tenglamalar, tengsizliklar, funktsional, logik sxemalar orqali ifodalash deb tushuniladi.

Xulosa. Matematikadan iqtisodiyotda foydalanish ustida gap ketganda turli iqtisodiy hisoblashlar ustida emas, balki matematikadan iqtisodiy qonuniyatlarni o'rganish, ya'ni nazariy xulosalar chiqarish nazarda tutiladi. Matematikaning afzalligi, tekshirilayotgan oby'ekt o'rnini ma'lum ma'noda egallashi mumkin bo'lgan matematik modellar bilan almashtirish mumkinligidadir. Iqtisodiy jarayonlarning asosiy xususiyatlarini matematik munosabatlar yordamida aks ettiruvchi iqtisodiyotning matematik modellari murakkab iqtisodiy muammolarni tekshirishda samarali vosita hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Горбунов В.К. Математическая модель потребительского спроса. -М.: Экономика, 2004.

2. Замков О.О. и др. Математические методы в экономике. -М.: Дело и Сервис, 2004.

3. Кобелев Н.Б. Практика применения экономико-математических методов и моделей: Учебное пособие. -М: ЗАО Финстатинформ, 2000.

4. Робсон М., Уллах Ф. Реинжиниринг бизнес-процессов. Практическое руководство. -М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2003.

5. Рубе В.А. Малый бизнес. История, теория, практика. -М.: ТЕИС, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.